Ushbu juftlik ishini tashlab, hamma narsasini sotib, mushugi bilan dunyo boʻylab sayohatga yoʻl oldi

Mett va Jesika Jonsonlar, koʻpchilik orzu qiladigan hayot bilan yashaydi – 2011 yilning avgustida ular oʻzida bor barcha narsani sotib yubordi, ishdan boʻshashdi, yaxta sotib olib dunyo boʻylab sayohatga jonashdi.

Avval avtomobil sotuvchisi va ekonomist boʻlib ishlagan (ikkalasi ham 32 yoshda) juftlik, allaqachon 16 ta mamlakatga tashrif buyurishdi, Bagama, Yamayka, Kuba va Peru shular jumlasidandir. 2012 yilda ular oʻz komandasiga yana bir aʼzo – Jorjiya ismli mushukni qabul qilishdi, bu mushuk suzishni bilar ekan.

- Biz juda koʻp soatlarni dam olish kunlari televizor qarshisida oʻtirib oʻtqazardik, esda qolarli yoki xursandchilik keltiradigan hech narsa yoʻq edi. Ana shunday paytda biz nimadir oʻzgartirishimiz kerakligini tushundik. Bir joyga joylashib olib, farzand katta qilishdan oldin, umrimizning bir necha yillarini faqat emotsiyalar va taassurotlarga bagʻishlashga qaror qildik.

Hammasi 2007 yil, Michigan koʻliga borganimizda boshlandi.

Mett suvdagi yaxtalarni tomosha qilib, ana shunday bir yaxtada dengizda dam olish oyi oʻtqazish zoʻr boʻlardi, deb qoldi.

U shunday dedi: - Biz yo koʻchmas mulk, yo yaxta sotib olishimiz mumkin. Nima deb oʻylaysan, qaysi biri bizga koʻproq kerak?

Shunday qilib biz, dam olish kunlarimizni suvda oʻtqazishga kelishib oldik. 2011yilning iyun oyida esa biz uyimizni sotib yubordik, chunki uzoqroq yani 4-5 yil sayohat qilishga qaror qilgan edik. Imkoni boricha uzoqroq.

Iyul oyida ikkalamiz ishdan boʻshadik, avtomobillarimizni sotib yuborib, oʻz kruizimizni boshladik.

2012 yil, hayvonlar uchun boshpanadan oʻzimizga Jorjiya ismli mushukni oldik.

Jorji yaxtaga yaxshi koʻnikib ketti, xattoki, bizdan ham yaxshi desak boʻladi.

Bu sayohat bizning munosabatlarimizga yaxshi taʼsir koʻrsatmoqda.

Bu yerda, agar baxslashib qolsak, hech kim muammodan qocha olmaydi, axir qayerga ham qochardi. Shuning uchun hammasini joyida hal qilamiz.

Mushugimiz suvni va unda suzib yurgan baliqlarni tomosha qilishni yoqtiradi.

Yana biz, Jorji suza olishini bilib qoldik.

Bir kuni u bortdan tashqariga sakradi, yaxtani aylanib suzib, orqadagi zinadan chiqib keldi.
Biz odamlar orzularini pensiya yoshiga yetgunicha kuttirishi haqida koʻp eshitganmiz… lekin u yoshda koʻp orzularni allaqachon amalga oshirib boʻlmaydigan boʻlib qoladi.
Yaqin orada sayohatimiz nihoyasiga yetadi. Undan olgan hissiyotlar va taassurotlar butun umrimizga yetishini xohlardik.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



