Qiziqarli

Yangi yil archasi tanlaymiz: tabiiy turi yaxshimi yoki sunʼiy?

Yangi yil archasi tanlaymiz: tabiiy turi yaxshimi yoki sunʼiy?

Birinchi afzallik tomoni – bu archa sizga uzoq yillar hizmat qiladi va,u payt mobaynida pulingizni tejay olasiz.  Bundan tashqari pollarga toʻkiladigan ignachalarni terishga xojat ham boʻlmaydi. Ammo plastikdan yasalgan archa tanlamagan maʼqul. Uyni hozirda urfga kirgan ekostil koʻrinishida bezatishga kirishgan boʻlsangiz – bu uning tabiiy materiallardan boʻlishi kerakligini anglatadi.

Yangi yil archasi tanlaymiz: tabiiy turi yaxshimi yoki sunʼiy?

U haqiqiy  bolalik onlarini yodga soladi. Har biri kishi intiqib kutayotgan yangi yil bayrami muhitiga tabiiy paxmoq archaning sovuq harorati va hushboʻy hidi orqali erishish mumkin. Archa bozorlarida turli xil darahtlar bor, shuning uchun ham tanlov borasida cheklanmaysiz. Yangi 2019-yilni kutib olish uchun bu safar Norveg shimoli archasini harid qilsangiz, kelgusi dekabrda rus qaragʻayini tanlashingiz mumkin. Tabiiy ignabargli daraxtlarning kamchiligiga kelsak, uni umri qisqa boʻladi.  Xattoki alohida parvarish bilan ham uch haftada toʻkila boshlaydi. Aslida 3 hafta ham katta muddat!

Yangi yil archasi tanlaymiz: tabiiy turi yaxshimi yoki sunʼiy?

Soʻnggi yillarning ajoyib tendensiyalaridan biri dekorativ archalar hisoblanadi. Bu aslida archa daraxti boʻlmasligi ham mumkin. Misol uchun devorga osilgan girlandiyalardan yasalgan archa ham antiqa koʻrinadi. Yoki futuristik uslubdagi metallarning stol kompozitsiyasini yaratishga urinib koʻring. Yasalgan archalar haqiqiy daraxtni sigʻdirish qiyin boʻlgan kichik joylarda asqotadi. Huddi shu kategoriyaga ignabargli toʻplamni kiritish mumkin. Uni har bir xonaga, dahlizlar va oshxonaga ham joylashtirsa boʻladi.

Yangi yil archasi tanlaymiz: tabiiy turi yaxshimi yoki sunʼiy?

Agar sizning xonadoningizda bayram harorati uzoq vaqt gurkirab turishini hoxlasangiz, uyingizni bezatishda qaragʻay daraxti tanlashni maslaxat beramiz. Bu archa daraxti bir joydan ikkinchi joyga koʻchirilib oʻtkazilganda taʼsir sezmaydi. Unga har kungi gʻamxoʻrlik qilishning hojati  ham yoʻq. Ha, qaragʻay shaklini tuzatish juda oson. Odatda uning pastki shoxlari kesib olinadi va boʻsh boʻlgan joyga bogʻlanadi. Qaragʻaydan juda chiroyli yangi yil daraxti chiqadi. U ignalarini toʻkib yubormaydi va ularning uchi sargʻish tusga kirmasdan, chiroyli koʻrinishda qoladi. 

Yangi yil archasi tanlaymiz: tabiiy turi yaxshimi yoki sunʼiy?

Qaragʻayni tanlashda joʻylashuvini ham hisobga olish kerak. Agar uni xonaning burchak qismiga joylashtirmoqchi boʻlsangiz, bir tomonli qaragʻay bilan cheklansangiz ham boʻladi. Bunday archa bozorda qoʻpol koʻrinsa-da uyga kelganingizda uning barcha afzalliklari namoyon boʻladi. Hamma tomonlama yumshoq va qalin archani faqatgina xonaning markazi uchun tanlash kerak. 

Yangi yil archasi tanlaymiz: tabiiy turi yaxshimi yoki sunʼiy?

Archa issiq xonalarni yoqtirmaydi. Agar chindan ham shunday archa xohlasangiz, u holda koʻk tusdagi archa daraxtini tanlang. Bu archaning issiqdan qoʻrqmaydigan yagona turidir. Archaning qolgan turlari qor bilan qoplangan oʻrmondan koʻchib oʻtishga moneʼlik qiladi. Ularning ignalari tezda namlikni yoʻqotadi, quriydi va intensivligi tushib ketadi. Agar bunday archani yangi yildan ikki hafta oldinroq bezatsangiz, bayramda uning quvnoq koʻrinishidan asar ham qolmaydi. "Unday boʻlsa yangi yil arafasida archa sotib olish kerak ekan-da" deb oʻylarsiz balki. Bu toʻgʻri! Faqat bozordagi archalar ham bu yerga bir marta keladi-da. Vaqt oʻtishi bilan, sotilmay qolgan narsalarni harid qilishingiz kerak boʻladi va bu sizga mos kelmasligi mumkin.

Yangi yil archasi tanlaymiz: tabiiy turi yaxshimi yoki sunʼiy?

Archa sizni oʻz goʻzalligi bilan koʻproq zavqlantirishi uchun siz uni chelakka oʻrnatib, qum bilan chelakni toʻldirishingiz kerak. Birinchi navbatda taglikdagi ildiz oʻz qobigʻidan tozalanadi. Daraxtning qiyshayishiga yoʻl qoʻymaslik uchun pastki qismining diametri bilan teng boʻlgan bir juft detal ildizga mixlanadi. Bunday konstruktsiya archaga bardamlik bagʻishlaydi. 

Yangi yil archasi tanlaymiz: tabiiy turi yaxshimi yoki sunʼiy?

Yoqimli, gʻamhoʻrlikka muhtoj boʻlmagan yangi yil sunʼiy archasi qanday tanlanadi?  2019 yilga borib ularning tanlovi ajoyib darajada yuqori boʻlmoqda! Bunday daraxtlarni qoʻshimcha muammolarni istamagan, tabiatni sevadigan va pul tejamaslikka qodir odamlar sotib oladilar. Darhaqiqat, bugungi kunda sotuvga chiqarilgan sunʼiy daraxtlar muammolarni hal qila oladi. Bunga qoʻshimcha ravishda, u sizga yetarlicha uzoq xizmat qilishi ham aniq. Bu uzoq vaqt xizmat qiladigan narsa boʻlgani uchun tanlayotgangan vaqtingizda pul tejamasligingiz kerak. Sifatli archada metall ramka, ingichka (baliq ovlash liniyasiga oʻxshash) ignalar boʻlishi lozim. Bundan tashqari, mahsulotni xidlab koʻrish ham tavsiya etiladi.  Plastmassaning hidi uning past sifati haqida gapiradi. Yupqa qogʻozga oʻxshash ignalar oʻz koʻrinishini tez yoʻqotadi. Sotib olish paytida uning ignalarini tortib koʻring, ularni kuch bilan taʼsir qiling. Yaxshi sifatli daraxt ushbu harakatlardan zararlanmaydi. Agar "ignalar" egilgan boʻlsa, ular tez fursatda ajralib qoladilar. Bu holatda sizga boshqa rastaga oʻtishni maslaxat beramiz. Maxsus mexanizmlar bilan jihozlangan daraxtlarni diqqat bilan tanlanish kerak. Yomon elektronika bayram oxirigacha ham "yashamasligi" mumkin. Bunda kayfiyat buziladi va pulingiz ham bexudaga sarflanadi. Bu kabi archalarni maxsus doʻkonlardan sotib olgan yaxshiroq. Albatta, kafolatini ham unutmagan holda!

Yangi yil archasi tanlaymiz: tabiiy turi yaxshimi yoki sunʼiy?
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar