Yer olov iskanjasida: 2017 yildagi eng yirik oʻrmon yongʻinlari

1.Amerikaning Kaliforniya shtatida bu yili oxirgi paytlardagi eng kuchli oʻrmon yongʻini sodir boʻldi – bir hafta davomida 630 ta joyda oʻt chiqdi.

2.Oʻrmonchilarning aytishlariga qaraganda, usbu hududda 14 ming gektar oʻrmon yonmoqda.

3.Yongʻinlarni havoning yuqori haqorati va namgarchilikning kamligi keltirib chiqargan.

4. Baʼzi hududlarda favqulodda holat rejimi eʼlon qilingan.

5.16 ta turar joy binolari yongʻindan zararlangan.

6.2017 yil 11 iyul kuni Kaliforniyada roʻy bergan yongʻin.

7. Buryatiya oʻt oʻchiruvchilari mana ikkinchi oydirki yongʻin bilan kurashib, uni oʻchirishga harakat qilib kelmoqdalar.

8.FVV (MCHS) ning bergan maʼlumotlariga qaraganda, yongʻin ikki ming gektar oʻrmon hududini qurshab olgan, mintaqada favqulodda vaziyat holati eʼlon qilingan.

9.Oxirgi yogʻingarchilik fevral oyida kuzatilgan Italiyaning janubi ham olov qurshovida qoldi.

10.Vezuviy vulqonining yonbagʻirlarini ham olov qamrab oldi. Italiyaning OAV ning xabar berishlaricha, yongʻinlarning bir qismi – yer maydonlari uchun kurash olib borayotgan mahalliy jinoiy guruhlar tomonidan atayin yondirilgan.

11.Frantsiyadagi oʻrmonlar ham olov qurshovida qoldi. Frantsiya FVV yongʻinni bartaraf etishga bor kuchini sarfladi. Ushbu vazirlikning xabar berishicha, yongʻin kelib chiqishiga oʻchirilmagan sigareta qoldigʻi sabab boʻlgan.

12.Portugaliyaning ham toʻrtta hududida iyun oyining oxirlarida anomal darajadagi issiq sababli kuchli oʻrmon yongʻinlari sodir boʻlgan.

13.Politsiya bergan maʼlumotlarga qaraganda, 60 nafar odam qurbon boʻlgan.

14.Xorvatiyada kelib chiqgan oʻrmon yongʻinlari sababli mahalliy aholi hamda turistlar xavfsiz joylarga koʻchirilmoqda.

15. Huddi shunday holat Chernogoriyada ham kuzatildi.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



