Uy sharoitida “Praga” shokoladli tortini tayyorlash

Masalliqlarni tayyorlash: 15 daqiqa
Tayyorlanish vaqti: 45 daqiqa
Umumiy tayyorlanish vaqti: 60 daqiqa
Servirovka: 8 kishiga moʻljallangan
Kaloriyasi: 324

Biskvit uchun:
*6 ta tuxum oqi, 6 ta tuxum sarigʻi, 150 gr shakar, 115 gr un, 35 gr kakao, 40 gr saryogʻ
200 daraja issiqlikda taxminan 30 daqiqa pishiramiz
Kremi:
*1 ta tuxum sarigʻi, 20 gr suv, 120 gr quyultirilgan sut (sgushyonka), 200 gr saryogʻ, 10 gr kakao, 1 chimdim vanilin
Qiyomi
*55 gr oʻrik murabbo, 50 gr saryogʻ, 70 gr shokolad
1.Chuqur likopchada tuxum sarigʻi bilan shakarni qoʻshib, ozgina koʻpik hosil boʻlguncha aralashtiramiz.

2.Soʻngra boshqa idishda tuxum oqini koʻpirtiramiz va oz-ozdan shakar solib koʻpirtirishda davom etamiz, toki quyuq koʻpik hosil boʻlguncha.

3.Koʻpirtirilgan tuxum oqi bilan sarigʻini bir-biri bilan aralashtiramiz.
4.Hosil boʻlgan massaga kakao bilan unni solamiz. Aralashtirish qulay boʻlishi uchun masalliqlarni oz-ozdan qoʻshamiz. Soʻngra bunga eritilgan saryogʻ solib, ehtiyotkorlik bilan aralashtiramiz.

5.Biskvitimizni duxovkada 220 daraja issiqlikda 30 daqiqa davomida pishiramiz. Pishgandan keyin esa 7-8 soat sovishini kutamiz, toki biskvit ichida nam joylari qolmasin.

6.Krem tayyorlaymiz. Chuqur idishga tuxum sarigʻini solib, ozgina suv qoʻshamiz. Aralashtiramiz. Soʻngra quyultirilgan sut (sgushyonka) ni solamiz . Idishni olovga qoʻyib, quyulgunicha aralashtirib turamiz. Tayyor boʻlgan kremni sovutishga qoʻyamiz.

7.Endi alohida idishda saryogʻni vanillin bilan birgalikda koʻpirtirib, tayyor sovutilgan kremimizga qoʻshamiz.

Bunga endi kakaoni ham qoʻshamiz va mikser bilan aralashtiramiz.

8.Biskvitimizni bir necha boʻlaklarga boʻlamiz, ularning ustki qismini oʻrik murabbosining sharbati bilan toʻyintiramiz va ustidan krem surtib chiqamiz. Har bir qavatini shunday qilib, ularni birlashtiramiz. Soʻngra tortni muzlatgizga joylashtiramiz.

9.Endi qiyom tayyorlash navbati. Shokolad bilan sayrogʻni eritib, aralashtiramiz. Tayyor boʻlgan shokoladli qiyomni tortning ustidan quyamiz. Yon tomonlariga esa shokolad kukunlarini yopishtirib chiqamiz.


10.Uy sharoitida qilinadigan “Praga” torti tayyor. Yoqimli ishtaha!

Barcha masalliqlar bir-biriga singishi va yanayam mazali boʻlishi uchun tortni bir necha soat muzlatgichga qoʻyish tavsiya etiladi.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



