Uyqu haqida qiziqarli maʼlumotlar

Birinchi bosqich- Bedorlikdan uyqu holatiga oʻtish yaʼni mudrash. Mudroqqa ketgan odamni uygʻotsangiz, uhlamagani haqida aytadi.
Ikkinchi bosqich- Uyqu elitib, mudroq bosganidan 20 daqiqa oʻtib hosil boʻlib, butun uyquning yarmini tashkil etadi. Ayrim mutaxassislar bu jarayonni oʻtish uyqusi deya ataydilar. Bu bosqichda uhlayotgan odamni uygotsangiz uygʻonadi va yana qayta uyquga ketadi. Ushbu holat tun davomida bir necha marotaba qaytalanishi mumkin.

Uchinchi bosqich- Sokin uyqu. U uyqu vaqtining chorak qismini egallaydi. Aynan ushbu tinch, osuda uyquda inson miyasi dam olar ekan. Faqat bu miyaning toʻliq dam olishi deya olmaymiz, chunki shunday holatda ham miya organizmdagi boshqa aʼzolarni nazorat qilib turadi. Aynan shu bosqichda kunduzgi faoliyatimiz uchun zarur modda va unsurlar vujudimizda qayta tiklanadi. Kun davomida parchalanadigan, teri sogʻlom boʻlishi uchun muhim boʻlgan A va N vitaminlar ham shu bosqichda teriga soʻriladi.
Toʻrtinchi bosqich- Paradoksal uyqu. Bu eng qisqa uyqu boʻlib, biz aynan shu uyquda tush koʻrar ekanmiz. Agar kimdir sizga hech qachon tush koʻrmasligi haqida gapirsa, ishonmang. U shunchaki koʻrgan tushini eslay olmaydi holos.

Inson salomatligi va jismonan sogʻlom koʻrinishi uchun qancha uhlashi kerak? Muntazam ravishda uyquga toʻymaslik immuntizimga salbiy taʼsir koʻrsatadi. Gormon ishlab chiqarilishini susaytirib, natijada asab faoliyatining buzilishiga olib keladi.

Agar inson uch kun ketma-ket 5- 5 yarim soat va undan kam uhlasa, uning organizmida butun bir tunni uyqusiz oʻtkazgan kabi alomatlar yuzaga keladi. Uyquga toʻymaslik natijasida koʻzlar nursiz, soch hamda teri quruq va moʻrt boʻlib qoladi. Goʻzallik va salomatlikni saqlashni istasangiz oʻzingizni uyqudan benasib etmang. Qayta kuch toʻplash uchun kerak boʻladigan uyqu vaqti har bir insonning oʻziga bogʻliq.
Sanab oʻtilgan 4 bosqichdan oʻtib, toʻliq xordiq chiqarganday uygʻongan kishi, haqiqiy dam olgan hisoblanar ekan. Uhlay olmaslik, tez-tez uygʻonib ketish va uyqudan keyingi lanjlik hissi esa uyqu buzilganidan darak beradi.

1. Vaqtincha uyqusizlik- Xayotda boʻladigan oʻzgarish va stresslar natijasida boʻlishi mumkin.
2. Vaqti – vaqti bilan paydo boʻladigan uyqusizlik- ziqlik, ruhiy zoʻriqish va alkogolizmdan yuzaga keladi.
3. Davomiy uyqusizlik- ruhiy va jismoniy omillar taʼsirida paydo boʻladi. Masalan hurrak oʻtish, biror kasallik bilan hastalanish. Bunday holda nafaqat bemor balki uning yonidagi odam ham uyqusizlikdan jabrlanadi.

Uhlashdan oldin honani shamollating. Honaning harorati 18 darajada boʻlsin.
Qulay va qattiqroq boʻlgan krovatda uhlang. Oʻta yumshoq , qalin va sintetik koʻrpa –toʻshaklardan foydalanmaganingiz maʼqul.
Yostiq uchun jild va choyshablarni tabiiy matolardan tanlaganingiz maʼqul.
Har kuni aynan bir vaqtda uhlashga odatlaning.
Uhlashdan oldin bir qoshiq asal, banan yoki bir piyola iliq sut iching. Sababi bular uyqu chaqiruvchi tabiiy neʼmatlardir.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



