Stiv Jobs: hayoti va faoliyati

Ismi: Stiv Djops (Steve Jobs)
Tugʻilgan sanasi: 24 fevral 1955 yil
Tugʻilgan joyi: San-Fransisko shahri, AQSH
Vafot etgan sana: 2011. 10.05 (56 yosh)
Burji:Baliq
Muchali: Echki
Faoliyati: Muhandis, tadbirkor
Stiv Djobs 1955 yilda San-Fransisko shahrida (AQSH,Kaliforniya shtati) Viskonsiya Universitetining bitiruvchi talabalari oilasida dunyoga keldi. Biroq ota-onasi hali ism ham qoʻyilmagan bolani boshqa oilaga berib yuboradi. Uni Klara va Pol Djobslar boqib oladilar va Stiv Pol Djobs deb ism qoʻyadilar.
Klara hisobchi, turmush oʻrtogʻi Pol esa mashinist lavozimlarida mehnat qilishar edi. Stivning yoshligida otasi unga elektr asboblarini sochib, qaytadan yigʻishni oʻrgatar edi. Bu qiziqish bolada oʻziga va kuchiga ishonch hissini uygʻotdi hamda elektronika bilan doʻstlashishiga turtki boʻldi.
Stiv oʻtkir aql zakovat egasi boʻlishiga qaramasdan maktabda taʼlim olishga qiynalgan. Kichik sinflarda u toʻpolonchi shumtaka bola boʻlgan, oʻqishni istamagan. Tajribali muallimning qoʻllagan usuli orqali Stiv rosmana oʻqishga kirishdi. Yaʼni oʻqituvchi Stivning har bir bajargan vazifasi uchun baho qoʻyishdan tashqari pul bilan ragʻbatlantirib ham turgan. Bir necha yillardan keyin Stiv Yuqori maktabga oʻqishga kirib, u yerda oʻzining boʻlajak hamkasbi Stiv Voznyak bilan tanishdi.

Maktabni tugatgandan keyin Djobs Pid-kolledjga qabul qilindi. Biroq oʻziga tegishli birorta sohani topolmay yarim yildan keyin oʻqishni tashlab ketdi.
1974 yilda Stiv “Atari” kompaniyasiga oʻyinlarning grafik dizayneri sifatida joylashdi. Bir necha oydan soʻng bu ishini ham tashlab, Hindistonga koʻngil maʼrifatini va ruhiy xotirjamlikni izlab joʻnab ketadi.
1976 yilda 21 yoshlik Djobs Stiv Voznyak bilan birgalikda “Apple Computers” kompaniyasiga asos soladi. Ikkovlashib ular kompyuter industriyasida inqilob yasadilar. Isteʼmolchilar uchun mashinalarni kichikroq, arzonroq, tushunarliroq va hammabop qildilar. 1980 yilda “Apple Compyuters” ochiq aktsionerlik jamiyatiga aylantirildi va savdoning birinchi kunidanoq uning narxi 1,2 mld dollarga yetdi. Stiv kompaniyani boshqarish taklifi bilan “Coca-Cola” ning marketing boʻyicha experti Djon Skalliga murojaat etdi.

2003 yilda Djobsda neyroendokrin oʻsimta – oshqozon osti bezining saraton kasalligi aniqlandi. Jarrohlik yoʻli bilan davolashning oʻrniga Stiv kasallikni yengishning boshqa yoʻllarini qidirdi: parhez va sharq tibbiyot usullarini qoʻlladi. Biroq 2004 yilga kelib oʻsimta jarrohlik yoʻli bilan olib tashlandi.

Stiv Djobs shaxsiy hayotini yoritishni yoqtirmas edi. Oilaviy hayoti haqida maʼlumotlar koʻp emas. Shunisi maʼlumki, Stiv 23 yoshligida sevgilisi Krisann Brennan qiz farzandli boʻladi. Biroq qizaloq 7 yoshga toʻlgandagina Stiv uni tan oladi.
1991 yilda Djobs Lorel Pauell ismli qizga uylanadi va oilaviy hayot davomida uchta farzandli boʻladilar.

2011 yilning 5 oktyabrida “Apple Inc” asoschisi uzoq davom etgan saraton kasalligi oqibatida hayotdan koʻz yumdi. Stiv Djobs 56 yoshida oʻz uyida yaqinlari atrofida vafot etdi.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



