Yaqindagi 30 yil ichida dunyoni oʻzgartiradigan, 20ta hayratlanarli kelajak texnologiyasi

Dunyo kundan-kunga takomillashib kelmoqda, qandaydir yangi qurilmalar kashf qilinmoqda, va bunday uskunalarsiz biz shunchalik oldinga oʻtib ketmagan boʻlar edik. Butun dunyo boʻylab olimlar, ishlab chiqaruvchilar va dizaynerlar bizning hayotimizni yengillashtirish va qiziqarliroq qilish uchun kurashmoqdalar.

Quyida hayotimizni umuman boshqa bosqichga koʻtaradigan, bir nechta kelajak texnologiyasini eʼtiboringizga havola etamiz.
1. Biomuzlatgichlar

Rossiyalik dizayner "Bio Robot Refrigerator" nomli konsepsiyasini taklif qildi, va bu muzlatgoch mahsulotlarni maxsus biopolimerlangan gel yordamida sovutadi. Unda javonlar, boʻlimlar va eshiklar yoʻq – siz mahsulotni shunchaki gel ichiga qoʻyasiz xolos. Bu fikr Yuriy Dmitriev tomonidan Electrolux Design Lab musobaqasida taklif qilingan. Muzlatgich nazorat paneli uchun energiyaning atigi 8 foizini ishlatadi va amaldagi sovishi uchun energiyaga muhtoj emas. Muzlatgichning biopolimer suyuqligi mahsulotlarni saqlash uchunsovuq haroratda ishlab chiqiladigan yorugʻlikni ishlatadi. Gelning oʻzi hidga ega emas va yopishqoq emas, muzlatgichning oʻzini esa devorda yoki potolokda oʻrnatish mumkin.
2. Quyosh panellarida ishlaydigan uchuvchisiz uchish kemalaridan haddan ortiq tez 5G Internet

Google kompaniyasi Project Skybender loyihasi boʻyicha ishlovchi, haddan tashqari tez Internetni tarqatuvchi, quyosh panellarida ishlovchi dronlar ustida ish olib bormoqda. Nazariyadagi uchuvchisiz uchish kemalari 4G ga qaraganda 40 barobar tezroq ishlaydigan Internet xizmatini ulab beradi, bir daqiqada gigabayt hajmdagi maʼlumotlarni oʻtkaza olish imkonini yaratadi. Loyiha xizmat ishlashi uchun millimetrli toʻlqinlardan foydalanishni koʻzlab qoʻygan, chunki mobil aloqani uzatadigan mavjud spektr allaqachon toʻlgan. Biroq, bu toʻlqinlar 4G ga qaraganda ancha qisqa taʼsir maydonida ega. Google kompaniyasi uchbu muammo ustida ishlamoqda, va agar barcha texnik nosozliklarni hal etib boʻlsa, yaqinda ishonilmas tezlikdagi Internet paydo boʻlishi mumkin.
3. Terrabayt hajmdagi maʼlumotlarni doimiy saqlash uchun 5D disklari

Olimlar milliardlab yillar saqlanadigan, 5ta kenglikda maʼlumotlarni yozib oladigan 5D diskni yaratishdi. U 360 terrabayt hajmdagi maʼlumotlarni saqlay oladi va 1000 gradusgacha haroratga chidamli. Diskdagi fayllar uchta nanonuqtalardan yasalgan. Diskning beshta kengligi nuqtalarning oʻlchami va orientatsiyasiga qaratilgan, va shuningdek, ularning uch kenglikdagi holatiga ham bogʻliq. Yorugʻlik disk oralab oʻtganida, nuqtalar mikroskop va polyarizator bilangina oʻqiy olinadigan, yorugʻlik polyarizatsiyasini oʻzgartiradi. Diskni ishlab chiquvchi Sautgemptondan bir guruh, ushbu diskga Inson huquqlari umumiy deklaratsiyasini, Nyuton Optikasini, Magna Xaritasini va Bibliyani yozib olishdi. Bir nech yillardan soʻng bu kabi disk tadqiqot emas, normal holga aylanadi.
4. Kislorod zarrachalarining inyeksiyasi

Bostondagi bolalar kasalxonasi olimlari nafas ololmagan taqdirda ham sizga yashash imkonini beradigan, qonga kiritilishi mumkin boʻlgan, kislorod bilan toʻlgan mikrozarrachalarni ishlab chiqishdi. Mikozarrachalar kichik bir kislorod pufagi oʻrab olgan bir qavat lipidlar kapsulasidan iborat. 2-4 mikrometr oʻlchamdagi kapsulalar suyuqlik ichida osiltirilgan boʻladi, va bu suyuqlik ularning oʻlchamini nazorat qiladi, chunki katta oʻlchamdagi pufaklar xavfli boʻlishi mumkin. Ichga kiritishda kapsulalar qizil qon hujayralari bilan toʻqnash kelib, ularga kislorodni yetkazishadi. Mana shu uslub orqali qon ichiga 70% kislorodni kiritishga erishildi.
5. Suvosti transport tunellari

Norvegiyada dunyodagi birinchi katta quvurlar yordamida suv ostida 30 metr chuqurlikda suzib yuruvchi, ikkita yoʻlak uchun ancha keng boʻlgan koʻprikni qurish rejalanmoqda. Harakatlaish boʻyicha mahalliy noqulaylikni hisobga olgan holda, Norvegiyada suvosti koʻpriklari qurish ustida ish olib borilmoqda. Allaqachon 25 milliard dollar sarflangan bu loyiha 2035 yilgan kelib tugatilishi kuzatilmoqda. Koʻprikka boʻladigan shamol, toʻlqinlar va kuchli suv toshqinlar taʼsirini eʼtibordan ortda qoldirmaslik lozim.
6. Biolyuminessent daraxtlar

Ishlab chiquvchilar guruhi baʼzi turdagi meduza svetlyachoklarda uchraydigan ferment yordamida biolyuminessent daraxtlarni yaratishga qarorqildi. Bunday daraxtlar koʻchalarni yoritishga yordam beradi va koʻchada shu payt yuruvchilarga yoʻllarni yaxshi koʻrishga imkon beradi. Qorongʻuda yoritiladigan oʻsimlik koʻrinishidagi kichik loyiha allaqachon ishlab chiqilgan. Keyingi qadam koʻchalarni yoritadigan daraxtlar boʻladi.
7. Rulondek oʻramga aylanadigan televizorlar

LG kompaniyasi qogʻoz oʻramiga oʻxshab oʻralib olinadigan televizor prototipini ishlab chiqdi. Televizor ekran qalinligini kichraytirish uchun polimer organika asosidagi svetosiodlar texnologiyasini ishlatadi. LG dan tashqari, elektronika ishlab chiqaruvchi boshqa kompaniyalar, Samsung, Sony va Mitsubishi ekranni yanada qayriluvchan va portative qilish ustida ish olib bormoqdalar.
8. Odamiy koʻrish qobiliyatidan ziyod koʻrish imkonini beruvchi bionik linza

Kanadalik shifokor 8-daqiqalik ogʻriqsiz operatsiya yordamida 100% lik koʻrishni 3 marotaba yaxshilaydigan “bionik koʻzlar” ustida klinik testlar olib boorish payida. Yangi linza allaqachon mavjud, va u koʻz xrustaligining faoliyatini yaxshilaydi. Operatsiya davomida fiziologik suyuqlik bilan birga shprits linzani koʻz ichiga kirgizadi, va 10soniyadan soʻng linza tekislanadi va haqiqiy xrustalik ustida joylashib oladi, va koʻrish qobiliyatini butunlay yaxshilaydi.
9. Sprey-kiyim

Ispan dizayneri Manel Torres dunyoda birinchi boʻlib sprey-kiyimni ixtiro qildi. Siz spreyni tananing xohlagan qismiga sepishingiz, keyin uni yechib, yuvib, yana qaytib kiyib yurishingiz mumkin. Sprey matoga elastiklik va uzoq umr beruvchi, polimerlar bilan aralashtirilgan maxsus birikmalardan tashkil topgan. Bu texnologiya dizaynerlarga original dizaynga ega, noyob kiyimlarni yaratishga imkon berishi mumkin.











Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



