Uchar fonuslar

Uzoq yillar mobaynida Sharqdan kelganlar avloddan-avlodga turli bayram va boshqa maxsus tadbirlarda, shuningdek, maxsus festivallarda ham osmon fonuslarini ishga tushirganlar. Tayvanning Chiang May shahrida rangli fonuslar uchirish marosimlari boʻlib oʻtadi. Koʻnsert saxnalar, quruqlik va suvlar, mushaklar, xalq sayillari boʻladi va yarim kechada fonuslar osmonga uchiriladi. Bu ularning osmonga boʻlgan yil mobaynidagi tashakkuri va kelasi yil yanada yaxshi boʻlishi umidi hisoblanadi.

Yaponiyada “olov oʻqlar” VII asrda paydo boʻlgan. Ularni Monarx-Buddistlar yomon ruh va havf hatarlarni yoʻq qiluvchi timsol sifatida olib kelganlar. Qizigʻi shundagi ushbu chiroqlar yonganida buddistlar chiroqlarni kuzatib turishgan va bunda sirli maʼno bor deb hisoblashgan.
Soʻnggi 4 asrda osmon fonuslari anʼanaviy tarzda toʻy, marosim va madaniy koʻngil ochar tadbirlarda qoʻllanilib kelinmoqda.

Yengil qogʻozli fonuslar eng qadimgi havo fonusi hisoblanadi, sharqda ular "kom" yoki "loy" deb ataladi. "Com" - "dumaloq","moy" - "parvoz", umumiy “xomloy” - "fonus" degan maʼnoni bildiradi. Bayram kechasi ular butun shahar boʻylab uchadi. Uzoqdan yonayotga fonuslar huddi NUJ ning olovchalari degan tasurot uygʻotadi. Osmon fonuslarini hattoki baʼzi odamlar NUJ deya ham oʻylab qolishgan.
Osmon fonuslari butun dunyo boʻylab faqat XXI asrning boshida mashhur boʻlib, Amerika qitʼasi va Yevropada tez tarqalgan. Ular shaxsiy va korporativ bayramlarda, shuningdek, romantik muhit yaratish zarur boʻlgan barcha holatlarda keng qoʻllanildi.

Uchar fonuslarni osmonga qoyib yuboradiga pallada tilaklar aytish (fonuslarga yozish)ham juda mashhur ananaga aylangan. Insonlar ushbu niyatlari ijobatiga ishonishadi va bundan tashqari uchib ketayotgan fonus oʻzi bilan barcha yomonliklarni olib ketadi deya hisoblashadi. Ushbu ananaga bir asrdan oshdi.
Uchar chiroqlar oila va doʻstlar bilan kunduzi va kechasi, baxt, salomatlik, boylik va muhabbat tilab uchiriladi. Qadimgi Birmada sevishgan juftliklar chiroqni uch marta falakka uchirishgan boʻlsalar yerdagi eng soʻnggi kunlariga qadar birga boʻladilar. Agar jufliklar fonusni yetti bora uchirgan boʻlsalar ular keyingi hayotlarida ham birga yashaydilar . Chiroqni uchirib , barcha yaqinlaringizga baxt , salomatlik, omad, farovonlik va taqdirning hadyalarini tilashingiz mumkin.

Koʻp hollarda fonus uchmay qoʻlishi, yonib ketishi va daraxtga ilinib qolishi mumkin. Bunday vaziyatlarda ular kulishadi va tilaklari juda koʻpayib ketganini aytadilar.
Bunday odam oʻz istaklarini qayta oʻylab, keyingi safar yana urinib koʻrishi kerak. Tailand xalqi osmonga fonus uchirsangiz sizga omad kelishiga ishonishadi. Fonus uchirish orqali inson tanasidagi barcha negativ narsalarni chiqarib tashlaydi va pozitiv kayfiyatga ega boʻladi.

Uchta asr oldin va hozirgi kunga qadar Hind qizlari uchib ketayotgan fonusni koʻrsalar ananaviy ravishda oʻz toʻylarida yoqiladigan koʻp chiroqlarni soʻrashadi. Turmushga chiqmagan qiz fonusni uchirsa oʻsha ondan taqdir yoʻllaridagi insoni bilan topishishmagunicha ular toʻqnash kelaveradilar.
Qadimgi Xitoy afsonalariga koʻra sevishganlar har yili birgalikda fonus uchirsalar , ular bir – birlarini yanada kuchliroq sevib boshlar ekanlar. Ularning sevgisidagi qaynoqlik uchayotgan fonus bilan yangilanaverar ekan.

Bugungi kunda fonuslar har bir maxsus tadbirning mohiyatini koʻrsatish va unga urgʻu berish uchun ishlatiladi, bu yigʻilish ,toʻy, tugʻilgan kun, Sevishganlar kuni, bayramlar yoki Yangi yil oqshomi boʻlsin.
Osmon fonuslari ancha vaqtdan beri oʻrinli sovgʻa vazifasini oʻtaydi. Ayniqsa , Toʻy tantanasi va tugʻilgan kun uchun bunday sovga juda muvaffaqiyatli. Bundan tashqari, uchish fonuslarini ishga tushirish inson bilan yarashish usuli sifatida ishlatilishi ham mumkin. Senariyga koʻra, yarashuv belgisi sifatida ikki kishi osmonga bitta chiroqni uchiradi . Osmonda fonuslar ham suratga olish uchun qiziqarli hikoyaga aylanadi. Khao Lak (Tailand) plyajida 5000 ga yaqin fonus yoqildi. Jurnalist Jou Xin ushbu tadbirni suratga olgan holda, dunyoning eng obroʻli xalqaro foto jurnalistlar tanlovida "World Press Photo" ning "Arts &Entertainment" kategoriyasida ikkinchi oʻrinni egalladi. Yevropada osmon fonuslari 2006 yildan beri katta ahamiyatga ega. 2011 yil 21 iyun kuni Poznan shahrida (Polsha) 11 mingdan ziyod samoviy fonuslar yoqildi. Ukrainada fonuslar "Ropunzel" multfilmi paydo boʻlgandan soʻng mashhur boʻldi. "Rapunzel: Tangled Story" - "Sky Lanterns" juda muhim rol oʻynaydigan sevgi va doʻstlikning ajoyib hikoyasidir. Bugungi kunda mushak va boshqa bayram nishonalariga qaraganda fonus ekologik toza, shovqinsiz va xavfsiz hisoblanadi

Osmon fonusi - osmonda oʻz yulduzingizni yoritib, orzu qilish uchun noyob imkoniyatdir! Muhabbatingizni oshkor qiling va romantik kechani tashkillashtiring. Ajoyib tugʻilgan kunni, toʻyni, bolalar bayramini yoki korporativ partiyani tashkil qiling; Oʻzingizga va yaqinlaringizga noyob quvonch va baxt keltiradigan unutilmas, ajoyib, sehrli tomosha qiling!

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



