Qiziqarli

Kuchli insonning sifatlari. Zaiflar bunga qodir emaslar

Kuchli insonning sifatlari. Zaiflar bunga qodir emaslar
Kuchli insonning sifatlari. Zaiflar bunga qodir emaslar

Odamlarni kuchli va zaif tomonlarga boʻlish nooʻrin koʻrinishi mumkin. Axir, baholash mezoni nima ekanligini aniqlab boʻlmaydi. Biroq, bitta taxmin mavjud.

Zaif odam – baxtli boʻlishga qodir boʻlmagan odam. U qoʻrquvga toʻla, javobgarlikdan qochadi va oʻtmishdagi xatolari bilan yashaydi. Bu sifatlar kuchli kishilarga xos emas. Kuchli inson faqat bitta narsani – oʻzining va yaqinlarining hayotini baxt bilan toʻldirishni xohlaydi.

Bu ikki toifa odamlarining umumiy sifatlari kam, ammo farqlari juda koʻp. Ularning koʻpchiligi zaif shaxsga taalluqli boʻlmagan dunyoqarash va hatti-harakatlardan iboratdir.

Kuchli insonning sifatlari. Zaiflar bunga qodir emaslar

Kechirim soʻrash noqulay. Buni qilayotib, biz notoʻgʻri ekanligimizni tan olishimizga toʻgʻri keladi va bu gʻururimiz, nafsoniyatimizga tegadi. Ammo baribir, bu narsani uddalaganlar xotirjamlikka erishadilar. Qanday qilib?

Insonning birovga yetkazadigan zarari izsiz yoʻqolmaydi. Bu qanchalik toʻgʻri boʻlmasin, zaif odamlar buni tan olmaydilar. Ular baxslashayotgan odamning nozik tarafini yuziga soladilar, keyin esa vijdonlari qiynalib yuradilar: “Nega bunday qildim?” Nega hech narsani tuzatishga harakat qilmadim?” Natijada, ular xafa qilib qoʻygan odamlaridan ham koʻproq azob chekadilar.

Kechirim soʻrashdan choʻchimang.

Bu bizni boshqalarning nazarida insonparvar qiladi va oʻzaro xotirjamlik olib keladi. Ammo siz aybdor boʻlganlarni qidirishga shoshilmang. Avvalam bor, siz qanday xato qilganingizni tushunib, oʻzingiz uchun tan olishingiz kerak.

Kuchli insonning sifatlari. Zaiflar bunga qodir emaslar

Yordam soʻrash ham kechirim soʻrashga oʻxshab qiyin. Ushbu ikkala vaziyat ham bir-biri bilan chambarchas bogʻliq. Yordam soʻrash odamni oʻz muammosini qanday hal qilishni bilmayotganligini tan olishga majbur qiladi. Ammo, agar biz notoʻgʻri yoʻl tutgan boʻlsak, bizga toʻgʻri yoʻlni koʻrsata oladigan insonlardan yordam soʻrashimiz kerak.

Muhimi sizni qiynayotgan masala boʻyicha kimga murojaat qilishdan iborat. Agar siz pragmatik maslahat olishni istasangiz, hayotda koʻpni koʻrgan, vaziyatga xolis baho beradigan insonga murojaat qiling. Ammo agar sizni shunchaki shubha, xavotir va ikkilanish qiynayotgan boʻlsa, sizning dardingizni eshitadigan yaqin odamingiz bilan dildan gaplashing. Ehtimol, birgalikda yechim toparsiz.

Yordam soʻrash – kamchiliklardan qoʻrqmaslikdir. Shuning uchun, nima qilishni bilmayotgan boʻlsangiz, yordam soʻrayvering. Har bir maslahatga amal qilish shart emas, shunchaki muammolarga boshqalarning koʻzlari bilan qarab koʻrish kifoya.

Kuchli insonning sifatlari. Zaiflar bunga qodir emaslar

Umidsizlikka tushgan odam hayotdan zavq olmay yashaydi, u hamma narsani kulrang tusda koʻradi va bundaylar hayotimizda juda koʻp uchraydi va kuchsiz shaxs toifasiga kiradi. 

Kuchli odam esa aksincha, atrofdagilardan tabassumini ayamaydi, hayotning har bir lahzasidan zavqlanib yashaydilar. Biroq nekbinlikka (optimizm) osonlikcha erishilmaydi. Shuning bunday qarash faqatgina kuchli insonlargagina xosdir.

Ularning siri yaxshi kayfiyatga asoslangandir: fikrlar, narsalar, har qanday vaziyatda ham ruhiy holatni koʻtara bilish.

Va bu tayanchlarni umidsizlik toʻlqini bilan yuvib tashlamaslik uchun siz barcha tashvishlarning asosiy manbalariga - oʻtmish va kelajakni kamroq oʻylashingiz  kerak. Axir ikkalasi ham hozirgi zamon fikrlaridir. Demak, hozirgi paytda sizni ilhomlantiruvchi, koʻtarinki ruh bagʻishlovchi manba qidirsangiz, oʻtmishingiz ham, kelajak ham siz uchun baxtli boʻladi.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar