“Zolim Istanbul”: Saratonni yenggan Saxar, depressiyadagi Jeren va oshiqlari son-sanoqsiz Jenk

Bosh rol ijrochilari tomoshabinlarni qahramonlar bilan birga yashash, ular bilan gʻam chekish, ular bilan birgalikda shodlanishga unday olganlar.

Fikret Kushkon 13 yoshlik paytlarida otasidan ayrilib qoladi. Oilasi esa Tokat shahriga koʻchib ketishga majbur boʻladi. Oradan uchyil vaqt oʻtib boʻlgʻusi ijodkor tahsil olish uchun Istanbulga qaytib keladi. Aktyor ikki marta uylangan. Birinchi rafiqasi bilan ajrashgan, ikkinchi rafiqasi bilan besh yildan beri baxtli hayot kechirib kelmoqda. Fikret Kushkon “Eng yaxshi aktyor” sifatida turk kino mukofotini uch marta qoʻlga kiritgan.

Aktrisaning shaxsiy hayotiga oid maʼlumotlar koʻpemas. Maʼlum boʻlgani, Mine oila qurmagan va hozircha farzandlari yoʻq.
Mine Tugay yoga bilan shugʻullanadi, kasbini esa judayaxshi koʻradi. Aktrisa boʻlish istagi Mineni bolalikdan tinch qoʻymas edi. U kollejda oʻqib yurgan vaqtlaridan beri namoyishlarda ishtirok etardi. Kollejni tamomlagan qiz konservatoriyaga oʻqishga kirdi, aktyorlik mahorati fakultetini tamomlab, teatr va kino aktrisasiga aylandi. Ijodkor 2009 yilda eng muvaffaqiyatli aktrisa deya eʼtirof etilgan.

Iqtidorli aktrisa, ssenariynavis va goʻzal ayol Deniz Ugur bir necha oʻnlab film hamda seriallarda suratga tushgan, shu bilan birga teatrda ham faoliyat olib boradi. Deniz Ugurning hayoti ayanchli hodisalarga toʻla. Boʻlgʻusi aktrisaning onasi balerina, otasi esa opera xonandasi boʻlgan. Shu sababli uning kelgusida aktrisa boʻlishi aniq edi. Qiz juda yosh turmushgachiqqan, oradan uch yil oʻtib esa ajrashgan. Bir necha yildan keyin turmushga chiqqan aktrisa juda baxtli yashayotgandi, ammo ikkinchi eri fojiali tarzda halok boʻladi. Uchinchi bor turmushga chiqib, ajrashganida esa eri uning oʻz farzandlari bilan koʻrishishiga toʻsqinlik qiladi. Tez orada aktrisa saraton kasalligiga chalinadi. 2012 yilda muvaffaqiyatli operatsiyani boshdan kechirgan ijodkor ayni vaqtda ijod bilan mashgʻul.

Ozan Dolunay serialdagi qahramoni kabi Turkiyaga AQSHdan tahsil olib qaytgan. Aktyor 1991 yilda dunyoga kelgan, ayni vaqtda yoshi 30 ga yaqin kelib qolgan boʻlishiga qaramay, oila qurish haqida oʻylaganicha yoʻq. Ammo, muxlisalari va oshiqlari son-sanoq bilmaydi.

Berker Gyuven 1994 yili Turkiyaning Izmir shahrida dunyoga kelgan. Aktyor “Zolim Istanbul” filmi bilan bir qatorda “Vatanim sensan” filmida Aleksey rolini ijro etgan.

1994 yilda Anqarada dunyoga kelgan Sera Kutlubey ilk bor 2016 yilda “Qahrabo” filmida oʻzining debyut rolini ijro etgan. Aktrisaning kelajagi porloq ekani tahmin qilinmoqda. Sera aktrisalik bilan bir qatorda modellik faoliyati bilan ham shugʻullanadi.

Aktrisa 1997 yilda Artvinda dunyoga kelgan. Bahor talabalik yillaridanoq oʻzini daromad bilan taʼminlash uchun ishlashni boshlagan. Qizning ota-onasi 14 yoshlik paytlarida ajrashib ketgan edilar. Yosh ijodkor murakkab ruhiy holatda ekanligiga qaramay, karyera qilish va kino olamida muvaffaqiyatga erishishni uddalay oldi.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



