Uydan shirin ifor kelishini taʼminlovchi vositalar

Ogʻir ish kunidan soʻng kayfiyatni koʻtarishni hohlasangiz, xonada yoqimli hid taratuvchi shamlarni yoqing. Bundan tashqari ilang-ilang va sandal kabi hushboʻy oʻsimliklar ham charchoqdan holi boʻlishga koʻmak beradi.

Yalpiz, greyfrut, apelsin, dolchin va limonda tetiklashtiruvchi iforlar mavjud boʻlib, ular kunni yaxshi kayfiyatda boshlashga yordam beradi.

Agar siz mexmonxonada shunchaki orom olishni istasangiz u holda tinchlantiruvchi hidlarni tanlang.
Agar mehmon kutayotgan boʻlsangiz, hammaga birdek maʼqul keladigan hidni tanlaganingiz maʼqul. Bunda sizga bergamot va atirgul ifori yordam bera oladi.

Yotoqxona uchun esa tinchlantiruvchi va uhlashga koʻmaklashuvchi hidlarni tanlang. Lavanda ifori aynan ana shu hususiyatlarga ega.

Bolalar xonasi uchun xid tanlashda extiyotkor boʻlish zarar qilmaydi, chunki oʻta oʻtkir iforlar bolalar ruxiyatiga salbiy taʼsir etishi mumkin. Ular uchun moychechak, atir gul va lavanda islarini tanlang.

Daxliz- bu uyning tashrif qogʻozi sanaladi. Koʻchadan kelgan inson uy va uni egalari haqidagi ilk tasurotini aynan daxlizga kiriboq oladi. Shu bois ham daxliz xidiga axamiyatni kuchaytiring. Bunda archa, atirgul va limon iforli vositalarga murojat qiling.

Atir gul ifori – chaqchoq va stressdan halos etadi.
Limon esa kayfiyatni koʻtaradi.
Oshxona- ovqat va yogʻ isi muntazam turadigan joy. Shu bois ham ifor tanlayotganingizda buni ham inobatga oling. Efir moyi nafaqat kayfiyat ulashadi. U yana ishtaxani ochish hususiyatiga ham ega.
Dolchin va vanillin hidi esa oshxonangizga ajoyib kayfiyat olib kirish hususiyatiga ega.
Greyfrut isi esa taomlanayotganingizda asab tizimini tinchlantiradi.

Xushboʻy ifor taratuvchi vositalarni tanlaymiz:
Shirin lampalar- yaxshi hid taratadi. Biroq kamchilikdan holi emas. Uni nazorat qilib turish kerak.
Xushboʻy shamlar- romantik kayfiyat timsoli boʻlib, ajoyib kechaga yanada fayz bagʻishlaydi. Uning ifori juda mayin va betekror.
Xushboʻy tayoqchalar- xonadagi tamaki tutunini ketkazishda eng yaxshi vosita hisoblanadi. Bir necha donasi yoqilib idishga solib qoʻyiladi. Sanoqli daqiqalardan soʻng esa hona musaffo hidga ega boʻladi.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



