Bekajonlarga kartoshkani ishlatishda zarur boʻladigan tavsiyalar


• Kartoshka qaynayotganda suvga 2-3 boʻlak sarimsoqpiyoz, piyoz yoki ozgina shivit qoʻshsangiz, taʼmi yanada shirin boʻladi.

• Kartoshka tez pishishi uchun suvga 1 osh qoshiq margarin qoʻshing.

• Agar eski kartoshkalarni qaynatmoqchi boʻlsangiz, suvga sirka qoʻshish foydali.

• Yangi kartoshkalar oson tozalanishi uchun ularni sovuq suvda yuving.

• Kartoshkalarni baland olovda qovurish ularning miqdorini kamaytiradi. Yaxshisi, yaxshilab suvini silqitib, biroz qurigach, oʻrtacha olovda qovuring. Shunda sabzavotlar qizarib pishadi.

• Kartoshka boʻtqasiga qaynoq sut qoʻshish lozim. Agar, sovuq sut qoʻshsangiz, uning rangi hiralashadi.

• Kartoshkani archgach, ulardan tezda foydalaning. Boʻlmasa, ular qorayib qoladi. Agar kartoshkalarni avvaldan tayyorlab qoʻyishingiz kerak boʻlsa, selofan paketga oʻrab, havo kirmasligi uchun ogʻzini mahkamlang.

• Kartoshkalarni uzoq muddat saqlomoqchi boʻlsangiz, qopga olma mevasi qoqisidan solib qoying. Shunda sabzavot ildiz ortib ketmaydi.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



