2017 yilning eng shov-shuvli toʻylari

Mashhur fotomodel 2017 yili oʻz sevgan yori, millioner va Snapchat ilovasining asoschisi Esan Shpigelga turmushga chiqdi. Toʻy juda sokin va kichik davrda oʻtkazilganiga qaramay, dovrugʻi boshqa oʻlkalargacha yetdi. Aytishlaricha, toʻy marosimida juftlikning bir nechta doʻstlari va yaqin qarindoshlari ishtirok etishgan holos.
Toʻy marosimi juftlikning Brentvuddagi uylarining orqa hovlisida boʻlib oʻtdi. Internet tarmogʻi orqali tarqalgan suratlarda esa Mirandaning Dior modalar uyi tomonidan yaratilgan betakror va qoʻl mehnati bilan tikilgan mukammal libosni kiygani, Evanning esa baxtdan yettinchi osmonda uchib yurganini koʻrish mumkin.
Eslatib oʻtamiz, ayni paytda juftlik farzand kutmoqda. Mirandaning avvalgi turmushi Orlando Blumdan Flinn ismli oʻgʻil farzandi bor.

Ushbu marosimni haqli ravishda “Yil toʻyi” deya atash mumkin. 2017 yili Londonning XII asrga tegishli boʻlgan avliyo Mark ibodatxonasida Kembrij gertsoginyasining yagona singlisi Pippa Middlton sevgan insoni, iqtisodchi Jeyms Mettyuz bilan turmush qurdi. Oʻta hashamatli tarzda oʻtkazilgan toʻy marosimi suratlari dunyoning eng mashhur jurnallari muqovalarida chop etildi. Pippaning toʻy libosi esa britaniyalik modelyer Chillz Dikon tomonidan yaratildi.

Oʻtgan yilda yana bir mashhur yulduz – Lionel Messi boʻydoqlar safini tark etishga muvaffaq boʻldi. U sevgan insoni Antonelle Rokutsso bilan turmush qurib, oʻz munosabatlarini nikoh rishtalari orqali mustahkamladi. Marosim chogʻida tantana sababchilari qizil yoʻlakcha ustida suratga tushdilar. Ushbu kun uchun kelin Rosa Clara modalar uyi tomonidan yaratilgan uzun shleyfli ajoyib koʻylak tanladi. Kuyov esa Armani modalar uyiga tegishli boʻlgan klassik kostyumni afzal bildi.

Taniqli tennischi Serena Uilyamsning nikoh toʻyi ham yilning eng mashhur toʻy marosimlaridan biriga aylandi desak xato boʻlmaydi. Sportchi farzandining otasi Aleksis Oganyan bilan turmush qurdi. Tantana 16 noyabr kuni Yangi Orleanda boʻlib oʻtdi.
Mehmonlar orasida esa Kim Kardashyan, Yeva Longoriya va uning turmush oʻrtogʻi Xose Antoni Baston, Beyonse, Siara va boshqa koʻplab taniqli insonlar koʻzga tashlandi. Toʻy yopiq tarzda oʻtkazilganligi bois marosimning suratlari ham barmoq bilan sanarli.
Eng qizigʻi, marosim “Sohibjamol va mahluq” ertagi uslubiga hos tarzda boʻlib oʻtdi va mehmonlar Be Our Guest multfilmi saundtreki bilan kutib olindi.

Koʻplab shov-shuvlarga sabab boʻlgan rossiyalik oligarxlar farzandlarining toʻyi uchun 10 million AQSH dollari miqdorida pul sarf etilgani tahmin qilinmoqda. Ushbu pul evaziga “Oskar” mukofoti topshiliruvchi zal ijaraga olingan, mehmonlar koʻnglini xushnud etish uchun esa Ledi Gaga taklif qilingan.
Biznesmen Eldar Osmanov oʻz qizi Lilitani Albert Avdolyanning oʻgʻli Gasparga turmushga berdi. Yoshlar toʻy marosimiga qadar 2 yil davomida uchrashib yurishgan.
Toʻy marosimi Los-Anjelesdagi “Dolbi” teatrida boʻlib oʻtdi. Tantanani Andrey Maxalov va Kseniya Sobchaklar olib borishdi, xonandalardan esa Ledi Gaga, Stas Mixaylov, Jeyson Derulova Nikolay Baskovlar oʻz honishlari bilan mehmonlarga yaxshi kayfiyat ulashdilar.
Mish-mishlarga qaraganda marosimni gullar bilan bezatishning oʻzi uchun 500 ming dollar mablagʻ sarf etilgan.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



