Usmoniylar imperiyasi. Sulaymon I: biografiya

1494 yilda turk sultoni Salim I hamda uning xotini – qrim xonining qizi Oysha Hafsa farzand koʻrdilar, unga Sulaymon, deb ism qoʻydilar. Bu shahzodaning taqdiriga kelajakdayarim dunyoni zabt etish hamda mamlakatini qayta isloh qilish yozilgan edi.

Boʻlajak sulton Sulaymon I Istambuldagi saroy maktabida tahsil olib, oʻsha davrning eng mukammal bilimlarini egalladi, bolalik va oʻsmirlik chogʻlarini kitob mutolaasi hamda maʼnaviy oʻsish bilan oʻtkazdi. Erta oʻsmirlik chogʻlaridanoq u uchta viloyatga hokimlik qila boshladi. Sulaymon I taxtga oʻtirishidan avval Usmoniylar saltanati aholisining mehriga va hurmatiga sazovor boʻldi.
Sulaymon 26 yoshida taxtni egalladi. Venetsiyalik elchi Bartolomeo Kontarini uni quyidagicha tasvirlagan:
“Baland boʻyli, istarasi issiq. Uning boʻyni odattagidan uzun, yuzi ingichka, qirra burun, terisi rangpar. Xalq uni dono hukmdor sifatida taʼriflar hamda oqilona hukmdorlik qilishiga ishonadi”.
Sulaymon avvaliga bu ishonchni oqladi. Hukmdorlik davrini xalqparvarlik hissi bilan boshladi – otasi tomonidan bosib olingan mamlakatlarning yuqori martabali asirlarini ozod qildi. Bu harakati bilan chet el mamlakatlari bilan munosabatni yaxshilab, ular bilan savdo-sotiq aloqasini yoʻlga qoʻydi.

Bu yangilikdan ayniqsa yevropaliklar xursand boʻlgan edilar, ammo ularning quvonchi uzoqqa choʻzilmadi. Bir qarashda vazmin va adolatli Turkiya hukmdori aslida harbiy shuhrat haqida orzu qilayotgan edi.
Sulaymon I hukmdorligi davrida mayda urushlarni hisobga olmaganda 13 ta yirik harbiy yurish qildi, ulardan 10 tasini Yevropa hududida amalga oshirdi. Bu paytga kelib Usmoniylar imperiyasi Jazoirdan to Erongacha boʻlgan hududda yastanib, misli koʻrilmagan darajadagi qudratga ega boʻldi. U davrlarda “Turklar darvoza yaqinida”, degan ibora yevropaliklar uchun vahimaning oʻzi edi, hukmdorini esa dajjol bilan tenglashtirishar edi.

Sulaymon I taxtga oʻtirganidan bir yil oʻtib Vengriya chegarasiga qarab yurish qildi. Turk qoʻshinlarining hujumi natijasida Shabats qalʼasi ishgʻol qilindi. Shundan keyin gʻalaba ketidan gʻalaba kelaverdi –magʻlubiyat nimaligini bilmagan usmoniylar Qizil dengiz, Jazoir, Tunis, Rodos oroli, Tebriz va Iroqni zabr etib, u yerlarni oʻz nazoratlari ostiga oldilar.
Qora dengiz bilan Oʻrtayer dengizining sharqiy hududlari ham jadallik bilan oʻsib borayotgan Usmoniylar saltanatining haritasidan joy oldi. Vengriya, Sloveniya, Transilvaniya, Bosniya va Gertsogovina kabi davlatlar ham sultonga boʻysinar edi. 1529 yilda turk sultoni katta ketib, Avstriyaga qarshi yurush boshladi va 120 ming nafarli qoʻshini bilan poytaxtga hujum uyushtirdi. Biroq u yerda tarqalgan epidemiya Venani ishgʻol qilinishdan asrab qoldi hamda turk qoʻshinining uchdan bir qismining qirilib ketishiga sabab boʻldi. Shundan keyin shahar qamali bekor qilindi.

Sulton Sulaymon faqatgina Rossiyyagagina jiddiy yurushlarni uyushtirmadi, chunki uni na bir harakatu va na bir pul sarflashga arzimaydigan xilvat bir viloyat, deb hisoblar edi.
Shuhratparast sulton Sulaymonning hukmdorlik davrining oxiriga kelib Usmoniylar imperiyasi musulmon olamining tarixdagi eng buyuk va qudratli saltanatiga aylandi. Biroq harbiy harakatlar davlat hazinasiga jiddiy zarar yetkazar edi – hisob-kitoblarga qaraganda, 200 ming harbiylardan iborat boʻlgan qoʻshinning taʼminoti tinch davr sarf-harajatlarining uchdan ikki qismini tashkil qilar edi.
Sulton Sulaymonni Yevropada “Muhtasham”, musulmon olamida esa “Qonuniy” nomi bilan atashar edi. Uning hayot davri nafaqat harbiy muvaffaqiyatlardan iborat, balki mamlakatning ichki ishlaridagi faoliyati bilan ham toʻlgan edi. Sultonning topshirigʻi bilan Ibrohim qozi XX asrgacha tadbiq qilinib kelingan qonunlar majmuasini yangiladi. Jazolash va oʻlim hukmi ancha qisqartirildi, biroq pul va hujjatlarni qalbakilashtirish, poraxoʻrlik va yolgʻon guvohlik berish kabi jinoyatlar ustida qoʻlga olinganlarning qoʻli avvalgidek kesilar edi.

Sulaymon I hukmdorlik qilayotgan saltanatda turli din vakillari qoʻshnichilikda yashar edi, shuning uchun oqil sulton shariat taʼsirini kamaytirishga qaror qildi hamda dunyoviy qonunlarni ishlab chiqdi. Biroq bu qonunlarning bir qismi doimiy urushlar tufayli hayotga tadbiq qilinmay qolib ketdi.
Taʼlim tizimi ham yaxshi tomonga oʻzgardi: birin ketin boshlangʻich maktablar ochila boshladi, taʼlimni davom ettirish niyatidagi bitiruvchilar esa sakkizta eng asosiy madrasalar qoshidagi kolledjlarda tahsil ola boshladilar.

Sulaymon I sheʼriyat shaydosi boʻlgan, shu bilan birga zargarlik, temirchilik hunarini ham chuqur egallagan, hattoki harbiy yurishlar uchun shaxsan oʻzi zambaraklar quygan.
Sultonning haramida qancha kanizagi boʻlgani nomaʼlum.Tarixchilar faqatgina sultonga farzand tugʻib bergan maʼshuqalari haqidagina maʼlumotlarga egadirlar. 1511 yilda 17 yoshli sultonning birinchi mahbubasi Fyulane ismli kanizak boʻldi. Uning tugʻgan farzandi 10 yoshga yetmayoq chechak kasalidan vafot etdi. Oʻgʻlining vafotidan hech qancha vaqt oʻtmay bu ayol saroy sahnasida koʻrinmay qoldi.

Sultonga farzand tugʻib bergan ikinchi kanizakning ismi Gyulfem xotun boʻlib, u ham hukmdorga oʻgʻil tortiq qildi. Biroq bu bola ham chechak epidemiyasidan omon chiqa olmadi. Shundan soʻng bu ayol ham sultondan uzoqlashtirildi, biroq shunga qaramay yarim asr davomida uning doʻsti va maslakdoshi boʻlib keldi. 1562 yilda Gyulfem Sulaymonning buyrugʻi bilan boʻgʻib oʻldirildi.
Sultonning rasmiy rafiqasi maqomini qoʻlga kiritish uchun Mohidavron ismli kanizak ham urinib koʻrdi. Mohidavron 20 yil davomida haram hamda saroyda oʻz taʼsirini oʻtkazib keldi, ammo u ham sulton bilan qonuniy nikoh qura olmadi. Oʻgʻli Mustafo bilan saltanat poytaxtidan oʻgʻli hokim etib tayinlangan viloyatlardan biriga koʻchib ketishga majbur boʻldi. Keyinchalik taxt vorisi hisoblanmish shahzoda Mustafo otasiga qarshi isyon koʻtarishni rejalashtirishda ayblanib, qatl qilindi.

Sulaymon Qonuniyning ayollari roʻyxatini shubhasiz,hammamizga tanish va mashhur Xurram xonim boshqaradi. Kelib chiqishi slovyanlik boʻlgan bu kanizak Galitsiyadan asirga olib kelingan. Haramda Roksolana ismini oldi hamda hukmdorni maftun etdi: sulton uni ozod etib, soʻngra qonuniy nikohiga oldi. Nikoh marosimi 1534 yuilda rasmiylashtirildi.
Roksalana quvnoq feʼl-atvori va hamisha kulib yurgani uchun Xurram deb atala boshladi. Lekin Xurram ideal koʻrinishga ega boʻlmagan,atrofdagilar uning aqli va kerakli joyda ishlata oladigan makr-hiylasini qadrlashar edi. Toʻpkapa saroyida haram tashkil qilgan, koʻpgina xayriya tashkilotlariga asos solgan Xurram xonim rassom va yozuvchilarga ilhom bahsh etib turgan.

Sulaymon Roksolananing koʻngliga qaragan, uning xohish-istagini bajo keltirgan. Bundan foydalangan Roksolana eriga oʻz soʻzini oʻtkazgan va hattoki sultonning boshqa xotinlaridan koʻrgan oʻgʻillarini qatl qilishiga ham erishgan. Xurram sultonga Mihrimah ismli qizni va besh nafar oʻgʻil tugʻib bergan.
Oʻgʻillari ichidan Salim otasidan keyin mamlakatni boshqardi, biroq u hukmdorlikni oʻz oʻrniga qoʻya olmadi. Sulton Salim koʻproq ichkilik va aysh-ishratga ruju qoʻygan edi. Uning hukmdorlik yillarida Usmoniylar imperiyasi soʻnib bordi. Sulaymonning Xurramga boʻlgan muhabbati yillar oʻtgan sayin kamaymadi, hattoki xotinining vafotidan keyin ham turk hukmdori boshqa nikoh qurmadi.
Koʻpgina kuchli mamlakatlarni boʻysundira olgan sulton oʻzi xohlagandek urushda omonatini topshirdi. Bu voqea Vengriyaning Sigetavr qalʼasini ishgʻol qilish vaqtida sodir boʻldi. 71 yoshli Sulaymon ancha paytdan beri podagra kasalligidan azob chekib kelar edi. Kasallik borgan sari kuchayib bordi, sulton hattoki otda ham yurishga qiynalib qoldi. Tabiblarning qilgan hatti-harakatlari sultonni asrab qola olmadi.

Sulaymon sulton 1566 yilning 6 sentyabrida vafot etdi.U qalʼaning asosiy hujumiga ikki soat qolganda omonatini topshirdi. Sultonidan ayrilganini bilgan askarlar tushkunlikka tushishlari va buning natijasida isyo nkelib chiqishi mumkin edi. Shuning uchun sultonning oʻlimi haqidagi xabar qoʻshinga yetib bormaslik maqsadida saroy tabiblari darhol oʻldirildi. Taxt vorisi Salim Istambulda oʻz hokimiyatini oʻrnatgandan keyingina qoʻshinlar hukmdorning vafoti haqidagi xabarni eshitdilar.
Sulton Sulaymonning oʻlimi haqida bir necha afsonalar mavjud. Ulardan birida aytilishicha, oʻlimi yaqinlashib kelayotganini his qilgan sulton vaziriga oʻz vasiyatini aytgan. Falsafiy maʼnoga ega boʻlgan bu vasiyatda aytilishicha, Sulaymon qoʻllari kafanga oʻralmay ochiq qolishini va tobutdan chiqarib qoʻyilishini soʻragan – yaʼni hamma koʻrib qoʻysin, topgan-tutgan boylik bu dunyoda qoladi, hattoki Buyuk sulton Sulaymon ham bu dunyodan quruq qoʻl bilan ketmoqda.

Sulaymon I ning hayoti haqida bir necha hujjatli va badiiy filmlar suratga olingan. Shulardan 2011 yilda ekranga chiqqan “Muhtashamyuz yil” seriali ayniqsa diqqatga sazovordir. Unda saroy hayoti, u yerdagi fitnalar tomoshabinga toʻlaqonli qilib yetkazib berilgan. Serialda sultonSulaymon rolini turk aktyori Halit Ergench maromiga yetkazib talqin etgan. Aktyor tomonidan yaratilgan bu obraz sulton hukmdorligi talqinining eng yaxshi namunasi, deb tan olindi. Kanizak va sultonning rafiqasi rolini esa olmon-turk kelib chiqishiga ega boʻlgan aktrisa Maryam Uzerli mahoratli ijro etgan. U ham Hurramning feʼl-atvorini toʻlaqonli koʻrsatib bera olgan.

*”Sulaymon Qonuniy”. Usmoniylar imperiyasining buyuk sultoni. 1520-1566”, G.Lemb
*”Sulaymon. Sharq sultoni”, G.Lemb
*”Sulton Sulaymon va Roksolana. Nomalar, sheʼrlar, hujjatlar…” Buyuklar nasri.
*”Muhtasham yuz yil” kitoblarining seriyalari. N.Pavlisheva
*Sulaymon hamda Xurram-sultonning mushtasham asri”. P.J. Parker
*”Usmoniylar imperiyasining yuksalishi va soʻnishi. Cheksiz hudud hukmdorlari”, Gudvin Jeyson, M.Sharov
*”Roksolana, Sharq qirolichasi”. O. Nazaruk
*”Haram”, B. Smoll
*1996 – “Roksolana”
*2003 – “Xurram sulton”
*2008 – “Haqiqat izlab. Roksolana: taxt sari qonli yoʻl”
*2011 – “Muhtasham yuz yil”
*Sulaymoniy masjidi
*Xurram Sulton masjidi
*Shahzoda masjidi
*Salimiy masjidi
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



