U bizlarning buvilarimiz kabi uzun yubkalar va roʻmollar tutmaydi... 63 yoshlik oʻz stiliga ega ayol moda olamini zabt etmoqda

Mening buvim 60 yoshida oʻz oʻlimiga tayyorgarlik koʻrayotganlari esimda, hamda shundan keyin ular yana 15 yil umir koʻrganlar.
Albatta, bunday negativ fikr yuritish oʻz - oʻzidan paydo boʻlmagan. Katta yoshdagi avlodlar, haqiqatda ham, boshlaridan koʻp narsalarni oʻtkazganlar. Eng qizigʻi, olamni nessimistik qabul qilish nasldan naslga oʻtar ekan. Baxtimizga, xozirgi kunda steriotiplarni buzadigan odamlar bor. Men hammaga va barcha narsalarga qarshi chiquvchi, yosh maksimalistlar haqida gapirayotganim yoʻq.

Biz Nyu-Yorkda yashovchi oʻziga hos stilga ega ayol haqida maʼlumot tayyorladik. U internet sensasiyaga aylanib ulgurdi. 63 yoshlik, sosiologi fanlari professori, Lin Sleyterni stil ikonasi ( buti) deb ataydilar. Va bu juda ham unga loyiqdir.

Kunlardan bir kun paparassiyalar Linni Nyu York Fashion Week tadbirida, u yonlaridan oʻtib ketayotgan vaqtda, mashxur yulduz deb oʻylashgan. Surʼatkashlar ayolni moda jurnalisti yoki bloger deb hisoblab, surʼatga olganlar.

Mashʼum holatdan soʻng Lin haqiqatda ham oʻzining shaxsiy moda blogini Accident Icon niki ostida yuritishni boshladi.

Shu bilan bir qatorda u mashxur boʻlish maqsadini hatto ketidan yurmagan edi ham.

Bunga qaramay takliflar birin ketin kelaverar edi.

Steylerga H&M, Mango kabi moda gigantlari, hamda boshqa taniqli brendlar oʻz diqqatlarini qaratgan edilar.

Oxirgi bir necha yil ichida feshn-industriyasi qarilikni modaning odatiy qabul qilish chegaralaridan chiqish imkoniyati sifatida koʻrib chiqmoqda.


Lin Sleyterning foto surʼatlari internet boʻylab " Amerikaning eng rusumli buvisi" kabi izohlar bilan tarqalib ketgan.

Haqiqatda ham, Linning stil hissi zavq va shavq hissiyotlarini uygʻotadi!

Sleyterning oʻzi haqida shunday deydi: "Mening shaxsiy stilimni sharxlash qiyin. U mimimalistik, proaktiv, oʻziga rom etuvchi va avangardir. Lekin men uchun birinchi oʻrinda haqiqiylikdir. Men xech qachon kundalik hayotda kiymaydigan kiyimlarda surʼatga tushmayman".

" Baʼzan kiyim tanlashda men qaltis qarorlar qabul qilaman, chunki koʻp marotaba bunga amin boʻlganman: kiyim menga ideal holda toʻgʻri keladi, lekin ilgakda koʻrinishi unchalik emas. Lekin agar qandaydir keng tarqalgan moda tendensiyasi sizga toʻgʻri kelmasa, zamonaviy boʻlish uchun unga rioya qilish shart emas. Oʻzingga yarashadigan narsalar bilan eksperiment qil" - deb davom etadi u.

Aytish joizki, Lin juda ham oʻz yoshiga mos koʻrinadi, oq sochlarini berkitmaydi, surʼatlarini deyarli ishlov berib oʻzgartirmaydi va tabiiy goʻzallikni populyarizasiya qiladi.

Lin yaponiyalik minimalizm va konstruktivizmni juda hush koʻradi.

Uning 100 mingdan ortiq mushtariylari bor boʻlib, bloger ayolning har bir surʼati 5 ming tadan kam boʻlmagan "Yoqadi" belgilarini yigʻadi.

Agarda Linni bir nechta soʻzlar bilan taʼriflaydigan boʻlsa, u holda bu nafislik, nazokat va futurizm.

Lin Sleyterning eng yaxshi koʻradigan aksessuari bu - quyoshdan saqlovchi koʻzoynaklardir.

Bu ayolni tomosha qilish - bu huzurdir. Endilikda men qarishdan qoʻrqmauman, chin soʻzim!










Bizning oʻlkalarimizda nima uchundir yoshi katta odamlarga yorqin va chiroyli kiyim kiyish yarashmaydi deb hisoblanadi. Lekin, mening tilim bu ayolni qariya yoki buvijon deb aytishga nima uchundir aylanmayapti. Inkor etmayman, bizda ham 63 yoshida bundan yomon koʻrinishga ega boʻlmagan ayollar bor. Agarda sizni ham Lin Sleyterning stili ilhomlantirgan boʻlsa, u holda bu bilan doʻstlaringiz bilan oʻrtoqlashing.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



