Sayohat

Top-10: Dunyoning eng xavfsiz davlatlari

Top-10: Dunyoning eng xavfsiz davlatlari

Shu kabi muammolarga duch kelgan normal insonlar oʻz oilasi bilan uylarini tark etib, tinch va bexavotir oʻlkalarga ketib qolishni xohlashadi. Lekin hozirgi kunda dunyoning qaysi chekkasida tinch va osuda hayot kechirish mumkin? Bu juda yaxshi savol.

Har yili Londonning Legatum nodavlat instituti butun dunyoning hayot kechirish darajasi toʻgʻrisida reyting chop etadi. Unda demokratik ozodlik va yalpi ichki mahsulot, Yevropa davlatlari uchun esa ekspertlar jinoyat sodir etilishi darajasini ham qayd etib borishadi. Natijalar orqali biz dunyoga bosh tomondan qaray olamiz va qayerda oʻgʻrilik, zoʻravonlik yoki qotillik kam sodir boʻlishini bilib olishimiz mumkin. Yomon xabarlardan uzoqroqda boʻlishni xohlaysizmi? Unda Siz toʻgʻri manzildasiz.

Hammasi aniq va haqqoniy boʻlishi uchun oʻntalik ichiga siyosiy ahvoli tortishuvli boʻlgan davlatlar, bundan tashqari mitti davlatlar ham kiritilmadi.  Shunday boʻlganida Vatikan hamma punktlar boʻyicha birinchilikni olgan boʻlar edi. 

Топ-10: Самые безопасные страны в миреSkandinaviyaning shafqatsiz filmlaridagi qorongʻu va yomgʻirli sahnalarni unuting. Shvetsiya - Shimoliy Yevropaning liberal huquq va ozodlik hududi hamda dunyodagi eng xavfsiz mamlakatlaridan biri hisoblanadi. 2015-yilda bu davlatda 10 million aholi orasida 90 ta qotillik qayd etildi. Ehtimol bu son sizga koʻpdek tuyular, agar shunday boʻlsa, siz hali nisbat va masshtablarni hisoblay olmaysiz. Masalan, Amerikaning Detroit shahrida 700 ming aholi orasida ham xuddi shuncha qotillik qaydlari mavjud. 

Toʻgʻrisini aytganda, Shvetsiya jinoyatlardan holi emas. Turistlar tashrifining gullagan paytida bu yerda choʻntakfurush oʻgʻrilar koʻpayadi. Bundan tashqari zoʻrlash boʻyicha ham muammolar bor. Bu davlat Yevropada zoʻrlash boʻyicha oʻtkazilgan jinoyat va sudlar boʻyicha yetakchi oʻrinlarda turadi. Lekin bu boshqa davlatlar bilan solishtirmaguncha shunday koʻrinadi.

Masalan, AQShda boshliq oʻzining ishchisiga hafta davomida har kuni shilqimlik qilaversa, ishchi boshligʻini jinsiy tajovuzi uchun sudga berishi mumkin. Lekin Shvetsiyada shunday holat kuzatilsa,  u 52 nafar turli xildagi jinoiy jazolarni olgan boʻlar edi. Chunki 2005-yildan boshlab Shvetsiya qonunlari jinsiy zoʻrlash jinoyatini eng feministik harakat deb baholadi. Statistik maʼlumotlarga koʻra, hozirgi kunda shvetlarning 15 %i kuchqurun koʻchalarda yolgʻiz sayr qila oladi. 

Топ-10: Самые безопасные страны в мире

Yevropadagi katta boʻlmasa ham, piva va sosiskalarni sevuvchi bu davlat qachonlardir dunyoning buyuk imperiyalaridan biri boʻlgan. Gabsburglar sulolasi Yer yuzining katta qismini boshqargan, ularning qoʻl ostida turli xil davrlardagi Germaniya, Ispaniya, Meksika, Peru va Bosniya hududlari boʻlgan. Sulola hukmronligi Birinchi jahon urushi paytida qulagan, lekin uning poytaxti - Vena hali hamon dunyoning eng buyuk shaharlaridan biri boʻlib kelmoqda. 

Bundan tashqari bu mamlakat juda ham xavfsizdir. Bu yerda Shvetsiyaga qaraganda 1 million kam odam yashaydi, yiliga esa 40 nafar qotillik qayd etiladi. 38 ta davlatni oʻz ichiga oluvchi IHT (Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot Tashkiloti)ning bergan maʼlumotlariga koʻra, Avstriya dunyoning eng kam qotillik sodir etiluvchi davlatlari reytingida 6-oʻrinda turadi. 

Albatta, bu yerni ham 100 % xavfsiz deb ayta olmaymiz. 2015-yilda boshlangan migratsion inqiroz tufayli Avstriya odam savdosi uchun tranzit davlatga aylandi. Yoʻl boʻyidagi yuk mashinalariga tashlab ketilgan 70 ta migrantning jasadi bunga yorqin misol boʻla oladi. 2016-yilda mahalliy fuqarolar Ikkinchi jahon urushidan beri birinchi marotaba natsizm va fashizm gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlovchi oʻta oʻng partiya aʼzosini prezident etib tayinlashdi.

Bu barcha sanab oʻtilganlarga qaramasdan, Avstriya chiroyli va mehmondoʻst mamlakatdir. Bu yerda sizning biror muammoga duch kelishingiz dargumon. 

Топ-10: Самые безопасные страны в миреShvetsariyaning benihoya goʻzal tabiatidan soʻng koʻzga tashlanadigan birinchi narsa bu - qurollar bilan toʻlib yotganligidir. Shvetsariyaliklar Texasliklar kabi qurollarni yaxshi koʻrishadi. Ular bu qurollar - toʻpponcha, pichoqlarning oʻzini yaxshi koʻrishadi, ulardan foydalanishni emas. Shvetsariya aholi jon boshiga eng koʻp roʻyxatga olingan qurollari bilan  AQShdan keyingi oʻrinda turadi. Biroq AQShda har kungi oʻq otishmalari katta muammo boʻlib qolyapti, Shvetsariyada esa bu jinoyatning darajasi pastroq. 2014-yilda 8 million aholi orasida 41 ta qotillik jinoyati qayd etilgan.

Buni Shvetsariya juda boy mamlakat boʻlgani bois izohlash mumkin. Bu davlat aholi jon boshiga YIM boʻyicha 12-oʻrinda turadi. Shu bilan birga Shvetsariya dunyoning eng boy 14 ta davlati orasida aholisi 5 milliondan koʻp ikki davlatning biri sanaladi. Uning shaharlari kun sayin gullab yashnamoqda. Oltin bilan asfaltlangan yoʻllar haqida unuting. Shvetsariyaliklarning hamyonlari tom maʼnoda platina bilan qoplangan. 

Lekin bu boyliklarning barchasi oʻzining axloqiy narxiga ega. Ikkinchi jahon urushi davrida davlatning milliy banki oʻz hisobini natsist oltinlar bilan toʻldirgan. Yillar oʻtib, oʻz mustaqilligi va anonimligi bilan mashhur boʻlgan bank tizimi noqonuniy pullarni oʻzlashtirish bilan shugʻullanuvchi katta jinoyatchilarning aybini bekitishda ayblandi. Shvetsariya banki mijozlari orasida hattoki XX asrning eng mashhur jinoyatchilaridan boʻlgan, narkobaron va terrorist - Pablo Eskobar ham  qayd etilgan.

Топ-10: Самые безопасные страны в мире

Germaniya - Yevropaning eng koʻp aholiga ega davlatlaridan hisoblanadi, oʻz raqiblari boʻlgan Fransiya va Buyuk Britaniyani ham ortda qoldiradi (15 million odamga). Buning ustiga bu yerga Siriyadan va boshqa urush boʻlayotgan davlatlardan millionlab qochoqlar kelib joylashdi. Buning barchasiga qaramasdan, Berlin devori qulagan payti, 1990-yildan beri jinoyatning turli sohalarida koʻrsatkichlar pasaymoqda. Faqatgina doʻkonlarda sodir boʻlayotgan oʻgʻrilik darajasi yildan yilga oʻsib bormoqda. 

IHT davlatlari orasida Germaniya eng kam qotillik sodir etiluvchi davlatlar orasida 9-oʻrinni egallaydi.  Ha, bu Avstriyaga qaraganda ancha past natija. Lekin 80 million aholi orasida 2100 nafar qotillik qaydlari - bu juda kam, ayniqsa, AQShda 318 million aholi uchun yiliga 15 ming qotillik sodir boʻlishini hisobga olsak. 

Albatta bu yerda ham hayot unchalik ham bexavotir emas. 2016-yilda rojdestvo bozorlaridagi olomon ichiga yuk mashinasida bostirib kirgan terroristlar hujumi bunga misol boʻla oladi. Germaniyaning ham aksariyat gʻarb davlatlarini azobga soluvchi muammolari bor. 

Топ-10: Самые безопасные страны в мире

Bu yerda atigi 5 million aholi yashaydi. 2015-yilda qancha zamonaviy vikinglar oʻldirilganini bilasizmi? 21 nafar. Agar Norvegiya AQSh shtatlaridan biri boʻlganida, butun mamlakat boʻyicha qotillik sodir etish darajasi eng past va  jinoyatlar sodir etiluvchi reytingda 3-oʻrinni egallagan boʻlar edi. Faqatgina aholisi kam boʻlgan Vermont (626 000 odam) hamda Nyu-Gempshir (1 300 000 odam) oʻz aholisi orasidagi shunday durustligi bilan maqtana oladi. Hozirgi kunda Norvegiyada chet elliklar uchun eng koʻp xavf solayotgan jinoyat turi bu - oʻgʻrilikdir. Umuman, odam oʻldirish bu yerda qabul qilinmaydi. 

Lekin Norvegiyada ham hammasi "silliq" kechmaydi. Bundan 6 yil muqaddam butun dunyo uchun ayanchli holat yuz berdi. Oʻng-qanot terroristlaridan Anders Breivik Oslo markazida mashinani portlatib yubordi va qoʻshni oroldagi yosh kongress ishtirokchilaridan 77 nafar odamni otib yubordi. Sizning yana xuddi shunday Breivik bilan toʻqnashib qolishingiz dargumon, lekin Norvegiyaliklar, ayniqsa Oslo aholisi bu voqeadan hali hamon aziyat chekmoqda. 

Топ-10: Самые безопасные страны в мире

Daniyada shunchalik xavfsizki, hatto Norvegiyaliklar ham bu yerda oʻzlarini bexavotir his qilashadi. Daniya IHT davlatlari orasida eg kam qotillik sodir etiluvchi davlatlari orasida 5-oʻrinni egallaydi. Koʻcha jinoyatlarini eshitishning deyarli iloji yoʻq. Hattoki narkotik yetkazib beruvchilar tovarlarini Daniya orqali yuborayotganida kuch ishlatmaslikka harakat qilishadi va politsiyaga eʼtiborga tushib qolish sababini bermaydi. Kamida ularning hududida oʻzlarini shunday tutadilar.  

Shu bilan birga Daniya Al-Qoida terror guruhlari va IGIL radikal guruhlari tomonidan tanqid ostiga olinadi. Ular oʻz izdoshlarini aynan shu davlatga hujum qilishga chaqiradi. Biroq bu yerda hali keng koʻlamli terror hujumlari sodir boʻlmadi. Bu esa Daniya razvedka xizmatlarining kasbiy mahorati va ekstremizmga qarshi kurashuvchi boʻlimlarining  professionalligini dunyoga tanitdi. 

Daniyaga faqatgina xavfsiz va kam qotillik sodir boʻlgani uchungina emas, balki aynan shu yerdagi eng baxtli poytaxt hisoblanmish Kopengagenni tomosha qilish hamda haqiqiy hippi boshqaruvchi yagona avtonom respublikani baholash uchun borishingiz mumkin. 

Топ-10: Самые безопасные страны в мире

2017-yilning yanvar oyida Reykyavikda dam olishdan soʻng uyiga qaytayotgan qiz oʻgʻirlab ketilgan va oʻldirilgan. Bu kabi ayanchli holat boshqa davlatlarda yana yuzlab fojialarni keltirib chiqarishi mumkin edi, lekin bu Islandiyada butun mamlakat miqyosida motam tutilishga olib keldi. Vaxshiylarcha oʻldirilgan qizning sharafiga shagʻamlar yoqildi, oʻn minglab odamlar mamlakat koʻchalarida yurishdi, butun millat birlashdi. Bundan koʻrinib turibdiki, bu yerda odamlar bir-birlari uchun haqiqatdan ham gʻamxor ekan.

Islandiyada atigi 323 000 kishi yashaydi va bu Yevropaning eng kam aholili shimoliy qismi hisoblanadi. Koʻpincha uzoqlik va yakkalik turli jinoyatlarni sodir etishga undaydigandek tuyiladi. Lekin Islandiyada buning mutlaqo aksi. Politsiyachilar bu yerda oʻz ishlarini hech qanday qurolsiz ham olib borishadi, hattoki tanimagan darvoza zoʻravonliklarida ham. Mahalliy aholining kechqurunlari eshikni qulflamasliklari odatga aylangan. Agar yiliga bir yoki undan koʻp qotillik sodir boʻlsa, bu juda yomon yil hisoblanadi.  

Islandiyada odamlar juda rahimdil, hamma bir-birini taniydi, boshqalarning hayotiga befarq boʻlib turolmaydi. Balki shuning uchun ham yaqinda sodir boʻlgan qizning oʻlimi butun xalqni larzaga solgan. Islandiya faqat boy mamlakatgina emas, balki uning odamlari shunday hayot tarzini tanlaydi. 

Топ-10: Самые безопасные страны в мире

Va nihoyat, Yevropa davlati emas. Orol aholisi 127 ming kishi. Yaponiya oʻzining mehnatsevar madaniyati va xavfsizlik darajasi bilan mashhurdir. Hatto Yakuza guruh aʼzolari ham bu yerda quroldan foydalanmaydi. IHT davlatlari orasida Yaponiya xavfsizlik va jinoyat sodir etilish darajasi boʻyicha 3-oʻrinni egallaydi. 2015-yilda bu yerda 1 mingga yaqin qotillik sodir etilgan. AQSh bilan solishtirganda, u yerda Yaponiyaga qaraganda 3 marta koʻp aholi yashasa ham, lekin qotillik 15 marta koʻp sodir etilgan. Shuning uchun ham bu Osiyo orolidagi davlatni xavfsiz deb ayta olamiz. 

Bu yerda hammasi yaxshi boʻlib bormoqda. Ayniqsa 2015-yilda 1945-yildan buyon jinoyatning barcha turlari boʻyicha eng past koʻrsatkichlarni egalladi. Tokio -dunyodagi eng xavfsiz shahar hisoblanadi. Shu davlatdagi Osaka shahri esa bu reytingda uchinchi oʻrinda turadi. Yaponiya aholi soni boʻyicha ikkinchi oʻrinda, Xitoyning Delta Dur daryosi mintaqasidan keyin turadi. 

Lekin chemodanlarni joylab, bu yerga otlanishdan oldin, Tokioning eng xavfli shahar ekanligini ham hisobga oling. Bu qarama-qarshi va mantiqsiz tuyiladi. Lekin buning javobi shunday: " boshqa odamlardan xavfsiz yerda boʻlish - bu bir gap, lekin tabiat kuchlaridan xavfsiz boʻlish - bu umuman boshqa narsa. Yaponiya bu borada  juda aziyat chekdi. Bu yerda tez-tez zilzilalar sodir boʻlib turadi, keyin shaharga minglab odamlarni oʻldiruvchi sunami bostirib keladi. Afsuski, ona tabiat bu orolga juda qattiqqoʻl".

Топ-10: Самые безопасные страны в мире

Fransiya, Germaniya va Belgiya orasida qolib ketgan - Lyuksemburg Yevropaning eng kichik va boy davlatlaridan hisoblanadi. U shunchalik kichikki, hatto Gollandiya bilan solishtirganda ham ancha farqni koʻrish mumkin. Rodos oroli ham undan ancha katta. Lekin bu mitti davlatda Gollandiya va Rodosda yoʻq narsa bor. Lekin bu yerda gap Yevropaning arbitraj sudi, olovli Burgzondeg yoki Anri gersogi haqida emas. Eng muhimi bu davlat IHT mamlakatlari orasida eng kam jinoyat sodir etiladigan davlatlardan 1-oʻrinda va eng  kam qotillik sodir boʻladigan davlatlar orasida esa 2-oʻrinda turadi.  
Vaxshiy jinoyatlar bu yerda sodir etilmaydi. 2015-yilda Lyuksemburgda qurolli oʻgʻrilik holati roʻy berdi. Shundan beri bu kabi jinoyatlar qayd etilmadi. Aholisi 543 202 kishidan iborat boʻlsa ham jinoyatlarning bunday past koʻrsatkichi hayratga soladi.  Masalan Amerikaning 3 million aholisi boʻlgan Kanzas shahrida 2016-yil mobaynida 125 ta qotillik qayd etilgan. Lyuksemburgda esa qotillik sodir etilmaydi.

Buning sababi mamlakatda yuqori standartli hayot tarzi va qashshoqlik darajasining pastligi boʻlishi mumkin. Lyuksemburg aholi jon boshiga YIM boʻyicha 6-oʻrinda turadi va har doim hayot sifati yuqori boʻlgan reytinglardan joy oladi. Lyuksemburg Siriyaga IGIL bilan kurashish uchun oʻz askarlaridan maʼlum qismini yubordi. Bu uning tinchligini buzishi mumkin. Chunki radikal guruhlar bunday qadamni kechirmaydi...

Топ-10: Самые безопасные страны в мире

Va nihoyat top-10 reytingimizning gʻolibi - Singapur. Bu yer yuzidagi eng bexavotir joy. Uning maydoni unchalik ham katta emas, bu yerda 5,3 million odam yashaydi, Rodos oroli va uning 1 million aholisiga qaraganda 4 marta kam joy egallaydi. Aholining bunday zich joylashishi sizni jinoyatlarning koʻplab sodir boʻlishi, tez tajovuz qilishga olib boradigan agressiv holatlar haqidagi fikrga olib kelishi mumkin.

Lekin bu notoʻgʻri. 2011-yilda bu yerda 16 ta qotillik qayd etilgan. 2015 va 2016-yillarda zoʻravonlikdan tortib oʻgʻrilikkacha boʻlgan jinoyatning barcha turlari eng past koʻrsatkichlarni egalladi. Bu yerda oʻsib borayotgan yagona jinoyat turi - kiber jinoyatdir. Bu yoqimsiz, lekin Singapurda hich kimni oʻz qonida belanib yotish xavfi yoʻq.

Bundan tashqari Singapurda Yaponiyadagi kabi tabiat hodisalari yuz bermaydi. Bu yer toza va yashash uchun qulay. Hattoki, saqich chaynab koʻchani iflos qilish uchun ham katta miqdorda jarima belgilanadi.  Shunday boʻlsa-da, bu hamma xavfsizlik choralari oʻzining foydasini bermoqda. 

Singapurda boshqarish ishlarini hokimiyat olib boradi va u xavfsizlikni birinchi oʻringa qoʻyadi. Britaniyaning  the Economist Intelligence Unit nomli tadqiqot kompaniyasi Singapurning demokratik huquq va ozodlikka rioya qilish boʻyicha Kolumbiya, Serbiya, Vengriya, Braziliyadan keyin  75-oʻrinni egallashi belgilab qoʻyilgan. AQSh esa bu reytingda 20-oʻrinda turadi. Osiyoning bu kichik davlatida - xavfsizlik aniq oʻz qimmatiga ega. Bu shunga arziydimi, uni hal qilish faqat sizning qoʻlingizda. 

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar