Qiziqarli

Yangi yil 2018 haqida qiziqarli: Yangi yilni qanday koʻrinishda kutib olamiz? Burjga qarab libos tanlash usullari

Yangi yil 2018 haqida qiziqarli: Yangi yilni qanday koʻrinishda kutib olamiz? Burjga qarab libos tanlash usullari

2018 yil ramzi sariq rang boʻlib, yil sohibasi boʻlmish Kuchuk aynan shu rangni maʼqul koʻradi. Ammo bu libos tanlashda boshqa ranglarga eʼtibor qaratmang degani emas. 2018 yangi yil ranglari oʻzining turli-tumanligi bilan kishi koʻzini quvnatadi.

Yer Kuchugi tabiatdagi bor ranglar: oʻt-oʻlan va daraxtlar timsoli boʻlmish yashil, quyoshga monand tillarang, yer ramzi boʻlmish jigarrang va kulrang tuslarni xush koʻradi. Yil timsoli moviy rangni xushlamaydi, ammo uni yashil yoki sariq rang bilan uygʻunlashtirsa ajoyib Yangi yil obrazi hosil boʻladi.

Yangi yil libosini tabiiy toshlardan yaratilgan bezaklar bilan boyitish mumkin. Kuchuk Xoʻroz yoki Ajdaho kabi bezaklarga oʻch emas, unga chaqnoq va yasama toshlar ham maʼqul, muhimi toshlar libosga mos kelsa va chiroyli koʻrinsa boʻlgani. Yogʻoch, ruh va bronzadan tayyorlanadigan taqinchoqlar ham yangi yil obrazingizni aʼlo darajada toʻldira oladi. Ammo zanjir shaklidagi taqinchoqlar tanlashda ehtiyotkor boʻling, kolye va chokerlarni esa umuman taqmagan maʼqul.

Yaxshisi boʻyinga taqiladigan taqinchoqlar oʻrniga bilaguzuk, diadema, zirakka diqqat qiling.

Yangi yil 2018 haqida qiziqarli: Yangi yilni qanday koʻrinishda kutib olamiz? Burjga qarab libos tanlash usullari

Yangi yil uchun qanday ranglar tanlash kerakligini tushunib oldik. Endi qarshimizda bayramona obraz yaratish vazifasi qoldi holos. Buning uchun har bir burj vakili oʻzidan kelib chiqqan holda ish koʻrsa maʼqul boʻladi.

Qoʻy burji vakillari uchun jozibadorlik va soddalik tushunchalarini oʻzida jamlagan liboslar tavsiya etiladi. Bu borada yuqori yelka qismi ochiqroq, uzunligi polga yetadigan libosdan yaxshisi yoʻq. Qoʻy burji vakillari uchun ranglar palitrasi imkoni ham juda keng. Mazkur burj vakillariga zumrad, shokolad va qora ranglarga diqqat qaratish tavsiya etiladi. Tanlangan obrazni esa zargarlik buyumlari va chiroyli pardoz yanada mukammallashtiradi.

Yangi yil 2018 haqida qiziqarli: Yangi yilni qanday koʻrinishda kutib olamiz? Burjga qarab libos tanlash usullari

Astrologlar Buzoq burji vakilalariga yangi yil oqshomida yarq etib koʻzga tashlanishni tavsiya etmoqdalar. Buning uchun esa tillarang koʻrinishga ega libos tanlash kerak boʻladi. Boshdan oyoq tillarang libos oʻta joʻshqin koʻrinish hosil qilishi mumkin, ayniqsa libos uzunligi polgacha yetsa. Shu sababli Kuchuk yili uchun tanlanadigan libosning biroz kamtarona va chiroyli, shu bilan birga tillarang iplar bilan tushirilgan kashtalarga ega boʻlishi tavsiya etiladi.

Bordi-yu gap yangi yil oʻtirishlari ustida ketayotgan boʻlsa, futlyar bichimidagi koʻylak yoki yubkaning retro modellaridan tanlashni tavsiya etamiz. Doʻstlar davrasida oʻtkaziladigan bazmlar uchun esa norasmiy koʻrinishdagi, tillarang yaltiroqlar bilan bezatilgan kalta oqshom koʻylaklari va lyureksli trikotaj sviter koʻylaklar mos keladi. Yelkasi pastga tushib turuvchi va yengsiz koʻylaklar yoshlar davrasiga mos kelsa, obrazni toʻldirish uchun tanketka tufli va mustahkam poshnali bosonojka tanlanadi.

Yangi yil 2018 haqida qiziqarli: Yangi yilni qanday koʻrinishda kutib olamiz? Burjga qarab libos tanlash usullari

Egizaklar burji vakillari Yangi yil oqshomiga qanday koʻrinishda borishlari mumkin? Mazkur burj vakillari bu borada kichik murakkabliklarga duch keladilar. Astrologlar ularga kamtarona libos tanlashni tavsiya qilayotgan boʻlsalar-da haddan ortiq oddiy va sipo bichimga ega libos bazm chogʻida hunuk koʻrinadi. Biroq ushbu muammoga oddiy va sipo buyumlarni yorqin ham jilokor aksessuarlar bilan uygʻunlashtirgan holda yechim topish mumkin. Bunday toʻplam Egizaklarga hos boʻlgan ikki tomonlamalik hususiyatiga urgʻu beradi.

Libosning oddiy bichimi koʻzga tashlanib turadigan noodatiy dizayndagi taqinchoqlar bilan chiroyli koʻrinish hosil qiladi. Marvarid shodasi yoki ajoyib dizaynga ega kulon oddiylikni xush koʻrmaydigan Egizak burji vakillari uchun ayni muddaodir. Ha aytgancha, libos rangi yorqin, masalan, och yashil, sariq yoki korall koʻrinishida boʻlishini ham hisobga oling.

Yangi yil 2018 haqida qiziqarli: Yangi yilni qanday koʻrinishda kutib olamiz? Burjga qarab libos tanlash usullari

Qisqichbaqa burjiga mansub ayollar uchun astrologlar ularning sirlilik jihatiga urgʻu beradigan libos tanlashni tavsiya qilmoqdalar. Bunday koʻrinishga erishish oson emas, ammo bu borada tajribali stilistlar maslahati yordam beradi. Qisqichbaqa burji vakilalariga mos keluvchi retro liboslarni yodga olamiz. Vualli shlyapa ham qiyofangizni jozibador, sirli va ajoyib qilib koʻrsatadi.

Agar bu koʻrinishdagi obraz sizga maʼqul kelmasa sharqona uslubga hos liboslarga ham diqqat qaratishingiz mumkin. Silliq matolar, tillarang gazlamalar, kashtalar – sizni oqshom chogʻida betakror koʻrsatadi.

Yangi yil 2018 haqida qiziqarli: Yangi yilni qanday koʻrinishda kutib olamiz? Burjga qarab libos tanlash usullari

Mazkur burj vakillari uchun koʻp bezakli liboslar mos keladi. “Arslonlar” yil sohibasi boʻlmish kuchukka maʼqul tarzda qanday libos kiyishlari lozim? Bu borada olovrang, tillarang, sariq, qizil rangli liboslaрga diqqat qaratishni tavsiya etamiz.

Arslon burji vakilalari yaltiroq toshli diademalar, tilla bilaguk, gulli soch toʻgʻnagʻichlarini ham mohirlik bilan taqa oladilar. Ulardagi yetakchilik hislatini “Suv parisi” bichimidagi va fatindan ishlangan harir koʻylaklar ochib bera oladi.

Nafaqat koʻylak, balki poyabzallar ham yaltiroq koʻrinishda boʻlishi mumkin. Strazli tufli yoki stelyarus bilan bezatilgan bosonojka yangi yil oqshomingizni ajoyib tarzda toʻldiradi. Muhimi, yaltiroq naрsalarning oʻta koʻpayib ketmasligiga eʼtibor bering.

Yangi yil 2018 haqida qiziqarli: Yangi yilni qanday koʻrinishda kutib olamiz? Burjga qarab libos tanlash usullari

Sunbula burji vakilalari hamisha did bilan kiyinish borasida yetakchi boʻlib kelganlar. Ular oddiy dizayndagi betakror liboslarni xush koʻrishadi. Ajoyib didingizni namoyish etish uchun qanday libos tanlash kerak? Mazkur savolga quyida kerakli javobni olasiz.

Sunbula burji vakilalari uchun nafis rang va silliq gazlamalar tavsiya etiladi. Shoyi va atlas matolari yangi yil oqshomida Sunbulalarni betakror koʻrinishga kiritadi.

Barxatdan tikilgan liboslar ham qiziqarlilik boрasida avvalgilaridan qolishmaydi. Ular yorugʻlik darajasi qanday boʻlishidan qatʼiy nazar oʻz koʻrinishini yoʻqotmaydi. Libos bichimi va yorqin rang eng oddiy libosga ham hashamatli va jozibador koʻrinish bera oladi.

Toʻplam mukammalligi uchun laklangan tulfi, qattiq klatch talab etiladi. Sunbula burji vakilalari obrazida haddan koʻp taqinchoqlarlar boʻlmagani maʼqul. Shu sababli faqatgina zirak yoki bilaguzuk bilan cheklansangiz kifoya.

Yangi yil 2018 haqida qiziqarli: Yangi yilni qanday koʻrinishda kutib olamiz? Burjga qarab libos tanlash usullari

Astrologlar tarozi burji vakilalari uchun jiddiy ranglar palitrasini taklif etadilar. Stilistlar esa mazkur burj vakilalariga moʻynali liboslarni tavsiya etmoqdadar. Bugungi kunda koʻplab moda uylari jonivorlar moʻynasidan voz kechgan holda ekomoʻynadan liboslar yaratishyapti. Ular nafaqat jonivorlar hayotini saqlab qoladi, balki ajoyib dizayni bilan ham diqqatga sazovor boʻladi.

Moʻyna oʻrniga pat va pardan foydalanish ham mumkin. Ammo shuni yodda saqlash kerakki, moʻyna va pat obraz asosi emas, shunchaki bezak boʻlishi lozim. Bezak libosning yoqa, manjet va yon qismlarida boʻlgani maʼqul. Rangli patlardan iborat soch toʻgʻnagʻichlari va pomponli sumkalar ham sizga qoʻl keladi.

Yangi yil 2018 haqida qiziqarli: Yangi yilni qanday koʻrinishda kutib olamiz? Burjga qarab libos tanlash usullari

Mazkur burj vakilalari libos tanlash borasida boshqalarga nisbatan gʻarioddiy tanlovlarni maʼqul koʻrishadi. Bayram uchun moʻljallangan liboslar tanlovi borasida esa barcha chegara va shartlar chetga chiqdi. Ularning qay rangda libos kiyishlarini ichki ovozlari aytib turadi, zero ular boshqalarning tavsiyalariga koʻra libos tanlay olmaydilar.

Mazkur burj vakilalarida tabiatan jozibadorlik mavjud boʻlib, libos orqali unga urgʻu berilsa, yanada yaxshi. Haddan ortiq bachkana va omadsiz liboslar yangi yil oqshomi uchun ham tavsiya etilmaydi. Eng yaxshisi, ular futlyar bichimidagi koʻylak, karandash yubka va рetro uslubga hos bluza, shuningdek old qismi burmali libos tanlasalar boʻladi.

Yangi yil 2018 haqida qiziqarli: Yangi yilni qanday koʻrinishda kutib olamiz? Burjga qarab libos tanlash usullari

Oʻqotar burji vakilalariga shaffof, yengil va nafis liboslar yarashadi. Ularning ayollik goʻzalligini koʻrsatib berishda esa biroz pastga tushib turadigan elkalar, drapirovka, koʻp qavatli etak va burmalarning oʻrni katta. Tafta va fatin koʻylaklar ham mazkur burjdagilarga juda yarashadi.

Ranglar borasida pastel tuslar eng yaxshisidir. Bunday ranglar obrazni romantik va oʻynoqi koʻrinishga keltiradi. Oq rangli teri sohibalari kontrast rangli liboslarni tanlaganlari maʼqul. Och jigarrang va yashil tusdagi liboslar yangi yil obrazini mukamallashtiradi, tillarang aksessuarlar esa unga hashamat bagʻishlaydi.

Yangi yil 2018 haqida qiziqarli: Yangi yilni qanday koʻrinishda kutib olamiz? Burjga qarab libos tanlash usullari

Togʻ echkisi burji vakilalari uchun bir rangdagi liboslarni turli koloritga ega taqinchoqlar bilan kiyish tavsiya etiladi. Shuningdek, toshli bilaguzuk va marvaridli ziraklar haqida ham oʻylab koʻrishingiz mumkin.

Gulli printga ega maksi koʻylaklari mazkur burj vakillari uchun mos kelib, stilistlar boshqa floristik naqshlar ham obrazni mukammallashtira olishiga qaramay aynan gulli printga eʼtibor berishni taʼkidlaydilar.

Oqshom koʻylagi tanlashda bazm uslubini hisobga oling. Doʻstlar davrasidagi uchrashuvga mayda gulli kalta koʻylak, hashamatli bazmlar uchun uzun koʻylaklar mos keladi.

Yangi yil 2018 haqida qiziqarli: Yangi yilni qanday koʻrinishda kutib olamiz? Burjga qarab libos tanlash usullari

Qovgʻa burji vakilalari bazm uchun kino aktrisalari kabi obrazlarni amalda takrorlab koʻrishlari mumkin. Gollivud uslubidagi libos obrazingizning yodda qolarli boʻlishi uchun xizmat qiladi. Agar bazm uslubi imkon bersa, shleyfli koʻylak ham tanlasangiz boʻladi.

Gollivud obrazining oʻziga hosliklaridan biri baland poshnali tufli yoki bosonojka boʻlib, bir rangdagi libos qizil pomada bilan amalga oshirilgan ajoyib pardoz ila mukammal koʻrinadi.

Yangi yil 2018 haqida qiziqarli: Yangi yilni qanday koʻrinishda kutib olamiz? Burjga qarab libos tanlash usullari

Endi faqat baliq burji vakilalari uchun Yangi yil libosi tanlash masalasi qoldi. Feruzarang, toʻrli krujevalar, baliq tangachalarini yodga soluvchi pistonlar yordamida baliq burji vakilalari bazm uchun ajoyib obraz yarata oladilar. Ixcham qomat sohibalari esa bando uslubidagi liboslar haqida oʻylab koʻrsalar boʻladi.

Toʻrli yopinchiq yoki bolero ham haddan ortiq oshirib yuborilgan obrazlar kamchiliklarigi berkitishga xizmat qiladi. Tantanalar uchun esa “suv parisi” bichimidagi liboslar ayni muddaodir.

Yangi yil 2018 haqida qiziqarli: Yangi yilni qanday koʻrinishda kutib olamiz? Burjga qarab libos tanlash usullari
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar