Qiziqarli

Vanganing noyob qobiliyati. Hayot yoʻli va bashoratlari

Vanganing noyob qobiliyati. Hayot yoʻli va bashoratlari

XX asrning mashhur va sirli bashoratchisi boʻlmish Vanga bundan 160 yil muqaddam dunyoga kelgan. Uning hayot tarixi ioʻtgan asrning taniqli shaxslarnikiga qaraganda ancha sir-asrorlarga boy. Vanga bashoratlarining sirini hech kim ocha olgani yoʻq, chunki bu bashoratlar hozirgi kunda ham amalga oshib kelmoqda.

Vanga – toʻliq ismi Vangeliya Pandeva Dimitrova 1911 yil 31 yanvarda hozirgi Makedoniya Respublikasi hududida bolgariyalik dehqonlar oilasida dunyoga keldi. Qizaloq tugʻilganida shunchalik nimjon va zaif ediki, ota-onasi uning yashab ketishiga ishonmaganlar, shuning uchun ancha vaqtgacha unga ism ham qoʻymaganlar. 

Vanganing noyob qobiliyati. Hayot yoʻli va bashoratlari

Biroq qizaloq ikki oy deganda oʻziga kelib, hammani hayratda qoldirib, oʻsa boshladi. Ota-onasi uni choʻqintirib, unga Vangeliya, yaʼni “xushxabar” ismini qoʻydilar.

Boʻlajak bashoratchining bolalik chogʻlarini yorqin va quvonchga toʻla oʻtgan, deb boʻlmaydi. Otasi frontga ketgan, onasi esa Vanga uch yoshligida vafot etgan. Qizaloq qoʻshnining uyida yashay boshladi. Otasi frontdan qaytishi bilanoq boshqa ayolga uylandi.     

Vanga yoshligidan tabib-tabib oʻyinini oʻynashni xush koʻrar edi, tengdoshlariga oʻtli giyohlarni damlab ichirishni yaxshi koʻrar edi. Uning yana bir gʻalati, taqdirining belgisi boʻlmish oʻziga hos yoqtirgan oʻyini bor edi – u koʻzlarini bogʻlagan holda berkitib qoʻygan oʻyinchoqlarini qidirib topishni yoqtirar edi.

Vanganing noyob qobiliyati. Hayot yoʻli va bashoratlari

Vanga 12 yoshligida uning hayotini tubdan oʻzgartirib yuborgan voqea sodir boʻldi. U dugonalari bilan sayr qilib, qishlogʻiga qaytayotganida kuchli boʻron turib, uni havoga koʻtarib, uchirib olib ketdi. Vangani bir-necha soatdan keyin uzoqdagi daladan shox-shabbalarning tagidan qumga belangan holda topdilar.

Bu baxtsiz hodisadan keyin Vanganing koʻzlari koʻrmay qoldi. Qizaloqning koʻzlarini saqlab qolish mumkin edi, biroq uning oilasining koʻzlarni operatsiya qildirishga mablagʻi yoʻq edi, shuning uchun uning koʻzlari bir umrga ojiz boʻlib qoldi. 

1925 yilda Vangani Zemun shahridagi koʻzi ojizlar pansionatiga joylashtirdilar. Bu yerda u toʻqish, koʻzi ojizlar uchun moʻljallangan Brayal alifbosi orqali oʻqishni va taom tayyorlashni oʻrgandi. Vanga uchun bu davr hayotining baxtiyor damlari edi, biroq taqdir taqozosi uni uyga qaytishga majbur etdi.

Vanganing noyob qobiliyati. Hayot yoʻli va bashoratlari

Koʻzi ojizlar uyida Vanga uch yil yashadi. Otasining ikkinchi xotini tugʻruq vaqtida vafot etib, otasi yordamga muhtoj boʻlib qoldi. Koʻzlari ojiz boʻlishiga qaramasdan, Vanga haqiqiy bekalarday ish qila oldi – u uy ishlarini ham bajardi, kichkintoy uka va singillarini ham parvarish qildi. Bundan tashqari qishloqdoshlariga kiyimlar toʻqib berar, evaziga ulardan kiyim va oziq-ovqat olar edilar. 

1938 yilga kelib Vangada bashorat qila olish qobiliyati ochila boshladi, aslida bu qobiliyatning ilk belgilari qizaloq koʻzi ojizlar uyida yashayotganida paydo boʻla boshlagan edi.

Vanga qishloqdoshlariga bashoratlar qilar, tushlarining taʼbirini aytib berar edi. Baʼzilarning aytishicha, u bu narsani begona erkak kishining ovozi orqali yetkazib berar edi. Huddi shu davrda Vanga ilk bor trans holatiga tushgan va shundan keyin Ikkinchi jahon urushi boshlanishini oldindan aytib bergan.

Vanganing noyob qobiliyati. Hayot yoʻli va bashoratlari

Vanga qishloqdoshlarining yoʻqolib qolgan chorva hayvonlarining aniq joyini bexato ayta olgan. U urushda bedarak yoʻqolgan odamlarni tirik yoki oʻlik ekanligini, tirik boʻlsa qayerda ekanligini, oʻlgan boʻlsa koʻmilgan joylari bexato aytgan.

Bashoratlari oʻngidan kelgan Vanganing dongʻi yaqin atrofdagi qishloqlarga, shaharga yetib bordi. Uning huzuriga odamlar toʻda-toʻda boʻlib kela boshladilar. Bashorat qilishdan tashqari Vanga oʻtli giyohlar bilan odamlarning turli xil kasalliklarini davolay boshladi.

Endi uning dovrugʻi butun Bolgariyaga tarqaldi. Vanganing huzuriga odamlar qiyin vaziyatdan qutulish uchun yordam, maslahat, davo istab va bashorat ilinjida oqib kela boshladilar. Unga turli xil muammo bilan murojaat qilar edilar, u ham barchaga birdek muomala qilib, yoqdamini ayamas edi. Guvohlarning aytishlaricha, Vanga kuniga 130 nafar odamni qabul qilar edi. Shunday qilib Vanga haqida afsona tarqala boshladi.

Vanganing noyob qobiliyati. Hayot yoʻli va bashoratlari

Tashrif buyuruvchilar ichida taniqli shaxslar – siyosatchilar, adiblar, olimlar va artistlar paydo boʻla boshladi. Ular ham boshqalar qatori oʻz taqdiri va mamlakatining kelajagi haqida bilishni xohlar edilar.

Aytishlariga qaraganda, bashoratchi bu ayolga kelajak haqida xabardor boʻlishiga qand donalari “yordam bergan”. Vanga huzuriga tashrif buyuruvchilar uning oldiga kelishdan oldin ikki dona qand boʻlagini kechasi uyquga yotish oldidan yostiqlarini tagiga qoʻyishlari kerak edi. Maʼlumotlarga qaraganda, bashoratchi huzurida millionga yaqin tashrif buyuruvchilar kelib, ular ikki tonnaga yaqin qand boʻlaklarini olib kelganlar.

Bolgariyalik olim Georgiy Lozanov Vangani 25 yil mobaynida kuzatdi. Uning taʼkidlashicha, u yetti mingdan ortiq bashoratning amalga oshganiga guvoh boʻlgan. Bu esa 80 % ni tashkil etadi va hech qanaqasiga tasodif boʻlishi mumkin emas.

Vanganing noyob qobiliyati. Hayot yoʻli va bashoratlari

Aytishlariga qaraganda, Vanga Gitlerga magʻlubiyati haqida bashorat qilgan. U bu narsani uning shaxsan oʻziga aytgan: “SSSR ni oʻz holiga qoʻy! Baribir yutqizasan!”. Gaplari quruq safsata emasligini bildirib qoʻyish maqsadida esa uning qoʻriqchilarini orqa koʻchaga joʻnatdi. Uning aytishicha, u yerda bugun bir sigir tugʻishi kerak edi, u hattoki tugʻilajak buzoqchaning koʻrinishini ham taʼriflab bergan. Vanganing aytganlarining hammasi bexato amalga oshganini koʻrgan Adolf bashoratchining uyidan kapalagi uchib qochib ketgan.

Stalinning vafotidan yarim yil oldin uning oʻlimi haqida bashorat qilgan Vanga qamoqqa tushadi, biroq bashorati amalga oshganidan keyin ozod etiladi.

Vanga shuningdek, 1963 yiIda Kennediga sodir etilgan suiqasdni, 1968 yildagi Chexoslovakiyadagi voqealarni, Robert Kennedining oʻlimi hamda AQSH dagi saylovlarda Niksonning gʻalabasini oldindan aytib bergan.

Vanganing noyob qobiliyati. Hayot yoʻli va bashoratlari

Vanganing amalga oshmay qolgan buyuk bashoratlari ham boʻlgan. Bular 2010 yilda boshlanadigan yadroviy urush, 2011 yilda yoʻq boʻlib ketishi kerak boʻlgan oʻsimlik dunyosi va Yer sayyorasida kimyoviy urushning boshlanishi. Buyuk bashoratchi shuningdek, oʻzining qachon vafot etishini ham toʻgʻri ayta olmagan.

Vanganing qobiliyati Bolgariya hukumati tomonidan tan olingan, 1967 yildan boshlab esa u davlat xizmatchisi sifatida rasmiylashtirilib, maosh ham ola boshlagan. Vanga 55 yillik faoliyati davrida milliondan ortiq odamlarni qabul qildi. Shaxsiy toʻplagan pullariga esa ibodatxona qurdirdi.

Biroq cherkovdagilar bilan uning munosabati yaxshi emas edi. Cherkov Vanganing faoliyatyiga salbiy munosabat bildirgan hamda fol ochish va bashorat qilishni gunoh deb taʼkidlagan. Ammo shunga qaramasdan, Vanga barcha diniy koʻrsatmalarga amal qilib, cherkov bayramlarini ham nishonlagan.

Vanganing noyob qobiliyati. Hayot yoʻli va bashoratlari

Buyuk bashoratchi Vanga 1996 yil 11 avgust kuni 85 yoshida vafot etdi, oʻzidan keyin esa kelajakka doir bir qancha bashoratlarni qoldirib ketdi. Uning oxirgi bashoratlari dunyo taqdiri va insoniyat kelajagiga taalluqlidir. Bu bashoratlarning talqini ustida entuziastlar hali-hamon bosh qotirmoqdalar.

Vanganing bashorat qilishicha, XXI asrda turli davlatlarning chegaralarida odamlar halok boʻla boshlagani uchun Yevropa ham asta-sekin halok boʻla boshlaydi. Uchinchi jahon urushi ham aynan Yevropa mamlakatlarida boshlanadi, chunki Yaiqin Sharqdagi mojaro tufayli koʻpgina davlatlar jabr koʻradi.

Yevropaliklar musulmonlar bilan urush boshlaydi, bu urushda yadro quroli ishlatiladi va natijada butun dunyo yoʻq boʻlib ketadi.

Vanganing noyob qobiliyati. Hayot yoʻli va bashoratlari

Vanga shuningdek, bir necha yillar davom etadigan diniy mojarolarni ham bashorat qilib qoldirgan.

Bashoratchi yana butun Yer yuzini qamrab oluvchi yirik tabiiy ofatlar va kataklizmlarni bashorat qilgan.

“…Yillar oʻtib, zilzila, suv toshqini, tabiiy kataklizmlar yer yuzini vayron qila boshlaydi, shahar va qishlolar yoʻq boʻla boshlaydi, yomonlik qadrlanib, oʻgʻri, giyohvand, chaqimchi, gʻiybatchi va zinokorlarning son sanogʻiga yetib boʻlmaydi.

Vanganing noyob qobiliyati. Hayot yoʻli va bashoratlari

Insonlar oʻrtasidagi munosabatlar uzoqqa bormasdan barham topadi. His-tuygʻular qadr-qimmatini yoʻqotadi. Insoniy munosabatlarda yolgʻon hissiyot, nafs va egoizm ustunlik qiladi.     

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar