Yer yuzidagi eng chuqur joylar


Bu yerda mashhur Parij katakombalari joylashgan -Parij yaqinidagi yer osti tonnellari va sunʼiy gʻorlar tarmogʻi. Turli manbalarga koʻra, umumiy uzunligi 187 dan 300 kilometrgacha. 18-asrning oxiridan boshlab, deyarli olti million kishining qoldiqlari shu katakombalarda koʻmilgan.

Italiyadagi Terme Millepini mehmonxonasi shoʻngʻish ishqibozlari va gʻavvoslar uchun moʻljallab 40 metr chuqurlikdagi tonnelni qazishga qaror qilgan. Bu Y-40 basseynidir. Eng chuqur basseynlardan biri hisoblangan Y-40 havzasining qiziq joyi shundaki, u termal suv bilan toʻldirilgan va mukammal harorat 33 darajaga teng.

Bu Kiyevdagi metropolitenning “Arsenalnaya”stantsiyasining chuqurligidir. U Svyatoshinsk-Brovariya liniyasida “Kreshatik” bilan “Dnepr” stantsiyalari oraligʻida joylashgan boʻlib, dunyodagi eng chuqur metro stantsiyasi hisoblanadi.

Bunday chuqurlikka daraxtning ildizlari kirib borishi mumkin. Eng chuqur ildizga ega daraxt - Janubiy Afrikadagi Ohrigstad yaqinidagi Echo parkida oʻsadigan yovvoyi ficusdir. Uning ildizlari 122 metrdan chuqurroq.

Eng chuqur daryo – Markaziy Afrikadagi Kongo daryosidir. Quyi oqimda Kongo chuqurligi 300 metrgacha boʻlgan Janubiy-Gvineya togʻining darasidan oʻta turib, Livingston sharsharasini hosil qiladi, bu yerdagi chuqurlik 230 metrni tashkil etadi. Shuning uchun ham Kongo dunyodagi eng chuqur daryo hisoblanadi.

Bu yaponiyadagi uzunligi 53.85 km ga teng keladigan Saykan nomli temir yoʻl tonnelidir. Tonel taxminan 240 metr (dengiz sathidan100 metr past) chuqurlikkacha tushadi. Seikan - dunyodagi eng chuqur temir yoʻl tonneli, uzunligi boʻyicha esa (Gotthard bazasi tonnelidan keyin) ikkinchi oʻrinda turadi.

Norvegiyaning More og Rumsdal provinsiyasida joylashgan Sturfjordning pastki qismida, Aiksund va Ryanes shaharlarini bogʻlaydigan Aiksund yoʻl tonneli yanada chuqurroqdir. Uzunligi 7765 m boʻlgan tonnel dengiz sathidan 287 m chuqurlikka tushadi - bu dunyodagi eng chuqur tonnel. Yoʻlning qiyaligi 9,6% ga yetadi.

Woodingdean Angliyaning Sharqiy Sasseks shahrida joylashgan Brighton va Xovning sharqiy chekkasidir. Shunisi eʼtiborga loyiqki, uning hududida 1858-1862 yillar oraligʻida qoʻlda qazilgan dunyodagi eng chuqur quduq joylashgan.

Julian Alplaridagi Vrtoglavitsa "Boshniaylantiruvchi gʻori”. U Sloveniyada, Italiya bilan chegaraga yaqin joydajoylashgan. Gʻorni 1996 yilda qoʻshma Sloveniya-Italiya gʻorshunos mutaxassislar guruhi ochgan. Gʻor dunyodagi eng chuqur karst qudugʻiga ega, uning chuqurligi 603 metr. Agar siz bu teshikka tasodifan tushib ketsangiz, 11 soniyada tubiga uchib tushishingiz mumkin.

Bu Yerdagi eng katta qazilgan teshik boʻlib, uning ostidan siz osmonni koʻra olasiz. Yuta shtatidagi Bingham kanyoni karyeri dunyodagi eng katta texnogen (qazilgan) tuzilmalardan biridir. 100 yillik ishlab chiqarishdan soʻng, chuqurligi 970 metr va kengligi 4 km boʻlgan katta krater hosil boʻldi. Bunday noyob kanyon 1966 yilda Milliy tarixiy yodgorlik sifatida qayd etilgan.
Bu karyerga dunyodagi eng baland bino hisoblangan, balandligi 828 metrni tashkil etadigan Burj-Halifa binosi bemalol sigʻadi va hattoki 140 metr joy ham ortib qoladi.

2013 yil 10 aprel kuni ulkan bir yer boʻlagi boʻlinib, Yuta shtatidagi sunʼiy Bingham kanyoniga agʻdarilib tushdi. 65-70 million kubometr yer boʻlagi shaxta devorlari boʻylab urilib, soatiga 150 kilometr tezlikda tushib keldi. Hodisa shunchalik kuchliligidan yerni titratib yubordi –seysmik asboblar zilzilani qayd etdi, uning kuchi Rixter shkalasi boʻyicha 2,5 ballni tashkil etdi.

Baykal Yerdagi eng chuqur koʻldir. Koʻlning maksimal chuqurligining hozirgi qiymati 1642 m.

Buyuk Kanyon dunyodagi eng chuqur kanyonlardan biridir. AQSH ning Arizona shtati Kolorado platosida joylashgan. Chuqurligi -1800 m dan ortiq.

Shunday qilib, biz dunyodagi eng chuqur gʻorga yetib keldik. Bu Krubera gʻori (Crow) - dunyodagi 2 km dan chuqurroq boʻlgan yagona maʼlum gʻor. Gʻorning asosiy kirish qismi dengiz sathidan 2250 m balandlikda joylashgan.

Bugungi kunda eng chuqur konlardan biri Yoxannesburgning janubi-gʻarbida joylashgan Janubiy Afrikadagi Moab Xotsong konidir. Uning chuqurligi 3 kilometrdan sal oshiqroq. Uning tubiga liftda 4,5daqiqada yetib olish mumkin. Ammo biror kishi toʻsatdan tushib ketsa, konning tubiga 25 soniyada uchib tushadi.

Bunday chuqurlikda tirik organizm topilgan. Bundan taxminan yuz yil oldin, ingliz olimi Edvard Forbes 500 metrdan chuqurlikda hechqanday tirik mavjudot yoʻqligini taʼkidlagan. Ammo 2011 yilda Janubiy Afrikaning oltin konlarida “Halicephalobus mephisto” nematod-qurti topilgan. 0,5 mm oʻlchamdagi maxluqotlarning ikkinchi nomi – “doʻzahdan chiqqan qurt”.

Dunyoning eng chuqur konlari Janubiy Afrikada joylashgan: Tau-Tona, Vaytvaterrand - chuqurligi 4500 m dan ortiq, Gʻarbiy chuqurlikdagi kon (3900 m (De Beers kompaniyasi), Mponeng - 3,800 m. Konchilarga oʻta ogʻir sharoitlarda ishlashlariga toʻgʻri keladi. Issiqlik 60 °C ga yetadi va bunday chuqurlikda doimo suvning yorib chiqishi va gazning portlash xavfi mavjud. Ushbu shaxtalarda oltin qazib olinadi. Bu yerga konchilar faqatgina 1 soatga tushadilar.
Maʼlumot oʻrnida, dunyoda qazib olingan oltinning 25 foizidan 50 foizigacha Witwatersrand koniga toʻgʻri keladi. Qazib olish ishlari dunyodagi eng chuqur "Tau-Tona" konida olib boriladi - uning chuqurligi 4,5 km dan oshadi, ishlov berish harorati 52 darajaga yetadi.

Mariana xandagi - Tinch okeanining gʻarbidagi, Yer yuzidagi maʼlum boʻlgan eng chuqur okeanik xandaq.Uning nomi shu yaqin atrofdagi Marian orollari nomidan kelib chiqqan. Mariana xandaqining eng chuqur nuqtasi - Challenger Abyss. 2011 yildagi oʻlchovlarga koʻra, uning chuqurligi dengiz sathidan 10994 m pastda. Bu juda chuqur! Agar 8848 metr balandlikka ega boʻlgan Everest togʻini bu yerga qoʻyish mumkin boʻlganda edi, yana 2 km joy boʻsh qolar edi.
11 kilometr chuqurlikda suv bosimi 108,6 MPa ga yetadi, bu dengiz sathidagi normal atmosfera bosimidan taxminan 1072 baravar yuqori.
Ha Yer yuzida uzoq koinotdan ham kam oʻrganilgan joylar bor – bu ummon tubidir. Dunyo ilmi uni astoydil oʻrganishga hali kirishmagan.

Saxalin orolining yonida qazilgan Z-44 Chayvo qudugʻi dunyodagi eng chuqur neft qudugʻi hisoblanadi. Uning chuqurligi 13 kilometrni tashkil etadi va bu insoniyat qazishga qodir boʻlgan eng chuqur teshik hisoblanadi! Ammo buni haqiqatan ham chuqurlik, deb aytish mumkinmikan? Eslatiboʻtamiz, Yer qobigʻining markazigacha boʻlgan oʻrtacha masofa taxminan 6370 kmga teng.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



