Zaytun yogʻi va uning foydali jihatlari haqida

Zaytun yogʻi antioksidantlar, vitaminlar va minerallarga boy boʻlganligi sabab uni “suyuq oltin” deya atashgan. Shuningdek, u suyak hamda mushak toʻqimalarini, ichak devorlarini mustaxkamlashga yordam beradi.
Zaytun yogʻi E vitaminiga boy boʻlib, qanday holatda isteʼmol qilinishidan qatʼi nazar oshqozonda gastrit va yara paydo boʻlishini oldini oladi. Bundan tashqari, yogʻ tarkibidagi xlor ichak faoliyatini yaxshilaydi.

Zaytun yogʻi boshqa oʻsimlik yogʻlariga nisbatan inson organizmidan yengil soʻrilib, uni doimiy isteʼmol qilishlik arterial bosimni meʼyorlashtiradi.
Zaytun yogʻi kalsiyga boy boʻlib, uni bolalar ovqatiga qoʻshib berish ancha foydali. Mahsulot tarkibida lanolin kislotasi mavjudligi bois, jaroxat va kuygan joylarga surtilsa, tez bitadi.

Zaytun yogʻi nafaqat tibbiyotda balki kosmetologiyada ham keng qoʻllaniladi. Undan turli krem, surtmalar hamda yuz, soch va teri uchun turli balzamlar tayyorlanadi.
Qadimda ayollar zaytun yogʻidan yuz tozalovchi va yalligʻlanishga qarshi vosita sifatida foydalanishgan. Yogʻ tarkibidagi fenol moddasi teri qarishini sekinlashtirib, uni yumshoq va mayin qiladi.

Zaytun yogʻini oʻt pufagi yalligʻlanganda, yaʼni xolesistitda isteʼmol qilmagan maʼqul, sababi, yogʻ kasallikni yanada kuchaytirib yuborishi mumkin.
Aksariyat dietologlar zaytun yogʻini bir kunda 2 oshqoshiqdan koʻp isteʼmol qilmaslik kerak, deya taʼkidlaydilar. Chunki u yuqori kaloriyali boʻlib, 100 gr. zaytun yogʻida 900 kaloriya mavjud. Zaytun yogʻini hech qanday termik ishlovlarsiz isteʼmol qilish kerak, shunda uning foydasi yaqqol seziladi.

Zaytun yogʻi ikki xil- rafinadlangan va rafinadlanmagan turda boʻladi. Barcha foydali moddalar ozroq qizdirilgan va rafinadlanmagan yogʻda mavjud.
Mahsulotni sotib olayotganda uning ishlab chiqarilgan sanansiga eʼtibor bering, chunki yogʻ tarkibidagi foydali moddalar 5 oy davomida saqlanadi, xolos.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



