Xitoylik olimlar maymunni muvaffaqiyatli klonladilar va navbatda - odam ekanligi toʻgʻrisida maʼlumot berdilar

Klonlash sohasidagi yangilikka Xitoy fanlar akademiyasining ilmiy jamoasi tomonidan erishildi. Genetiklar ilgari ikki sut emizuvchilarni klonlash, shu jumladan, mashhur Dolli sovliq qoʻyni ham klonlash uslubiyati orqali ikki nusxa maymunni yaratishni uddasidan chiqdilar. Avval bu uslub maymunsimonlar bilan ishlamas edi, biroq xitoy olimlari klonlash mexanizmiga qoʻshimcha puxta ishlov berib muammoni hal qildilar.

Amaliy natijalarga erishish uchun olimlarga ikki yil vaqt kerak boʻldi. Mutaxassislarning gaplariga koʻra, natijaga juda koʻp urinishlar va xatoliklardan keyingina erishildi. Maymunlarning dastlabki klonlari dunyoga kelganidan soʻng bir necha soatdan keyinoq oʻlib qolar edilar. Oʻlim ehtimolini matritsali RNK va trixostatin A qoʻshilishi hisobiga ancha kamaytirishga erishildi.

Bu qoʻshimcha minglab genlarni uygʻotish imkonini berdi. Bundan tashqari, olimlar tuxumdonning urugʻlantirilishi va keyinchalik amalga oshadigan embrionning ishlab chiqarilishining immitatsiyasi uchun elektr tokidan foydalanishlariga toʻgʻri keldi.

Xozir insonni klonlash uchun boshqa hech qanday toʻsiqlar yoʻqligiga xitoylik olimlarning ishonchlari komil. Maymunlarda sinalgan uslub inson klonini yaratilishi uchun yetarlicha samarador boʻlib chiqishi kerak. Akademiklarni yangi urinishlardan ajratib turgan narsa – ahloqiy koʻrinishga ega boʻlgan masalalarning hal etilishidir.

Shuni taʼkidlash lozimki, bu genetika sohasidagi xitoylik olimlar oxirgi yillarda erishgan yutuqlarning birinchisi emas. Xususan, xitoylik mutaxassislar embrionlarning genlarini korretirovkasida salmoqli muvaffaqiyatlarga erishganlar. Bunga avvalari qoʻl urilmas edi, shu jumladan ahloqiy sabablarga koʻra ham. Ayrimlarning hadiksirashlaricha, bunday koррektirovka uslublari “dekorativ” chaqaloqlarni, yaʼni buyurtma tashqi koʻrinishga ega boʻlgan bolalarni dunyoga keltirish maqsadida ishlatilishi mumkin.

Muammoga qaytayotib, shuni qoʻshish kerakki, insonni klonlash oʻz atrofida juda ham koʻp bahsli masalalarni qamrab oladi. Jamiyatni bezovta qilayotgan narsa – klonlash jarayonidagi muvaffaqiyatsizlik va xatolar tufayli koʻp miqdorda “chala”larning paydo boʻlishidir. Bundan tashqari, klonlar bilan boʻlgan holda jamiyatning otalik, onalik, meros huquqi, nikoh va boshqa koʻp dasturlari qanday harakat qilishi ham tushunarsiz.

Asosiy diniy taʼlimotlar klonlashni Xudo tomonidan yaratilgan mavjudotlar olamiga aralashish deya baholab, uni qoralaydilar. Bundan tashqari, din terapevtik klonlashni, yaʼni tirik organizmlar birdan bir maqsadda - darhol jonsizlantirish maqsadida yaratilishinini qatʼiy qoralaydi. Klonlashga xayrihoh boʻlgan yagona diniy arbob Dalay-lama XIV boʻlgan. Uning bayonot berishicha, tajriba chuda foydali boʻlishi mumkin, biroq, muvaffaqiyat roʻyobga chiqsa, bu amaliyot har yerda ham ishlatilavermasligi kerak.
Va nihoyat, olimlarning oʻzlarini biologik xavfsizlik masalasi bezovta qilib kelyapti. Biologlarning xhdiksirashlaricha, klonlash bilan tajriba uzoq muddatli istiqboldagi insonning populyatsiyasi uchun misli koʻrilmagan oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



