Yer yuzidagi eng qoʻriqlanadigan joylar

Sayyoramizda yetib borish qiyin yoki mumkin boʻlmagan joylar juda koʻp. Aynan qoʻriqlanadigan va hech kim kiritilmaydigan joylar odamda ayovsiz qiziqish uygʻotadi
Mormonlarning maxfiy bazasi, Yuta, AQSh

Granit togʻining tagida 200 m chuqurlikda mormonlar qurgan ombor bor. Mish-mishlarga qarganda u yerda Mormonlar juda qadrlagan qoldiqlar bor. Bu joyga faqatgina cherkovning eng oliy aʼzolari kira oladi. Bazaning joylashuvi uni xattoki yadroviy portlashga chidamli qiladi.
Butun dunyo urugʻ ombori, Svalbard, Norvegiya

2008 yilda Shpitsberen orolida butun dunyo urugʻlar ombori ochilgan edi. Unda butun dunyoning 250 milliondan ortiq urugʻ na'munalari saqlanadi. Bu ombor odamzot oziq-ovqat krizisiga yoki boshqa bir muammoga uchraganda, yoʻqotilganlarini tiklash uchun yaratilgan. Orolda tektonik harakatlar yoʻq, shu bilan birga u dengiz sathidan 130 m balandlikda joylashgan va bu uni urugʻlarni saqlashga eng yaxshi joy qiladi.
Niixau oroli, Gavayi, AQSh

Hamma Gavayi orollari kurort zonalari ekanligiga oʻrganib qolgan. Biroq Gavayi arxipelagining bu kichik oroliga kirich taʼqiqlangan. 1863 yilda Niixau plantatorlar oilasiga sotilgan va unga kirishni 1915 yilda yopib qoʻyishgan. Hzir ham bu orolga kirish mumkin emas. Niixau orolining qirgʻoqlari qoʻriqchilar tomonidan nazorat qilinadi va u yerga hech kim kiritilmaydi
Data-center HavenCo, Silend

Data-center 2000 yilda SIlend knyazligida ochilgan. HavenCo kompaniyasi bunday hududda joylashib, Britaniya qonunchiligi taʼqiqlarini aylanib oʻtishni oʻylagan. 2008 yilda data-center yopilgan, biroq 2013 yilda uning ishi qayta tiklandi.
“Pionen” bunkeri, Stokgolm, Shvetsiya

Bahnhof provayderi data-centerlari 30 m chuqurlikdagi gʻorda joylashgan. Ushbu bunker 1943 yilda yadroviy quroldan himoya sifatida qurilgan. Bino ichida jonli oʻsimliklar bor, ular kun rangidagi lampalar ostida koʻkaradi. Yana unda koʻplab sunʼiy sharsharalar va hajmi 2600 l keladigan akvarium bor. Shunday qilib kompaniya ishchilari uchun bunkerda qulay sharoit yaratgan.
BBC bazasi Menvit-Hill, Yorkshir, Buyuk Britaniya

Ushbu qamoqning norasmiy nomi – “Togʻ Alkatrasi”. Unga bu nomni bekorga berishmagan. Maxbuslarning kameralari – butun bir tosh, xattoki, uxlash joyi va yuvinish joylari betondan quyilgan. Ichida koʻplab lazer qopqonlari bor, eshiklar esa tizim orqali boshqariladi. Qamoq qoʻriqchilariga esa agar maxbusning qochmoqchi boʻlayotganini payqasa otib oʻldirishga ruxsat berilgan.
“Yashil namatak” dam olish bazasi, Virjiniya, AQSh

Bir qaraganda qanday qilib dam olish joyi bu roʻyxatga tushishi mumkin? Gap shundagi bu eng qoʻriqlanadigan kurort hisoblanadi va bu yerda faqat AQSh hukumati aʼzolari dam oladi. Bu dam olish bazasida yadro urushidan himoya uchun qutqaruv bunkeri mavjud.
Vatikan maxfiy arxivlari

Bu dunyodagi eng yopiq kutubxona. VIII asrdan boshlab bu arxivlarda rim papalarining barcha hujjatlari saqlanadi. Ushbu arxivga kirish uchun uzoq vaqt ruxsatnoma olishga harakat qilinadi. Bundan tashqari ruxsatnomani faqatgina ilmiy ishchi olishi mumkin.
Parking Bold Lane, Derbshir, Buyuk Britaniya

Bu moshinalar turar joyi – dunyodagi eng xavfsiz joylardan biri. Xaydovchilarga oʻz joyini koʻrsatadigan maxsus shtrix kod beriladi. Avtomobil tagidagi asfaltda harakat datchiklari oʻrnatilgan, harakat mashina egasisiz bajarilsa, signalizatsiya ishga tushadi. Hududda 190 ta kuzatuv kamerasi oʻrnatilgan, ular operatorlar tomonidan kuzatiladi.
Zona 51, Nevada, AQSh

Zona 51 – uchar apparatlar va qurollanish tizimlari tajribasi oʻtadigan joy. Birinchi marta bazaning nomi MRB hujjatlarida Vetnamdagi urush paytida ishlatilgan. Yerdagi kirish taʼqiqlanishi bilan birga, ushbu zona hududida osmon ham taʼqiqlangan va u yerda hech nima uchib oʻta olmaydi. Ushbu baza mavjudligini eʼtirozlar blan tan olishgan va bu koʻplab fitnalarga sabab boʻlgan.
BBC bazasi Menvit-Hill, Yorkshir, Buyuk Britaniya

1954 yilda ushbu joy sovuq urush paytida signallarni ushlab qolish bazasi boʻlgan. Bazada hozir nima boʻlayotgani nomaʼlum, biroq u dunyodagi eng katta elektron razvedka yigʻish markazi.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



