Qiziqarli

Olimlar hozirgacha bosh qotiradigan 12 qadimiy ixtiro

Olimlar hozirgacha bosh qotiradigan 12 qadimiy ixtiro

Olimlar tarixiy meroslarimizni qacnhalik chuqur oʻrganishsa, savollar shunchalik koʻpayib bormoqda. Qadimiy dunyo biz oʻylaganimizdan umuman boshqacha boʻlganga oʻxshaydi.

Olimlar hozirgacha bosh qotiradigan 12 qadimiy ixtiro

Quyidagi narsalar ajdodlarimiz biz oʻylagandan koʻra koʻproq narsani bilganligini koʻrsatadi.

Kolumbiya oltin samolyoti, eramizning IV-VII asrlari

Olimlar hozirgacha bosh qotiradigan 12 qadimiy ixtiro

Kolumbiyaning oltin samolyoti Kimbaya madaniyatining artefaktlariga tegishli. Olimlarning koʻpchiligi bunday jismlar qush va hasharotlarning stillashtirilgan tasviri deb hisoblaydi, ba'zilar esa bu jismlar uchar moslamalarni bildiradi deydi. Shu bilan birga, oltin samolyotlarning masshtabli modellari rostdan ham aerodinamik xususiyatga ega ekan.

Rim dodekayderi, eramizning II-III

Olimlar hozirgacha bosh qotiradigan 12 qadimiy ixtiro

Shunga oʻxshash yuzlab narsalar turli mamlakatlar hududida topilgan: Italiya, Angliya, Fransiya, Germaniya, Vengriya va xatto Vetnamda. Gipotezalarga qarganda dodekayder shamdon boʻlib, oʻyin toshi, suv quvurlari uchun yoki qoʻlqop uchun bogʻlovchi boʻlib xizmat qilgan.

Nirmud linzasi, er. av. 750-710 yillar

Olimlar hozirgacha bosh qotiradigan 12 qadimiy ixtiro

1853 yil hozirgi zamonaviy Iroq hududida Nirmud shahrida togʻ xrustalidan boʻlgan linza topilgan. Linza uch baravar kattalashtira oladi, lupa sifatida ishlatilgan boʻlishi mumkin. Biroq baʼzi olimlar u teleskopning bir boʻlagi, yoki mebel bezagi boʻlgan deb hisoblaydi.

Bogʻdod batareyasi, er. av. 2500 yillar

Olimlar hozirgacha bosh qotiradigan 12 qadimiy ixtiro

Batareya ichida temir sterjenli misli silindir joylashgan idish. Elektrolit bilan toʻldirilgan idish oʻzida 2 voltga yaqin kuchlanish hosil qila oladi. Taxminlarga koʻra Vavilon aholisiga galvanizatsiya usuli maʼlum boʻlgan, u tilla qoplama uchun ishlatilgan. Biroq skeptiklar qarshilik bildirmoqda, ularning fikricha, bunday idishlar faqat xujjatlarni saqlash uchun ishlatilgan.

Fest diski, er.av. 2700-1400 yillar

Olimlar hozirgacha bosh qotiradigan 12 qadimiy ixtiro

1908 yil Krit orolinng qirgʻogʻida qadimiy Fest shahrining qazilma ishlarida terrakotali disk topilgan. Bu diskning kelib chiqishi va uning iyerogliflari hozirgacha nomaʼlumligicha qolmoqda, u yasalgan loy Kritda uchramaydi, yozuvlar esa mahalliy yozuvlarning birortasiga oʻxshamaydi.

Piramidalar qurilish texnologiyasi

Olimlar hozirgacha bosh qotiradigan 12 qadimiy ixtiro

Olimlar hozirgacha piramidalar qurilishi haqida biror aniq toʻxtamga kelgani yoʻq. Bu haqida turli taxminlar bor, ulardan biri tosh bloklar qurilish joyining oʻzida yasalgan. Biroq bu geologlarning taʼkidlariga qarshi, ularning aytishicha, bloklar qayta ishlangan, tabiiy xususiyatga ega.

Sabu diski, er.av. 3100-3000 yillar

Olimlar hozirgacha bosh qotiradigan 12 qadimiy ixtiro

Misrning Sakkara qishlogʻida Sabu qabrining qazilma ishlarida toshli disk topilgan. Bu diskning analoglari hozirga qadar topilmagan, shu sababdan u qanday yasalganligi va nima uchun ishlatilganligi nomaʼlum. U ovqat solishga, yortgichlikka va gʻildirak boʻlishga ham mos emas.

Antikiter mexanizmi, er.av. 100 yil

Olimlar hozirgacha bosh qotiradigan 12 qadimiy ixtiro

Bu moslama Antikiter shahri yaqinida choʻkib ketgan kemadan 1901 yilda topilgan. U yogʻoch korpusda 30 ta bronza tishli, oldi va yon qismida bronzali siferblatli strelkalari bor boʻlgan. Mexanizmni koʻpincha eshik kompyuteri deb atashadi, chunki uning yordamida osmon jismlari harakatini kuzatish va quyosh va oy tutilishlarini aniqlash mumkin edi.

Dehlidagi temir ustun, er. 415 yili

Olimlar hozirgacha bosh qotiradigan 12 qadimiy ixtiro

Dehlining ajoyib koʻrkamligidan biri 1600 yoshli ustun, shu yillar davomida umuman korroziyaga uchramagan. Ustun meteorit temiridan yasalgan degan fikr paydo boʻlgan edi, lekin u tasdiqlanmadi. Koʻrinishidan Qadimgi Hindistonliklar temirni qayta ishlashning maxsus usulini bilgan, ular temir ustida atmosfera tasʼiriga boʻy sunmaydigan oksid qoplama yarata olgan.

Egiluvchan shisha, er. 14-37 yillari

Olimlar hozirgacha bosh qotiradigan 12 qadimiy ixtiro

Qandaydir usta tushib ketsa ham sinmaydigan egiluvchan shisha yaratgam. Undan u kubok yasab, imperator Tiberiyaga tuxfa qilgan. Imperator sovgʻani boshqacha baholab, ajoyib material oltin va kumushni qadrsizlantirishi mumkin deb hisoblaydi, va shisha quyuvchini oʻlimga mahkum qiladi.

Chjan Xen seysmoskopi, er. 132 yili

Olimlar hozirgacha bosh qotiradigan 12 qadimiy ixtiro

Seysmoskop mashxur Xitoy ixtirochisi Chjan Xen tomonidan yaratilgan va u davr yozuvlariga qaraganda ishlab turgan. Yer qimirlashi yaqinlashganda ajdarxo ogʻzidan bronzali shar chiqib uning toʻgʻrisidagi qurbaqa ogʻziga tushgan. Yaxshilab qaraganda, asbob ajdarxolar boshini richag yordamida birlashtirib turgan mayatnik hisobidan ishlagan.

Nebradan disk, er.av. XVII asr

Ushbu quyosh, oy va yulduzlar tasviri tushirilgan disk 1999 yili Germaniyaning Nebra degan joyidan topilgan va koʻplab bahslarga sabab boʻlgan. Ushbu topilmani sal qolsa qalbaki deb oʻylashdi, biroq izlanishlar u haqiqiy ekanini tasdiqladi. Ushbu qurilma quyosh botish va chiqqish jarayonida burchaklarni oʻlchashga xizmat qilgan va astronomik oʻlchovlarga koʻmaklashgan.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar