Kundalik ro’zg’orimizda pullarimizni ortiqcha sarflashimizga sabab bo’ladigan keraksiz narsalar
Pulning hech qachon ortiqchasi bo’lmaydi, qanchalik ko’p pul topmaylik uni sarflaydigan joy chiqib turadi va hattoki rejadagidan ham ko’proq ishlatib qo’yganimizani sezmay qolamiz. O’ylab qarasak, katta miqdordagi pullarimizni keraksiz narsalarga sarflab qo’ygan bo’lamiz. Ro’zg’orda uncha keragi bo’lmagan narsalarni qanday bo’lmasin sotish payida yurgan marketologlar bu ishga o’z hissalarini qo’shib, bizga tiqishtirish payida bo’ladilar.

Bozor yoki do’kondan qaytgandan keyin biz qolgan pullarimizni birma-bir sanab, qanday qilib rejadigidan ortiqcha pul sarflab yuborganimiz va endi maoshgacha qanday yetib olishimiz mumkinligi haqida bosh qotiramiz. 

Ortiqcha sarf harajatdan qutulish uchun pulni aql bilan ishlatishni o’rganish kerak. Hafta davomida qilgan xaridingizni mayda pullarigacha yozib boring, so’ngra bu xarid qilingan narsalar ichidan ortiqcha va zarurati uncha bo’lmagan narsalar ro’yxatini boshqatdan ko’rib chiqing. So’ngra xulosa chiqaring, ularning ichida qay biri kerak emas, qaysi birlariga ortiqcha pul sarflagansiz. Keling, ko’rib chiqamiz, biz ortiqcha pullarimizni nimalarga sarflab yuborar ekanmiz.

Plastik idishdagi suv

Plastik idishdagi suv

Hammamiz bilamizki, sog’lom hayot uchun ko’p miqdorda suv ichish zarur, ayniqsa bizning quyoshli o’lkada. Ko’chaga chiqar ekanmiz, darrov chanqaymiz va plasttik idishdagi suvlardan sotib olishga majbur bo’lamiz. Buning o’rniga suv uchun maxsus idish sotib olib, ko’chaga chiqish oldidan uni suv bilan to’ldirib olib, o’shandan foydalanish kerak.

Eski mobil aloqa tarifi

Mobil aloqangizning tarifi sizning ehtiyojingizga qanchalik to’g’ri keladi, shu haqda o’ylab ko’rganmisiz? Odatda, biz raqamli sim karta sotib olayotganimizda mavjud tariflardan biriga ulanamiz va yillar davomida shu tarifda qolib ketaveramiz. Buning orasida esa  sizning manfaatlaringizga mos tushadigan yangi foydali tariflar chiqadi. Shuning uchun operatoringizdan yangiliklar haqida xabardor bo’lib turing.

Ortiqcha oziq-ovqat mahsulotlari

Odatda, biz do’kon va bozorlardan bizga kerakli mahsulotlardan ko’proq narsalarni xarid qilib qo’yamiz. Natijada sotib olingan narsalarning 20% uvol bo’ladi. Bunday holga tushmaslik uchun oziq-ovqat mahsulotlari xaridini och qoringa qilmaslik lozim. Avval eng zarur mahsulotlar ro’yxatini  tuzib, shunga qat’iy amal qilgan holda bozor va do’konlarni aylaning.

Kino premyerasi

Kino premyerasi

Kinoteatrlarda yangi kino chiqishi bilan darrov chopqillab ketmang. Premyera davrida kino biletining narxi ancha qimmatroq bo’ladi, aktsiya va chegirmalar ularga o’tmaydi. Shuning uchun biror hafta sabr qilib turing, bilet narxi arzonlashganda bemalol tushaverasiz.

Polietilen paketlar

Sizning uyingizda ham paket to’la paketlar bormi? Ular arzimagan narx turadi deysizmi, unda ularning umumiy bahosi qancha bo’lishini bir hisoblab chiqingchi! Bundan tashqari polietilen paketlarning ekologiyaga zarari haqida ham o’ylab ko’ring! Undan ko’ra uzoq vaqt xizmat qiladigan mahkamroq  va pishiqroq ro’zg’or uchun xaltalarni sotib olib, shulardan foydalaning.

Ortiqcha kiyim-kechaklar

Ortiqcha kiyim-kechaklar

Bozor va do’konlarni aylanar ekanmiz, chiroyli kiyimlarning jozibadorligidan hissiyotga berilib, zarurati bo’lmasa ham ularni o’zimiz bilmagan holda sotib  olamizda, keyin kiyim jovoniga osib qo’yib, kiymay qo’yamiz. Bu narsa ayniqsa razmeri to’g’ri kelmaydigan kiyimlar bilan ko’p sodir bo’ladi. To’g’ri kelmasada, ozib qolish umidida kuylak sotib olganlar sonmingta.

Kassalar oldidagi yengil yeguliklar

Supermarket va do’konlarda kassalar oldidagi tokchalarga marketologlar yaltiroq va shaldiraydigan qadoqdagi yengil yeguliklarni bekorga qo’yadilar deb, o’ylaysizmi? Biz navbatda turar ekanmiz, ko’zlarimiz o’ynab, tomog’imiz taqillab, ro’yxatga kiritilmagan biror narsani sotib olib, yegimiz kelib qoladi. Ha, arzonku, deyishingiz mumkin. Biroq bu ham byudjetga zarar berishi va ayniqsa, qayta qayta qaytarilishida anchagina bilinib qolishi mumkin.

Parhez mahsulotlari

“Eko”, “bio”, “fitnes” yozuvi bo’lgan mahsulotlar bugungi kunda ommalashgan, narxi ham shunga yarasha yuqori. Bilib qo’ying, bu siz ko’proq pul to’lashingiz uchun o’ylab topilgan marketing hiylasi.

Suvenirlar

Boshqa shahar yoki davlatlarga qilgan sayohatimiz davomida biz ko’zimizga chiroyli ko’ringan suvenirlarni sotib olishga o’rganib qolganmiz. Uyga yetib kelishimiz bilan esa uni tokchalardan biriga, orqaroqqa qo’yib qo’yamiz. U esa u yerda chang yig’ishdan boshqasiga yaramaydi. Agar siz sayohatdan esdalik bo’lsin desangiz, idish, ro’molcha, sharf yoki shunga o’xshash foydali biror narsa sotib olishga harakat qiling.

Yuqoridagi maslahatlarga amal qilsangiz, ancha-muncha pullaringizni tejab qo’yasiz.  

Maqola yoqtimi? A'zo bo'l va do'staring bilan bo'lish!

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations