Foydali

Yoshartiruvchi ozuqa maxsulotlari qaysilar?

Yoshartiruvchi ozuqa maxsulotlari qaysilar?

Qadimdan bodom shifobaxsh mahsulot sanaladi. Uning magʻzida organizm uchun foydali boʻlgan koʻplab mikroelementlar borligi aniqlangan. Shirin bodomni isteʼmol qilish oshqozon yarasi va gastrit paydo boʻlishining oldini oladi. Insonlar uchun bodomning foydaliligi shundaki, uni kuchli jismoniy zoʻriqishlardan keyin isteʼmol qilish organizmning qisqa vaqt ichida “oʻziga kelishiga” yordam beradi. Yosharish istagidagilarga bir kunda 200 grammdan kam boʻlmagan miqdorda bodom isteʼmol qilishlari tavsiya etiladi. 

Yoshartiruvchi ozuqa maxsulotlari qaysilar?

Olimlar oʻtkazgan tadqiqot natijalari shuni koʻrsatadiki, koʻk choy qandli diabet paydo boʻlishining oldini olib, imunitet oshishiga, ortiqcha vaznni yoʻqotishga hamda terining yaxshi saqlanishiga yordam beradi. Bir kunda 0,5 litr koʻk choy ichish lozim.

Yoshartiruvchi ozuqa maxsulotlari qaysilar?

Dietologlar tomonidan doimo goʻzal boʻlishni istagan ayollar uchun tavsiya qilinadigan eng yaxshi mahsulot qoʻy goʻshtidir. U sink, marganes hamda testosteron moddasining faol ishlab chiqarilishi uchun kerak boʻladigan minerallarga boy. Darvoqe, organizmda ushbu modda sport, fitness, raqs kabi jismoniy mashgʻulotlar bilan shugʻullanganda ishlab chiqariladi. 

Yoshartiruvchi ozuqa maxsulotlari qaysilar?

Hech bir bayram dasturxoni shampinon qoʻziqorinlarisiz oʻtmaydi. Ularni tayyorlash oson, shuningdek, tomirlardagi holesterindan tozalavchi eng yaxshi mahsulotlardan biri ham. Shampinonda omega-3 yogʻ kislotasi mavjud. Ichaklardagi singish, soʻrilish jarayoni tufayli ular holesterinning koʻpayishiga hamda organizmda tarqalishiga yoʻl qoʻymaydi. Kunlik meʼyorda 125 grammdan kam boʻlmagan shampinon qoʻziqorinlarini isteʼmol qilish tavsiya qilinadi.

Yoshartiruvchi ozuqa maxsulotlari qaysilar?
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar