Top-25 Insoniyat tarixidagi intellekt darajasi baland boʻlgan shaxslar


Ona vatani Germaniya boʻlgan Albert Eynshteyn (Albert Einstein) – shunaqamashhur dahoki, uning familiyasi qachonki birovboshqa kishining bilimi va intellekt darajasi toʻgʻrisida hazil qilganida, birinchi boʻlib esga olinadigan familiyaga aylangan. Bundan tashqari, Eynshteyn –insoniyat tarixidagi har bir oʻrtastatistik odam taniydigan, garchi uning asarlari toʻgʻrisida maʼlumotga ega boʻlmasada, 2 nazariy fizik allomalaridan biri boʻlsa kerak. Butun umri boʻyi mashhur tadqiqotchi 300 dan ortiq ilmiy ishyozgan. Ilm-fan sohasidagi faoliyati bilan birga, Eynshteyn aktiv siyosatchi ham edi, va bu borada AQSH prezidenti Ruzvelt (Roosevelt) ga atom qurollanishi xavfi borligi toʻgʻrisida koʻpgina ogohlantiruvchi xatlar yozgan. Shuningdek,olim NAACP rangli aholisini himoya qiluvchi xalqaro tashkilotning aʼzosi edi, va taniqli sionist boʻla turib, Quddus mamlakatidagi yahudiy universitetini tashkil qilishda qatnashgan edi. Uning intellekt koeffisienti 160-190 ballar atrofida deb hisoblanadi.

Natan Leopold (Nathan Leopold) IQ darajasi 210 boʻlgan daho bola edi! Ammo dunyodagi eng aqlli yigitning bolaligi oson kechmagan, doʻstlari kam boʻlgan, va 12 yoshida uni tarbiyachisi zoʻrlagan.Afsuski, yakunida Natan “ideal jinoyat” ni amalga oshirish fikri bilan jinniga aylangan qotilga aylanib qoldi. 1924 yilda u Richard Loeb (Richard Loeb, studentligidagi ogʻaynisi) bilan til biriktirib, Richardning amakisining 14 yoshli qizini oʻldirishdi. Ayon fitnaligiga qaramasdan, ikkala qotil oʻlimjazosidan qutulib qolishdi. Qamoqdan chiqqandan soʻng Leopold Puerto Riko(Puerto Rico) ga koʻchib keldi, va oʻsha yerdagi davlat universitetiga matematika oʻqituvchisi boʻlib ishga kirdi. Gʻayritabiiy bilim darajasiga ega qotil Alfred Xichkok (Alfred Hitchcock) ni uning eng yaxshi filmlaridan biri boʻlgan “Arqon” (Rope, 1948) ni yaratishga ilhomlantirdi.

Nadejda Kamukova taniqli aql qobiliyatini oʻlchaydigan miqyos boʻyicha toʻliq 200 ballga ega inson. Tengi yoʻq aql qobiliyatiga ega bu ayol Moskvada tugʻilgan, oʻsha yerda professorlik darajasini olgan va 7 ta har xil tilni, hamda 8 ta turk shevasini oʻrgangan. Nadejda atigi 40 yoshda va hozir u Turkiya universitetlaridan birida dars beradi.

Djeykob Barnett (JacobBarnett) hali kichkina bola boʻlganida, ota-onasi uni autizm kasalligining ogʻir shakli bilan kasallangan deb hisoblashgan, va u hech qachon mustaqil ravishda hatto krossovkasidagi bogʻichini bogʻlay olmaydi deb aytishgan. Barcha bashorat va diagnozlarga qaramasdan 18 yoshli oʻsmir IQ miqyosida 170 balni toʻplay oldi, Kanadaning Uoterlu (Waterloo University) ga oʻqishga kirib, doktorlik dissertatsiyasini yozyapti. Uning onasi Kristin Barnett (Kristine Barnett), ogʻlining oʻqituvchilari maslahatlariga zid turgan holda bolani maxsus taʼlim muassasasidan olib, oddiy maktabga qoʻyishga qaror qildi. Bir necha yil oldin muallimlar bolani oʻzini oʻzi boshqarishining eng minimal harakatlarini bajara olmaydi deb aytgan boʻlsalar, natijada yosh daho oʻz tengdoshlarini ishonch bilan ortda qoldirmoqda va aʼlo baholarga oʻqimoqda.

Richard Rosner (Richard Rosner) ning intellekt koeffisienti 192 ballga teng, va bu aqlli inson har doim oʻzi uchun qiziqarli boʻlgan masalalarni yechishni maqsad qilib qoʻyadi. U yozuvchi, jangara, roller-barda ofisiant, striptizchi, fotomodel boʻlib ishlagan, har xil korxonalar uchun telereklamalarda rasmga tushgan va televiktorinalarda ishtirok etgan, hamda boshqa AQSH koʻngilochar tok-shoularida ishtirok etgan. Rosner kuniga 30 donadan turli xil dori ovqatga aralashmalardan qabul qiladi va tez qarimaslik va oʻlimdan qoʻrqib kuniga 2,5 soatdan kam boʻlmagan vaqtni mashq qilishga ajratadi. Amerikalikning aytishicha, buning hammasi uning juda oʻyinqaroq va seviluvchan shaxs ekanligida aks etadi.

Nikola Polyak (Nikola Poliak) – Xorvatiyalik tadqiqotchiva fizik, agar World Genius Directory jahon daholar roʻyxatiga ishonadigan boʻlsak, uning IQ darajasi 182 ballga teng. Hozirgi vaqtda yer yuzidagi eng aqlli xorvat TSERN (Adron kollayder ustida olib borilgan sinovlar bilan tanilgan, atom tadqiqotlari boʻyicha mashhur Evropa tashkiloti) va Nyu-Yorkdagi Brukxeynven Milliy laboratoriya (Brookhaven National Laboratory, New York) ning ilmiy hamkori.

Vilyam Sidis (William Sidis) ningota-onasi daho bola haqida orzu qilishgan, va ularning orzusi amalga oshgan –juftlik IQ darajasi 250 ballga teng daho bolani tarbiyalashgan! Uning onasi, Sara (Sarah), shifokor boʻlgan, 19 asr oxirida esa ayollar shifokor boʻlish imkoniyatiga umuman ega emas edilar. Uning otasi, Boris, kolledj professoriedi. Juftlik oʻz bolasidan dahoni oʻstirishni maqsad qilib qoʻyishgandi, vayaxshi genlar va mehnat oʻz mevasini berdi shekilli. Vunderkind 6 oyligidan gapirishni boshladi, va bu qandaydir taqlidiy ovozlar yoxud nidolar emas, haqiqiy soʻzlar edi. 7 yoshligida Vilyam 7ta har xil tilda gapirardi va katta sinflar maktab darsliklarini oʻqib turardi. Afsuski, yigitchaning bunday hayottarzi unga oʻzini boladek his qilishiga yoʻl qoʻymasdi va u bolallik gashtini toʻla sura olmadi. 9 yoshda uni Garvard (Harvard, AQSHning eng nufuzli universiteti) ga qabul qilishdi, lekin muassasa binosiga bolaning kattalar uchun moʻljallangan joy uchun “emotsional noyetuk” deb baholab, 12 yoshigacha ichkariga kirishga qoʻyishmasdi.
Voyaga yetgan yoshida Sidis bir shahardan boshqa shaharga tez-tez koʻchib turardi va doimo ismini oʻzgartira turib,barcha turdagi ishga qoʻl urardi. U bir qancha kitoblar yozdi, ammo uning koʻp qismi muvaffaqiyatsizlikka uchradi va jamoatda hech qanday qiziqish uygʻotmadi. Lekinuning kitoblaridan biri hali hech kimning xabari boʻlmagan qora dogʻlar nazariyasi haqida edi. Aytishlaricha, Vilyam infantil erkak, baxtsiz odamdek yashab 46 yoshida vafot etgan. Uning hayoti – bolalikdan oʻz bolalariga alohida maxoratni singdirishni orzu qiluvchi ota-onalar uchun haqiqiy ogohlantirishdir.

Pol Allen (Paul Allen) – Siettl (Seattle) lik amerikalik millioner, va uning IQ darajasi 160-170 ballar orasida. Pol – Bill Geyts (Bill Gates) ningeski doʻsti, va u Microsoft kompaniyasida 2000 yilgacha, nafaqaga chiqishigacha ishlab keldi. Bugun Allen, professional basketbol jamoasi Portland Trailblazersva taniqli Seattle Seahawks futbol klubining egasi. Shuningdek, u mashhur filantrop.

Shaxmat boʻyicha Vengriyalik champion Djudit Polgar (Judit Polgar) 170-ballik intellekt darajasi egasi. 15 yoshida u shaxmat boʻyicha grossmeyster boʻldi va bu unvonni qoʻlga kiritgan eng yosh shaxmat oʻyinchisi deb ataldi. Djuditni barchazamonlar va xalqlar shaxmat sportida eng buyuk ayol deb hisoblaydilar.

Filip Emiguali (Philip Emeagwali) – “afrikalik Bill Geyts”deb atalmish, informatika sohasidagi nigeriyalik mutaxassis. Filip oʻn yillab notinchlik va fuqarolik urushlari hukm surgan davlatda oʻsib ulgʻaydi va kambagʻalligi tufayli14 yoshida maktabdan ketdi. Unga 17 yoshigacha Oregon davlat universiteti (Oregon State University) da oʻqish uchun kerakli pulni yigʻish uchun ancha mehnat qilishiga toʻgʻri keldi.
Arilar oʻz uyalarini qanday qurishlariga qarab, doktor Filip Emiguali ushbu tabiiy tushunchani oʻz ishlarida qoʻlladi va shu orqali dunyodagi eng kuchli kompyuterni ishlab chiqardi. Filipning isteʼdodlari neft manbalarini oʻrganib chiquvchi yirik tashkilotlar uchun qoʻl keldi, va bugungi kunda uning tadqiqotlari neftchilarning yilida millionlab dollarlarini tejab bermoqda. Afrikalik Bill Geytsning IQ darajasi – 190 ball.

Terens Tao (Terence Tao) Avstraliyada Gonkonglik immigrantlar oilasida tugʻilgan.Oʻzining birinchi tadqiqotlarini yosh isteʼdod sohibi 15 yoshida chop ettirdi, 21 yoshida esa yigit Prinston Universiteti (Princeton University) da faylasuflik fan doktori darajasini oldi. Terens Tao 24 yoshida Kaliforniya universiteti (UCLA) da professor boʻldi, u bu darajaga erishgan eng yosh yigitdir. Uning intellekt koeffisienti 225 ballga teng.

Kristofer Langan (Christopher Langan) Amerikaning eng aqlli odami hisoblanadi. Kichik daho hali 4 yoshga yetmasdan mustaqil ravishda oʻqishni oʻrgangan. Natijada Kristofer kollejni u yerdagi oʻqituvchilardan boshqa oʻrganadigan narsa qolmadi degan asosda tashladi. Shu turdagi boshqa daholar singari, aqlli amerikalik turli xildagi mutaxassisliklarni oʻzida sinab koʻrdi– Langan fermada ishchi, oʻrmon oʻt oʻchiruvchisi va jangara boʻlib ishladi vabular, uning sinovidan oʻtgan baʼzi bir kasblar, xolos. Lekin koʻproq Kristofer Langan oʻzining olamning kognitiv-nazariy modeli mavzusidagi ilmiy ishi bilan mashhur, va bu ishida u insoniyat miyasi va haqiqat orasidagi bogʻlanishni tasvirlab beradi. Mahoratli amerikalikning IQ darajasi – 195 ball.

Mislav Predavech (Mislav Predavec) – IQ darajasi 192 ball boʻlgan xorvatiyalik matematika fanlari professori. Maʼlumot uchun, butun milliard odam ichida faqat bir kishi oʻz aqliy rivojlanishi 190 balldan ortiqligi bilan gʻururlana oladi. Predavech intellektual mahoratni tekshiruvchi qiyin testlarni buzishni yaxshi koʻradi, lekin uning kunlik hayoti oddiy hayot kechirish tarziga kiradi.
Dahoning turmush oʻrtogʻi Maryana (Marijana) Ommaviy axborot vositalari uchun berilgan oʻz intervyusida aytishicha, u turmush oʻrtogʻi bilan oddiy hayot kechiradi, va hatto uning super eri uchun hamu birov yordamisiz yecha olmaydigan masalalar bor. Masalan, Mislav yangi uyali telefon sotib olayotganida, aynan Maryana telefonga Sim-kartani ulab, barcha dasturlarni ishga tushiradi.

Xorvatiyada IQ darajasi baland boʻlgan yana birtaniqli matematik bor. Ivan Ivek (Ivan Ivek) intellektual testlar boʻyicha mutaxassis, va uning aytishicha, standart IQ test soʻrovnomalarida u 174 ballga erishgan. Matematikning internetda oʻz sayti bor, va u sayt ham aql qobiliyatini tekshiruvchi testlarga bagʻishlangan. Ivan shunga aminki, klassik shablonlardagi vaqt cheklashlar intellekt darajasini baholash uchun asosiy koʻrsatkich hisoblanmaydi. Ivek Yer yuzidagi eng aqlli odamlar ichida qiyin masalalarni oʻzi uchun qulay sharoitda va shoshmasdan yecha oladiganlar hambor, va bu daholik haqidagi tasavvurga hech ham kirmaydi, afsus.

Kim Ang-Yang (Kim Ung-Young) atigi 3 yoshligida 4 ta har xil tilda mustaqil gaplashardi, shu uchun 210 ballik IQ – hech ham syurpriz emas. DahoJanubiy Koreyada tugʻilgan, ammo keyinchalik AQSH ga koʻchgan va, ona yurtiga qaytishidan oldin NASA kosmik agentligida 10 yil ishlab bergan. Oʻz isteʼdodlari haqida Kim quyidagicha fikrda: “Odamlar doimo oddiy insoniybaxtdan voz kechib, hech kimga oʻxshamas boʻlishni istashadi. Lekin ular haqiqiy baxt biz oʻz-oʻzicha qabul qilayotgan narsalardaku axir, masalan, inoq doʻstlikda va sinfdoshlar bilan bogʻliq bolalikdagi xotiralarda! Hech kimga oʻxshamas boʻlish, oddiy hayot tarzi kechirishdek muhim emas”. Agar shunchalikhayratlanarli darajada aqlli va mashhur bilimdon haqiqiy baxt eng oddiy hayotiy narsalarda deb taʼkidlayotgan boʻlsa, biz kimki u bilan bahslashib, gapida shubhalansak? Uning gapiga quloq tutish maʼqulroq…

Michiganlik astrofizik Kris Xirata (Chris Hirata, Michigan) – AQSH dagi fizika boʻyicha xalqaro olimpiadaning eng yosh oltin medal sohibi. 16 yoshligida yosh fizik allaqachon NASA da dongʻi ketgan Mars kolonizatsiyalanishi dasturi boʻyicha ishlardi, va bir necha yildan soʻng 2001 yilda Kris Kaliforniya texnologik instituti (California Institute of Technology) da bakalavr darajasiga erishdi. 2005 yilda esa 22 yoshida yigit Garvard universitetida faylasuflik fanlari doktori darajasiga erishdi, va bugun Xirata Ogayo davlat universiteti (Ohio State University) da fizika va astronomiya fanlari boʻyicha dars beradi. Amerikalik dahoning IQ darajasi – 225 ball.

Garri Kasparov barcha zamonlarda eng buyuk shaxmat oʻyinchisi deb tan olingan. 1996-1997 yillarda u mexanik raqib – “Deep Blue” kompyuter dasturi bilan bir nechta partiya oʻynadi. Birinchi matchni odam yutdi, ikkinchisini esa– algoritmlarning sunʼiy toʻplami yutdi va bu tarixdagi kompyuterning shaxmatning barcha klassik qoidalari boʻyicha oʻynagan jahon chempioni ustida gʻalabasi edi. Kasparov – nafaqat buyuk shaxmatist, balki yozuvchi va siyosiy faol ham dir. Uning IQ darajasi – 194 ball.

Stiven Xoking (Stephen Hawking) – balki, jahon tarixidagi eng mashhur nazariy-fizik boʻlsa kerak. Aynan u Katta portlash nazariyasi mavzusida yozilgan eng taniqli va mashhur “Vaqtning qisqacha tarixi” (A brief History ofTime) nomli kitobning muallifidir. Stiven 12 yoshligida unga biqin amiotrofiksklerozi, koʻpchilik kasallar 5 yil mobaynida vafot etadigan kasallik, diagnozini qoʻyishdi. Shunga qaramasdan, professor Xoking barcha bashoratlarga qaramasdan tirik, va u hozir 75 yoshda! U atrof muhit bilan yuqori texnologiyali, maxsus biriktirilgan ovoz sintezatorili invalid kursisi orqali aloqada boʻlyapti. Stiven Xokingning IQ darajasi 160 ballga teng.

Volter Obrien (Walter OʻBrien) – 190 ballik intellekt darajasiga ega irlandiyalik tadbirkor va sanoat magnati. Bolaligida shifokorlar uni autist deb shubha qilishgan, lekin topshirilgan analizlar hech qanday kamchiliklarni chiqarmagan, bundan tashqari, u oʻz tengqurlaridan ancha aqlliroq edi. 13 yoshida Obrien NASA ning juda maxfiy serverlarini buzib kirdi va kosmik shatl planlarini oʻgʻirladi. Shunchaki u buni xohlab qoldi! Koʻp kishiga bu gʻaroyib dahoning uning biznesi, yaʼni Scorpion Computer Services korporatsiyasi uni qamalishgacha olib boruvchi qiziqishlaridan saqlab qolish uchun yaratilgan, degan sevimli hazili koʻp kishiga maʼlum. Boyvachcha hayoti asosida CBS mediakompaniyasi Scorpion nomli toʻliq teleshouni oynai jahonga chiqargan edi.

Missuri (Missouri, amerika shtati) da tugʻilgan Merilin vos Savant(Marilyn vos Savant) 1986 yilda sayyoradagi eng aqlli inson sifatida Ginness jahon rekordlari kitobiga rasman kiritilgandi. Uning IQ darajasi 228 ballga teng, va bu toʻliq komissiya mutaxassislari tomonidan tasdiqlangan. Amerikanlikning 80-yillarning oʻrtalaridan mashhur Parade jurnalida oʻzining alohida “Merilindan soʻra” sahifasini olib borardi. Savant hayotiga senarist sifatida pul ishlab topadi, uning turmush oʻrtogʻi Robert Yarvik (Robert Jarvik) esa birinchi sunʼiy yurak modelini yaratgan shaxs. New York Magazine nufuzli jurnal sonlarining birida bu juftlikni “Nyu-Yorkning eng aqlli juftligi” deb atashgan.

Albatta, Uygʻonish davri paytlarida aqliy qobiliyat va intellekt darajasini oʻlchaydigan testlar mavjud boʻlmagan, ammo mutaxassislarning bahosi boʻyicha15-16 asrda yashab oʻtgan buyuk olimning IQ darajasi 180 dan 190 ballgacha yetadi. Koʻp kishi da Vinchini uning ajoyib rasmlari sababli yaxshi bilishadi, lekin u boshqa sohalarda ham qobiliyatli boʻlgan, shu qatorda, matematika, geologiya, kartografiya va injeneriyada. Bu eng buyuk rassom va barcha davrlar va xalqlarning eng buyuk olimi ham hisoblangan.

Da Vinchining zamonida boʻlgani kabi, Nikola Tesla (Nikola Tesla) ning zamonida ham IQ testlar hali mavjud boʻlmagan, ammo, mutaxassislar ushbu buyuk kashfiyotchining intellekt koeffisienti 200 ballga yaqin deb topilgan. Va ajablanarli emaski, oʻz vaqtida Tesla zamonaviy stivilizatsiya hayoti fundamentiga asos boʻlgan gʻisht kabi koʻpgina antiqa narsalarni yaratdi. Aytgancha, bu shaxs uyali telefon paydo boʻlishini 1926 yilda bashorat qilgan.

Ser Endryu Uayls (Sir Andrew Wiles) – britaniyalik matematik, Oksford universiteti (University of Oxford) da ishlaydi. Aynan shu odam 350 yil davomida sayyoramizning eng yorqin olimlari isbotlay olmagan buyuk Ferma teoremasini isbotlab bergan. Ser Uaylsning intellekt darajasi IQ boʻyicha – 170 ball.

Amerika kinoakademiyasining nufuzli sovrin egasi, Oskarga sazovor aktrisa Djina Devis (Geena Davis) – nafaqat isteʼdodli va ajoyib ayol, olimpiya darajasidagi sportchi, jamoaviy faol va filantrop, balki eng aqlli ayollardan biri. Uning intellekt koeffisienti 140 ballga teng. Gollivudning sevimli aktrisasi Mensa(Mensa) – baland IQ darajali odamlar jamiyatining aʼzosi.

Aynan Kouli (Ainan Cawley) –Singapurlik vunderkind. Yigitcha 1999 yilda tugʻilgan, va 7 yoshligida u oʻrta maʼlumotni egallab boʻlgan, va dunyodagi eng yosh bitiruvchi sanalgan. Yigit Pisonining ancha raqamlari davomiyligini (518 gacha, yaʼni 750 ta sonni navbatma-navbat) ayta oladi va oʻzi musiqa yozadi. Aytishlaricha, uning IQ darajasi 250 ballga teng.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



