Tunis haqida qiziqarli faktlar

1. Tunis Shimoliy Afrikadagi eng kichik mamlakat boʻlib, uning bir qismini Saxara choʻli egallab olgan. Mamlakatning qolgan hududini hosildor yerlar va 1310 km lik sohillar tashkil qiladi.

2. Tunis 24 ta provinsiyadan iborat,ulardan eng kattasi Tatuin sanaladi. Ushbu hudud "Yulduzlar jangi" fantastik filmi sharofati bilan mashhur boʻlib ketgan.

3. Xammamet shahri Tunisning eng yirik turistik kurorti hisoblanadi.

4. Tunis ayni paytda mamlakatda metro mavjud boʻlgan yagona shahardir. Bu yerdagi metrolar esa tezyurar tramvaylarni yodga soladi.

5. Aholi soni 10,8 mln kishini tashkil qiladi. Oxirgi yillar davomida bu yerda bola tugʻilishi darajasi haddan tashqari tushib ketgan.

6. Tunisda ikkita davlat tili mavjud boʻlib, bular arab va fransuz tillaridir.

7. Tunis ayollarining eng sevimli pardoz vositasi xina sanaladi. Ular kaftlari va bilaklarini xina naqshlari bilan bezaydilar.

8. Tunisning Kayruan shahri Islom olamida Quddus, Makka va Madinadan keyingi toʻrtinchi oʻrinda boʻlgan maʼnaviy markaz deya eʼtirof etiladi.

9. Tunis bozorlaridagi har bir mahsulotni savdolashib harid qilish mumkin.

10. Tunis iqtisodiyotining asosini qishloq xoʻjaligi, zaytun ishlab chiqarish, tekstil va neft mahsulotlari tashkil qiladi.

11. Tunisda 4 ta halqaro aeroport joylashgan.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



