Qiziqarli

Yalpizning shifobaxsh xususiyatlari haqida

Yalpizning shifobaxsh xususiyatlari haqida

Yuzni qisqa fursatda yaxshi holatga keltirish uchun yalpizli muzdan foydalaning: bir bogʻlam yalpizni bir stakan suvda qaynatib oling va 15-20 daqiqa damlab qoʻying. Soʻngra maxsus qoliplarga quyib muzlating.

Efir moyi qoʻshib tayyorlangan yalpizli vosita teri yalligʻlanishiga qarshi qoʻllanadi va yuz terisini tiniqlashtirib, tonusini oshiradi.

Bosh ogʻrigʻi, loxaslik yoki tonus yoʻqolishida 1-2 tomchi yalpiz efir moyini chakkangizga surting va singib ketguniga qadar uqalang.

Yalpizli efir moyi yordamida amalga oshirilgan issiq ingalyatsiya tumovning ilk bosqichlaridayoq undan qutulishga yordam beradi.

Yalpizning shifobaxsh xususiyatlari haqida

Yalpiz moyi qichishish, achishish, qizarish va hasharotlar chaqqan yerlardagi shishlarni bartaraf etadi.

Yalpiz ekstrakti antibakterial hususiyatga ega boʻlib, ogʻiz boʻshligʻi parvarishiga oid vositalar tarkibiga kiradi (ogʻizni chayish uchun vosita). Undan kundalik foydalanish milklar yalligʻlanishi va ogʻiz boʻshligʻidagi yoqimsiz hiddan halos etadi.

Yalpizning shifobaxsh xususiyatlari haqida

Yalpiz ekstrakti oyoq parvarishiga moʻljallangan krem va antiperspirantlarning asosiy tarkiblaridan biri hisoblanadi. U oyoqlarga soflik baxsh etib, qon aylanishini meʼyorga tushiradi va koʻp miqdorda ter ajralishiga qarshi kurashadi.

Yalpizli hammom revmatizm kasalligida tavsiya etiladi. 200 gr yalpiz ustiga 3 litr suv quyib qaynatiladi va vannaga quyiladi. Qabul qilish vaqti 20-25 daqiqani tashkil etishi lozim.

Yalpizning shifobaxsh xususiyatlari haqida

Tarkibidagi dubil moddalari sharofati bilan yalpiz antitoksik hususiyatga ega. Zaharlanish holatlarida 2 oshqoshiq maydalangan yalpiz barglariga bir stakan qaynatilgan suv quyiladi va sovitiladi. Qaynatmani kuniga 2-3 marotaba ovqat vaqtida ichish tavsiya etiladi.

Yalpiz tarkibidagi mentol moddasi ogʻriq qoldiruvchi hususiyatga ega boʻlib, oshqozon ogʻrigʻidan halos etadi.

Yalpizli choy xayz vaqtidagi ogʻriqlarni qoldirib, klimaks alomatlarini yengillashtiradi.

Yalpiz qaynatmasi ovqat xazm qilish jarayonini meʼyorga keltiradi, gaz hosil boʻlishini bartaraf etib, koʻngil aynishidan halos qiladi. Uni ovqatdan oldin1/3 stakandan isteʼmol qiling.

Kuchli bosh ogʻrigʻi va nevrologik kasalliklarda bir stakan sovuq suvga 20-25 tomchi yalpiz moyidan qoʻshib ichish mumkin.

Yalpizning shifobaxsh xususiyatlari haqida
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar