Sayohat

Yadro qurolining tarixi

Yadro qurolining tarixi

Joriy, 2018 yilning 27 aprel kuni Koreya yarim oroli davlatlari rahbarlarining oliy darajadagi 3-chi uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Uchrashuv uchun Janubiy Koreya tomonidan taklif etilgan tomonidan joylardan Shimoliy Koreya Janubiy Koreyaning chegaraoldi Phanmundjom qishlogʻidagi demarkasion chiziq yonida joylashgan “Tinchlik uyi”ni tanladi.

Yadro qurolining tarixi

Bu uchrashuv Shimoliy Koreyaning rahbari Janubiy Koreya hududidagi zaminga qadamini bosgan ilk hodisa boʻldi. Ikkala rahbar bir biri bilan uchrashib qoʻl tashlashi demarkasion chiziq ustida boʻldiva bu hodisa toʻgʻridan-toʻgʻri efirga uzatildi. Ukkala rahbar “Tinchlik uyi”ga yoʻl olishdan avval Janubiy Koreyaning Prezidenti Mun Chje In Shimoliy Koreyaning rahbari Kim Chen Inning Shimoliy Koreya yeriga ramziy qadam bosish taklifini qabul qilib Shimoliy Koreya hududiga qadam bosdi.

Muzokalarlardan tashqari ikkala rahbar daraxt ekish jarayonida ishtirok etdi. Bu daraxt ekilishida Koreyaning ikkala qismidan tuproq va suv ishlatildi. Uchrashuvning koʻp tomonlari ramziylik bilan boyitilgan, shu jumladan, uchrashuv yilini anglatuvchi, diametri 2018 millimetr keladigan muzokaralar stoli ham.

Oliy darajadagi bu uchrashuvning asosiy maqsadi yadroviy qurolsizlanish va oʻzaro manfaatlar uchun davlatlararo munosabatlarni yaxshilashga qaratilgan.

Yadro qurolining tarixi

Oradan deyarli roppa-rosa bir yarim oy, aniqrogʻi 46 kun oʻtib, 2018- yil 12-iyunida Singapurda, Sentosa orolidagi Kapella mehmonxonasida insoniyat tarixida birinchi marta Amerika Qoʻshma Shtatlari va Koreya Xalq-Demokratik Respublikasi rahbarlarining Oliy darajadagi uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Unda AQSh va KXDR rahbarlari ilk bor toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralarni oʻtkazdi. Uchrashuv yakuni nima bilan tugaganini AQSh Prezidenti oʻzining Twitter ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida qisqa va aniq taʼriflab berdi:

Yadro qurolining tarixi
Yadro qurolining tarixi
Yadro qurolining tarixi

Bu soʻzlar nafaqat Koreya yarim oroli yoki Amerikaliklarga, balki butun dunyo odamlariga, sal boʻlsa-da, umid bagʻishlaydi. Nahotki harbiy jihatdan dunyoning eng kuchli mamlakatlaridan biri nihoyat oʻziga “dushman” qiyofasini yaratishdan voz kechgan boʻlsa! Nahotki “yadroviy tahlika” bilan qoʻrqitish zamoni asta sekin boʻlsada oʻtmishda qoldirishga qadam tashlangan boʻlsa! Nima boʻlsa ham bu yadroviy qurolsizlanish yoʻlining boshlanishi, deb umid qilging kelar ekan.

Xoʻsh, yadroviy tahlika nima oʻzi? Yadroviy qurol, deganda nimani tushunish kerak?

Keling, hammasini bir boshdan boshlaylik.

Yadro qurolining tarixi

1898-yilda Polshalik olimlar Mariya Sklodovskaya-Kyuri va uning eri, fransuz olimi  Per Kyuri, uran minerali nasturanda, juda katta radiasiya miqdori ajralib chiqishini aniqlagan edilar. Bu ixtiro radioaktiv unsurlarning atomlarida avval insonning tasavvuriga ham sigʻdirib boʻlmaydigan quvvatning mislsiz ulkan salohiyati yashiringanligi toʻgʻrisida tahmin qilinishiga asos solgan edi. 1911 yilda Ernest Rezerford atomlarni oʻrganish sohasida juda muhim kashiyotlarni kash etdi, 1932 yilda esa, Ernest Uolton va Djon Kokroft atom yadrosini ilk bor parchalashga erisha oldi.

1938-yilning dekabr oyida nemis fizik olimlari Otto Gan va Fris Shtrassman dunyodailk bor uran atomining yadrosini sunʼiy ravishda parchalashga erisha oldilar.

1939 yilning 24 aprel kunida Genrmaniyaning oliy xarbiy instansiyalariga Gamburg universiteti Paul Xartek va uning xodimi V, Grot imzosi bilan bir maktub kelib tushgan. Unda oʻta yuqori samarali portlovchi moddaning yangi turini yaratilishi imkoni koʻrsatib oʻtilgan. Yana shu maktubda “yadro fizikasi yutuqlariga toʻlaligicha egalik qilgan davlat boshqa davlatlar ustidan mutlaq ustunlikka erisha olishi” toʻgʻrisida yozilgan. 1939-yilning 29- aprel kuni imperiya fan, tarbiya va xalq taʼlimi ministrligi imperiya tadqiqot kengashining maxsus boʻlimining boshligʻi - davlat maslaxatchisi professor Abraxam Ezau topshirigʻi bilan “mustaqil tarqala oluvchi yadro reaksiyasi” toʻgʻrisidagi masalaning muxokamasi oʻtkazilgan. Ushbu muxokamaga Uchinchi Reyxning qurollangan quruqlikdagi qoʻshinlar Boshqarmasining tadqiqot boʻlimining boshligʻi proyefssor E. Shuman ham taklif etilgan.

Xarteka va Grotning maktubi qurollar Boshqarmasi ilmiy boʻlimidan Kurt Dibnerga yetkazib berilgan. Dibnerning tirishqoqlik bilan qilingan iltimoslariga muvofiq, oliy harbiy xukumatning rasmiy qarorini kutmagan holda qurollar Boshqarmasi Dibnernibarcha ikkinchi darajali vazifalardan ozod qilib unga faqat yadro fizikasi masalalari bilan shugʻullanishni topshirgan va buning uchun maxsus boʻlimni yaratgan.1939 yilning iyun oyida Berlinning atrofidagi Kummersdorf poligonida Germaniyadagi birinchi reaktor qurilmasi qurilishini tashkil qilgan.

1939-yildataʼlim reyxsministrligi huzuridagi professor Abraxam Ezauning yadro energiyasi muammolari boʻyicha ishchi guruhi Germaniyadan uran olib chiqib ketilishini taqiqlovchi qonun qabul qilinishining tashabbuskori boʻlgan. Belgiya mustamlakasi boʻlgan Kongodagi "Union Miniere" firmasidan zudlik bilan juda katta miqdorda uran rudasi sotib olingan.

Yadro qurolining tarixi

1939-yilning 26- sentyabrida Armiya qurollanishi Boshqarmasi yadro qurolini yaratish usullari toʻgʻrisidagi masalalarni koʻrib chiqish uchun yadro fizikasi sohasidagi mutaxassislar kengash majlisini chaqirgan. Bu majlisga Paul Xartek, Xans Vilgelm Geyger, Valter Bote, Kurt Dibner, Karl-Fridrix fon Vayszekker va Verner Geyzenberg taklif etilgan. Unda uran muammosiga hamda “Uran loyihasi” (nemischasiga - Uranprojekt Kernwaffenprojekt) deb nomlangan dasturning amalga oshirilishiga bevosita va bilvosita ravishda bogʻliq boʻlgan barcha ishlarni mahfiylashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan. Kengash majlisining ishtirokchilari yadro qurolini 9-12 oyda yaratish mumkin deb hisoblaganlar.

Germaniyada atom loyihasiga toʻgʻridan-toʻgʻri bogʻliq boʻlgan jami 22 nafar ilmiy tashkilotlar mavjud boʻlgan. Ularning asosiy vazifalarini quyidagilar bajargan:

•             Kayzer Vilgelm Jamiyati Fizika instituti;

•             Gamburg universitetining fizik kimyo instituti;

•             Berlin oliy texnik maktabi Fizika instituti;

•             Tibbiy tadqiqotlar institutining Fizika instituti (Geydelberg);

•             Leypsig universiteti fizika-kimyo instituti. Professor Xeyn. Uran organik birikmalari;

•             Myunxendagi Oliy texnika maktabining anorganik kimyosi Laboratoriyasi. Professor Xiber. Uranning karbonil birikmalari tadqiqotlari;

•             Bonn universitetining Kimyo instituti. Professor Sh. Mont. Uran galogenidlari tadqiqotlari;

•             Dansigdagi Oliy texnika maktabi organik kimyo instituti. Professor G. Albers. Uran alkogolyatlari.

Ishlar imperiya qurollarnish ministri Albert Shpeyer nazorati ostida olib borilar edi. Geyzenberg, Otto Gan, Vayszekker va boshqalar guruhining maʼmuriy rahbari fizik Erix Shuman boʻlgan.

“IG Farbenindustri” konserni uran-235 yetishtirish uchun olti ftorli uran tayyorlash, shuningdek izotoplarni ajratish boʻyicha yarim sanoat qurilmasini qurishishlarini  boshlab yuborgan. U ikkita konsetrlangan quvurlardan iborat boʻlgan. Quvurlarning biri (ichkisi) qizdirilgan, ikkinchisi esa (tashqisi) sovutilgan. Ularning orasidan gazsimon olti ftorli uran uzatilishi kerak boʻlgan va vaqtning oʻzida nisbatan yengilroq izotoplar (uran-235) tepaga tezroq, ogʻirroq izotoplar esa (uran-238) sekinroq koʻtarilib, bu ularni bir biridan ajartish imkonini yaratishi mumkin boʻlgan (Kluzius-Dikkel uslubi).

Yadro qurolining tarixi

Oʻsha vaqtning oʻzida Verner Geyzenberg yadro reaktori qurilmasini yaratish boʻyicha nazariy ishlarni boshlab yuborgan. 1939- yining dekabrida tugatgan oʻzining “Uran parchalanishida texnik usul bilan quvvat hosil qilishning imkoni” hisobotida, Geyzenberg quyidagicha hulosa qiladi:

“Umuman olganda, suv bilan qurshab oligan, radiusi 60 santimetr boʻlgan sharning ichidagi uran - ogʻir suv aralashmasida (tahminan 1000 kilogram ogʻir suv va 1200 kilogramm uran), oʻz-oʻzidan quvvat ishlab chiqarila boshlaydi”. Shu vaqtning oʻzida Geyzenberg uran va ogʻir suv aralashtirilmay qatlamlarga boʻlinib joylashtirilgan boshqa reaktorning patametrlarini hisoblab chiqqan. Uning fikriga koʻra agar qurilma qalinligi 4 santimetr va maydoni 1 kvadrat metrga teng katlamlari qalinligi 5 santimetrga teng suv qatlamlari bilan marzalanib ajratilsa, shu bilan birga uran va ogʻir suv qatlamlari har uch marta qaytarilganidan keiyn sof uglerod qatlami (10-20 santimetr), butun reaktor esa tashqaridan sof uglerod qatlami bilan qoplangan boʻlsa “parchalanish jarayonini juda uzoq vaqtga choʻzish mumkin”.

Ushbu hisoblarga asoslanib “Auerge” firmasi koʻp boʻlmagan miqdorda uran tayyorlash buyurtmasini olgan, Norvegiyalik Norsk Hydro firmasi esa ogʻir suvni yetkazib berishi kerak edi.

Berlindagi Fizika institutining hovlisida Geyzenberg hisoblarini tasdiqlash uchun reaktor qurilmasi qurilishi boshlangan.

1940-yilning 5- yanvar kuni kayzer Vilgelm Jamiyati tomonidan doktor Telipov tomonidan va 1940- yilning 17- yanvar kuni Qurollanish boshqarmasi tomonidan general Bekker tomonidan urush davriga Fizika instituti armiya tasarrufiga topshirish toʻgʻrisida shartnoma imzolangan.

Germaniya yadroviy loyihasining birinchi omadsizligi shu boʻldiki, Leverkuzenda qurilgan Kluzius - Dikkel uslubi boʻyicha izotoplarni ajartish uchun qurilma ishlamagan va 1941- yilning boshida olimlar bu uslubda uran izotoplarini ajratish mumkin emasligini tan olishga majbur boʻlgan. Natijada nemis olimlari befoyda tajribalarga bir yildan ortiqroq vaqtni sarflagan.

Nemis fiziklari uran boyitilishining kamida besh ususlini ishlab chiqqan. Tabiiyki, ularning ichida eng istiqbollirogʻi “inersion usul” hisoblagan - yaʼni, izotoplarni maxsus tsentrifuga yordamida ajratish ususili. Hisoblanishicha, tsentirfugalash loyihasi amalga oshmagan, chunki tsentrifuganing yaratilishibilan shugʻullangan doktor Grotga ishni oxiriga yetkazish uchun puli ham sabriham yetmay qolgan ekan. Shuningdek, oʻz xususiyatlari bilan amerikada yaratilgan huddi shunday moslamadan zarracha qolishmaydigan “elektromagnit separatori”ni yaratgan baron Manfred fon Ardenne ham muvaffaqiyatga juda yaqin boʻlgan, degan fikrlar ham mavjud.

1940-yilning oxirida Geyzenberg reaktor qurilmasini yaratish boʻyicha tajribani avval oʻzi qilgan hisoblarga asoslanib oʻtkazgan, biroq zanjirli reaksiyani vujudga keltira olmagan. Geyzenberg ham uning hodimlari ham tajribaning asosi qilib olingan nazariy hisoblar notoʻgʻri ekanligini tushunib yetgan.

Ayrim fikrlarga qaraganda, nemis olimlari oʻzini quvvatlovchi yadroviy reaksiyani amalga oshira olmaganining sababi shundaki, Germaniyada neytronlarni sekinlashtiruvchi material sifatida foydalaniladigan ogʻir suvning yetarli miqdori boʻlmagan, ammo topilishi ancha oson boʻlgan grafitdan esa nemislar mashhur “Bote xatoligi” (professor Valter Bote) tufayli foydalanmagan. Biroq, bu aslida toʻgʻri emas. Bote hech qanday xatolikka yoʻl qoʻmagan, shunchaki u ishlatgan grafit yetarlicha toza boʻlmagan, loyiha rahbarlari esa  nisbatan tozaroq, sof grafitni olish imkonlarining tadqiqotlari bilan shugʻullanmagan. Shu bilan birga, birinchi navbatda Fau-2 ballistik raketalarning gazsimon rullarini ishlab chiqarishda zarur boʻlgan sof grafitning oʻta keskin tanqisligi boʻlgan, degan fikrlar ham uchrab turadi.

 1941-yilning sentyabr-avgust oylarida Leypsigda oʻtkazilgan bir qator tajribalardan keyin V. Geyzenberg, K. F. fon Vayszekker va R. Dyopel neytronlar koʻpayishi boʻyicha ijobiy natijalarga erisha oldilar. Bu uran massasida zanjirli reaksiya amalga oshishining yaqqol dalili boʻldi, ammo bu reaksiya hali oʻzini oʻzi ushlab tura olmas edi.

1941-yilning 27- noyabr kungi yozuvida Geyzenberg uran loyihasi boʻyicha barcha ishlarni zarur, muhim va muhim boʻlmagan toifalarga boʻlib chiqishni taklif qilgan. Zarurlar qatoriga u qisqa muddat ichida eng kamida bitta reaktor qurilishi imkonini beradigan ishlarni, muhimlar qatoriga reaktor ishining sifatiga ijobiy taʼsir koʻrsatadigan ishlarni, qolgan ishlarni Geyzenberg muhim boʻlmagan ishlar qatoriga kiritsa boʻladi, deb hisoblagan.

Yadro qurolining tarixi

1942-yilning fevraliga kelib birinchi nemis reaktori qurib bitkazilgan. Bu professor Geyzenberg va professor R. Dyopel tomonidan ishlab chiqilgan Leypsig institutining tajriba reaktori boʻlgan.

“Uran mashinasi” (reaktorni shunday deb nomlashgan) ikkita alyuminiy yarimshardan iborat boʻlgan, uning ichiga 572 kilogramm uran kukuni va 140 kilogramm ogʻir suv oʻrnatilgan. Reaktorning ichida oʻrnatilgan suvli idishning vazni bir tonnaga yaqin boʻlgan. Ichiga uran solingan sharning ichiga oddiy radiy-berilliydan neytronning birlamchi manbai boʻlgan neytron piltasi joylashtirilgan. Yuklangan reaktordan neytronlar oqimini oʻlchov ishlari reaktor yuzasiga birlamchi radiy-berilliy tarqatgan neytronlardan ancha koʻproq neytronlar yetib kelganini koʻrsatgan R. Dyopel vermaxtning qurollanish boʻlimiga xabarnoma joʻnatib reaktor ishlayotganini xabar bergan.

Oradan bir qancha vaqt oʻtib “uran mashinasi” portlab ketgan. Hisoblanishicha, “issiqlik portlashi” mayda kukun holatiga keltirilgan uran qobiqdan sizib oʻtgan ogʻirsuv bilan reaksiyaga kirishish natijasidagi odiiy kimyoviy reaksiya natijasida vujudga kelgan. Lekin, bunday tahminiy fikr tanqid qilishga ham arzimaydi, chunki allaqachon kashf etilib barcha xususiyatlari oʻrganib boʻlingan unsurning kimyoviy xossalari nemis olimlarga tanish boʻlmagan, deb tahmin juda gʻalati tuyulishi tayin, albatta. Shu bilan birga, oʻsha davrda eng kam mexanik aralashuvlar bilan turboreaktiv dvigatellar ishlab chiqargan nemis olimlari va mutaxassilari, reaktor qobigʻining ichiga atmosfera bosimi ostida suv sizib oʻtishini bartaraf eta olmagan deb hisoblash ham mutlaqo aqlga sigʻmaydi. Shu oʻrinda shunday tahmin borki, reaktor va nihoyat kritik nuqtaga yetib borgan va uning portlashi aynan reaktor ichida harorat koʻtarilishi va shundan keyingi faol hududning qobigʻining erib ketishi, bu esa oʻz navbatida uranning ogʻir suv bilan qoʻshilgandan keiyngi reaksiyaga kirishishi, yongʻin va reaktorning toʻhtashiga olib kelgan.

1942-yilning 4- iyun kuni imperiya qurollanish va qurol-aslaha ministrom Albert Shpeyer tomonidan harbiy rahbariyat va yadro muammosi boʻyicha olimlar ishtirokidagi kengash yigʻilishi chaqirilgan. Unda Geyzenberg olimlarning har bir talablari soʻzsiz bajarilgan taqdirda ishlab chiqarish-texnik muammolarni hal etilishi uchun eng kamida ikki yil vaqt ketishini aytgan. Natijada loyiha uchun pul mablagʻlari, tanqis materiallar uchun jamgʻarmalar ajratilib, Berlinda atom reaktori uchun bunker qurilishi, metall uran tayyorlanishi va izotoplarning ajratilishi uchun dastgohlar yetkazib berilishining eng qisqa muddatlari tasdiqlangan.

1943-yilning fevral oyida Buyuk Britaniyadan joʻnatilgan Norvegiyalik qoʻporuvchilar Norvegiyadagi ogʻir suv ishlab chiqarish zavodini yoʻq qilishga erisha olgan.

1943-yilning martida qurollanish Boshqarmasi mamlakat oliy rahbariyatining kayfiyatlari tufayli Uran loyihasi boʻyicha ishlardan bosh tortgan va bu ishlar imperiya tadqiqot kengashining tasarrufiga topshirilgan.

Doktor Dibner guruhi ham portlovchi moddadan shar koʻrinishidagi yadroviy portlovchi moslamaning tarxini ishlab chiqqan, va tarxga koʻra bu sharning ichida boʻlinuvchan materiallardan yana bir shar boʻlgan.

Doktor Trinks boshqalardan ham uzoqroq qadam tashlab, yadroviy emas, vodorod bombasi ustida ishlagan. Bu ish “Portlashlar yordamida yadroviy reaksiyalarni qoʻzgʻatish tajribalari” deb nomalagan olti varaqli xujjatli hisobotda saqlanib qolgan. Doktor Trinks kumush sharni oddiy portlovchi modda bilan siqib ogʻir vodorodni oʻta keskin ravishda qizdirib yuborishga uringan.Trinks shu tarzda yadroviy bombani yarata olishiga ishongan. U ogʻir vodorodda termoyadroviy reaksiyalarni qoʻzgʻatishga urinishlarni bir necha marta qaytargan, biroq radioaktiv nurlanish chiqishini payqay olmagan.

1944-yilning yanvar oyida Geyzenberg Berlinda katta reaktor qurilishi uchun quyilgan uran plastinalariga ega boʻlgan. Katta reaktor uchun maxsus bunker ham qurilib jihozlangan.

Zanjirli reaksiyani hosil qilish boʻyicha oxirgi tajriba 1945- yilning yanvar oyiga moʻljallangan edi, ammo 31- yanvar kuni dastgohlarning hammasini tezkor ravishda parchalanib, Germaniyaning janubiga joʻnatib yuborilgan.

Yadro qurolining tarixi

Xaygerloxdagi nemis tajriba yadroviy reaktor, 1945- yilning aprel oyi.

1945-yilning fevral oyida B VIII reaktori Berlindan Shveysariya chegarasiga yaqin boʻlgan Xaygerlox qishlogʻiga olib kelingan. Reaktor umumiy ogʻirligi 1525 kilogrammga teng, 664 nafar uran kubiklaridan tarkib topgan faol hududiga ega boʻlgan va ogʻirligi 10 tonnaga teng boʻlgan neytronlarning sekinlashtiruvchi grafit qaytargich bilan qoplangan. 1945- yilning mart oyida faol hududga qoʻshimcha yana 1,5 tonna ogʻir suv quyilgan. 1945- yilning 23- mart kuni professor Gerlax Berlinga telefon orqali qoʻngʻiroq qilgan va reaktor ishlayotganidan xabar bergan. Ayrim asoslanmagan fikrlarga koʻra bu xabar xatto Adolf Gitlerga ham yetkazilgan. Biroq xursandchilik uzoqqa choʻzilmadi -reaktor kritik nuqtaga chiqa olmagan. Qayta hisoblashar shuni koʻrsatgan ediki, uranning miqdorini yana 750 kilogrammga koʻpaytirish kerak, bundan tashqari,ogʻir suv miqdorini ham koʻpaytirish kerak boʻlgan. Uning zahiralari esa qolmagan edi. Uchinchi reyxning soʻnggi kunlari yaqinlashib kelayotgan edi va 23- aprel kuni Xaygerloxga Amerika qoʻshinlari kirib kelgan. Reaktor Amerika Qoʻshma Shtatlariga olib chiqib ketilgan edi.

Yadro qurolining tarixi

“Epsilon” operasiyasi (inglizcha: Operation Epsilon) - Ikkinchi jahon urushining oxirida ittifoq kuchlari tomonidan nasistlar Germaniyasida yadro quroli ustida ishlagan oʻn nafar nemis olimlarining qoʻlga olinishi boʻyicha maxsus opersiyaning kodlashtirilgan nomlanishi.

“Epsilon”operasiyasi paytida qoʻlga olingan nemis olimlari:

Erix Bagge

Kurt Dibner

Valter Gerlax

Otto Gan

Paul Xartek

Verner Geyzenberg

Xorst Korshing

Maks fon Laue

Karl Fridrix fon Vaytszekker

Karl Virs

6-iyulda mikrofon nemis yadro loyihasi ustida ishlagan Verner Geyzenberg bilan Kurt Dibner oʻrtasidagi suhbatni yozib olgan:

Dibner: “Qiziq, bu yerda mikrofonlar oʻrnatilmaganmikan?”

Geyzenberg: “Bu yerda mikrofonlar oʻrnatilmaganmikan (kuladi)?” Yoʻgʻ-e, ular bu darajada zehnli emas. Men ularga gestaponing haqiqiy uslublari maʼlum, deb oʻylamayman, ular bu borasida jinday mutaassibroq”.

Radioda 1945- yilning 6- avgust kuni Xirosimaning bombardimon qilinganligi toʻgʻrisida xabar berilganida hamma olimlar yoqa ushlab, hayratda qolgan. Stenogrammadagi yozuv shuni koʻrsatadiki, fizik olimlar, xususan Geyzenberg Amerikaliklar atom bombasini qoʻllaganini eshitib karaxt boʻlib qolgan. Atom bombardimonlari amalga oshirilganidan keyin olimlar nima uchun Germaniya birinchi boʻlib atom bombasini yarata olmagani toʻgʻrisida oʻziga savol bera boshlagan. Olimlarning ayrimlari nasistlar Germaniyasi uchun atom bombasini yarata olmagani tufayli hozir oʻzlarini bahtli his etayotgani toʻgʻrisida fikr bildirgan. Germaniya atom bombasini yarata olmaganiga xursand boʻlganlar qatoridan Otto Gan bundan avval nemis loyihasida ishlaganlarga “Agar Amerikaliklarda uran bombasi paydo boʻlib qolsa, hammangiz qobiliyatsiz ekanligingiz aniq boʻlib chiqadi” - deb taʼna qilgan.

Qurolsizlantirilgan nemis olimlarining ommaviy axborot vositalari uchun bayonotlari

1945-yilning 3- iyul kuni bir guruh nemis olimlari va apparatura Angliyadagi sobiq Farm-Xoll qarorgohiga yetkazilgan va bu yerga yashirin eshitish texnikasi oʻrnatilgan. 1945- yilning 6- avgust kuni Farm-Xoll qarorgohining katta zobiti mayor Ritner dunyoda ilk bor Amerika Qoʻshma Shtatlari tomonidan Yaponiyaga atom bombasi tashlab portlatilganini tasdiqlagan edi. Amerika atom loyihasi amalga oshirilganidan larzaga kelgan olimlar gazetalardagi maqolalarga quyidagi oʻz mulohazalarini bayon qilishga qaror qilganlar:

Germaniyada goʻyo atom bombasini yaratilishi boʻyicha olib borilgan ishlarni yoritilishidagi Matbuotning oxirgi habarlarida bir qator noaniqliklarga yoʻl qoʻyilgan. Shu munosabat bilan biz uran muammosi boʻyicha nemis olimlari olib borgan ishlarga qisqacha taʼrif berib oʻtmoqchimiz.

1.            Uranning atom yadrosining boʻlinishi 1938- yilning dekabr oyida kayzer Vilgelm Institutida Gann va Shtrassman tomonidan kashf qilingan. Bu faqat ilmiy tadqiqotlarning natijasi va uning amalda qoʻllash boʻyicha hech qanday maqsadi boʻlmagan. Bunday kashfiyotlar deyarli bir vaqtning oʻzida turli mamlakatlarda amalga oshirilganligi toʻgʻrisidagi xabarlar chop etilganidan keyingina, zanjirli reaksiya qoʻzgʻatilishi imkoni va uni atom energetik qurilmalarda ishlatishi imkoni toʻgʻrisidagi fikrlar paydo boʻlgan.

2.            Urushning boshida ushbu kashfiyotni amaliy qoʻllash boʻyicha koʻrsatmalar olgan olimlardan guruh tashkil qilingan edi.1941-yilning oxirida dastlabki tadqiqotlar atom energiyasini bugʻ hosil qilish uchun ishlatish va tabiiyki turli mashinalarni xarakatga keltirish mumkinligini koʻrsatdi. Boshqa tarafdan Germaniyada mavjud boʻlgan texnik imkoniyatlarni hisobga olgan holda oʻsha paytda atom bombasini yaratib boʻlmas edi. Shuning uchun ham barcha keyingi ishlar atom dvigatelini yaratilishiga qaratilgan, va buning uchun ogʻir suvga zarurat paydo boʻlgan.

3.            Katta miqdorda ogʻir suv olish maqsadida Norvegiyaning Ryukandagi zavodi qayta jihozlangan. Biroq, dastlab partizanlar, keyin aviasiyaning harakatlari bilan bu zavod ishdan chiqarilgan va faqatgina 1943- yilga kelib yana ishlay boshlagan.

4.            Bir vaqtning oʻzida Freyburgda ogʻir suvni talab qilmaydigan va uranning noyob izotopi - uran-235 konsentrasiyasining orttirilishiga asoslangan uslubni muvofiqlashtirish boʻyicha tajribalar olib borilgan.

5.            Energiya hosil qilish boʻyicha mavjud ogʻir suv zahiralari ishlatiladigan tajribalar Berlinda, keyinchalik esa Xagerloxda (Vyurtemberg) oʻtkazilgan.      

Urushning tugash paytiga ular shu darajada jadallab ketgan ediki, energiya hosil qilish boʻyicha qurilma oʻta qisqa muddatda qurilishi mumkin edi.

Yadro qurolining tarixi

Uchinchi reyx olimlari tomonidan atom bombasini yaratish imkoni boʻlgan yoki boʻlmganligi shu bugungi kungacha ochiq qolib kelmoqda.

1939 —1941yillarda nasist Germaniyasi atom quroli yaratilishi uchun tegishli sharoitlarga ega boʻlgan: u kimyo, elektrotexnika, mashinasozlik sanoati va rangli metallurgiyada zarur ishlab chiqarish quvvatlari, shuningdek yetarlicha moliyaviy mablagʻlari hamda umumiy maqsadlardagi materiallariga ega boʻlgan.Ilmiy salohiyat juda baland edi va atom yadrosi fizikasi boʻyicha zarur bilimlar ham bor edi.

Koʻpincha nasistlar Germaniyasida atom bombasining yaratilmaganining sababi -  totalitar nasistlar rejimi ilmiy ijod rivojlanishiga toʻsqinlik qilib kelgani, kelib chiqishi yahudiy boʻlgan koʻpchilik olimlarga nisbatan murosasizlik, yaʼni, atom bombasining yaratilishiga Germaniyada mavjud boʻlgan siyosiy tuzum boʻlgan, deb hisoblanadi. Bundan tashqari, yadro energiyasi kashf etilishining boshida turgan mamlakatda nasistlar rejimini juda bamaylixotir qabul qilib, muvaffaqiyat bilan ijodiy ishlashni davom ettirgan koʻpchilik olimlar mavjud boʻlgan (Otto Gan, Liza Meytner, Maks Born, Otto Frish, Rudolf Payerls) degan  nuqtai nazar ham bor. Germaniyada nasizmni qabul qila olmagan yoki oʻzining kelib chiqishi yahudiy boʻlgani tufayli qiyinchiliklarga duch kelgan koʻpchilik olimlarning koʻchib ketishidan keyin ham koʻchib ketganlardan zarracha zam boʻlmagan holda dong taratgan va yuqori samarali olimlar qolgan. Masalan Verner Geyzenberg, Karl fon Vayszekker, Valter Bote, Manfred fon Ardenne va yana koʻp boshqalar. Boshqa tarafdan nemis olimlarining faoliyatlari mutasaddi boʻlmagan nasistlar byurokratiyasi tomonidan kuchli toʻsqinliklarga, Reyx rahbariyati tomonidan ilmiy muammolarni toʻliq anglay olmaslikka va ilmiy yoʻnalishlar orasidagi ixtiloflarni koʻpincha siyosiy ziddiyatlar deb qabul qilinishiga duch kelgan.

Ishlarning boshlanishida olimlar tomonidan yuqorida aytib oʻtilgan xatolarga yoʻlqoʻyishdan tashqari qoʻshimcha ravishda, loyiha uchun yadroviy reaksiyalarga erishish tezligi nuqtai nazaridan optimal boʻlmagan "qattiq suv" usuli tanlangani uchun yadro qurolini yaratish muvaffaqiyatli amalga oshirilmay qolgan. Ushbu uslubiyatni amalga oshirish, shuningdek, faqat ishlarning oxiriga kelib "grafit" usuliga murojjat qilinib oxiriga yetkazish uchun, Reyxning harbiy magʻlubiyatidan oldin vaqt yetmay qolgan edi.

Reyx rahbarlari (xususan, Gimmler, Gering, Keytel, Bormann) atom masalasini eʼtiborsiz qoldirganligi toʻgʻrisidagi fikr keng tarqalgan. Bu toʻgʻrisidagi xulosalar baʼzan tegishli uchrashuvlarda ular shaxsan oʻzlari ishtirok etmaganligi sababli chiqarilgan. Xaqiqatdan ham, na Gimmler, na Gering, na Reyxning boshqa rahbarlari raketa dasturiga oid yigʻilishlarda ishtirok etgan, lekin bu ularga muammolardan doimiy ravishda xabardor boʻlishiga toʻsqinlik qilmagan. Shu bilan birga, urushning oʻrtalarida mamlakat rahbariyatida ilmiy, ishlab chiqarish va moliyaviy resurslarni faqatgina yangi qurollarni yaratish shaklidagi tezkor samara beruvchi loyihalarga yoʻnaltirilishi zarurligi toʻgʻrisida kayfiyatlar ustunlik qilgan. Shu munosabat bilan Uran loyihasi ustuvor harbiy fan sohasidan fuqarolik faniga berib yuborilgan. Bu esa uning amalga oshirilishini Fau-2  jangovar ballistik raketalarini tezkorlik bilan amalda qoʻllashga joriy qilinishni,“Amerika” loyihasi boʻyicha A9/A10 qitʼalararo raketalar va Sibervogel yarim-orbital bombardirovshik yaratilishini sekinlashtirib yuborgan kabi Uran loyihasini ham oʻta sekinlashtirib yuborgan.

Bundan tashqari, nemis atom tadqiqotiga ikki yuz barobar kamroq mablagʻ sarflangani va Amerikaning “Manxetten loyihasi” ga qaraganda bir yarim barobar kamroq kishi ishlatilgani ham maʼlum.

Yadro qurolining tarixi
Yadro qurolining tarixi

1945- yildan boshlab magʻlub boʻlgan Germaniyaning hududida harbiy tadqiqotlar va ishlab chiqarishga zarracha aloqasi boʻlgan barcha mutaxassisliklar boʻyicha olimlarva muxandislar izlanish bilan birga, eng zoʻr nemis yadro fizikasi olimlariniham izlash va Sovet Ittifoqi hududiga olib chiqib ketish boshlangan.

Sovet Ittifoqiga olib chiqib ketilgan nemis olimlari bir qismi harbiy mahbuslar lagerlaridan topilgan. Yadro tadqiqotlariga aloqasi boʻlgan jami 1600 kishi, shu jumladan 111 nafar fizika-matematika fanlari doktorlari  aniqlangan.

Aniqlangan nemis yadro fiziklari ichidan Sovet Ittifoqiga olib chiqib ketish uchun tahminan 300 - 400 mutaxassislar tanlab olingan.

Mixail Pervuxin va Avraamiy Zavenyagin Lavrentiy Beriyaga yozgan maktubidan: « … 208 mutaxassis tanlab olindi. Avval “A“ va “G“ institutlari va “V” laboratoriyasiga yoʻnaltirilgan 89 nafar harbiy maxbus mutaxassislardan tashqari SSSR IchkiIshlar Ministrligining 9-chi boshqarmasi tasarrufidagi obʼyektlarga 190 kishi,shu jumladan “A” va “G” institutlariga - 93 kishi; “V” laboratoriyasiga — 41 kishi; “B“ institutiga — 37 kishi; professor Dyopell guruhiga — 19 kishi joʻnatilishini mumkin deb hisoblansin …»

Sovet atom bombasi ustidan ishlarni olib borish uchun olib chiqib ketilgan mutaxassislar orasida Genrix Rudolf Gers, Maks Folmer, Georg Robert Dyoppel, Rudolf XaynsPoze, Manfred fon Ardenne, Peter Tissen kabi professorlar, Maks Shteyenbek, Nikolaus Ril kabi fanlar doktorlari va dunyoga tanilgan fan arboblaridan yanakoʻp boshqalari ham bor edi.

Professor Gustav Lyudvig Gers hozirgi Abxaziyaning Suxumi shahrida oʻsha davrda “G”shifri bilan belgilangan, gaz diffuziyasi uslubi bilan izotoplarni ajratish masalasi bilan shugʻullangan institutni boshqargan.

Ardenne  “A” shifri bilan belgilangan, magnit uslubibilan izotoplarni ajratish masalasi bilan shugʻullangan institutni boshqargan.

Professor Rudolf Xayns Poze yadro reaktorlarini ishlab chiqish va yadro jarayonlarining umumiy nazariyasi bilan shugʻullanuvchi “V” shifri bilan belgilangan institutni boshqargan.

Professor Dyoppel va professor Folmer hozirgi paytda “Plutoniy instituti” sifatida tanilgan mashhur 9-chi ilmiy tadqiqot institutida mehnat qilgan. Dyoppel yadroviy portlash kinetikasini oʻlchash uchun apparatura yaratilishi bilan, Folmer esa ogʻir suv ishlab chiqarish boʻyicha zavodning loyihasi bilanshugʻullangan.

Doktor Shteyenbek “A” institutida gaz bilan tsentrifugalash uslubida uran izotoplarini ajratish uchun tsentrifugalarni loyihalashtirgan. Shu paytgacha u oʻzining butun umri davomida gaz razryadi fizikasi, plazma fizikasi bilan shugʻullanib kelgan. U Suxumida birinchi marta izotoplarni ajratish muammosi bilan shugʻullanishiga majbur boʻlgan. Kondensasiya uslubini sinab koʻrishning muvaffaqiyatsiz urinishlaridan soʻng, u Gernot Tsippe va Rudolf Sheffler kabi muxandislar bilan hamkorlikda uran izotoplarini ajratish uchun oʻziga xos Tsippe gaz tsentrifugasini ishlab chiqqan. Bu tsentrifuganing asosiy sxemasi va uzellari barcha mamlakatlarda haligacha ishlatilib kelmoqda. Professor Tissen izotoplarni ajratishga moʻljallangan gazodifuzzion qurilmalar uchun diafragmalar loyihalarini ishlab chiqqan va shu loyihalar asosida ularni yaratgan. Ushbu diafragmalar uning rahbarligida Elektrostal shahrida ishlab chiqarilgan va Novouralsk shahridagi zavodda muvaffaqiyatli qoʻllanilgan.

Birinchi Sovet atom bombasi portlatilganidan keyin Germaniyalik koʻpchilik atomchi olimlar oliy darjadagi Sovet hukumat mukofotlari bilan taqdirlangan. Professor Ril Sovet Ittifoqi Sosialistik Mehnat Qahramoni unvoniga sazovor boʻlgan. Koʻp nemis mutaxassislari Sovet Ittifoqining mukofotlari bilan yoki katta xajmdagi pul mukofotlari bilan taqdirlangan. Fon Ardenne ham SSSR davlat mukofoti bilan taqdirlangan. Professor Ril rahbarligi ostida Noginsk shahrida sof uran hosil qilishning sanoat texnologiyalari ishlab chiqilgan. Oʻsha davrdagi hujjatlarning koʻrsatishicha: “Hozirgi paytda toʻrt ftorli tuz orqali (doktor Ril uslubi boʻyicha) uran ishlab chiqarilishi tez surʼatlar bilan koʻpayib bormoqda, va bugungi kunda asosiy zavodning tsexlari toʻlaligicha ushbu uslubda ishlashga oʻtmoqda”.

Yadro qurolining tarixi

Manxetten loyixasi (inglizcha Manhattan Project) — Amerika Qoʻshma Shtatalari yadro qurolini ishlab chiqarish boʻyicha 1943 yilning 17 sentyabr kunida boshlangan dasturining kodlangan nomlanishi. Bundan avval tadqiqotlar 1939 yildan buyon “Uran komiteti”da (S-1 Uranium Committee) olib borilgan. Loyihada Amerika Qoʻshma Shtatlari, Buyuk Britaniya, Germaniya va Kanadadan olimlar ishtirok etgan.

Loyiha doirasida uch nafar atom bombalari yaratilgan: plutoniylik “Buyumcha” (Gadget) (birinchi yadroviy sinovda portlatib yuborilgan), uranli “Kichkintoy”(LittleBoy) (1945 yilning 6 avgustida Yaponiyaning Xirosima shahriga tashlab yuborilgan) va plutoniylik “Baqaloq” (Fat Man) (1945- yilning 9- avgust kunida Yaponiyaning Nagasaki shahriga tashlab yuborilgan).

Loyihaga amerikalik fizik Robert Oppengeymer va general Lesli Grovs rahbarlik qilgan.

Yadro qurolining tarixi

Qaytadan yaratilgan strukturaning asl maqsadini yashirish uchun AQShning harbiy-muxandislik qoʻshinlari tarkibida Manxetten muxandislik okurgi shakllantirilgan (Manhattan Engineering District), Grovs esa (oʻsha davrga qadar polkovnik unvonida boʻlgan) brigada generali unvoniga ega boʻlgan hamda ushbu okrug qumondoni etib tayinlangan. Uning ismi bilan bogʻliq holda butun loyiha oʻzining nomiga ega boʻlgan.

1939-yilning avgust oyida fizik olimlar Leo Silard va Yudjin Vigner “Eyshteynning Ruzveltga maktubi”ni tayyorlagan. Unda Germaniya tomonidan yangi turdagi haddan tashqari katta quvvatga ega boʻlgan bomba yaratish ehtimoli borligi toʻgʻrisida ogohlantirilgan. Shu munosabat bilan maktub mualliflari AQShni uran rudasi zahiralarini toʻplashga, Enriko Fermi va zanjirli yadro reakisyalari sohasida mashgʻul boʻlgan boshqa olimlarning tadqiqotlarini mollyalashtirishga chaqirgan. Bu maktub Albert Eynshteyn tomonidan imzolangan va prezident Franklin Ruzveltga yetkazib berilgan. Ruzvelt maktubda koʻtarilgan muammolarni tadqiq qilish uchun Standartlar Milliy Byurosidan Layman Briggsni Uran komitetining rahbari etib tayinlagan. 1939- yilning 21- oktyabr kunida Briggs tezkor yigʻilish chaqirgan. Bu yigʻilishda Leo Silard, Yudjin Vigner va Edvard Teller qatnashgan. Shu yilning Noyabr oyida komitet Ruzveltga urandan foydalanish shu paytgacha maʼlum boʻlgan barcha narsalardan bir necha ming barobar kuchliroq vayron qiluvchi qurol yaratish imkonini berishi toʻgʻrisida xabar bergan.

Briggs uranni, ayniqsa uran-235 izotopini va yaqindagina kashf etilgan plutoniyni tadqiq qilish uchun 167 000 AQSh dollari miqdorida pul mablagʻi ajratishni taklif qilgan. 1941- yilning 28- iyunida Ruzvelt direktor lavozimida Venivar Bush boshchiligidagi Ilmiy tadqiqotlar va ishlar Byurosining yaratilishi toʻgʻrisidagi 8807-sonli ijrochi buruqni imzolagan (Inglizcha: Office of Scientific Research and Development).

Yadro qurolining tarixi

1939- yil iyunida Buyuk Britaniyadagi Birmingem universitetida Otto Frish va Rudolf Payerls uran-235 izotopining kritik vaznini inqilobiy tarzda tadqiq qilgan. Ularning hisoblari koʻrsatishicha izotoppning vazni oʻrtacha 10 kilogrammga teng boʻlishi kerak ekan.

1939- yilda boshlangan maxfiy loyihaga 1933 yilda Germaniyadan koʻchib kelgan Frish, Bete, Silard, Fuks, Teller, Blox kabi koʻp yirik olimlar, shuningdek Germaniya tomonidan bosib olingan Daniyadan olib chiqib ketilgan Nils Bor ham qoʻshilgan. Loyiha doirasida uning xodimlari xarbiy harakatlarning yevropa sahnasida nemis yadro dasturi toʻgʻrisidagi qimmatli maʼlumotlarni yigʻib yurgan holda ishlagan. (“Alsos” Missiyasi).

1945- yilning yoziga kelib AQSh harbiy mahkamasi harakati uran-235 izotopi (uranbombasi), yoki plutoniy-239 izotopi (plutoniy bombasi) kabi boʻlinuvchi materiallardan foydalanishga asoslangan atom quroliga ega boʻlgan.

Uran-235 asosida portlovchi moslamani yaratilishidagi eng muhim murakkablik uranning boyitilishida jamlangan - yaʼni zanjirli yadro reaksiyasini qoʻzgʻatish imkoniyatini vujudga keltirish uchun (tabiy va kam boyitilgan uranda uran-238 zanjirli reaksiya rivojlanishiga toʻsqinlik qiladi) materialda uran-235 izotopi vazn ulushining koʻtarilishida (tabiiy uranda asosiy izotop uran-238 hisoblanadi, uran-235 izotopining ulushi 0,7 foizga teng).

Plutoniy zaryadi uchun plutoniy-239 olish toʻgʻridan-toʻgʻri uran-235ni olish bilan bogʻlik murakkabliklarga duch kelmagan, chunki bu holda uran-238 va maxsus yadro reaktoridan foydalanilgan.

Plutoniy-239 asosidagi (sinov davomida aynan imploziv turdagi plutoniy bombasi sinalgan) “Triniti” deb nomlangan yadro portlash moslamasining dastlabki sinovi 1945yilning 16 iyul kunida AQShning Nyu-Meksiko shtatidagi Alamogordo poligonida oʻtkazilgan. Shu portlashdan keyin Robert Opengeymer “Urush tugadi” degan. Ammo Lesli Grovs unga “Ha, lekin biz Yaponiyaga yana ikkita bomba tashlaganimizdan keyin” - deb javob bergan.

Sovet Ittifoqida yadro quroli borasidagi ishlar bilan SSSR Ministrlar Kengashi qoshidagi Lavrentiy Beriya boshchiligidagi Maxsus komitet shugʻullangan. Sovet Ittifoqida yadro qurolining dastlabki sinovi 1949 yilda, AQShdagi ilk yadro sinovi oʻtkazilganidan toʻrt yil keyin amalga oshirilgan.

Yadro qurolining tarixi

1944- yilning iyunida Manxetten loyihasiga 129 mingga yaqin xodim, shu jumladan 84500tasi qurilish ishlariga jalb etilgan, 40500 nafari operatorlar va 1800 nafar harbiy xizmatchilar boʻlgan. Keyinchalik harbiy xizmatchilar soni 5600 kishiga yetgan. Loyihani amalga oshirishda hisoblovchi kishilar muhim oʻrin egallagan.

Loyihaga  Rudolf Payerls, Otto Frish, Edvard Teller, Enriko Fermi, Nils Bor, Klaus Fuks, Leo Silard, Djon fon Neyman, Richard Feynman, Djozef Rotblat, Isidor Rabi, Stanislav Ulam, Robert Uilson, ViktorVayskopf, Gerbert York, Kennet Beynbridj, Semyuel Allison, Edvin Makmillan, Robert Oppengeymer, Djon Lourens, Georgiy Kistyakovskiy, Gans Bize, Ernest Lourens, Aleksandr Saks, Xans Bete, Shveber, Bush,Ekkers, Xalban, Simon, E. Vagner, Filipp Xauge Abelson, Djon Kokroft, Ernest Uolton, Robert Serber, Djon Kemeni, Albert Bartlett, Nik Metropolis, Djeyms Frank, Mirtl Bachelder kabi fiziklar va dunyoga tanilgan boshqaolimlarni jalb qilingan.

Manxetten loyihasi Buyuk Britaniya, Yevropa, Kanada, Amerika Qoʻshma Shtatlarida nolimlarni yagona halqaro jamoga birlashtirib masalani eng qisqa muddatlarda hal eta olgan. Biroq, Manxetten loyihasi AQSh va Buyuk Britaniya oʻrtasidagi munosabatlardagi keskinlik bilan birga hamroh boʻlganligi kuzatilib kelgan. Amerika Qoʻshma Shtatlari, Buyuk Britaniya oʻzini ranjigan taraf deb hisoblagan, chunki undan chiqqan olimlarning bilimlaridan foydalangani ("Maud Komitii" komiteti), lekin natijalarni Buyuk Britaniya bilan boʻlishmagani tufayli Amerika Qoʻshma Shtatlaridan qattiq hafa boʻlgan.

Yadro qurolining tarixi

Uran bombasining ishlab chiqilishi

“Kichkintoy” (Little Boy) bombasi zambarak turidagi yadro zaryadi boʻlgan. Zambarak sxemasining ishiga shubha boʻlmagan. Shuning uchun ham poligonda uning sinovlari oʻtkazilmagan. “Kichkintoy” bombasi 1945- yilning 6- avgustida Yaponiyaning Xirosima shahriga tashlangan.

Uran rudasi

Loyiha uchun asosiy xom ashyo reaktorlar uchun xom ashyo sifatida xizmat qilgan uran boʻlgan. Uran rudasining eng boy manbai Afrikada, Kongo davlatining Shinkolobve koni hisoblangan, biroq u choʻktirilib, yopib tashlangan edi. Tabiy urannning 99,3 foizi uran-238 va 0,7 foizi uran-235dan tarkib topgan. Shunga qaramay, aynan uran-235 parchalanuvchidir. Kimyoviy identik uran-235 kenglroq tarqalgan izotopdan jismonan uzoqlashgan boʻlishi kerak. Uranni boyitishning turli usullari koʻrib chiqilgan. Ularning koʻpchiligi bugungi kunda Ok-Ridj Milliy kutubxonasida. Eng umid bagʻishlagan tsentrifuga usulidan foydalanish muvaffaqiyatsizlikka uchragan, biroq elektromagnit ajratish, gaz diffuziyasi va termodiffuziyadan loyihada muvaffaqiyat bilan foydalanilgan.

Plutoniy zaryadlari uchun plutoniy-239 hosil qilish bevosita uran-235ni hosil qilishdagi murakkabliklar bilan toʻgʻridan toʻgʻri bogʻliq boʻlmagan, chunki plutoniy-239 hodisasida maxsus yadroviy reaktor va katta miqdorda mavjud boʻlgan uran-238 ishlatiladi. 1944 yilning bahor va yozida plutoniy-239 oʻz-oʻzidan boʻlinish xususiyatida holi boʻlmagan plutoniy-240 izotopining sezilarli darajadagi aralashmalariga ega boʻlganligi aniqlandi. Shuning uchun, plutoniy bombasi uchun zambarak sxemasi amalga oshirib boʻlmasligi aniqlangan edi: plutoniy-240 yadro zaryadining unsurlari kritik massaga birlashtirilguniga qadar boʻlinish reaksiyasiga kiradi.

Yadro qurolining tarixi

Plutoniyni ishlatishdan voz kechish mumkin emas edi, chunki 1945- yilning yozida ishlabchiqarilgan uran-235 faqat bitta bomba uchun, plutoniy-239 esa koʻproqqa yetar edi. Plutoniy bombasi uchun zambarak sxemasining oʻrniga plutoniy-240oʻz-oʻzidan parchalanish effektini oldini olish uchun  portlash toʻlqini tomonidan yetarlicha tezlikbilan shakllantirgan plutoniyning kritik koʻrsatkichdan baland vaznini siquvchi imploziv sxemasidan foydalanishga qaror qilingan edi.

Imploziv sxemasi eng yaxshi va eng ishonchli variantni tanlash uchun katta hajmdagi hisob-kitoblarni talab qilardi. Hisoblovchi odamlar (asosan ayollar) hisob-kitoblar hajmiga bas kela olmasliklari tufayli 1943- yilning oxirida IBM601 tabulyatorlariga buyurtmalar berilgan va ular 1944- yilning bahorida atigi 3 hafta ichida 6-oylik ish hajmini yakunlagan.

Tajribalar, testlar va hisob-kitoblar yoʻli bilan bir necha variantlar ichidan eng istiqbollisi deb Variant III (Mark III) tanlab olingan va guruh faqat ushbu variantning batafsil hisob-kitoblari bilan shugʻullana boshlagan.

Plutoniy-239 va “Variant III” imploziv sxemasi asosidagi “Buyumcha” (Gadget) qobiqsiz yadroviy portlash moslamasi 1945 yilning 16 iyulida Nyu-Meksiko shtatidagi Alamogordo poligonida “Triniti” sinovi paytida portlatilgan. Sinov shuni koʻrsatganki, tanlab olingan “Variant III” imploziv sxemasi yaxshi ish bergan va yetarlicha mustahkam ekan.

“Baqaloq” (Fat Man) aviabombasining korpusiga joylashtirilgan ushbu moslamaning varianti 1945- yilning 9 avgustida Nagasaki ustidan tashlab yuborilgan.

Urush tugaganidan soʻng

Manxetten loyihasi yagona maqsadni koʻzlagan holda yaratilgan: 1945- yilning yoziga qadar atom bombasini yaratish. Harbiylar, olimlar va muxandislarning barcha sayi-harakatlari ishlaydigan atom qurolining yaratilishiga qaratilgan edi. Atom yadrosi va yadro energiyasi  sohasidagi barcha hisob-kitoblar pirovard maqsad sari yetaklovchi aynan manna shu yoʻnalish boʻylab olib borilar edi. Ikkinchi darajali barcha boshqa tadqiqotlar va izlanishlar qatʼiy muddatlar hamda inson va moddiy resurslarining yetishmasligi tufayli chetga surib qoʻyilar edi.

Manxetten loyihasi oʻzining yagona maqsadiga erishib boʻlganligi tufayli, 1945- yilning sentyabrida Ikkinchi jahon urushi tugaganidan soʻng olimlar oʻzlarining avvalgi ilmiy ishlariga qaytish maqsadida Los-Alamosdan keta boshladilar. Los-Alamos laboratoriyasining ilmiy direktori lavozimidagi Robert Oppengeymerning oʻrniga kelgan Norris Bredberi yana bir yil davomida qolgan olimlarni termoyadroviy sintez va mavjud boʻlgan atom bombalarini muvofiqlashtirish borasidagi nazariy masalalar bilan mashgʻul etgan holda laboratoriya faoliyatini zoʻrgʻa ushlab turgan. Bu hol oliy siyosiy doiralarda atom qurolini nima qilish kerakligi, uning saqlanishi va ishlab chiqarilishini kim nazorat qilishi va buning hammasi qay tarzda moliyalashtirishi boʻyicha qaror qabul qilinguniga qadar davom etib kelgan edi.

Ishlab chiqarish va dastlabki sinov

Manxetten loyihasi oʻzining amalga oshirilishini 1943- yilning 17- sentyabrida boshlagan. Bu loyihaga juda koʻp taniqli fizik olimlar jalb qilingan. Ularning koʻpchiligi Yevropadan kelgan qochoqlardan tashkil topgan.

1945- yilning yoziga kelib Amerikaliklar 3 nafar bombani yaratishga erishgan. Ularning ikkitasi Yaponiyaning Xirosima va Nagasaki shaharlariga tashlangan, uchinchisi esa bundan sal avvalroq sinalgan. Xirosimaga tashlangan  “Kichkintoy” - uran yadro bombasining qurilmasi juda oddiy va samarasi kamroq boʻlsa ham mustahkam boʻlgan. Amerikalik olimlar uning muvaffaqiyatiga zarracha ham shubha qilmagan. Plutoniyli “Baqaloq” ancha murakkabroq, ammo ancha samarali qurilmaga ega va albatta tekshirishdan oʻtkazilishi kerak boʻlgan. Shunday qilib, 1945- yilning 16-iyulida Nyu-Meksikoda Triniti (Uchlik) nomini olgan dunyoda birinichi marta atom bombasining sinovi oʻtkazilgan.

Yadro qurolining tarixi

1945- yil 6-avgust kuni saharda V-29 "Enola Gay" amerika bombardirovshigi  (ekipaj sardori — polkovnik Pol Tibbets) Yaponiyaning Xirosima shahriga "Kichkintoy" (Little Boy) uran atom bombasini tashlab yuborgan. Portlash kuchi trotil ekvivalenti boʻyicha turli manbalarning baholashlari boʻyicha 13 dan 18 kilotonnagacha boʻlgan.

Uch kundan keiyn, 1945- yilning 9-avgust kuni, "Baqaloq" plutoniy atom bombasi (Fat Man) Charlz Suini ismli uchuvchi tomonidan Nagasaki shahriga tashlangan. Uning portlash kuchi ancha kattaroq boʻlgan va tahminan 15-22 kilotonnani tashkil etgan. Bu atom bombasining ancha mukammalroq qurilishiga bogʻliq boʻlgan.

Xujumlardan koʻrilgan insoniy yoʻqotishlarni baholanishi ancha murakkablashib ketgan. Hirosimada portlash va uning oqibatlari natijasida 140000 dan ortiqroq odam halok boʻlgan, deb hisoblanadi; Nagasaki uchun bu koʻrsatkich 74000 kishidan ortiqrogʻini tashkil etadi. 1946 yilning fevral oyida Yaponiyadagi Amerika okkupasion armiyasining shtabi tomonidan chop etilgan bu raqamlarda 1946- yildan keyin portlashlar natijasida nurlanish oqibatida nur kasalligidan oʻlganlar hisobga olinmagan.

Bombardimon qilinish bilan koʻrsatilgan yadro qurolining misli koʻrilmagan vayronagarchiliklarni vujudga keltiruvchi noyob xususiyatlari, Amerika Qoʻshma Shtatlari va Sovet Ittifoqi oʻrtasidagi yadroviy qurollanish poygasining boshlanish nuqtasi boʻlib qolgan. Keyinchalik bu poygaga bir necha boshqa mamlakatlar ham qoʻshilib ketgan.

Yadro qurolining tarixi

Ikkinchi jahon urushi tugaganidan keyingi dastlabki yillarda AQSh dunyodagi yagona "yadroviy davlat" boʻlib qolgan edi. AQSh rahbariyati Sovet Ittifoqi oʻz atom bombasini yaratishdan ancha uzoq deya tahmin qilgan. Shu bilan birga AQSh oʻzining vaqtinchalik ustunligidan iloji bor qadar koʻproq foydachiqarishga uringan. Xususan, Berlin va Chexoslovakiya masalalari boʻyicha Stalinga bosim oʻtkazishga urinishlar boʻlgan. Bunday holllarda sovet rahbari AQSh faqat shularni deb sovet davlatiga qarshi yangi urush ochishga jurʼat qila olmaydi degan xulosaga kelgan.

Shu vaqtning oʻzida SSSRda eng jadal surʼatlarda oʻz atom bombasini yaratishboʻyicha ishlar olib borilayotgan edi. Urush paytida tadqiqotlar uran yetishmovchiligi tufayli cheklangan edi, biroq endi Sharqiy Yevropadan yetkazib berishlar bu muammoni hal etish imkonini yaratgan edi. Ishlar surʼatini ilojibor qadar tezlashtirish maqsadida fizik olimlar uchun barcha zarur sharoitlar yaratib berilgan edi. 1944 yilning 3 dekabrida Sovet Ittifoqi Mudofaa ishlariboʻyicha Davlat Komitetining qaroriga asosan "uran boʻyicha ishlarni nazorat qilish" Mudofaa Davlat Komiteti raisi oʻrinbosari Lavrentiy Beriya zimmasiga yuklatilgan.

AQShda Sovet Ittifoqi eng kamida 50-chi yillarning yarmigacha atom quroliga ega boʻlish imkoni yoʻqligi toʻgʻrisida tahmin qilinar edi. Biroq 1949 yilning 29-avgust kuni sovet yadro fizikasi olimlarining ishlari muvaffaqiyat bilan yakunlangan edi. Shu kuni portlatilgan RDS-1 atom bombasini, Gʻarbda Stalinning sharafiga: "Djo-1" deb atashgan. Yadro poygasi boshlangan edi.

1949-yilning 29- avgustida sinash uchun atom bombasidan tashqari 1949-yilning oxiriga kelib yana ikkita RDS-1 atom bombasi yaratilgan, 1950- yilda esa — yana toʻqqizta bomba yaratilgan. Biroq bu bombalarning hammasi tajribaviy qurilmalar boʻlgan, oʻsha paytda esa SSSRda yetkazib berish vositasi boʻlmagan. 1951-yilning yanvar-fevral oylarida yana toʻrt nafar atom bombasi yaratilgan. Shunday qilib, 1951-yilning 1 martiga kelib Sovet Ittifoqining RDS-1 turidagi 15 atom bombasi boʻlgan. 1951- yilning oxiriga kelib umumiy hisobda 29 nafar RDS-1 atom bombasi, shu jumladan dastlabki uchta seriyali ishlab chiqarilgan atom bombasi boʻlgan.

1951-yilning 24 sentyabrida "502-M" sovet atom zaryadi (RDS-2)ning muvaffaqiyatli sinovi oʻtkazilganidan keyin 1951-yilning oxiriga kelib RDS-2 atom bombasini ishlab chiqarilishi toʻliq oʻzlashtirilib boʻlgan. 1952-yilning 1-yanvar holatiga Sovet Ittifoqida 35 nafar atom bombasi, ulardan 29 nafari RDS-1 va 6 nafari RDS-2 boʻlgan. Nazariy jihatdan bu bombalarni Sovet Ittifoqi AQShgacha yetkaza olar edi.

1951-yilning 29-avgustida Birinchi qoʻshinlar omborxonalari - atom bombalarini saqlash va ishlatilishiga tayyorlash boʻyicha yadro quroli bazalarini tashkil etilishi boʻyicha SSSR Ministrlar Kengashining qarori qabul qilingan. Bunday bazalar atigi toʻrtta: Qrim yarim orolining Shimolida, Ukrainaning gʻarbiy qismida, Belorussiyada va Rossiyaning shimoliy-gʻarbiy qismida boʻlgan. Dastlabki ikki nafar yadro qurolini saqlash bazalari 1955-yilda yakunlangan. 1956-yilda yadro qurolini saqlash boʻyicha markaziy baza ishga tushirilgan.

1951-yilning 18-oktyabrida birinchi sovet aviasion bombasi ("501- M" yadroviy zaryadga ega boʻlgan RDS-3) ilk bor samolyotdan (Tu-4) tashlab yuborish yoʻli bilan sinovdan oʻtkazilgan. Bu bomba qurollanishga qabul qilish uchun tayyorlana boshlangan (1954-yilda qabul qilingan). 1952- va 1953- yillarda RDS-3 aviatsion bombasining muvaffaqiyatli uchuvchilik nazorat sinovlari oʻtkazilgan.

Yadroviy qurol sifatini takomillashtirish va miqdorini oshirishga mislsiz katta mablagʻlar sarflanar edi. Endi ikkala davlat ham termoyadroviy qurol ishlab chiqarish boʻyicha ishlarni boshlab yuborgan edi. AQSh bunday qurilmani 1952-yilning 1 noyabrida portlatgan. Hammani yana hayratda qoldirib Sovet ittifoqi termoyadroviy portlatishni atigi 8 oydan keyin amalga oshirgan. RDS-6s sovet vodorod bombasi toʻligʻicha oʻzining ishlab chiqarishi boʻlgan, chunki AQShdagi josuslik harakatlari hech qanday natijalarga olib kelmagan. Eng muhimi esa — bu AQShdagi kabi ikki qavatli uyga teng stasionar qurilma emas aynan samolyotning bombaga moʻljallangan boʻlimi oʻlchovlariga mos keladigan birinchi aviatsion termoyadroviy bomba boʻlgan.

Yadro qurolini yetkazish vositalari boʻyicha ishlar ham juda jadal ravishda olib borilgan. Bular birinchi navbatda strategik bombardirovshiklar boʻlgan. Bu sohada AQSh ancha jadal ishlar olib borgan, biroq reaktiv tutuvchi samolyotlarning paydo boʻlishi amerikaliklarning ustunligini yoʻqqa chiqardi, qoʻydi. 50- yillarning boshlarida AQSh harbiy havo kuchlari tomonidan Sovet Ittifoqining havo boʻshligʻiga kira oladigan B-47 i B-52 reaktiv bombardirovshiklari taqdim etilgan.

50-yillarning ikkinchi yarmida Sovet Ittifoqida birinchi (MBR) R-7 qitʼalararo ballistik raketa ishlab chiqarilgan. 1957-yilning 4 oktyabr kuni ushbu raketa Yerning birinchi sunʼiy yoʻldoshini koinotga olib chiqqan edi. Amerikaning birinchi qitʼalararo ballistik raketasi 1959-yilning 31-oktyabr kuni uchirilgan.

Yadro qurolining tarixi

2009-yilning avgust holatiga AQSh Mudofaa Ministrligida tahminan 5,6 ming nafar oʻrnatilishga tayyor boʻlishi bilan birga tashuvchilarda joylashtirilgan jangovar zaryadlarga ega.

1995-yilning aprelida Rossiyaga yadroviy aslahalar Qozogʻistondan, 1996-yilning iyunida — Ukrainadan va 1996-yilning noyabrida — Belorussiyadan olib chiqilgan.

2009-yilning yanvar oyi holatiga Rossiya strategik yadroviy kuchlari tarkibida 2825 nafar yadroviy jangovar zaryadlarni tashiy oladigan 634 nafar strategik tashuvchi mavjud boʻlgan. 2009-yilning iyul oyi holatiga Rossiya strategik yadroviy kuchlari tarkibida 2683 nafar yadroviy jangovar zaryadlarni tashiy oladigan 608 nafar strategik tashuvchilari bor edi. Rossiya yadroviy jangovar zarayodlari Rossiya Federasiyasining 12-asosiy boshqarmasining tasarrufida turadi.

Bugungi kunda yadro quroliga ega boʻlgan 9 ta mamlakat bor: AQSh, Rossiya, Buyuk Britaniya, Frantsiya, Xitoy, Hindiston, Pokiston, Izroil (tahminlarga koʻra) va Shimoliy Koreya. Ulardan faqatgina beshtasi yadro qurolini tarqatmaslik  toʻgʻrisidagi shartnomani imzolagan.

Yadro qurolini tarqatmaslik toʻgʻrisidagi Shartnoma Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi tomonidan 1968-yilning 12-iyun kuni maʼqullangan, 1968-yilning 1 iyulidan boshlab Moskva, Vashington va Londonda imzolash uchun ochilgan. Shartnoma ratifikatsion yorliqlar saqlash uchun topshirilganidan keyin 1970-yilning 5 martida kuchga kirgan. U Sovet Ittifoqi tomonidan 1969-yil 24-noyabr kunida ratifikasiya qilingan. 190 nafar davlat Shartnoma qatnashchilaridir. Yadro qurolini tarqatmaslik toʻgʻrisidagi Shartnomadan tashqarida hamon qolib kelayotgan davlatlar - Hindiston, Pokiston va Izroil. Shartnomadan chiqish toʻgʻrisida KXDR ham bayonot bergan edi.

Yadro qurolining tarixi

1896- yilda fransuz kimyogar olimi Antuan Anri Bekkerel uranning raioaktivligini kashf etdi.

•             1899-yilda Ernest Rezerford alfa- va -beta-nurlar, 1900 yilda gamma-nurlanish kashf etilgan.

•             Shu yillarda kimyoviy unsurlarning koʻp radioaktiv izotoplari kashf etilgan: 1898-yilda Pʼyer Kyuri va Mariya Kyuri tomonidan poloniy va radiy, 1899-yilda Rezerford tomonidan radon, Debern tomonidan — aktiniy kashf etilgan.

•             1903-yilda Rezerford va Frederik Soddi radioaktiv parchalanishi qonunini kashf etishgan

•             1921-yilda Otto Gan amalda yadroviy izomeriyani kashf etgan.

•             1932-yilda Djeyms Chedvik neytronni kashf etgan, Karl Anderson esa  — pozitronni.

•             Shu yilning oʻzida, 1932-yilda AQSh Ernest Lourens birinchi tsiklotronni ishgatushirgan, Angliyada esa Ernest Uolton va Djon Kokroft atom yadrosini ilk bor parchalashga erishgan: ular protonlar bilan tezlatgichda litiy yadrosiga oʻquzib yemirilishiga erishgan. Huddi shunday tajriba Sovet Ittifoqida oʻtkazilgan.

•             1934-yilda Frederik Jolio-Kyuri sunʼiy radioaktivlikni kashf etgan, Enriko Fermi esa neytronlarni sekinlashtirish uslubini ishlab chiqqan. 1936-yilda, u tomonidan neytronlarning tanlab olingan holdagi yutib yuborilishi kashf etilgan.

•             1934-yilda Vengriyalik fizik olim Leo Silard yadro reaktorining umumiy taʼriflanishibilan patent olish uchun ariza berilgan (patent 1936-yilda berilgan).

•             1938-yilda Otto Gan, Fris Shtrassman va Liza Meytner neytronlar tomonidan uran yutib yuborilayotgan paytdagi parchalanishini kashf etdilar. Shundan yadroviy qurolishlab chiqarilishi boshlandi.

•             1939-yilda Frederik Jolio-Kyuri uran bombasining konstruksiyasini patentlagan.

•             1940-yilda Georgiy Flyorov va Konstantin Petrjak, Leningrad fizik-texnik institutida ishlayotib, uran yadrosining oʻz-oʻzidan boʻlinishini kashf etdilar.

•             1940-yil iyunida AQShda Mudofaa tadqiqotlari boʻyicha Milliy komitet tashkil etilgan, Uran boʻyicha Komitet uning tarkibiga subkomitet sifatida kirgan.

•             1941-yil bahorida Fermi zanjirli yadro reaksiyasi nazariyasini ishlab chiqishni yakunlagan.

•             1941-yil 20 sentyabrida Angliyada shtablar boshliqlari Komiteti tomonidan oʻtkazilgan majlisda zudlik bilan atom bombalarini tayyorlash boʻyicha zavod qurilishi toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.

•             1941-yil 6 dekabrida AQShda yadroviy qurol yaratilishi uchun mablagʻ va resurslarajratilishi toʻgʻrisida qaror qabul qilingan.

•             1942-yilning birinchi choragi — ingliz harbiy kabineti uran bompbalarini ishlab chiqish masalalari bilan shugʻullana boshlaydi.

•             1942-yil iyunida Fermi va Gerbert Anderson tomonidan tajribalar davomida birlikdan katta neytronlar koʻpayishining koeffisiyenti olingan, bu yadroviy reaktor yaratilishiga yoʻl ochgan.

•             1942-yil 2 dekabrida  AQShda dunyodagi birinchi yadroviy reaktor ishga tushgan, birinchi oʻzini oʻzi quvvatlabturuvchi zanjirli yadroviy reaksiya amalga oshirilgan.

•             1943-yil 17 sentyabrida “Manxetten proyekt” loyihasi ustidagi ishlar boshlangan.

•             1945-yil 16 iyulida AQShning Nyu-Meksiko shtatida Alamogordo choʻlida birinchi “Gadget” yadroviy portlash moslamasi sinovdan oʻtkazilgan (bir pogʻonali, plutoniy asosida).

•             1945-avgustida Xirosima va Nagasaki shaharlariga birinchi atom bombalari “Kichkintoy” (6 avgustda, Xirosima) va “Baqaloq” (9 avgustda, Nagasaki) tashlab yuborilgan.

Yadro qurolining tarixi

1. "Triniti" - 1945- yil 16 iyulida AQSh tomonidan amalga oshirilgan, quvvati 21 kilotonnga teng.

2. "Kichkintoy" - 1945- yil 6 avgustida AQSh tomonidan Yaponiyaning Xirosima shahriga tashlangan, quvvati 11 kilotonnga teng.

3. "Baqaloq" - 1945- yil 9 avgustidaAQSh tomonidan Yaponiyaning Nagasaki shahriga tashlangan, quvvati 21 kilotonnga teng.

4. RDS-1  - 1949- yil 29 avgustida Sovet Ittifoqitomonidan amalga oshirilgan, quvvati 22 kilotonnga teng.

5. "Dovul" - 1952- yil 3- oktyabrida Buyuk Britaniya tomonidan amalga oshirilgan, quvvati 25 kilotonnga teng.

6. "Ivi Mayk" - 1952- yil 1- noyabrida AQSh tomonidan amalga oshirilgan termoyadroviy portlatish, quvvati 10400 kilotonnga teng.

7. RDS-6s - 1953- yil 12avgustidaSovet ittifoqi tomonidan amalga oshirilgan termoyadroviy portlatish, quvvati400 kilotonnga teng

8. "Kastl Bravo" - 1954- yil 1 martida AQSh tomonidan amalga oshirilgan eng kuchli termoyadroviy portlatish, quvvati 15000 kilotonnga teng.

9. "Bellashuv Iks" - 1957- yil 8 noyabrida Buyuk Britaniya tomonidan amalga oshirilgan birinchi termoyadroviy portlatish, quvvati 1800 kilotonnga teng

10. "Moviy yumronqoziq" - 1960- yil 13 fevralida Fransiya tomonidan amalga oshirilgan, quvvati 60 kilotonnga teng

11. AN 602 yoki "Shox-bomba" (oʻsha davrdagi Sovet Ittifoqining rahbari Nikita Xrushyovning mashhur "Amerikaga Kuzyaning enasini koʻrsatib qoʻyamiz hali!" iborasi tufayli xalq tilida "Kuzyaning enasi" deb ham atalgan) - 1961- yil 30 oktyabrida Sovet Ittifoqi tomonidan amalga oshirilgan insoniyat tarixidagi eng kuchli termoyadroviy portlatish, quvvati 58600 kilotonnga teng. Ayrimlarning tahminlariga koʻra Antarktida uzra ozon teshigi aynan shu portlashdan keiyn paydo boʻla boshlagan.

Yadro qurolining tarixi

12. "596" - 1964- yil 16oktyabrida Xitoy Xalq Respublikasi tomonidan amalga oshirilgan, quvvati 22 kilotonnga teng.

13. "Oltinchi sinov" -1967- yil 17 iyunida Xitoy Xalq Respublikasi tomonidan amalga oshirilgan termoyadroviy portlatish, quvvati 3300 kilotonnga teng.

14. "Kanopus" - 1968- yil24 avgustida Fransiya tomonidan amalga oshirilgan termoyadroviy portlatish, quvvati 2600 kilotonnga teng.

15. "Tabassum qilayotgan Budda" - 1974- yil 18 mayida Hindiston tomonidan amalga oshirilgan, quvvati 12 kilotonnga teng.

16. "Shakti - I" - 1998-yil 11- mayida  Hindiston tomonidan amalga oshirilgan, quvvati 30 kilotonnga teng.

17. "Chagai - I"- 1998 yil 28- mayida Pokiston tomonidan amalga oshirilgan, quvvati tahminan 9 kilotonnga teng.

18. "Kvanday-ri" - 2006-yil 9- oktyabrida Koreya Xalq-Demokratik Respublikasi tomonidan amalga oshirilgan, quvvati tahminan 2 kilotonnga teng.

Yadro qurolining tarixi

Umumiy hisobda shu kunga qadar AQSh tomonidan 1123 ta;

Sovet Ittifoqi tomonidan 982 ta;

Buyuk Britaniya tomonidan 45 ta;

Frantsiya tomonidan 210 ta;

Xitoy tomonidan 48 ta;

Hindiston tomonidan 6 ta;

Pokiston tomonidan 7 ta;

Shimoliy Koreya tomonidan 1 ta

Jami esa 2242 ta yadroviy sinovlar oʻtkazilgan.

Yadro qurolining tarixi

Triniti (sinov)

Triniti (inglizcha - Trinity) yadro quroli texnologiyasini dunyoda ilk bor 1945-yil 16-iyul kuni AQShning Nyu-Meksiko shtatida, Alamagordo poligonida Manxetten loyihasi doirasida sinovdan oʻtkazilishi. Sinov paytida imploziv turdagi plutoniyli bomba sinovdan oʻtkazilgan. Bu bomba “Buyumcha” (inglizchasiga - Gadget) deb nomlangan.Bombaning portlashi trotil ekvivaletida 21 kilotonnga teng boʻlgan. Bu portlash yadro quroli davrining boshlanishi hisoblanadi.

Sinov nomlanishi va uni oʻtkazish joyi tanlanishining sababchisi sifatida odatda Manxetten loyihasining rahbari Robert Opengeymer bu nomlanishni Djon Donn sheʼriyatidan olgan deb hisoblanadi.

Portlash joyida kvars va dala shpati erib trinitit (boshqa nomlari: atomzit, alamogord shishasi) deb nomlangan och-yashiltusdagi maʼdanga aylangan. Bu maʼdanning bir qancha miqdori xususiy kolleksiyalarda saqlanib kelmoqda.

1945- yil 9-avgust kunida Yaponiyaning Nagasaki shahriga tashlab yuborilgan “Baqaloq” ham huddi shu turdagi bomba boʻlgan.

Yadro qurolining tarixi
Yadro qurolining tarixi

“Chorraxalar” operasiyasi (inglizcha Crossroads) — atom bombasi sinovlarining ikkinchi seriyasi. U AQSh tomonidan 1946- yilning yozida Bikini attolida (halqasimon orol) oʻtkazilgan. Operasiya  Triniti sinovida keiyn va Sandstone operasiyasidan oldin oʻtkazilgan. Sinov maqsadi - atom qurolining yirik kemalarga taʼsirini oʻrganish boʻlgan. Seriya har birining quvvati 23 kilotonnga teng ikki portlashdan iborat boʻlgan: “Eybl” obʼyekti 1946 yilning 1-iyulida 158 metr (520 fut) balandlikda portlatilgan; “Beyker”1946- yilning 25-iyulida suv ostidagi 27 metr chuqurlikda portlatilgan. 1947-yilda portlatish rejalashtirigan uchinchi portlatish - “Charli”, AQSh harbiydengiz kuchlari “Beyker” sinovidan keyin kemalarni dezaktivasiya qila olmagani munosabati bilan bekor qilingan. Portlatish paytlarida kemalarda tajriba qilinadigan hayvonlar joylashtirilgan edi.

“Chorraxalar” operasiyasi doirasida oʻtkazilgan sinovlar “Triniti” sinovi bilan Xirosima va Nagasaki bombardimon qilinganidan keiyngi AQSh tomonidan oʻtkazilgan toʻrtinchi va beshinchi portlatishlar boʻldi. Bu Marshall orollarida oʻtkazilgan birinchi va ilk bor omaviy tarzda eʼlon qilingan atom sinovlari boʻlgan. Sinovlarda taklif etilgan mehmonlar va Ommaviy axborot vositalarining vakillari ham ishtirok etgan. Sovet Ittifoqidan SSSR Fanlar Akademiyasi Radiy instituti tsiklotron laboratoriyasining rahbari Mixail Grigorevich Mesheryakov, Birlashgan Millatlar Tashkilotining atom energiyasini nazoratqilish Komissiyasidagi Sovet Ittifoqining vakili huzuridagi ekspert Semyon Petrovich Aleksandrov va “Krasnaya zvezda” jurnali jurnalisti sifatida kelgan Kemasozlik Markaziy Ilmiy tadqiqot instituti Loyihalashtirish boʻlimi seksyaisi boshligʻi, 2-rang kapitani Aleksandr Mixaylovich Xoxlov ishtirok etgan.

Yadro qurolining tarixi

Sinovlar natijasida “Beyker” suv osti portlatilishida nishon sifatida foydalanilgan barcha kemalarning radioaktiv zaxarlanishi roʻy bergan. Bu yadroviy portlash natijasidagi tezkor mahalliy radioaktiv zaharlanish sodir boʻlgan birinchi hodisa edi. Balandlikdagi portlatishda zaharlanish stratosferada bir  necha kun kuzatilib keiyn tarqalib ketgani aniqlangan. Atom energiyasi boʻyicha komissiyaning Raisi kimyogar Glenn Siborg “Beyker”ni dunyodagi ilk yadroviy halokat deb atagan.

“Chorrahalar” operasiyasiga tayyorgarlik koʻrilayotgan paytda Bikini attolining aholisi kichikroq, kimsasiz orollarga koʻchirilgan. Keyinchalik, 1950-yillarda Bikini qishloi xoʻjaligi va baliqchilik uchun yaramaydigan holatga kelib qolgan. Radioaktiv zaharlanish tufayli Bikini attoli dayverlarning kamdan kam tashriflarini hisobga olmagan holda 2010- yilgacha kimsasiz orol boʻlib kelgan.

Yadro qurolining tarixi

Kichkintoy (inglizchasiga: Little Boy, soʻzma-soʻz tarjima qilinganida “Kichik bolakay”) — Manxetten loyihasi doirasida ishlab chiqarilgan atom (uranli) bombasining kodlashtirilgan nomlanishi. Birinchi muvaffaqiyatli portlatilgan va tarixda birinchi marta qurol sifatida ishlatilib 1945-yilning 6 avgust kuni Yaponiyaning Xirosima shahriga tashlangan atom bombasi.

Tuzilishi

Bombaning vazni 4 tonnaga teng, oʻlchamlari uzunasiga 3 metr,  diametri 71 santimetrga teng boʻlgan. Uningichiga toʻldirish uchun uran Belgiya Kongosi (bugungi Kongo Demokratik Respublikasi), vaKanadada (Katta Ayiqlar Koʻli) va AQShning Kolorado shtatitda olingan.

Imploziv tamoyil boʻyicha tayyorlangan koʻpchilik zamonaviy bombalardan farqli oʻlaroq“Kichkintoy” zambarak turidagi bomba boʻlgan. Zambarak turidagi bomba hisob-kitob qilinishida ham, tayyorlanishida ham juda sodda, deyarli inkorlarsiz (shuning uchun ham bombaning aniq chizmalari haligacha maxfiylashtirilgan). Bunday qurilmaning teskari tomoni — foydali harakat koeffisiyentining pastligi.

Yadroviy yoqilgi kritik vaznga ega: uranning bu vazndan pastroq miqdori radioaktiv, koʻprogʻi -  portlab ketadi (bu zanjirli reaksiya paytida oʻta katta quvvat otilib chiqishi tufayli sodirboʻladi). Kritik vazndagi yoqilgʻida zanjirli reaksiya zanjirli reaksiyaoʻz-oʻzidan boshlanib ketishi mumkin, ammo “Kichkintoy”da yadrolarning birlamchi boʻlinishini qoʻzgʻatuvchi neytronlar oqimi ishlatiladi. Shundan keiyn yadrolarning oʻzlari boʻlinish paytida neytronlarni chiqaradi va shu bilan reaksiyalarning yangi zanjirini qoʻzgʻatadi. Neytronlarning sust oqimidava sifatsiz germetizasiyada vazn tezda kritik boʻlmay qoladi va zanjirli reaksiya tugab qoladi. Yoqilgʻini tezlik bilan oʻta kritik holatga keltirish vauni oʻz vaqt-soatidan avvalroq har tarafga uchib ketmasligi uchun shu holatda iloji bor qadar koʻproq vaqt ushlab turish kerak. “Kichkintoy”da bu masalala quyidagicha hal qilingan: bombaning asosiy detali — flot zambaragining kesib olingan oʻzagi. Uning oxirida uran tsilindr shaklida nishona va berilliy-poloniyli inisiator joylashtirilgan.

Yadro qurolining tarixi

Stvolnin goʻq solinadigan qismida — kordit oʻqdorisi va volfram karbiddan snaryad joylashtirilgan. Snaryadning bosh qismiga uran trubasi oʻrnatilgan. Bunday “zambarak”dan amalga oshirilgan oʻq uzish truba va tsnlindrni shu tarzda birlashtiradiki, ular yuqori kritik massani hosil qiladi. Bir vaqtning oʻzida harakatga keltiruvchi moslama siqilib, undan neytronlan oqimi bir necha barobar oshib ketadi va yadroviy portlash boshlanadi; stvolning mustahkamligi vaoʻqdori gazlarining bosimi uran qismlarini ushlab turadi.

Bombaning tarkibida oʻta baland darajagacha boyitilgan 64 kilogramm uran, shundan tahminan 700 gramm, yoki 1 foizdan sal ortiqrogʻi bevosita zanjirli yadroviy reaksiyada ishtirok etgan (uranning qolgan atomlar yadrolari tegilmagan holdaqolib ketgan, chunki qolgan uran zaryadi sochib tashlangan va reaksiyada ishtirok etishga ulgurmagan). Yadroviy reaksiya davomida massa defekti tahminan 600 milligramni tashkil etgan, yaʼni Eynshteyn tenglamasi boʻyicha massaning 600 milligrami (turli baholashlar boʻyicha) 13 dan 18 ming tonna trotil ekvivalentiga toʻgʻri keladigan portlash quvvatiga teng quvvatga aylangan.

Kalibri 16,4 santimetr boʻlgan dengiz qurolining 1,8 metrgacha qisqartirilgan stvolidan foydalanilgan, shu bilan birga “nishon” diametri 100 millimetrga, vazni 25,6 kilogrammga teng tsilindr shaklida boʻlib, “oʻz uzilish” paytida uning ustiga tegishli ichki kanaliga ega boʻlgan tslindrsimon “oʻq” bostirib kelgan. Bunday “intuitiv noaniq” dizayn nishonning neytron fonini pasaytirish maqsadida qilingan: uning ichida u yopishib emas, neytron qaytargichdan (tamper) 59 millimetr uzoqlikda joylashtirilgan. Natijada toʻliq boʻlmagan quvvat ajralib chiqishli zanjirli reaksiya muddatdan avval boshlanib ketish ehtimoli bir necha foizlargacha pasaytirilgan.

Foydali harakat koeffisiyentining pastligiga qaramay radiaktiv ifloslanish juda katta boʻlmagan, chunki portlatish yer yuzasidan 600 metr balandlikda amalga oshirilgan, reaksiyaga kirishmagan uranning oʻzi esa yadroviy reaksiya mahsulotlariga nisbatan radioaktivligi past boʻlgan.

Parvozga muvaffaqiyatsiz koʻtarilish sodir boʻlgan taqdirda oqibatlar havfini ilojiboricha pasaytirish maqsadida bu bombaga portlatgichlarni bevosita samolyotning oʻzida, bomba tashish qisimida, havoga koʻtarilgan paytdan oʻn besh daqiqadan keyin oʻrnatilgan. Shundan keyin ham, ayniqsa samolyot turbulentlik hududiga kirib qolgan paytdagi silkinishlar oqibatida u oʻz-oʻzidan ishlab ketishning oʻta baland ehtimoli baribir saqlanib qolgan.

Yadro qurolining tarixi

“Baqaloq” - Manxetten loyihasi doirasida ishlab chiqilgan atom bombasining kodlashtirilgan nomlanishi. U Amerika Qoʻshma Shtatlari tomonidan 1945- yilning 9 avgust kuni, Xirosimaga atom bombasi tashlanganidan 3 kun oʻtib, Yaponiyaning Nagasaki shahriga tashlangan.

Bomba plutoniy-239 parchalanishi asosida ishlagan va portlashning imploziv sxemasiga ega boʻlgan. Aniqroq qilib aytganda, bu tashqi qobiq bilan qoplangan “Gadget”ning (“Buyumcha”, inglizcha: gadget, uning “Triniti” deb nomlangan sinovi oʻsha yilning 16- iyul kuni oʻtkazilgan) oʻzi boʻlgan.

Tuzilishi

Ogʻirligi tahminan 6 kilogrammga teng plutoniyli yadro uran-238dan tarkib topgan dagʻalqobiq - tamper bilan qoplangan. Bu qobiq plutoniyning iloj qadar koʻproq qismi reaksiyaga kirishishga ulgurishi maqsadida zanjirli reaksiya jarayonida boʻrtib ketadigan inersion qarshilik bilan ushlab turish uchun hizmat qilgan. Tamperning zarracha past boʻlmagan yana bir ahamiyati - reaksiyaning faol hududini tashlab chiqib ketayotgan neytronlarning qaytargichi sifatida hizmat qilish. Bundan tashqari, uran-238 yadrolari bilan toʻqnashish paytida neytronlar oʻz quvvatini yoʻqotadi, seknlashadi, issiq boʻlib qoladi. Past quvvatga ega boʻlgan bunday neytronlar plutoniy yadrosi tomonidan eng effektiv tarzda yutib yuboriladi.

Tamper alyuminiydan yasalgan qisuvchi qobiq bilan qoplangan edi (inglizcha: pusher). Uzarbali toʻlqin bilan yadro zaryadi siqilishining bir maromiyligini taʼminlab bergan holda zaryadning ichki qismini portlagich va uning parchalanishidan hosil boʻluvchi oʻta qizib ketgan mahsullari bilan bevosita aloqa qilishidan saqlab turgan.

Yadro qurolining tarixi

Bundan tashqari bombada neytron harakatlantiruvchi - “tipratikan” (inglizcha: urchin) boʻlgan. Odatda “tipratikan” - berilliydan tayyorlangan, diametri 2 santimetrgateng boʻlgan soqqa shaklida boʻlib, ittriy va poloniy qotishmasi, yoki metallik poloniy-210 bilan qoplangan boʻladi. “Tipratikan” kovakli plutoniy yadrosining ichida joylashtiriladi. Bu neytronlarning birlamchi manbai. U zaryadni oʻtakritik holatga oʻtkazilishi paytida ishga tushadi - oddiy portlagichning portlash toʻlqini “tipratikan” ichidagi yadro zaryadini qisgan paytda poloniyva berilliy yadrolari yaqinlashadi va raioaktiv poloniy-210 alfa-zarachalari beriliydan neytronlarni urib chiqaradi. Keiyn ular asosiy zaryad oralab oʻtadiva plutoniy-239 yadrolari bilan toʻqnashib zanjirli yadro yadroviy reaksiyani harakatga keltiradi. Asosiy zaryadning chegarasidan tashqariga uchib chiqib ketayotgan neytronlar yoki tamperda sekinlashtiriladi yoki asosiy zaryadga qaytariladi. Bu sxema baribir samarasi kam deb topilgan va neytron harakatlantirilishining boshqarib boʻlmaydigan turi keyinchalik deyarli umuman ishlatilmagan.   

Yadro qurolining tarixi

RDS-1 (“buyum 501”, “1-200” atom zaryadi) — imploziv turdagi plutoniyli birinchi sovet atom bombasi. Bombaning quvvati— 22 kilotonn (uzunligi 3,7 metr, diametri 1,5 metr, vazni 4,6 tonn)

Sovet atom loyihasini amalga oshirish uchun amaliyotda ishchanligi allaqachon isbotlab boʻlingan Amerika prototiplariga yaqinlashish (aniqrogʻi - toʻlaligicha koʻchirish) yoʻli bilan borishga qaror qilingan edi.

Amerika atom bombalari toʻgʻrisidagi ilmiy-tadqiqiy maʼlumotlar maxfiy razvedka yoʻli bilan olingan edi. RDS-1 qurilmaviy shakli koʻp jihatlari bilan Amerikaning “Baqalogʻi”ga asoslangan, chunki Amerika bombasini maksimal tarzda qaytarish toʻgʻrisida prinsipial qaror qabul qilingan. Uning ballistik korpusi va elektron tarkibi oʻziga xos yagona shaklda boʻlgan. 1949- yilning yoziga kelib RDS-1 qurilmasiga tegishli barcha masalalar hal etilgan. Uning sinovi dasturi SSSR Ministrlar Sovetining Qarori bilan qabul qilingan.

Birinchi atom bombasiga RDS-1 nomlanishi berilgan. Bu nomlanish hukumat qaroridan kelib chiqqan, chunki atom bombasi rus tilida “maxsus reaktivniy dvigatel” (ruscha: reaktivniy dvigatel spesialniy), qisqartililgan holda “RDS” deb atalgan. RDS-1 birinchi sovet atom bombasining sinovii oʻtkazilganidan keyin hayotga keng kirib kelgan va “Stalinning reaktiv dvigateli” (ruscha: Reaktivniy dvigatel Stalina), “Rossiya oʻzi qiladi” (ruscha: Rossiya delayet sama) va shular kabi hokazo tarzda turlicha kengaytirilgan holda tilga olingan.

Sinovlar

1947 yil 6-noyabrida SSSR Tashqi Ishlar Ministri Vyacheslav Mixaylovich Molotov atom bombasining siri toʻgʻrisida bayonot qilgan va “bu sir allaqachon sir emas”ligini aytgan. Bu bayonot Sovet Ittifoqi atom qurolining siridan allaqachon voqif boʻlgani va u oʻz tasarrufida shu qurolga ega ekanligidan darak bergan edi. Amerika Qoʻshma Shtatlarning ilmiy doiralari Sovet Ittifoqidagilar atom quroliga eng kamida 1952-yilda ega boʻlishi mumkin, deb hisoblagan holda bu bayonotni blef, yaʼni mubolagʻa sifatida qabul qilgan.

RDS-1 sinovlariga tayyorgarlik ishlarini tashkil etish boʻyicha barcha maʼsuliyat Yuliy Borisovich Xaritonning zimmasiga yuklatilgan. Sinovlarning boshqarishi Davlat komissiyasi tomonidan amalga oshirilgan. RDS-1 sinovlari Semipalatinsk poligonida oʻtkazilgan.

Birinchi sovet atom bombasining muvaffaqiyatli sinovi 1949-yil 29 avgust kuni mahalliy vaqt bilan soat 7:00da Qozogʻiston SSRning Semipalatinsk oblastida qurilgan poligonda oʻtkazilgan. 1949-yilning 25- sentyabr kunida “Pravda” gazetasi“SSSRda atom portlashi oʻtkazishi toʻgʻrisidagi AQSh prezidenti Garri Truman bayonoti munosabati bilan” Sovet Ittifoqi Telegraf Agentligi - TASSning xabarnomasini eʼlon qilgan.

Sinovmaydoni

Poligon Irtish daryosi boʻyidagi choʻlda Semipalatinsk shahridan gʻarbiy tomon 170 kilometr uzoqlikda joylashgan. Uning uchun diametri tahminan 20 kilometrga teng boʻlgan tekkislik ajratilgan edi.

Sinov maydoni radiusi 10 kilometrga teng aylanadan iborat boʻlib 14 sektorga boʻlingan edi:

•             Ikkita fortifikasion va fizik;

•             Fuqarolik qurilmalar sektori;

•             Qurolli kuchlar va qoʻshinlar turlari sektori. Unda maydonning markazidan turli uzoqliklarda ochiq va yopiq holda qurol-aslaha va harbiy texnika joylashtirilgan edi;

•             Tajriba qilinadigan hayvonlarni saqlovchi biologik sektor.

Tajriba maydonining markazida balandligi 37,5 metrga teng boʻlgan panjarasimon minora, uning ustiga esa RDS-1 atom bombasi oʻrnatilgan.

Yadro qurolining tarixi

Portlashning oqibatlari

Bombaning quvvati 20 kilotonndan ortiq boʻlgan. Bomba oʻrnatilgan 37-metrli minora umuman gʻoyib boʻlib, uning oʻrnida diametri 3 metr, chuqurligi 1,5 metrga teng, hamda oynasimon modda bilan erib qoplangan voronka paydo boʻlgan. Radiasiyaning darajasi markazda bir soniyaga 0,5 zivertni tashkil qilgan, episentrdan 2 kilometr uzoqlikda koʻpi bilan 15 daqiqa hozir boʻlishga ruhsat berilgan .Minoradan 25 kilomter uzoqlikda temir-beton qurilmalardan qurilgan qa ichida koʻpriksimon krani boʻlgan bino qisman buzilib ketgan, biroq qurilmaning oʻzizarba toʻlqiniga chidash bera olgan. Tajriba qilinadigan 1538 nafar hayvonlarning (itlar, qoʻylar, echkilar, choʻchqalar, quyonlar, kalamushlar) ichidan portlash natijasida 345 nafari halok boʻlgan (hayvonlarning ayrimlari okopdagi askarlar rolini oʻynagan). Markazda 500-550 metr uzoqlikda joylashgaT-34 tanki va dala artilleriyasiga yengil zarar yetkazilgan, 1500 metr uzoqlikdagi barcha samolyotlarga esa anchagina shikast yetkazilgan. Markazdan 1 kilometr  va undan uzoqlashib borib har 500 metr masofadan keyin bir donadan 10ta yengil avtomobil oʻrnatilgan. Ularning hammasi yonib ketgan. Markazdan 800 metr uzoqlikda bir biridan 20 metr masofada qurilgan ikkita 3 qavatli tura-joy binosi, shu bilan birga 5 kilometr radiusdagi betonli va yogʻochli shahar turidagi turar-joy binolari tag-tubibilan tekkislanib tashlangan.

Shikast asosan zarbali toʻlqindan yetkazlgan. Temir yoʻl va avtomobil yoʻli koʻpriklari qayishtirib tashnagan holda oʻz joyida 30-40 metr uzoqlikdagi masofaga uloqtirilib yuborilgan. Koʻpriklarda joylashtirilgan vagonlar va ogʻir yuk avtomobillari  oʻrnatilgan joyidan 50-80 metr uzoqlikda choʻl boʻylab sochib tashlangan, yarim yonib ketgan holda topilgan. Tanklar va zambaraklar agʻdarib, qayishtirib tashlangan, hayvonlar oʻz joylaridan umuman uchib ketib gʻoyib boʻlgan.

Yadro qurolining tarixi

Ivi (Ayvi)Mayk (inglizcha Ivy Mike, “Mayk” sinovi, “M” sinovi) — dunyodagi birinchi termoyadroviy portlatish moslamasining sinovi; 1952 yil 1 noyabr kunida Tinch okeani, Marshall orollaridagi Enivetok atollidagi motulardan birida amalga oshirilgan. Ogʻirligi bilan oʻlchamlari, shuningdek, suyuq deyteriyning termoyadroviy sintezi uchun yoqilgʻi sifatida ishlatilishi tufayli qurol sifatida amaliy qiymatga ega boʻlmagan va faqatgina Stanislav Martin Ulam hamda Edvard Teller tomonidan taklif qilingan “ikki pogʻonali” qurilmaning tajribaviy sinovi uchun moʻljallangan. Tajriba sinovi muvaffaqiyat bilan yakunlangan; portlashning baholangan quvvati trotil ekvivalentida 10-12 megatonnga teng kelgan.

Tuzilishi

Moslama qurilmasini Richard Garvin ishlab chiqqan. Birinchi pogʻona sifatida TX-5 bombasidan, ikkinchi, termoyadroviy pogʻona sifatida — suyuq deyteriy vaplutoniyli oʻzak-piltaga ega Dyuar idishidan foydalanilgan. Qurilma 4,5 tonnaogʻirlikdagi boyitilgan urandan tayyorlangan qobiq bilan oʻralgan va qalinligi 25-30 santimetr, diametri 2,03 metr, balandligi 6,16 metr boʻlgan tsilindrsimon poʻlat kojuxga qamalgan. Moslama gofralangan alyuminiydan qurilmada montaj qilingan. Deyteriyni suyuq holda ushlab turish uchun zarur boʻlgan sovutgich bilan birga hisoblanganida qurilmaning umumiy ogʻirligi 73,8 tonnani tashkil etgan.

Sinov

Moslamani portlatish 1952-yilning 1 noyabr kunida mahalliy vaqt bilan soat 7:05da amalga oshirilgan. Portlash oqibatida vujudga kelgan qoʻziqorinsimon bulut 37 kilometr baladlikka koʻtarilgan, “qalpoqcha”ning diametri 161 kilometrga teng kelgan. Portlash moslama oʻrnatlilgan Elugelab motusini yer yuzidan umuman yoʻq qilib yuborgan: uning oʻrnida diametri deyarli ikki kilometrga, chuqurligi esa 50 metrga teng krater qolgan. Portlash quvvati trotil ekvivalentida tahminan 10,4—12 megatonnga teng deb baholangan, quvvatning 77 oizi uran qobiqning boʻlinish reaksiyasiga toʻgʻri kelgan, bu esa atrofni oʻta kuchli radioaktiv zaharlanishiga olib kelgan. Korallarning radioaktiv zarrachalari chamasi 50 kilometr radius boʻylab tarqalgan holda uchib ketgan. Chaqnoqdan keyin 60 daqiqadan soʻng portlatilgan joy vertolyotda aylanib oʻtilganida, radioaktiv bulut shamol yordamida biroz tarqalganidan soʻng chaqnoq paytida shiddatli neytron oqimi tufayli hosil boʻlgan eynshteyniy va fermiyning juda katta miqdori aniqlangan.

Sinov Amerika Qoʻshma Shtatlari Harbiy Havo Kuchlari kinooperatorlari tomonidan suratga olingan va keyinchalik ovoz berilgan film kinoteatrlar va televideniye orqali namoyish qilingan.

Yadro qurolining tarixi

RDS-6 -birinchi sovet vodorod bombasi. Amaliy jihatdan harbiy qoʻllanilishga yaroqli dunyodagi birinchi vodorod bombasi.

Andrey Dmitriyevich Saxarov va Yuliy Borisovich Xaritonov boshchiligidagi bir guruh olimlar tomonidan ishlab chiqilgan. 1953- yilning 12- avgustida Semipalatinsk poligonida sinovdan oʻtkazilgan.

Tuzilishi

RDS-6c -bir pogʻonali, imploziv turdagi atom bombasi. Quvvati - 400 kilotonnga teng. Keyinchalik bomba zavmonaviylashtirilgan, uning zaryadida tritiyning oʻrniga barqaror Deyterid litiy-6 ishlatilgan va RDS-27ning portlash quvvati 250 kilotonni tashkil etgan (1955 yil 6 noyabr kuni).

Pittagermetik, sferik simmetrik, markazida boʻlinishning kichik zaryadi (tahminan“oqqush” sxemasi yoki kaskadlash sxemasi boʻyicha tayyorlangan), unga bevositaqurol uranining yarim sharlari, keyin quyilgan deyterid-litiy-6, keyin tabiy uranbirikib turadi. Aniq ogʻirlik va oʻlchamlar maʼlumotlari maxfiylashtirilgan va yadro qurolini tarqatilmasligi toʻgʻrisidagi shartnomalarning amal qilinishi vaqti davomida sir saqlanadi, yaʼni, tahminan, abadiy sir saqlanadi.

Ishlab chiqarilishi

Sovet Ittifoqi termoyadroviy dasturi boʻyicha dastlabki ishlar 1945- yildayoq boshlangan. Oʻsha davrda Igor Vasilevich Kurchatov AQShda termoyadroviy masala borasida olib borilayotgan tadqiqotlar toʻgʻrisida axborot olgan. Ular 1942- yilda deyterid-litiy-6 asosida megatonn sinfiga oid vodorod bombasi yaratilishining oʻrniga Alarm Clock dasturi boʻyicha Edvard Teller tashabbusiga koʻra boshlangan

1949- yildabirinchi sovet atom bombasining muvaffaqiyatli sinovi oʻtkazilganidan keyinamerikaliklar oʻz strategik yadroviy kuchlarini kuchaytirish dasturinijadallashtira boshlagan. Termoyadroviy qurolni ishlab chiqarilishi SovetIttifoqi uchun birinichi darajadagi ahamiyatga ega boʻlib qolgan. 1950 yilningbahorida yadro fiziklari Igor Tamm, Andrey Saxarov va Yuriy Romanovlar KB-11dagi “obʼyekt”ga koʻchib oʻtib, u yerda vodorod bombasini yaratilishi ustidashiddatli ish boshlaganlar.

1948- yilda Andrey Saxarov tomonidan RDS-6 vodorod bombasi qurilmasining aosini tashkil etuvchi gʻoyalari hisob-kitoblarga asoslangan holda ilgari surilgan. Shundan keyin bombani ishlab chiqarish ikki yoʻnalish boʻyicha ketgan: “sloyka”(qatamcha) (RDS-6s), va “truba” (RDS-6t).

“Sloyka”atom zaryadini bir necha yengil va ogʻir unsurlar bilan qoplanishini nazarda tutgan, “truba” esa plutoniy bombasini suyuq deyteriyga choʻqtirishni nazarda tutgan. AQSh ham huddi shunga oʻxshash sxemalarni ishlab chiqayotgan boʻlgan. Maslan, Edvard Teller taklif qilgan “Alarm clock” sxemasi “Saxarov”ning “sloyka”siga oʻxshash analogi boʻlgan, biroq u amaliyotda hech qachon amalga oshirilmagan. Olimlar juda koʻp vaqt bosh qotirgan “Truba” sxemasi esa boshi berk koʻchaga olib boruvchi gʻoya boʻlib chiqqan.

RDS-1 birinchi sovet atom bombasining sinovi oʻtkazilganidan keyin asosiy kuchlar “Sloyka” variantiga qaratilgan. Igor Kurchatov raisligidagi Davlat komissiyasi bosh repetisiya natijalarining tahilini oʻtkazib boʻlgandidan keyin oʻz fikrlarini hukumatga yetkazganidan soʻng, birinchi vodorod bombasini 1952-yilning 12 avgust kuni mahalliy vaqt bilan soat 7:30 da oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan.

Yadro qurolining tarixi

Sinov oʻtkazilishi

Zaryadning yigʻilishi boʻyicha operasiyani Nikolay Leonidovich Duxov, David Abramovich Fishman, Nikolay Aleksandrovich Terleskiy kabi olimlar Yuliy Borisovich Xariton rahbarligida vaIgor Vasilevich Kurchatov ishtirokida amalga oshirgan. Avtomatika tizimini tayyorlash Viktor Ivanovich Juchixin va Georgiy Aleksandrovich Sirkov tomonidan bajarilgan. Ishlarda Aleksandr Dmitriyevich Zaxarenkov va Yevgeniy ArkadevichNegin qatnashgan. Zaryadni minoraga olib chiqilganidan soʻng unga kapsula-detonatorni oʻrnatishni Aleksandr Zaxarenkov va Georgiy Pavlovich Lominskiy bajargan. Bu jarayonga Kiril Ivanovich Shyolkin rahbarlik qilgan vashu yerda Avraamiy Pavlovich Zavenyagin hozir boʻlgan.

Shu paytda Semipalatinsk poligonida tajriba maydonini intensiv tarzda tayyorlash ishlari olib borilayotgan edi. Bu yerda turli qurilma va inshootlar, roʻyxatga oluvchi apparatura, harbiy texnika va boshqa obʼyektlar joylashtirigan edi. Umuman aytganda:

•             1300 oʻlchov, roʻyxatga oluvchi va suratga oluvchi moslamalar;

•             1700 turli indikatorlar;

•             16 samolyot;

•             7 tank;

•             17 aslaha va minomyotlar tayyorlab qoʻyilgan edi.

 

Umumiy hisobda maydonda 190ta turli qurilma va inshootlar bor edi. Bu sinovda birinchi marta zarbali toʻlqin taʼsirida avtomatik tarzda ochiluvchi radiokimyoviy naʼmunalarni olish vakuumli yutgichlar ishlatilgan. RDS-6s sinovlariga jami 500 nafar turli oʻlchovchi, roʻyxatga oluvchi va suratga oluvchi moslamalar yerosti mudofaa istehkomlarida hamda yer ustidagi inshootlarda oʻrnatilgan edi. Sinovlarning aviasion-texnik taʼminoti — zarbali toʻlqini portlash paytida havoda boʻlgan samolyotga oʻtkazgan bosimini oʻlchash, radioaktiv bulutdan havo naʼmunasini olish, hududning aerofotosʼyomkasini amalaga oshirilishi maxsus uchuvchilik qismi tomonidan bajarilgan. Bombani portlatish bunkerda joylashtirilgan pultdan signal joʻnatish yoʻli bilan uzoqdan turib amalga oshirilgan.

30 metr balandlikda oʻrnatilgan zaryad portlatishni balandligi 40 metrga teng boʻlgan poʻlat minorasida amalga oshirishga qaror qilingan. Avvalgi sinovlardan qolgan radioaktiv grunt havfsiz masofaga uzoqlashtirilgan, maxsus inshootlar yana oʻz joylarida qaytadan qurib chiqilgan, minoradan 5 metr uzzoqlikda SSSR Fanlar Akademiyasining Kimyo va Fizika institutida ishlab chiqilgan, termoyadroviy jarayonlarni roʻyxatga oluvchi apparatura uchun maxsus bunker qurilgan.

Yadro qurolining tarixi

Portlatish uchun signal 1953-yil 12-avgustida mahalliy vaqt bilan ertalab soat 7:30 da joʻnatilgan. Ufqni yoritib yuborgan oʻta yorugʻ chaqnoq inson koʻzini hatto payvandchilar niqobidagi qoraytirilgan shishaning toʻrt qavati orqali oʻtib hamkoʻr qilib qoʻyishi hech gap emas boʻlgan. Portlashning quvvati 400 kilotonnga teng boʻlgan, bu esa birinchi atom bombasining quvvatidan 20 barobar koʻproq degani. Sovet fizigi Yuliy Xariton sinovni tahlil qilib chiqqandan soʻng, sintezning ulushiga 15-20 foiz, qolgan quvvat esa tezkor neytronlar tomonidan Uran-238ning parchalanishi hisobiga ajralib chiqqani toʻgʻrisida maʼlumot bergan. RDS-6s bombasida ilk bor “quruq” termoyadroviy yoqilgʻi ishlatilgan, bu esa yangilik sari jiddiy texnologik siljish boʻlgan.

Sinov natijalariga koʻra 4 kilometr radiusida, gʻitshli binolardan tekis joydanboshqa hech narsa qolmagan, 1 kilometr masofadagi har bir oraliq beton plitalari 100 tonna boʻlgan temir-beton koʻprik 200 metr uzoqlikka uloqtirilib yuborilgan. 

Portlashdan 20 daqiqadan soʻng 3000 metr balandlikda joylashgan bulutdagi radiasiya darajasi: 5,4 Rentgen/soat, bir soatdan keyin 4000-5000 metr balandlikdagi radiasiya darajasi: 9 Rentgen/soat, 33 daqiqadan soʻng 8000 metr balandlikdagi radiasiya darajasi: 360 Rentgen/soat, 45 daqiqadan soʻng 10000 metr balandlikdagi radiasiya darajasi: 144 Rentgen/soat, 1 rentgendan baland dozaga ega ifloslanish tilimining uzunligi 400 kilometrni, kengligi 40-60 kilometrni tashkil etgan. Bir kun oʻtib tilim uzunligi 480 kilometrga, kengligi 40-60 kilometrga teng boʻlib ifloslanish darajasi 0,01 rentgen/soatni tashkil etgan.

Portlashdan keyin 3 soat oʻtib oʻlchami 100 kilometrga 200 kilometr boʻlgan radioaktiv bulut uchga boʻlinib, birinchisi Baykal koʻli tomonga qarab (bu yerda radiasiya bilan iloslanish darajasi 0,5 Rdan oshmagan), oʻrtadagi qismi Omsk tarafga (maksimal ifloslanish darajasi 0,2 Rdan oshmagan), bulutning eng pastki qatlami esa Altay oʻkasi atrofida aylanasiga Omsk, Karaganda va hokazo boʻylab harakatlanib ketgan (bu yerda radiasiya bilan iloslanishning maksimal darajasi 0,01 Rentgendan oshmagan).

Yadro qurolining tarixi

“Kastl Brávo” (inglizcha: Castle Bravo) — 1954 yilning 1 martida termoyadroviy portlatish moslamasini Amerika Qoʻshma Shtatlari tomonidan Marshall orollarining Bikini atollida sinovdan oʻtkazilishi. “Kastl Operasiyasi”(Operation Castle) yetti nafar sinov seriyalaridan birinchisi. Ushbu sinov jarayonida termoyadroviy yoqilgʻi sifatida deyterid litiy ishlatilgan ikki pogʻonali zaryad portlatilgan. Portlash paytidagi ajralib chiqqan quvvat 15 megatonnga yetgan. Bu AQSh oʻtkazgan barcha yadroviy sinovlar ichidagi eng kuchlisidir. Portlash atrof-muhitni oʻta kuchli radiasion zaharlanishiga olib kelgan, bu esa oʻz navbatida butun dunyo boʻylab noroziliklarning paydo boʻlishiga hamda yadroviy qurolga nisbatan hozir boʻlgan qarashlarning jiddiy tarzda qayta koʻrib chiqilishiga olib kelgan.

Portlatish

Portlatish 1954 yilning 1 mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 06:45da amalga oshirilgan.(Grinvich boʻyicha soat 18:45da). Portlashning quvvati kutilganidan 2,5 barobarortiqroq boʻlgan va 15 megantonnga teng kelgan. Undan 5 megantoni sintez reaksiyasidan va 10 megatoni termoyadroviy zaryadni oʻrab turgan uranqobigʻining boʻlinishidan hosil boʻlgan. Boshqacha qilib aytganda portlash moslamasi ikki pogʻonali emas, “boʻlinish-sintez-boʻlinish” tamoyiliga koʻrauch pogʻonali boʻlgan. Bunkerda hozir boʻlgan kuzatuvchilar portlash effektini “bunkerni goʻyo toʻfon paytida dengizdagi kema kabi tebranishga majbur qilgan kuchli zilzila”ga oʻxshatib taʼrilagan.

Kutilgan quvvatdan oshib ketishning sababi shunda boʻlganki, quvvat ajralib chiqishi paytida zaryadda hozir boʻlgan boshqa litiyning oʻrni hisobga olinmagan.Dastlabda sintez reaksiyasi paytida faqat litiy-6 kirishadi, deb hisoblangan, biroq keyin aniqlanishicha litiy-7 ham reaksiyaga kirishib ketgan va portlashning shu darajadagi oʻta baland quvvatga ega boʻlishiga olib kelgan.

Qoʻziqorinsimon bulut juda tez oʻta yuqori balandlikka koʻtarilib ketgan. Atigi bir daqiqa oʻtib uning choʻqqisi 15 kilometrga yetgan, 6 daqiqadan keyin esa 40 kilometrgakoʻtarilgan. Eng katta oʻlchamga u portlashdan keyin 8 daqiqa oʻtib erishgan.“Qoʻziqorin qalpoqchasi”ning diametri 100 kilometr atrofida, “oyogʻi”ningqalinligi 7 kilometrga teng boʻlgan. Portlashdan keiyn atoll va dengiz tubining qoʻshni hududlarida diametri 1,8 kilometrga teng ulkan voronka hosil boʻlib qolgan. U suvga toʻlib Bikini attolining koʻrinishini tubdan oʻzgartirib yuborgan. 

Yadro qurolining tarixi

Portlashdan keyingi radiasion zaharlanish

“Kastl Bravo” sinovidan keyingi hududning radioaktiv zaharlanishi haddan ziyod baland boʻlgan, chunki portlatish yuza stahidan amalga oshirilgan va bu oʻta kuchli moʻljalga olingan radioaktivlikka olib kelgan. Amerika manbalarining taʼkidlashicha bu Amerika yadroviy faoliyatining butun tarixidagi eng kuchli radioaktiv zaharlanish boʻlgan. Zaharlanishning moʻljalga olinganligida asosiy oʻrinni portlashning uchinchi pogʻonasi sifatida ishga tushgan termoyadroviy zaryad uran qobigʻining boʻlinishi egallagan.

Portlashdan keyin atigi 15 daqiqa oʻtib Bikini atollidagi bunkerda boʻlgan odamlar - kuchli radioaktivlik - soatiga 40 rentgenni roʻyxatga olgan. Ularni bunkerdan faqat oradan 11 soat vaqt oʻtganidan soʻng olib chiqa olingan. Portlashdan keyin 5 soat oʻtib atolldan 55,5 kilometr uzoqlikda joylashgan kemalar ham tahminan soatiga 5 rentgen darajadagi zaharlanishga duchor boʻlgan, shu tufayli ulardagi ekipaj aʼzolari ichki xonalarda yashirinishga majbur boʻlgan.

Radioaktiv zaharlanishga ayniqsa uzunligi 550 kilometrdan, kengligi 100 kilometrdan ortiq tuhumsimon choʻziq koʻrinishga ega boʻlgan (Fargʻona vodiysidan ikki barobar kattaroq!) hudud uchragan. Sinov oʻtkaziganidan keyin 7,5 soat oʻtib portlashjoyidan 240 kilometr uzoqlikda joylashgan Rongerik atollida radiasion fonning ortib ketishi roʻyxatga olingan. Ronegrikdagi zaharlanish shu darajaga yetganki, 2 mart kuni oʻsha yerda boʻlgan 28 nafar Amerikalik harbiylar zudlik bilan samolyotda Kvadjeleyn atolliga koʻchirilgan; shunga qaramay ularning hammasi nurlanishning oʻta havfli dozasini qabul qilishga ulgurgan — 70 dan 100 rentgengacha.

Sinov hududidan hatto oʻnlab kilometrlar uzoqlikdagi radiasiyaning darajasi Nevadadagi yadroviy sinovlar poligonida oʻtkazilgan koʻplab yadroviy sinovlar episentridan koʻra ancha balandroq boʻlgan. Masalan, Bikini atollidan 192 kilometr uzoqlikda joylashgan Rongelal atollining shimoliy kimsasiz qismida radiasiya darajasi soatiga 1000 rentgenga yetib borgan (soatiga 600 rentgen dozasi inson uchun halokatli hisoblanadi). Rongelal aholisidan 64 kishi va Ailinginae aholisidan18 kishi jiddiy nurlanishga duchor boʻlgan (ular yashagan joyda radiasiya darajasi soatiga 100 rentgenga toʻgʻri kelgan). Turli manbalardan olingan xabarlarga koʻra shamol odam yashaydigan orollar tarafiga qarab esishini bilsa ham Amerikalik harbiylar sinovlarni kechiktirib oʻtirmagan. Orollar aholisi sinov oʻtkazilishi va radioaktiv chang tushishi toʻgʻrisida hatto ogohlantirilmagan ham.

Yadro qurolining tarixi

Portlashdan keyin hosil boʻlgan bulutlardan pastga tushgan radioaktiv chang Bikinidan 170 kilometr uzoqlikda suzib yurgan “Fukuryu-Maru” baliqchililar kemasiga mahalliy vaqt bilan soat 07:55da yogʻa boshlagan. Kema palubasidagi chang qatlami 1 santimetrga yetgan. “Fukuryu-Maru” Yaponiyaga faqat 14-mart kuni yetib kelgan.Tutilgan baliq yuki oʻta radioaktiv deb topilib, darhol olib qoʻyilgan. Har biri kamida 300 rentgenga teng doza bilan zaharlangan butun jamoaning barcha aʼzolarida zaharlanish oʻta kuchli nurlanish kasalini qoʻzgʻatgan. Ularning hammasi keyinchalik nogiron boʻlib qolgan, kemaning radisti Aykiti Kuboyama esa yarim yil oʻtib hayotdan koʻz yumgan. “Fukuryu-Maru” bilan sodir boʻlgan noxush hodisa va ayniqsa Aykiti Kuboyamaning oʻlimi Yaponiya bilan birga butun dunyo boʻyicha yadro quroliga, uning sinovlarini oʻtkazilishga qarshi ommaviy tarzdagi namoyishlar va boshqa eʼtirozli chiqishlarga sabab boʻlgan. Bu oʻz navbatida yadro portlashining oqibatlarini baholashni qayta koʻrib chiqilishiga sabab boʻlgan, chunki bundan avval ularning havfi qay darajada ekanligiga yetarlicha eʼtibor berilmagan.

Umuman aytganda, ushbu noxush hodisadan keiyn Yaponiyada radioaktivligi tufayli isteʼmol uchun yaroqsiz deb topilgan 50 ming tonnaga yaqin baliq yoʻq qilingan.Bu maʼlumot butun Yaponiya boʻylab Ommaviy Axborot Vositalari orqali tarqatilgan va Iokogama, Kobe va boshqa port shaharlardagi baliq savdosi bilan shugʻullanuvchi korxonalar bekila boshlagan. Hatto deyarli bi oy oʻtgadan soʻng, 27 mart kuni Yaponiyaga baliqchilar kemasi kelganida, undagi baliq ham radiasiya bilan zaharlangan deb topilgan. Portlash joyidan 1800 kilometr uzoqlikda joylashgan yapon mayoqlarining birida hizmat qiluvchilar radioaktiv yogʻin yogʻib oʻtganidan keiyn quloqlari kar boʻlib, eshitish qobiliyatini yoʻqotgan. 

Umuman,yapon sogʻliqni saqlash ministrligining maʼlumotlariga koʻra “Kastl Bravo”sinovi oʻtkazilganidan keyin 856 nafar yapon baliqchilik kemalari va ulardagi 20 mingdan ortiq odam turli darajadagi zaharlanishga duchor boʻlgan.

Sinov natijalari

“Kastl Bravo”sinovi deyterid litiydan termoyadroviy yoqilgʻi sifatida foydalanishnin samaradorligini tasdiqlagan. Amerikaliklar oʻz vodorod qurolini ihchamlashtirish yoʻlida ancha sezilarli darajadagi taraqqiyotga erishgan.“Krevetka” portlatish moslamasi Amerika tomonidan yaratigan Mk 21 termoyadroviy aviasion bombaning yaratilishi uchun asos boʻlib qolgan.

Yadro qurolining tarixi

AN 602 (“Shoh-bomba») — 1954-1961 yillarda Sovet Ittifoqida SSSR Fanlar Akademiyasi akademigi Igor Kurchatov rahbarligidagi bir guruh yadro fiziklari tomonidan ishlab chiqilgan termoyadroviy aviasion bomba.

“Shoh-bomba” insoniyat tarihidagi eng kuchli portlovchi moslama. Uning sinovi 1961-yil 30 oktyabr kunida “Novaya Zemlya” orolidagi “Suxoy Nos” yadroviy poligonida Tu-95 B samolyotidan tashlab yuborish orqali amalga oshirilgan. Oʻlchangan quvvattrotil ekvivalentida 58,6 megatonni tashkil etgan.

AN602 bombasi qoʻllanilishi bilan Sovet Ittifoqi tomonidan quvvati boʻyicha cheklanmagan ommaviy qirgʻin quroliga ega ekanligi namoyish etilgan. Ilmiy natijasi koʻp tabaqali turdagi termoyadroviy zaryadlarni hisoblash va yaratish tamoyillarining tajribaviy tekshirishi boʻlgan.

Shoh-bomba anʼanaviy yadroviy bomba emas edi. Bu SSSR olimlarining eng kuchli yadro qurollarini yaratish va shu bilan Nikita Xrushchev butun dunyoga Sovet texnologiyasining kuchini  koʻrsatib qoʻyish istagini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan otashin urinishining natijasi boʻldi. U eng katta samolyotga moslashish uchun ham oddiy metall mahluqdan kattaroq bir narsa edi. U shaharlarni tag-tubi bilan tekkislab tashlashga qodir ultimativ qurol edi.

Tu-95 bu bahaybat bombani oʻzining qorin qismida olib ketgan. Bomba odatda bu kabi oʻq-dorilar tashilgan samolyotning boʻlinmasiga joylashtirish uchun juda kattalik qilgan. Bomba uzunligi 8 metr, diametri 2,6 metr boʻlgan va ogʻirligi 27 tonnadan ziyodroq boʻlgan. Havo kemasining kapitani Andrey Durnovsev, shturman Ivan Klesh, bort injener Valentin Bruy, Olenya aerodromidan uchib chiqib Novaya Zemlya tomon uchgan.

Bomba portlashi oqibatlarini iloj qadar kamaytirish uchun yorqin oq rangga boʻyalgan bu "Tupolev" samolyoti oʻz manziliga yetib bordi. Novaya zemlya- SSSRning muzlagan shimoliy qirgʻoqlaridan shimoliy qutb tarafda joylashgan, Barens dengizi ichidagi aholisini juda kam boʻlgan arxipelag. Tu-95 uchuvchisi mayor Andrey Durnovsev samolyotni Mityushixadagi sovet poligoniga tahminan 10000 metr balandlikda olib ketgan. Kichikroq muvofiqlashtirilgan Tu-16 bombardimon samolyoti rejalashtirilayotgan portlatishni suratga tushirish va keyinchalik analiz qilish uchun portlash hududidan havo naʼmunalarini olishga tayyor holda yonma-yon uchib borgan.

Ikkala samolyot ham portlashdan keyin sogʻ-omon qolish imkoniyatlari uchun  - bunday imkoniyatlarning mavjudligi 50 foizdan koʻp emas edi - Shoh-bomba bir tonnaga teng boʻlgan juda ogʻir parashyut bilan jihozlangan edi. Bomba asta-sekin oldindan belgilangan balandlikka - 3940 metrga tushgan paytda portlashi kerak edi. Shunda ikkala bomba tashuvchi samolyot u yerdan kamida 50 kilometrga uzoqlashib boʻlgan, bu esa portlashdan omon qolish uchun yetarli boʻlishi kerak edi.

Moskva vaqti bilan 11: 32da shoh-bomba portlatildi. Portlash roʻy bergan joyda eni deyarli 10 kilometrga teng boʻlgan olov shar paydo boʻlgan. Olovli shar oʻz zarbali toʻlqinining aʼsiri ostida koʻtarilib borar edi. Chaqnoqni hartarafdan, 1000 kilometrdan ortiqroq masofadan ham koʻrish mumkin edi.

Portlash sodir boʻlgan joyda qoʻziqorinsimon bulut 68 kilometr balandlikda oʻsgan va“qalpoqcha”si u chekkasidan bu chekkasigacha 100 kilometr masofagacha kengayib ketgan. Albatta, bu tasvirlab berishga til ojizlik qiluvchi koʻrinish boʻlgan.

Yadro qurolining tarixi

“Novaya Zemlya” uchun oqibatlan juda halokatli boʻlgan. Portlash episentridan 55 kilometr masofadagi Severniy qishlogʻidagi bracha uylar yer bilan yakson boʻlib ketgan. Portlash joyidan yuzlab kilometr uzoqlikdagi sovet hududlarida barchaturdagi shikastlanishlar sodir boʻlganligi haqida maʼlumotlar berilgan - uylar buzilib, tomlar koʻchirilib, oynalar sinib, eshiklar uchirilib ketgan. Radioaloqa bir soat davomida ishlamagan.

Durnovsev boshqaruvidagi Tu-95 samolyotining omadi bor ekan; Shoh-bombaning portlash toʻlqini shunga olib kelganki, samolyotni boshqarishning imkoniyati yoʻqolgan va uchuvchi uning ustidan nazorat qilish, boshqarish imkoni qayta tiklangunga qadar chamasi 1000 metr pastga qulab tushib ketgan.

Ushbu sinov oldiga qoʻyilgan asosiy siyosiy-tashviqot maqsadga toʻliq erishilgan edi. Sovet Ittifoqining cheksiz quvvatga ega boʻlgan ommaviy qirgʻin qurolliga ega boʻlishi aniq va ravshan namoyish qilingan edi. AQShda oʻsha vaqtda sinovidan oʻtgan yadroviy bombalar orasidagi eng kuchlisining trotil ekvivalenti AN602ga nisbatan deyarli toʻrt baravar kamroq boʻlgan, bundan tashqari AN602 amerikada angarda portlatilgan bahaybat qurilmadan farqli oʻlaroq bomba tashuvchi samolyotdan tashlanib portlatilgan edi.

Portlashdan hosil boʻlgan olovli sharning diametri tahminan 4,6 kilometrga yetgan. Nazariy jihatdan u yerning yuzasiga ham yetib borishi mumkin boʻlgan, biroq bunga portlashdan hosil boʻlgandan keiyn yerga urilib qaytgan zarbali toʻlqin toʻsqinlik qilgan va ushbu ulkan olovli sharni yer yuzidan tepaga uloqtirib yuborgan.

Yorugʻlik nurlanishi portlash maydonidan 100 kilometr uzoqlikda turgan kishilarning badanlariga uchinchi darajali kuyishni yetkazishi mumkin boʻlgan.

Yadroviy “qoʻziqorin” 68 kilometr balanlikkacha oʻsgan, undagi ikki qavatli “qalpoqchasi”ning diametri (tepadagi qavatda) 95 kilometga yetgan.

Portlash natijasida vujudga kelgan atmosfera bosimining sezilarli darajadagi toʻlqini yer sharini uch marta aylanib chiqqan. Masalan, Yangi Zellandiyaning poytaxti Vellingtonda joylashgan stansiya 30 oktyabr kuni soat 21:57da shimoliy-gʻarbiy tomondan, 31 oktyabr kuni soat 07:17 da janubiy-shariiy tomondan va 1 noyabr kuni soat 9:16 da yana shimoliy-gʻarbiy tomondan oʻrtacha tezligi bir soniyada 303 metrga, yoki soatiga katta aylana yoyining 9,9 gradusiga  teng atmosfera bosimining toʻlqini yetib kelganini roʻyxatga belgilab qoʻygan.

Guvohlar portlashni uning markazidan deyarli bir yarim ming kilometr masofadan sezib uni taʼriflab bergan.

Portlashdan hosil boʻlgan tovush toʻlqini portlatish joyidan 800 kilometr uzoqlikda joylashgan Dikson oroligacha yetib borgan. Biroq, poligonga 280 kilometruzoqlikda joylashgan Amderma va Belushya guba qishloqlaridagi vayronagarchiliklar toʻgʻrisida oʻsha paytda ham, undan keyin ham biror marta xabar berilmagan.

Atmosferaning ionizasiyasi poligondan bir necha yuz kilometr uzoqlikda ham 40 daqiqa davomida radioaloqa uchun shovqin, ayrim paytlarda esa uning mutlaqo yoʻqolib qolishiga sabab boʻlgan.

Radioaktivzaharlanish episentr rayonidagi 2-3 kilometrdagi radiusda soatiga 1millirentgendan oshmagan. Sinovchilar episentrga portlashdan 2 soat oʻtgandankeyin kelgan. Radioaktiv zaharlanish sinov oʻtkazilishining ishtirokchilari uchun xavf-hatar tugʻdirmagan.

Yadro qurolining tarixi

Pol Tibbets

Pol Uorfild Tibbets-kichik (inglizcha: Paul Warfield Tibbets, Jr.; — AQSh Harbiy Havo kuchlarining generali. Ikkinchi jahon urushining oxirida Yaponiyaning Xirosima shahriga atom bombasini tashlagan “Enola Gay” bomba tashuvchi samolyotining uchuvchisi sifatida tanilgan.

Tibbets bomba tashlash qarori boʻyicha buyruqni bajargani uchun hech qachon pushaymon boʻlmagan. U 1975 yilda bergan oʻz intervyusida shunday degan: “Men hech narsadan boshlab operasiyani rejalashtirib, uni oʻzim bajarganday bekamu-koʻst darajaga yetkazganimdan faxrlanaman... Men har tunda tinch uhlayman”. 2005 yilning mart oyidagi uning gapi: “Agar siz meni yana huddi shunday vaziyatga qoʻysangiz, jin ursin, men buni yana bajaraman”.

Yadro qurolining tarixi
Yadro qurolining tarixi

Charlz Suíni (inglizcha: Charles Sweeney) — AQSh Harbiy Havo kuchlarining uchuvchisi.1945 yilda Yaponiyaning ikkala bombardimon qilinishida ham ishtirok etgan (Xirosimaga bomba tashlangan paytda kuzatish samolyotining ichida boʻlgan),1945 yilning 9 avgust kunida Nagasakiga atom bombasini tashlagan B-29 “Bockscar” bomba tashuvchisining sardori boʻlgan. Bombardimon qilinishi oqibatida 35 ming kishi atrofida odam halok boʻlgan, ulardan 23200dan 28200tagachasi yapon sanoat ishchilari boʻlgan, 2000 tasi koʻrilgan koreyslar va 150tasi yapon kombatanlari boʻlgan. Bu Suini nishonga tashlagan birinchi bomba edi.

Yadro qurolining tarixi
Yadro qurolining tarixi
Yadro qurolining tarixi
Yadro qurolining tarixi
Yadro qurolining tarixi

Topshiriqda dastlab bombani Kokura shahriga tashlanishiga koʻrsatma berilgan edi, ammo qalin bulutlar tufayli uchuvchi samolyotni zahiradagi nishon - Nagasakiga burgan.

Oʻzining butun umri davomida Suini Yaponiyani atom bombardimon qilinishi zarur boʻlganligini ashaddiy tarzda himoyalab kolledjlar va universitetlarning talabalariga maʼruza qilgan. 

Marion Antonuchchi (Marion Antonucci) bilan hamkorlikda “Urushning tugashi: Amerikaning oxirgi yadroviy missiyasi toʻgʻrisidagi guvohning hikoyasi” nomi bilan hotiralar kitobini chiqargan. (War’s End: An Eyewitness Account of America’s Last Atomic Mission)

1976- yilda isteʼfoga chiqqan. 2004-yil 16-iyul kuni 84 yoshida Boston kasalxonasida vafot etgan.

Yadro qurolining tarixi
Yadro qurolining tarixi
Yadro qurolining tarixi
Yadro qurolining tarixi

Sadako Sasaki (yaponcha: 佐々木 禎子 Sasaki Sadako, Xirosimada yashagan yapon qizchasi.

1945- yilning 6-avgustida Xirosimaning atom bombardimon qilinishi paytida atigi 2,5 yoshda boʻlgan Sadako portlash markazidan bir yarim kilometr uzoqlikda joylashgan oʻz uyida boʻlgan. U oradan 10 yil oʻtib, tahminlarcha, radiasion nurlanishning oqibati boʻlgan leykemiya kasalligidan vafot etgan.

“Kichkintoy” atom bombasining detonasiyasi paytidazarbali toʻlqin Sadakoni oynadan tashqariga uloqtirib yuborgan, biroq qizcha tirik qolgan. 1954-yilning noyabr oyida uning badanida - boʻynida va quloqlarining orqasida birinchi shishlar paydo boʻlgan.

1955-yilning yanvar oyida shishlar oyoqlarda ham vujudga kelgan, 21-fevral kuni esa qizcha leykemiya diagnozi bilan kasalxonaga joylashtirilgan. Shifokorlarning fikricha qizchaning tahminan 1 yillik umri qolgan ekan.

3-avgust kuni Sadako oʻzining eng yaqin dugonasi Tidzuko Xamamotodan bir afsonani eshitgan. Oʻsha afsonaga koʻra ming nafar qogʻoz turnachalarini yasagan odam oʻzining istagini bildirsa, uning istagi albatta roʻyobga chiqar emish. Afsona Sadakoga kuchli taʼsir qilgan, va u, kasalxonaning boshqa koʻpchilik pasiyentlari kabi qoʻliga kirganki qogʻoz qiyqimlaridan turnachalar yasay boshlagan.

Shu bilan birga, Sadakoning salomatligi asta sekin yomonlashib borgan va 1955-yilning 25- oktyabr kuni u vafot etgan. “Sadako va uning mingta qogʻoz turnachalari” kitobida yozilishi boʻyicha u atigi 644 ta turnacha yasashga ulgurgan ekan. Uning doʻstlari Sadako boshlagan ishni tugatgan va u ming dona qogʻozli turnachalarbilan birga dafn qilingan. Xirosima shahridagi Tinchlik memorial muzeyidagi Sadakoga bagʻishlangan koʻrgazmada qizcha mingdan ortiq qogʻoz turnachalarini yasashga ulgurganligi toʻgʻrisida maʼlumot keltirilgan.

Yadro qurolining tarixi
Yadro qurolining tarixi

Nima ham deyish mumkin, bunga butun dunyoning odamlari umid qilib yashaydi. Biroq ommaviy qirgʻin qurollarning yangidan yangi koʻrinishlari paydo boʻlib kelyapti. Afsuski, Xirosima va Nagasakining dahshatli tajribasi insoniyat uchun toʻlaligicha dars boʻla olmadi. Kim biladi, balki 1955- yilda Albert Eynshteyn butun insoniyatni chaqirgan yangicha fikrlashga, insoniyat taqdirlarining umumiyligi, mamlakatlar va xalqlarning uzviy bogʻliqligi, yadroviy qurolsizlanish va xalqaro keskinlikni yumshatish, Yer deb atalmish ona-sayyoramizda birgalikda tinch-totuv yashashning zarurligi va muqarrarligini tamomila tushunib yetish uchun oʻta azobli va qiyin yoʻlni bosib oʻtish kerakdir. Nima boʻlganida ham, bugungi kunda dunyo hamjamiyati alohida obroʻ-eʼtibor bilan tilga olib kelayotgan Vatanimiz - Oʻzbekiston bu masalada dunyo mamlakatlarining aksariyatiga oʻrnak boʻlishi mumkin! Jannatmakon oʻlkamizda hukm surayotgan tinch va osoyishta hayotimizga koʻz tegmasin!

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar