Amerikalik BuzzFeed portali dunyoning turli mamlakatlarida oyida 1000 dollarga qanday turar joyni ijaraga olish mumkin ekanini ko'rsatadigan maqolani chop etdi.
Albatta, narx mamlakatdagi iqtisodiy vaziyatdan, tumandan va taklif etilgan qulayliklardan kelib chiqadi. Moskvada, masalan, bu pulga shahar markazidan yaxshi metrajlik va metrodan unchalik uzoqda bo'lmagan kvartirani ijaraga olish mumkin.
Tokio, Yaponiya - 975 dollar.
Mahalliy valyutadagi narxi: 106 ming iyen bir oyga.
O'lchami: kvartira-studiya.
Rayon: Sindzyuku.
Vannaxonasi bor. Unga odam sig'ishi ehtimoldan holi, lekin bu baribir vannaku.
Tavira, Portugaliya - 649 dollar.
Mahalliy valyutadagi narxi: 550 evro bir oy uchun.
O'lchami: bir yotoqxonali kvartira.
Rayon: Tavira-Siti.
Aql bovar qilmas darajadagi go'zal plyajgacha piyoda 3 daqiqa.
Xoyan, Vyetnam - 900 dollar.
Mahalliy valyutadagi narxi: 20 million Vyetnam donglari.
O'lchami: oltita yotoqxonali uy.
Uyning derazalari atrofdagi guruch dalalarida qaraydi, plyajga mashinada tez yetib borish mumkin.
Сообщения из Facebook