Turli kasb vakillarining hayratlanarli maʼlumotlari


Nima uchundir hamma odam choʻkayotganda baqirib, yordamga chaqiradi, deb hisoblaydi. Aslida unday emas, odam choʻkayotganda ovoz chiqara olmaydi. Bir qutqaruvchining aytishicha, bir gal u katta odamlar kompaniyasidan 30 metr narida choʻkayotgan bolani qutqarib chiqqan. Kattalar bola suvga gʻarq boʻlayotganini umuman koʻrmagan ham, eshitishmagan ham. Bu tabiiy. Choʻkayotgan odam jismonan yordamga chaqira olmaydi: uning baqirishi uchun oldin nafas ovolishi kerak, buning esa imkoni yoʻq.

Har kuni inson tanasida potentsial saraton hujayralari paydo boʻladi va immunitetimiz ularni samarali ravishda oʻldiradi va biz hech narsa boʻlmagandek hayotimizni davom ettiramiz. Inson tanasi har kuni son-sanoqsiz hujayralarni ishlab chiqaradi. Ulardan baʼzilari potentsial xavflidir: agar ular darhol oʻldirilmasa, ular saraton oʻsmasiga aylanishi mumkin. Har kuni bizning immunitetimiz ularni aniqlash va yoʻq qilish bilan shugʻullanadi.

Hech qanday mukammal samolyot yoʻq. Siz uchayotgan har bir samolyotning texnik jihatdan muammolari juda koʻp, ammo ular parvoz xavfsizligiga taʼsir etadigan darajada jiddiy emas. Aviakompaniya sobiq xodimlarining aytishicha, deyarli barcha samolyotlarda texnik muammolar mavjud. Ularning qanchalik xavfliligi muhim: agar parvoz muvaffaqiyatini xavf ostiga qoʻyadigan nosozlik aniqlansa, u holda samolyot hech qanday parvozni amalga oshirmaydi.

Koʻpgina BAD lar (biologik faol qoʻshimchalar) boshqa dorilar bilan aralashtirilganda nojoʻya taʼsir koʻrsatishi mumkin. Qabul qilayotgan dorilaringiz haqida shifokorlarga aytishingiz zarur. Bundan tashqari, baʼzi oʻtlar xavfli boʻlishi mumkin, chunki koʻplab oʻsimliklarda zaharli birikmalar mavjud. Ular oz yoki oʻrta miqdorda sogʻliq uchun foydali boʻlishi mumkin, ammo agar siz juda koʻp isteʼmol qilsangiz, bu tanaga zararli taʼsir qilishi mumkin.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



