Oshxona

Tortlar dunyosi: Smetanali tortning batafsil fotoretsepti

750 gr tvorog

500 gr smetana

3,5 stakan shakar

5 stakan

1 choyqoshiq soda

5 dona tuxum

bir chimdim limon kislotasi

1 litr sut

100 gr sariyogʻ

1 oʻram vanilin

3 oshqoshiq kokos qirindisi

bezak uchun qulupnay va yalpiz

1.     Tvorog, 2 stakan shakar va 4 ta tuxum sarigʻi oʻzaro aralashtiriladi. 

Tortlar dunyosi: Smetanali tortning batafsil fotoretsepti

2.     Massa blender yordamida qorishtiriladi.

Tortlar dunyosi: Smetanali tortning batafsil fotoretsepti

3.     Aralashma ichiga limon kislotasida "soʻndirilgan" soda solib, 15 daqiqa qoldiriladi. 

Tortlar dunyosi: Smetanali tortning batafsil fotoretsepti

4.     Keyin esa 3 stakan elangan un qoʻshiladi. Xamir quyuq holatda boʻlishi kerak. 

Tortlar dunyosi: Smetanali tortning batafsil fotoretsepti

5.     Qolgan un stol ustiga yoyiladi va ustiga xamir joylashtiriladi. 

Tortlar dunyosi: Smetanali tortning batafsil fotoretsepti

6.     Xamir zuvala shakliga keltiriladi.

Tortlar dunyosi: Smetanali tortning batafsil fotoretsepti

7.     Tayyor xamirdan 12 ta boʻlak ajratiladi va 20 daqiqaga tindirib qoʻyiladi. 

Tortlar dunyosi: Smetanali tortning batafsil fotoretsepti

8.     Krem uchun suv kastyulka ichiga quyiladi va qaynash holatiga keliriladi. Keyin esa olov oʻchiriladi. 

Tortlar dunyosi: Smetanali tortning batafsil fotoretsepti

9.     Alohida idishda tuxum oqi, 1ta tuxum va 1,5 stakan shakar oʻzaro koʻpirtiriladi. Aralashma ichiga 4 oshqoshiq un solinadi va hosil boʻlgan massa vanilin bilan birga sutga qoʻshiladi.

Tortlar dunyosi: Smetanali tortning batafsil fotoretsepti

10.   Massa olov ustiga quyiladi va qoshiq bilan asta-sekin aralashtirib turiladi. Quyuqlashganidan keyin esa olov oʻchiriladi. Idish ichiga smetana va sariyogʻ qoʻshiladi.

Tortlar dunyosi: Smetanali tortning batafsil fotoretsepti

11.   Korjlar uchun har bir sharcha yupqa yoyilib, pergament qogʻoz toʻshalgan patnis ustiga joylanadi va 200 daraja haroratda 15 daqiqa pishiriladi. 

Tortlar dunyosi: Smetanali tortning batafsil fotoretsepti

12.   Pishgan korjlarning cheti tekislab kesiladi.

Tortlar dunyosi: Smetanali tortning batafsil fotoretsepti

13.   Sovigan krem 250 gr tvorog bilan aralashtiriladi.

Tortlar dunyosi: Smetanali tortning batafsil fotoretsepti

14.   Krem mikser yordamida koʻpirtirib olinadi. 

Tortlar dunyosi: Smetanali tortning batafsil fotoretsepti

15.   Har bir korj ustiga krem surtiladi va tort yigʻib chiqiladi.

Tortlar dunyosi: Smetanali tortning batafsil fotoretsepti

16.   Tortning ustki qismi kokos qirindisi, qulupnay va yalpiz barglari bilan bezatiladi. 

Tortlar dunyosi: Smetanali tortning batafsil fotoretsepti
Tortlar dunyosi: Smetanali tortning batafsil fotoretsepti
Tortlar dunyosi: Smetanali tortning batafsil fotoretsepti
Tortlar dunyosi: Smetanali tortning batafsil fotoretsepti
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar