Qiziqarli

Xristofor Kolumb haqida qiziqarli faktlar

Xristofor Kolumb haqida qiziqarli faktlar

1. Mashhur dengizchining qayerda tugʻilganiga doir savol bugungi kunga qadar javobsiz qolmoqda. Odatda uning ona maskani sifatida 4 ta ispan, 2 ta portugal va 2 ta italyan shahrini koʻrsatishadi. 

Xristofor Kolumb haqida qiziqarli faktlar

2.           Uning tugʻilgan joyi Genuya degan tahminlar ham bor. Kolumbning Genuyada 12 yily ashagani maʼlum, ammo aynan oʻsha yerda tugʻilgani haqidagi biror dalil yoʻq

Xristofor Kolumb haqida qiziqarli faktlar

3.           Xristofor Kolumb yangi qitʼani ochish haqida butunlay oʻylamagan ham. U shunchaki Hindistonga olib boradigan yaqinroq yoʻlni topmoqchi boʻlgan va u yerdan Yevropaga ziravorlar keltirishni reja qilgan. 1485 yili dengizchi oʻz gʻoyasini amalga oshirishga urinadi, ammo bu niyat oradan 7 yil oʻtibgina roʻyobga chiqadi. Sababi saroydagilar bir narsani tushuna olishmasdi: Hindiston sharqda boʻlsa, gʻarb tomonga suzib unga borish mumkinmi? 

Xristofor Kolumb haqida qiziqarli faktlar

4.           Kolumbning oʻzi Hindistonga yetib borganiga aslo shubha qilmagan. Shu sababli ham buyerlik aholini hindular deb atagan. “Hindlar” va “hindu”lar soʻzlari orasidagi farq oʻzbek tilida mavjud, ammo ingliz tilida ularning har ikkisi bir hil aytiladi. 

Xristofor Kolumb haqida qiziqarli faktlar

5.           Kolumb va uning guruhi hududdan oʻzi izlagan ziravorlarni topa olmagach, hayron boʻlgan va Hindistonning eng nochor yeriga kelib qolgani haqida hulosa chiqargan.

Xristofor Kolumb haqida qiziqarli faktlar

6.           Kolumb yangi ochilgan qitʼaga 4 marta kelgan va ularning birortasida ham buning Hindiston emasligini tushunib yetmagan. 

Xristofor Kolumb haqida qiziqarli faktlar

7.           Dengizchi ziravorlar topa olmaganiga qaramasdan oʻz kemasida Yevropaga kartoshka, tamaki, joʻxori va pomidor olib kelgan. Hindular esa Kolumbning sharofati bilan birinchi marta uzum kabi mevani, ot kabi jonivorni koʻrishgan. 

Xristofor Kolumb haqida qiziqarli faktlar

8.           Kolumb 54 yoshida olamdan koʻz yumgan. 

Xristofor Kolumb haqida qiziqarli faktlar

9.           Dengizchi vafot etgach, uni Ispaniyaning Sevilya shahriga koʻmishgan. 1540 yilda esaqirol Karl V marhumning vasiyatiga koʻra uning jasadini okean ortiga,Santo-Domingoga olib borib koʻmishlariga haqida qaror chiqargan.

Xristofor Kolumb haqida qiziqarli faktlar

10.         Odamlar orasida olib kelingan jasad Kolumbga tegishli emasligi haqidagi mish-mishlar ham yurgan. Ammo 21 asr boshlarida ispan genetiklari suyak qoldiqlari DNK sini Kolumbning akasi Diyego DNK si bilan solishtirishgan va ularning  mutlaqo oʻxshash ekanligini aniqlashgan. 

Xristofor Kolumb haqida qiziqarli faktlar
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar