Qiziqarli

Uchta konteyner va ozgina say-harakat bu oilaga mukammal uy barpo etish imkonini berdi!

Uchta konteyner va ozgina say-harakat bu oilaga mukammal uy barpo etish imkonini berdi!

Keyingi bir necha yillarda meʼmorlar va dizaynerlar orasida qurilish materiali sifatida konteynerlar alohida talabga ega boʻlib kelmoqda.

Uchta konteyner va ozgina say-harakat bu oilaga mukammal uy barpo etish imkonini berdi!

Masalan, ekologik xavfsizlikning barcha talablari va meʼyorlariga toʻla javob bera oladigan "zangori" maskanni yaratish boʻyicha ishlagan Arcgency Daniya loyihasini olaylik. Loyihaning asosiy xususiyati shundaki, bunday uyning qurilmasida biron dona boʻlsa-da potentsial toksik material yoʻq.

Uchta konteyner va ozgina say-harakat bu oilaga mukammal uy barpo etish imkonini berdi!

Konteynerlardan yasalgan uy yomgʻir suvini foydali tarzda toʻplash uchun maʼsul boʻlgan fotoelektrik tizimga ega boʻldi (va bu uning yagona vazifasi emas). Bunday ekologik toza maskanda elektr energiyasining sarfi, istalgan boshqa turdagisidan koʻra 50 foizga kamroq.

Uchta konteyner va ozgina say-harakat bu oilaga mukammal uy barpo etish imkonini berdi!

Bino yagona uslubda, oddiy shalkda va keraksiz detallarning iloji boricha kamroq ishtirokida yaratildi. Bunday uy oʻzining shakli bilan kishini lol qoldiradi, eng asosiysi esa - tabiiy yorugʻlikka toʻla. Bunga derazalarning toʻgʻri joylashtirilishi natijasida erishildi.

Uchta konteyner va ozgina say-harakat bu oilaga mukammal uy barpo etish imkonini berdi!

Ekologik maskanning birinchi qavatida mislsiz keng oshxona va ovqatlanish xonasi joylashtirildi. Bu sathdagi katta derazalar ichki va tashqi boʻlmalar orasidagi chegarani bilintirmaydi. Shu bilan birga dizaynerlar ikkinchi qavat toʻgʻrisida ham qaygʻurishdi!

Uchta konteyner va ozgina say-harakat bu oilaga mukammal uy barpo etish imkonini berdi!

Uyning barpo etilishiga uchta dengiz konteyneri kerak boʻldi. Bironta xona ham ikkinchisidan eshiklar yordamida ajratilmadi. Shuning uchun ham butun uy bitta katta makonni ifoda etadi. Uyda har birining maydoni 15 kvadrat metrni tashkil etadigan jami 4 ta yotoqxona mavjud. Agar istak paydo boʻlib qolsa, ularni bolalar burchagi yoki kichik idoraga ham aylantirish mumkin boʻladi.

Uchta konteyner va ozgina say-harakat bu oilaga mukammal uy barpo etish imkonini berdi!

Binodagi temir konteynerlarga ishlov berilgan va ekologik toza materiallar bilan qoplangan. Yana shunisi diqqatga sazovorki, vujudga kelgan qurilma mislsiz mustahkam va ishonchliligi bilan ajralib turadi.

Uchta konteyner va ozgina say-harakat bu oilaga mukammal uy barpo etish imkonini berdi!
Uchta konteyner va ozgina say-harakat bu oilaga mukammal uy barpo etish imkonini berdi!
Uchta konteyner va ozgina say-harakat bu oilaga mukammal uy barpo etish imkonini berdi!
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar