Texnologiya

Top 25: Dunyodagi eng mashhur meʼmoriy xatolar

Top 25: Dunyodagi eng mashhur meʼmoriy xatolar

Goʻzal va iqtidorli meʼmoriy loyihalar ruhni hayajonlantiradi va oʻzidan inson tafakkurining noyob muvaffaqiyatlari, ijodiy iqtidori va muhandislik innovatsiyalarini namoyish qiladi. Lekin meʼmorlar oʻz hisob-kitoblarida xato qilishlari ham mumkin, va oʻz qobiliyatlarini hamda salohiyatlarini haddan ziyod baholashlari ham mumkin.

Top 25: Dunyodagi eng mashhur meʼmoriy xatolar

Biroq, natijada,yomon dizayn ham koʻpincha ulugʻvorlikka sazovor boʻladi va turistlarni jalb qiladi. Bu yerda sizni dunyodagi eng gʻalati, noodatiy, omadsiz va hatto xunuk mehmonxonalar, koʻpriklar va minoralar kutmoqda.

Top 25: Dunyodagi eng mashhur meʼmoriy xatolar

25. Tushayotgan Pizan minorasi

Top 25: Dunyodagi eng mashhur meʼmoriy xatolar

Ushbu bino sayyoramizdagi eng muvaffaqiyatsiz loyihalardan biri boʻlishiga qaramasdan, turistik reytinglarda eng baland satrlarni egallaydi. Pizan minorasini 1173 yilda qurishni boshlaganlar, lekin afsonaviy bino mualliflari oʻz mehnatlarining oxirini koʻra olmadilar, chunki qoʻngʻiroqning qurilishi 1300 yillarning boshida, qariyb yuz yildan soʻng bitqazildi. Uning fundamenti qoʻyilgan yumshoq botqoqli zamin uchun bino bir tomonga engayishni va tushishni boshladi. Quruvchilar bu yirik loyihani qurish uchun moʻljallangan yerni tekshirishni eslaridan chiqarishdi, shekilli. Ammo xavotirlanmang, siz hali “hovuchda” minorasi bilan rasmga tushishga ulgurasiz – zamonaviy ustalar holatga aralashishdi, va engayish toʻxtatildi.

Top 25: Dunyodagi eng mashhur meʼmoriy xatolar

24. Chikagodagi Aon-markaz

Top 25: Dunyodagi eng mashhur meʼmoriy xatolar

Klassik tamoyil bilan qurilgan ushbu Standard Oil Building turdagi 346-metrli osmonoʻpar bino bino yirik shaharlardagi boshqa baland boʻyli binolarga oʻxshash tuyuladi. Lekin uning oʻziga xos tarixi mavjud. 1974 yildauzoqni koʻrolmaydigan meʼmorlar Aon-markazning (Aon Center) old tomonini marmar plitalar bilan qoplashga qaror qilishdi. Natijada marmar boʻlaklab ulkan balandlikdan tushishni boshladi va qoʻshni binolarga zarar koʻrsata boshladi va bu juda koʻp shovqin chiqardi. Quruvchilar xavfli plitalarni qayta qurish va bu 83-qavatli osmonoʻpar binoning old tomonini butunlay boshidan qurish uchun ancha mehnat qilishlariga toʻgʻri keldi.

Top 25: Dunyodagi eng mashhur meʼmoriy xatolar

23. Bruklindagi Barclays-markazi

Top 25: Dunyodagi eng mashhur meʼmoriy xatolar

Barclays markazi (Barclays Center) – bu Amerikadagi Bruklin (Brooklyn) shahrining eng asosiy sport arenasi va konsertlar maydoni, va yana uzuncharoq shakldagi vazang rangidagi, kirish tepasidagi tomida katta teshigi bor konstruksiya makonidir.Qiziq dizayn va uning nomidagi katta osmon rang harflar kasalxonanimi, kosmik kemanimi,yoki temir tayyorlash zavodinimi eslatadi, ammo bu bino aynan shahar stadioni sifatida oʻylangan.

Top 25: Dunyodagi eng mashhur meʼmoriy xatolar

22. Buyuk Britaniyadagi maxfiy razvedka binosi

Top 25: Dunyodagi eng mashhur meʼmoriy xatolar

Siz mamlakatning eng yaxshi razvedkachilari aynan Angliyaning poytaxtida “yashiringanliklarini” bilardingizmi? London boʻylab uzoq sayr qilib yurganda qiziq bir binoni uchratish mumkin, va unda britaniyalik mashhur MI6 xizmati boʻlim boshliqlari ishlaydi. Taniqli qahramon Djeyms Bond (James Bond), agent007, aynan mana shu binoda xizmat qilgan. Maxfiy razvedka ningshtab-kvartirasini koʻrinmas va sirli deb atash mumkin, ammo u Qadimgi dunyoning kuchi va taʼsirini singdiruvchi qarorgohdir.

Top 25: Dunyodagi eng mashhur meʼmoriy xatolar

21. Jijkovsk teleminorasi

Top 25: Dunyodagi eng mashhur meʼmoriy xatolar

Jijkovsk teleminorasi (Žižkov) qadimiy Praganing qoq oʻrtasida kelib tushgan haqiqiy boshqa sayyorali kosmik kemaga oʻxshaydi. Minoraning ichida koʻrgazma zallari, panoramali maydonlar va restoranlar mavjud. Biroq turistlarni bu yerga konstruksiyaning balandligi emas, rang-barang chiroqlar yoki uning infratuzilmasi ham emas, balki qiziq qora rangli,minora boʻylab pastga va yuqoriga moʻralovchi chaqaloqlar haykalchalari jalb qiladi.Dahshatli koʻrinish!

Top 25: Dunyodagi eng mashhur meʼmoriy xatolar

20. Djon Xenkok minorasi

Top 25: Dunyodagi eng mashhur meʼmoriy xatolar

Djon Xenkok minorasi Bostondagi (Boston) eng baland (241 metr) va eng xavfli binodir. Uning qurilishi vaqtida, meʼmorlar va muhandislar xatolari sababli u vaqti-vaqti bilan toʻkila boshlagan edi. Masalan, 1972-1973 yillarda minoradan 200-killogramli shishalar tusha boshladi. Derazalar bosimga shunchaki, chida olmadi va hatto odamlar ustiga tushish xavfi ham bor edi. Xavfsizlik uchun, muammo yechimi topilguncha, birnecha vaqtga binoning old tomonini oddiy fanera bilan oʻrab qoʻygan edilar. Quruvchilarga 10334 ta derazani almashtirishga toʻgʻri keldi.

Top 25: Dunyodagi eng mashhur meʼmoriy xatolar

19. Vdara mehmonxonasi

Top 25: Dunyodagi eng mashhur meʼmoriy xatolar

Vdara (Vdara) mehmonxonasi– koʻrinishidan qulay xonali hashamatli osmonoʻpar inshoot. Ammo uning lohiyachilaribir muhim xatoga yoʻl qoʻyishgan, va u haqida biz hozir sizga aytib beramiz. Bino kazino va koʻngilocharliklarning mashhur poytaxti- Las Vegasda qurilgan. Qoqchoʻl orʼtasida qurilgan shaharda ob-havo issiq boʻlmasligini kutish qiziqboʻlardi, albatta. Ammo hamma mehmonlarga ham basseyn oldidagi shezlongda choʻzilib va kuni bilan mehmonxonaning shisha devorlaridan aks beruvchi quyoshnurlari ostida erib ketish yoqmasa kerak. Tashrif buyuruvchilar ushbu bino joylashishini rejalashtirayotganlarida meʼmorlar dam oluvchilarning qulayligini inobatga olmaganliklari haqida tez-tezshikoyat qilishadi. Biroq, siz “tutunli” zagar olishni xohlasangiz, bu joyaynan siz uchun.

Top 25: Dunyodagi eng mashhur meʼmoriy xatolar

18. Arcelor Mittal Orbit Sculpture nazorat minorasi

Top 25: Dunyodagi eng mashhur meʼmoriy xatolar

Sizning eʼtiboringizda nafaqat original haykal, balki juda funksional qurilish! 115-metrli Arcelor Mittal Orbit Sculpture minorasi qizil maxluqning ichini eslatadi, ammo aslida, loyiha dizaynerlari Londondagi Olimpiada sharafiga qandaydir ramziy haykalni yaratmoqchi edilar. Natijada, mana shu sirli konstruksiya vujudga keldi. 2015 yilda uni slayd-gorka bilan jihozlashdi.

Top 25: Dunyodagi eng mashhur meʼmoriy xatolar

17. Ryugyong mehmonxonasi

Top 25: Dunyodagi eng mashhur meʼmoriy xatolar

Shimoliy Koreya - ko'p ajoyib narsalar mamlakati va Ryugyong mehmonxonasi (Ryugyong Hotel) – bundan mustasno emas. Mehmonxona Pxenyan (Pyongyang) shahrida joylashgan va koʻpincha u o'zining noyob shakli va balandligi (330 metr) bilan mashhur bo'lgan. Mehmonxona 2016 yilda ishga tushirilgan bo'lsa-da, u o'z ishini boshlagani yoʻq, bunga sabab Shimoliy Koreyada keskin siyosiy vaziyat, va u yerga hali biron mehmon tashrif buyurgan emas. Ryugyong binosi dizayni bir necha martalab tanqid qilindi, uni nufuzli Esquire jurnalining maqolasiga binoan dunyodagi eng xunuk binodeb, va DailyTelegraph ga ko'ra dunyodagi qurilish loyihalari boʻyicha ikkinchi omadsizi deb atalgan. Shu bilan bir vaqtda, nufuzli Italiya me'mori Stefano Boeri(Stefano Boeri) Ryugyong mehmonxonasini "zamonaviy dunyoda ilmiy-fantastikaning yagona parchasi" deb hisoblaydi.

Top 25: Dunyodagi eng mashhur meʼmoriy xatolar
Top 25: Dunyodagi eng mashhur meʼmoriy xatolar
Top 25: Dunyodagi eng mashhur meʼmoriy xatolar
Top 25: Dunyodagi eng mashhur meʼmoriy xatolar
Top 25: Dunyodagi eng mashhur meʼmoriy xatolar
Top 25: Dunyodagi eng mashhur meʼmoriy xatolar
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar