Har sohadan bir shingil: Turli tuman qiziqarli faktlar

Ilk sharikli ruchkalar uchuvchilar uchun yaratilgan.
Olimlarning aytishiga qaraganda yolgʻizlik odamni hudbinga aylantirar ekan.
Dunyodagi eng ogʻir piyoz 2011-yilda Angliyada, Pit Gleyzburk tomonidan yetishtirilgan. Uning vazni 8 kg 150 grammga teng.
Koʻzoynaklar koʻzlarni quyoshdan himoya qilish uchun yaratilgan deb oʻylaysizmi? Biroq unday emas. Xitoyliklar ilk koʻzoynaklarni sudyalar uchun yaratganlar. Qora linzalar sud jarayoni, undagi tortishuvlar chogʻida hakamning emotsiyalarini berkitish uchun moʻljallangan edi.

Ideal tozalik allergiya rivojlanish ehtimolini yaratadi.
Boʻri oʻzidan kuchli boʻlgan raqibga qarshi jangga kiradigan yagona jonzotdir.
“Lamborghini” kompaniyasi dastlab traktorlarni ishlab chiqargan.
Kizay - dunyodagi yagona jigarrang panda. Uning ogʻirligi 100 kgga yaqin. U kuniga oʻrtacha 20 kg bambuk isteʼmol qiladi.
Bolalar kuniga oʻrtacha 400 marta, kattalar kuniga 15 marta kulishadi.

Sevgisi rad etilgan oshiqlarning 40%i klinik depressiyaga tushadilar.
Har besh kishining ikkitasi oʻzining birinchi muhabbati bilan turmush quradi.
Hojatxonadan chiqqandan keyin ayollarning 90%i, erkaklarning esa 75 %i qoʻllarini yuvishadi. Qolganlar esa…
Har 5 yilda ayol oʻzining boʻyiga teng keladigan miqdorda lab boʻyogʻini ishlatadi.

Oʻrta hisobda eng boʻyi past odamlar yaponiyaliklarga toʻgri keladi.
Inglizlar choyni boshqa har qanday mamlakat aholisiga qaraganda koʻproq ichishadi. Masalan, amerikaliklarga nisbatan yigirma baravar koʻproq isteʼmol qilishadi.
Rossiyani Yevropa va Osiyo qismlariga ajratadigan Ural togʻlari dunyodagi eng qadimgi togʻlar hisoblanadi.
Inson oʻrtacha 7 soniyada uyquga ketadi.

Siz oʻz tugʻilgan kuningizni dunyodagi deyarli 20 million odam bilan baham koʻrasiz.
Oʻrtacha olib aytganda ayollarda IQ erkaklarga qaraganda yuqori.
Uy bekasi uy sharoitida kuniga oʻrtacha 11 kilometr yuradi.
Dunyo aholisining chorak qismi Xitoyda istiqomat qiladi.
Koʻk koʻzli odamlar zulmatda yaxshiroq koʻrishadi.

Oʻrtacha, kishi ovqatlanish uchun taxminan besh yil sarflaydi.
Dunyodagi eng keng tarqalgan ism bu Muhammad.
Keniyada aholining yarmidan koʻpi 15 yoshgacha boʻlganlarni tashkil etadi.
Oʻgʻil bolalar kun davomida, qizlarning koʻpi tunda tugʻiladi.
Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq va balandroq kulishadi.

Erkaklar ayollarga qaraganda 40% koʻproq ter ishlab chiqaradilar.
Har qanday vaqtda, Yerdagi odamlarning 0,7%i sarxush boʻladi.
Kishi kun mobaynida oʻrtacha 18000 ta qadam bosadi.
100 yoshdan oshgan insonlarning 80%ni ayollar tashkil qiladi.
Egizaklarning barmoq izlari har hil boʻladi.

Amerikaliklarning qirq foizi tish shifokoriga hech qachon murojat etishmagan.
Eskimoslar hech qachon xavfli deb hisoblagan narsani qilmaydilar.
Yerda har uch soniyada bola dunyoga keladi.
Bahorda, bolalar yilning boshqa vaqtlariga qaraganda tezroq oʻsadilar.

Koʻkrak suti bilan boqiladigan bolalar sunʼiy oziqlantirishda oʻsgan bolalarga qaraganda ozgʻinroq boʻlib oʻsadi.
Moskva - milliarderlar soni boʻyicha dunyodagi yetakchi shahar, shuning uchun u dunyodagi eng qimmat shahar maqomiga ega.
Amerikaliklar bolalar ovqatiga qaraganda mushuklarning ovqatiga koʻproq pul sarflashadi.
Charlz Osborn ismli bir kishi oltmish toʻqqiz yil davomida tinmay hiqichoq tutgan holda yurgan.
Ogʻir jismoniy mehnat bilan shugʻullanadigan katta yoshli odam kuniga 4 litr ter chiqaradi.

Ayollarning 90%i univermagga kirishi bilan oʻngga yurishadi.
Har oyda dunyoda 2500 onalar yangi tugʻilgan chaqaloqlarini tashlab ketishadi.
AQShda eng xavfli kasb - bu Alyaskada qisqichbaqalar tutishdir.
Ayollarning yigirma toʻqqiz foizi umr yoʻldosh tanlashdan koʻra poyabzal tanlashga koʻproq vaqt sarflashadi.

Mona Lizaning qoshlari yoʻq. Florensiyadagi Uygʻonish davrida modaistlar qoshlarini qirib tashlashgan.
Uyni tezroq va qimmatroq sotish uchun uni sariq rangda boʻyash kifoya.
Oʻyinchoq yo-yo 16-asrda Filippinda qurol sifatida paydo boʻlgan.
Shvetsariyada maktab oʻqituvchisining ish haqi yiliga 33000 AQSh dollaridan boshlanadi.
Har kuni erkaklarning 70% va ayollarning 57% dush qabul qilishadi.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



