2100 yilda yoʻqolib ketish ehtimoli baland boʻlgan 7 shahar

Sababi: Zilzila

Kaliforniya shtati Universiteti tadqiqotchilari 2086 yilga kelib San-Fransisko hududida Rixter shkalasi boʻyicha eng kamida 7ballga teng kuchli zilzila roʻy berishini 75 foiz ishonch bilan bashorat qilib kelmoqdalar. Bundan tashqari, San-Fransisko Amerika Qoʻshma Shtatlarining aholisi soni eng tez surʼatda pasayib ketayotgan shaharlaridan biri.

Bu aholini oʻta qimmat va geografik jihatdan xavf darajasi juda baland hududdan mamlakatning ichkarisiga koʻchib oʻtishiningi oqibati. Yirik halokat bu tendensiyani jadallashtrib yuborish mumkin.
Detroyt, AQSH

Detroyt shahrining aholisi 1950 yilga nisbatan uchdan bir qismiga, yaʼni 950 ming kishigacha kamayib ketdi. Tahmin qilinishicha, uning aholisi juda sekin, biroq doimiy ravishda kamayib boradi. 2030 yilgacha shahardagi ishsizlik koʻrsatkichi 10% dan sal yuqoriroq boʻladi. Oʻz navbatida Detroytning shahar oldi aholisi tinmay oʻsib boryapti. Agar bu koʻrsatkich saqlanib qolsa, 2100 yilga kelib Detroyt tanib boʻlmas darajada oʻzgʻarib ketadi.

Sababi: Tuproq sathining pasayib ketishi

Kanallar shahri deyarli yarim ming yildan beri suvga choʻkib boryapti, ammo choʻkib borish tezligi keyingi asr davomida keskin oshib ketdi. Ohirgi yuz yil ichida Venetsiya 24 santimetrga suvga choʻkkan. Hukumatda shaharni dengiz sathining koʻtarilishidan himoyalash boʻyicha rejalari bor, ammo u ish beradimi yoʻqmi, hech kimga nomaʼlum.

Sababi: Ichimlik suvining yetishmasligi va tuproq sathining tushib ketishi

Mexiko choʻkib boryapti, okean ichiga boʻlmasa ham, biroq choʻkib boryapti. Shahar suv tashuvchi qatlamning ustida joylashgan vashu qatlam ichimlik suvi bilan taʼminlashning asosiy manbai boʻlib hizmat qiladi.Yigirma millionlik aholining har bir vakili suvni isteʼmol qilgan paytida shahar jinday boʻlsa-da choʻkadi. Ayrim hisoblarga qaraganda ohirgi yuz yili ichida shaharning ayrim qismlari 9 metrgacha choʻkkan.

Aslini olganida, hammasi bundan ham battar. Tahmin qilinisha suv tashuvchi qatlam qurib bormoqda. Hozirgi paytda Mexiko tez surʼat bilan oʻsib borishiga qaramay suv zahiralari kamayib boryapti va choʻkib borayotgan tuproq sathi bu oʻsish surhatiga oʻz taʼsirini oʻtkazmay qoʻymaydi.
Sababi: Vulqonning otilishi

Pompeyani eramizdan avval 79 yilda tamomila barbod qilgan Vezuviy vulqoni tahminan 100 yilda bir marta otiladi. U ohirgi marta 1944 yildaotilgan. Vezuviy janubiy Italiyadagi Neapol koʻrfazida joylashgan. Bu yerda toʻrt milliondan ortiqroq odam yashaydi.
Bu raqam nafaqat Neapolning, balki “qizil hudud” da yashovchi yana yarim milliondan koʻproq aholini ham oʻz ichiga oladi. Tahminan 500 ming kishidan koʻprogʻi bevosita vulqonning yon bagʻrida yashaydi. Agar ular vaqtida boshqa joyga zudlik bilan koʻchirilmasa halok boʻlish ehtimoli 100 foizga teng.
Sababi: Sahrobostirib kelishi

Qumliklar hosildor yerlarga bostirib kelishi ulkan Saxara choʻlining janubida joylashgan bir qator mamlakatlar uchun eng katta muammolaridan biri. Eng katta xavf Mali davlatidagi Timbuktu shahriga tahlika tugʻdirmoqda. Bu shaharning yoshi tahminan 1000 yildan ortiqroq. U oʻn beshinchi va oʻn oltinchi asrlarda islom maʼrifatining markazlaridan biri boʻlgan.

Malida yerni koʻkalamzorlashtirish uchun bir necha loyihalar, masalan daraxtlar va quyuq bezak butazorlarni ekish ishlari amalga oshirilib kelmoqda, ammo shunga qaramay, shaharning ayrim qismlarining deyarli yarmi qumga toʻlib boʻlgan.
Sababi: Aholining koʻchib ketishi

Sovet Ittifoqi davridagi toʻqimachilik mahsulotlari shahri boʻlib kelgan Moskvaning shimoliy sharqida joylashgan bu oblast maʼmuriy markazida hozirgi paytda tahminan 448 mingga yaqin odam yashaydi.

Aholi soni tinmay kamayib bormoqda. Bu shaharda ayollar soni erkaklar sonidan koʻproq, tugʻilishlar soni kamayib, oʻlim soni esa aksincha, koʻpayib boryapti. Ziyoli yoshlar Moskvaga ketib qolyaptilar, chunki shaharda zamonaviy sanoat korxonalari deyarli qolmadi.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



