Qiziqarli

Yangi yil 2018 haqida qiziqarli: Yangi yil dasturxoni uchun qanday tayyorgarlik koʻrish kerak?

Yangi yil 2018 haqida qiziqarli: Yangi yil dasturxoni uchun qanday tayyorgarlik koʻrish kerak?

Ideal koʻrinishdagi yangi yil dasturxoni – tayyorlangan taom va stol yasatilishi orasidagi uygʻunlikka bogʻliq. Hattoki eng oddiy taomni ham chiroyli bezab, ajoyib koʻrinishda servirovka qilingan stolga qoʻyilsa, Yangi yil bayramiga hos taassurot qoldiradi va mazaliroq tuyuladi. Shuning uchun bayram kechki taomining yasatilishiga uning tayyorlanishi bilan teng koʻrinishda eʼtibor qaratish kerak.

Stol ustiga dasturxon yopilishi shart. Yangi 2018 yilni kutib olish uchun zigʻir matodan tayyorlangan, klassik oq rang sariq, yashil va olovrang hoshiya bilan yaratilgan yoki kulrang, och jigarrang, tillarang dasturxonlarni tanlash mumkin.Mehmonlar uchun moʻljallangan salfetkalar esa dasturxon matosidan tikilgan boʻlib, rangi bir-biriga mos kelishi lozim.
Agar salfetkalarni yasatishga maxsus uzuk (koltso)lardan foydalansangiz, bu yil uchun yogʻochdan yasalgan turini tanlang.

Stol markaziga bayramona kayfiyat berish maqsadida unchalik katta boʻlmagan kompozitsiyani joylashtiring. Misol uchun shisha idishni olib, uni archa shishkasi, tillarang sharlar va dekorativ sovgʻa qutichalari bilan toʻldirish mumkin. Archa shoxlaridan chambarak tayyorlab, uni munchoqlar va tillarang shishkalar bilan bezatsangiz ham boʻladi, oʻrta qismiga esa chiroyli shamchani joylashtirib qoʻyasiz.

Yangi yil uchun yana bir variant: kichikroq patnisni olib, uning ustida archa shoxlaridan tayyorlangan kompozitsiya, bir nechta shishka, tillarang sharchalar, mandarin va gelli shamlarni joylashtiring.

Kirib kelayotgan 2018 yil Xitoy taqvimi boʻyicha Sariq Yer Iti yili sanaladi. Ushbu yil sohibasining koʻnglini topish uchun bayram dasturxoniga nimalar qoʻyish kerak?Mavzuni yangi yil dasturxoni moʻl-koʻl, unga tortilgan taomlar esa oddiy va toʻyimli boʻlishi kerakligidan boshlaymiz. Ushbu yil dasturxonida koʻp miqdorda goʻsht, xususan mol va qoʻy goʻshti boʻlishi lozim. Shuningdek Yangi yil dasturxoniga bekalar tomonidan goʻshtli gazaklar, goʻshtli va pishloqli kompozitsiyalar, tarkibida goʻsht boʻlgan issiq ovqat tortilgani maʼqul. Stol uchun baliq ham pishirish mumkin, ammo u albatta dengiz baligʻi boʻlishi darkor. Goʻsht yoniga sabzavotlar, mevalardan esa olma va apelsin qoʻyib, ularning yoniga desert ham qoʻshing. Agar bayram uchun pishiriq tayyorlamoqchi boʻlsangiz, xamirturushli yeguliklardan voz kechgan holda qatlama xamirli yoki uvalanuvchan (pesochniy) xamirdan tayyorlanadigan pishiriqlar tayyorlang.

Yangi yil 2018 haqida qiziqarli: Yangi yil dasturxoni uchun qanday tayyorgarlik koʻrish kerak?

Har qanday bayramona tanovul gazaklar, yaʼni zakuskalardan boshlanadi. Mazkur Yangi yil dasturxonida goʻshtli assorti albatta qatnashishi kerak. Klassik koʻrinishdagi goʻshtli assorti rostbif, yupqa qilib kesilgan va qaynatilgan buzoq goʻshti, vetchina va qaynatilgan tildan tashkil topadi.

Shuningdek 2018 yil dasturxoni uchun marinadlangan qoʻziqorinlar bilan birga seld baligʻi, sardakli mol yoki baliq goʻshti tortiladi. Bayram dasturxoningizni baqlajon, kabachki va vetchinali ruletlar, qiymali tuxum, karamli assorti, marinadlangan pomidor, bodring, piyoz va qoʻziqorin bilan ham toʻldirishni unutmang.

Salatlardan anʼanaviy “Olivye”, “Pod shuba”, “Vinegret” va baliqli turlarni tanlashingiz mumkin. Gazaklarning bunday tanlovi yil sohibasi boʻlmish Sariq it tomonidan maʼqullanadi va u toʻyimli, anʼanaviy va oddiy taomlarni xush koʻradi.

Sovuq gazaklar bilan bir qatorda yaqinlaringiz va mehmonlarni issiq gazak bilan ham siylashingiz mumkin. Misol uchun qaymoqqa dimlangan qoʻziqorin, goʻshtli qiyma solingan konvertlar, tuxum va vetchinali kartoshka uychalari aynan shu tanlovga mos keladi.

“Kartoshkali uya” – issiq gazaklar orasidagi eng mazalilaridan biri boʻlib, u bayram dasturxonining diqqat jalb qiluvchi yeguligiga aylanishi turgan gap. Gazakni tayyorlash uchun 20 daqiqa vaqt kerak boʻladi. Buning uchun kartoshkani avvaldan tozalab olasiz va tuxumni qaynatasiz. Kartoshkali uyachalar hosil qilish uchun ularni qirgʻichdan oʻtkazib olgancha gʻalvir (sito) ustiga qoʻyib, maʼlum bir portsiyasidan kichik uyachalar yasaysiz. Kartoshkani gʻalvirning oʻzi bilan qaynab turgan zaytun yogʻiga botirasiz. Qovurilgan kartoshkalarni salfetka ustiga joylashtirib, ortiqcha yogʻi ketgach, har bir uyacha ichiga beshamel sousi yoki mayonez, yarimta tuxum, somoncha shaklida toʻgʻralgan vetchina va danaksiz zaytun donalari solinadi.

Yangi yil taomlarini issiq holida va salat barglarida dasturxonga torish kerak. Agar taomlarni avvalroq tayyorlab qoʻygan boʻlsangiz, ularni stolga uzatishdan avval bir necha daqiqa gaz pechida ushlab tursangiz bas.

Yangi yil 2018 haqida qiziqarli: Yangi yil dasturxoni uchun qanday tayyorgarlik koʻrish kerak?

Mazkur yilda issiq taom sifatida goʻshtli ovqatlar tayyorlagan maʼqul. Eng yaxshisi, buning uchun buzoq, mol yoki qoʻsh goʻshtini tanlang.

Qoʻy goʻshtini qora olxoʻri bilan dimlash yoki qovurgʻasini gaz pechida pishirish mumkin. Agar bayram uchun goʻshtni rozmarin va xushboʻy ziravorlar hamda oq vino aralashmasida 1 kecha davomida marinadlab, maxsus yengda pishirib olsangiz, oʻta mayin va oʻtkir taʼmga ega boʻlmagan ajoyib taom hosil boʻladi.

Buzoq yoki mol goʻshtini pishirish uchun variantlar juda koʻp. Agar dasturxonga oʻziga hos taom tortmoqchi boʻlsangiz, goʻshtni quritilgan mevalar bilan pishiring yoki issiq brusnika hamda klyukva sousi bilan uygʻunlashtiring.

Yangi yil 2018 haqida qiziqarli: Yangi yil dasturxoni uchun qanday tayyorgarlik koʻrish kerak?

Goʻsht uchun eng ommabop garnir kartoshka boʻlib, uni shunchaki piyoz hamda ziravorlar bilan qovurib olish, gaz pechida qaymoq yoki xushboʻy giyohlar koʻmagida pishirish, aerogrilda tayyorlash yoki qaynayotgan zaytun yogʻida qovurib olish mumkin. Kartoshkali pyure esa quruq mevalar bilan pishirilgan goʻshtga mos keladi. Uni qandolat shpritsi yordamida likop ustiga archa shaklida siqib chiqargan holda gaz pechida pishirib olish ham mumkin. Taomning yuqori qismini esa pomidordan kesilgan yulduz bilan bezab qoʻyasiz.

Gaz pechida pishirilgan goʻshtli taomlarni sabzavot aralashmali garnirlar, jumladan piyoz, bulgʻor qalampiri va pomidordan tayyorlangan ragu yoki grilda tayyorlangan sabzavotlar bilan birga stolga tortsa boʻladi. Bugʻda pishirilgan bryussel karami yoki klyardagi gulkaram juda yengil garnirlardan biri boʻlib, u deyarli barcha taomlarga mos tushadi.

Qoʻy goʻshtini esa bulgʻor qalampiri va loviya qoʻshilgan guruch bilan dasturxonga torting. Uni tayyorlash uchun bulgʻor qalampiri va piyoz toʻgʻrab, qovuriladi va sabzavotlar ustiga yuvilgan guruch qoʻshib, ziravorlar sepiladi. Yana ozroq qovurilgach, poʻsti archilgan pomidor solinadi va qopqogʻi yopilib, 10 daqiqaga dimlab qoʻyiladi.

Taom ustidan sabzavot bulyoni quyiladi, yana 10 daqiqa dimlanadi.
Taomga tomat pastasi va konservalangan qizil loviya qoʻshib, tuz va murch sepiladi. Soʻng yana bir muddat dimlanadi va maydalangan koʻkatlar bilan dasturxonga tortiladi.

Yangi yil 2018 haqida qiziqarli: Yangi yil dasturxoni uchun qanday tayyorgarlik koʻrish kerak?

Mazkur yilda desert tayyorlash uchun yil sohibasi boʻlmish Itning sevimli mevalari: olma va apelsindan foydalanish mumkin. Anʼaaviy yangi yil deserti sifatida olmali pechenyelar tavsiya etiladi.
Ularni asal, tvorog, mayiz, yongʻoqlar, ejevika, muzqaymoq va vanilli sous bilan tayyorlash mumkin. Shuningdek desertlardan olmali nachinka bilan pishirilgan qatlama xamirli konvertchalar, olmali shtrudel yoki pastila ham mos keladi. Apelsin bilan ham bundan-da koʻproq Yangi yil desertlarini tayyorlash mumkin. Apelsinli ponchiklar, sharlotka, apelsinli muss va apelsinli sufle shular jumlasidandir.

“Apelsinli sufle” juda mazali va orginal yangi yil deserti boʻlib, issiq holida bayram stoliga tortiladi. Uning tayyorlanishi uchun esa 200 gr shakar va 2 stakan suvdan sirop qaynatib olinadi. 6 dona apelsin oʻrtasidan kesilib, ichki qismi tashqariga chiqarib olinadi va maydalab, sirop ichiga solinadi. Sirop shaffof koʻrinishga kirgunicha yaxshilab qaynatiladi.
5 ta tuxum oqi koʻpik holiga keltirilib, ichiga tayyor apelsin murabbosi qoʻshiladi va koʻpirtirish davom ettiriladi. Keyin esa asta-sekin 2 oshqoshiq elangan kraxmal qoʻshib, hosil boʻlgan massa apelsin poʻstloqlari ichiga solib chiqiladi.
Sufle gaz pechida 15 daqiqa davomida pishiriladi va issiq holida ustiga qand upasi sepib stolga tortiladi. Mazkur desert kirib kelayotgan yilning sariq rangini oʻzida aks ettirgan.

Yangi yil 2018 haqida qiziqarli: Yangi yil dasturxoni uchun qanday tayyorgarlik koʻrish kerak?

Desert sifatida mehmonlaringizga uvalanuvchan pechenye, qaymoqli sous bilan tayyorlangan olcha, vaflili trubkachalar va tvorogli krem taklif qilishingiz ham mumkin. Yangi yil tamaddisining soʻngida esa mayin yogurtli tort yoki yongʻoqli va shokoladli rulet beriladi.
Ichimliklar sifatida bir necha hil koʻrinishdagi sharbat, mineral suv va gazsiz suv ham harid qiling. Shuningdek bir muddat avval oʻtmish bilan yuzlashgan bayram anʼanasi boʻlmish klyukvali mors tayyorlashni ham yodga olish mumkin. Agar doʻkonlardan limonad topa olsangiz, dasturxoningizni u bilan ham boyiting.

Barcha ichimliklar mehmonlar qarshisiga 12-14 daraja haroratda sovitilgan koʻrinishda beriladi. Stolga suv, sharbat va mors uchun bokal, shampan vinosi uchun fujer, vino uchun bokal joylashtirilishi kerak.

Yangi yil 2018 haqida qiziqarli: Yangi yil dasturxoni uchun qanday tayyorgarlik koʻrish kerak?
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar