Taʼtilda oʻsmirlar qayerda ishlashlari mumkin?


Bir qarashda oddiydek koʻringan bu ish ancha mahoratni talab qiladi. Odamlar turli xil boʻladilar – kimdir reklama varaqalarini bajonu dil oladi, kimdir esa ensasini qotirib, nari borishingizni talab qiladi. Agar sizning asablaringiz mustahkam va ishlashga xohishingiz kuchli boʻlsa, unda bu ish siz uchun. Bu ishda ish beruvchi sizning yoshingiz, maʼlumotingiz, ish tajribangiz va hujjatlaringiz bilan qiziqmasligi katta imtiyozdir. Qoida boʻyicha ishchiga bir dasta reklama varaqalari beriladi va odamlar bilan gavjum boʻlgan joylarga yuboriladi. Bu ish hammaga toʻgri kelaveradi, eng asosiysi esa ish qaynab yotibdi, hech kim ishsiz qolmaydi.
Eʼlonlarni yopishtirish ham shu sohadagi ishga kiradi. Agar siz tortinchoq boʻlsangiz, uni bir chekkaga surib qoʻying, aks holda ishlay olmaysiz.

Agar siz 14 yoshga toʻlgan boʻsangiz, unda kuryerlikka ishga joylashishingiz mumkin. Kuryer ishchi doʻkonlarga buyurtma berilgan mahsulotlarni egalariga yetkazib beradi. Shuning uchun shaharni yaxshi bilishi hamda jismoniy tomondan sogʻlom boʻlishi kerak, chunki bir kunda 5-20 ta koʻrsatilgan manzilga narsa yetkazib berishi kerak.

Oʻsmirlarni koʻpincha sotuvchi konsultant lavozimiga ishga oladilar. Agar siz doʻkonga sotuvchi lavozimiga ishga kirmoqchi boʻlsangiz avvalambor stresslarga chidamli, kirishimli, sabrli, samimiy, muammoli vaziyatlarda yoʻl topa bilish kabi xususiyatlarga ega boʻlishingiz zarur. Bundan tashqari qaysi doʻkon tanlashingizga qarab, shu yerda sotiladigan mahsulotlar haqida bilimingiz boʻlishi kerak. Masalan, xaridor uchun kerakli fason yoki razmerni tanlay bilish, mahsulot tayyorlangan material haqida tushunchaga ega boʻlishingiz shart.

Internet saytlarga maqolalar yozish ham oʻsmirlar uchun yaxshi ish hisoblanadi. Buning uchun ozgina tajriba kerak, shuning uchun qobiliyatingiz boʻlsa, boʻsh vaqtingizda maqola yozishni oʻrganing. Keyinchalik ishga joylashmoqchi boʻlsangiz, tajribangiz ham, nashr qilingan maqolalaringiz ham boʻladi.
Qanday ish boʻlishidan qatʼiy nazar ish beruvchi oʻsmirni ishga olar ekan, ishi hayot uchun xavfli sharoit bilan bogʻliq boʻlmasligi, kimyoviy moddalar bilan, yer ostida, kechasi ishlamasligi, spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlarini sotmasligi lozim.
Oʻsmirning ishlashga qiziqishi tahsinga loyiq. Bunday bolalar tashabbuskor va masʼuliyatli boʻlib yetishadilar. Aynan ular lavozimda koʻtarilib boradilar, chunki yoshlikdan ishlashni boshlaganlar.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



