2017 yilda sayyohlarni jalb qilgan eng mashhur shaharlar qaysi?

Googledagi eng mashhur savollardan biri Gongkong Xitoyning bir qismimi yoki yoʻqligi haqidagi jumladir. Gongkong Xitoyning bir qismi hisoblanadi, ammo oʻz oʻrnida alohida valyuta, pasport va qonunlariga ega. Bu yerdagi kabi osmonoʻpar binolarni boshqa hech bir manzilda uchrata olmaysiz, ularning balandligi 150 metrdan ham oshib ketadi. Mazkur hudud sayyohlarni rivojlangan infratuzilmalari va shahardagi zamonaviylik hamda qadimiylik ruhi sabab oʻziga jalb etadi.
Borish uchun qulay payt: may, oktyabr, iyul.
Narxlar qachon arzonlashadi: may, iyun, iyul, sentyabr.
Mehmonxonaning oʻrtacha narxi: Sutka uchun 92 dollar.
Tashrifning asosiy maqsadi: shopping (liboslar), mashhur joylar, oshxona.

Malayziya poytaxti zamonaviy osmonoʻpar binolar, qimmatbaho mehmonxonalar, shuningdek islomiy motivlar va Osiyo koloriti tufayli mashhurlikka erishgan. Mamlakat oshxonasi esa Xitoy, Hindiston va Portugaliya pazandachiligi namunalarini oʻzida jamlagan boʻlib, ushbu ajoyib oshxona taomlaridan kunning 24 soati davomida tatib koʻrishingiz mumkin. Bunday taomlar hech bir shinavandani befarq qoldirmaydi. Butun dunyodan mazkur shaharga kelguvchi taom-blogerlarining tashrifi ham aynan shu sababdan uyushtiriladi.
Borish uchun qulay payt: sentyabr, oktyabr, iyul.
Narxlar qachon arzonlashadi: oktyabr, noyabr.
Mehmonxonaning oʻrtacha narxi: Sutka uchun 43 dollar.
Tashrifning asosiy maqsadi: shopping (liboslar), pazandachilik.

Bu shahar haqidagi ortiqcha izohlarga hojat boʻlmasa kerak, bizningcha. Dunyodagi eng ajoyib megapolislardan biri va koʻplab filmlar suratga olingan hudud boʻlmish shaharga kelguday boʻlsangiz, Bruklinga tashrif buyurib, koʻchalarni piyoda sayr qilishni maslahat bergan boʻlar edik. Mazkur shaharning kuchli 3 talikka kirmaganligiga esa turistik viza olishga bogʻliq kichik qiyinchiliklar sabab holos.
Borish uchun qulay payt: aprel, mart, oktyabr.
Narxlar qachon arzonlashadi: yanvar, fevral.
Mehmonxonaning oʻrtacha narxi: Sutka uchun 300 dollar.
Tashrifning asosiy maqsadi: diqqatga sazovor joylar, teatrlar, sanʼat koʻrgazmalari, shopping.

Seul salkam 10 yil ichida haqiqiy goʻzallik namunasi va koʻcha modasi poytaxtiga aylanib ulgurdi. Bu yerdagi kosmetika sanoati va plastik jarrohlik, shuningdek PSY sabab mashhurlikka erishgan Kannamgu (oʻsha siz bilan “Gangnam”) shahri va uning uslubi sayyohlarni bu yerga osongina jalb qilmoqda. Agar siz ham yorqinlik, musiqa va kosmetika shaydosi boʻlsangiz, Seulga marhamat!
Borish uchun qulay payt: sentyabr, may, mart.
Narxlar qachon arzonlashadi: iyul, avgust.
Mehmonxonaning oʻrtacha narxi: Sutka uchun 62 dollar.
Tashrifning asosiy maqsadi: SPA, plastik jarrohlik klinikalari, pazandachilik, diqqatga sazovor joylar, byuti-shopping.

Yaponiyaning Tokio shahrini yuqori darajadagi texnologiyasi, sakura daraxtlari, sakesi va haqiqiy sushilari uchun borib koʻrsangiz arziydi. Ha aytganday, sakuralar gullagan paytda samolyot uchun chiptalar narxi ham qimmatlashib ketadi.
Borish uchun qulay payt: mart, aprel, may.
Narxlar qachon arzonlashadi: yanvar.
Mehmonxonaning oʻrtacha narxi: Sutka uchun 110 dollar.
Tashrifning asosiy maqsadi: pazandachilik, diqqatga sazovor joylar, byuti-shopping, yapon madaniyati, sakuralar.

Mazkur shahar-mamlakat oʻzining futuristik arxitekturasi, nooadatiy koʻcha oshxonasi va oʻta qatʼiy qonunlari sabab kishini hayratga solib qoʻyadi. Singapur aeroportining oʻziyoq kishida mutlaqo boshqa olamga tushib qolgandek taassurot uygʻotadi. Uni 22 yildan buyon dunyodagi eng yaxshi aeroport deb tan olayotganlari bekorga emas. Uyingizga qaytish chogʻida oʻzingiz bilan durian deb ataladigan mevani koʻtarib olmang yana: uni aeroport xodimlari olib qoʻyishadi va sizga jarima soladilar. Bundan tashqari mevaning oʻtkir hidi sabab oʻzingiz ham chemodandan imkon qadar uzoqroq yurishga harakat qilasiz.
Borish uchun qulay payt: sentyabr, oktyabr, avgust.
Narxlar qachon arzonlashadi: yanvar, oktyabr, noyabr.
Mehmonxonaning oʻrtacha narxi: Sutka uchun 165 dollar.
Tashrifning asosiy maqsadi: mehmonxonalar, ekzotik taom, shopping.

Hashamat, hashamat va yana bir bor hashamat! Oxirgi 5 yil ichida Dubayga dunyoning turli burchaklaridan sayyohlarning yopirilib kelyotganiga ajablanmasa ham boʻladi. Dubayning qimmatbaho va betakror mehmonxonalari, ajoyib manzaralari sizni hayratga solishi shubhasiz. Uchuvchi dron taksilarni koʻrganda esa haqiqiy texnologik moʻchizaning guvohiga aylanasiz.
Borish uchun qulay payt: aprel, sentyabr, may.
Narxlar qachon arzonlashadi: may, iyun, avgust, sentyabr.
Mehmonxonaning oʻrtacha narxi: Sutka uchun 145 dollar.
Tashrifning asosiy maqsadi: shopping, plyaj va mehmonxonalar.

Goʻzallik va hashamatning yana bir namunasi. Bu yerda Yelisey mayoni boʻylab Pigal tumani goʻzalligidan bahramand boʻlasiz, moda olamining asl goʻzalligi bilan tanishasiz. Klassik parfyumeriya, mazali taomlar, haqiqiy sanʼati namunalari, Luvr, Eyfel... Xullas, choʻntakda pul boʻlsa, boʻlgani. Ammo chiroyli shahar manzaralari ortida berkinib yurgan oʻgʻrilardan ehtiyot boʻlishni ham unutmang.
Borish uchun qulay payt: aprel, oktyabr, avgust.
Narxlar qachon arzonlashadi: yanvar, fevral, mart, avgust, dekabr.
Mehmonxonaning oʻrtacha narxi: Sutka uchun 150 dollar.
Tashrifning asosiy maqsadi: diqqatga sazovor joylar, muzeylar, oshxona, shopping.

Arxitektura, moda, musiqa, sanʼat, adabiyot, tarix, qirollik oilasi... Ushbu tushunchalarning barini faqat bir yer – Londondangina topishingiz mumkin. London eshiklari mehmonlar uchun hamisha ochiq.
Borish uchun qulay payt: oktyabr, avgust, sentyabr
Narxlar qachon arzonlashadi: yanvar
Mehmonxonaning oʻrtacha narxi: Sutka uchun 162 dollar.
Tashrifning asosiy maqsadi: diqqatga sazovor joylar, teatrlar, sanʼat, shopping.

Oʻtib borayotgan yilning eng mashhur va koʻplab sayyohlarni oʻziga chalb qilgan shahri Bangkok ekanligidan koʻpchilik hayratga tushmas ham balki. Zero uning hamyonbop narxlari, rivojlangan infрatuzilmasi, ajoyib plyajlari, mazali koʻcha taomlari va betakror hayotini koʻrish uchun oshiqayotganlar son-sanoqsizdir. Ha aytganday, shahar arxitekturasining oʻzi ham minglab sayyohlarni aynan shu manzil tomon boshlab keladi.
Borish uchun qulay payt: iyun, aprel, sentyabr.
Narxlar qachon arzonlashadi: oktyabr (yomgʻirlar mavsumi).
Mehmonxonaning oʻrtacha narxi: Sutka uchun 43 dollar.
Tashrifning asosiy maqsadi: shopping, taomlar, kundalik hayot chiroyi.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



