Dunyoning turli xalqlarida salomlashish anʼanalari


Qoʻl berib koʻrishish – shu odamga boʻlgan moyilligingizni bildiradi hamda salomlashishning eng qadimiy usullaridan biri hisoblanadi. Avvaliga bu narsa tinchlik va doʻstlikni ifodalar edi. Hozirgi kunda esa qoʻl berib koʻrishish salomlashishni bildiradi. Biroq bu qoidaning ham istisnolari mavjud.
Hindistonda qoʻlni siqib koʻrishish – qadimgi odatlardan biri boʻlib, hikoh marosimining bir qismi hisoblangan. Qadimgi rimliklarda esa tantanali marosimning belgilaridan biri boʻlgan. Keyinchalik qoʻlni siqib qoʻyish oddiy salomlashish usuli boʻlib qoldi. Biroq baʼzi xalqlar bu narsani oʻziga xos uslubda bajarar ekanlar: masalan, masai qabilalari bir-birlarining qoʻllarini siqib qoʻyishdan avval oʻz kaftlariga tuflab olar ekanlar. Buni yoqimli deb boʻlmaydi, biroq anʼanaga rioya qilish shart.
Salomlashishning yana bir usullaridan biri – bosh kiyimni yechish. Uning tarixi ritsarlik davriga borib taqaladi, oʻshanda ritsarlar oʻz shlemlarini yechib, boshlarini yalangʻoch holga keltirib, uning himoyalanmagan ekanligini koʻrsatib, bu bilan yomon maqsadlari yoʻq ekanligini koʻrsatardilar. Bu ishora koʻpgina mamlakat va xalqlarga tarqalib, butun dunyda rasm boʻlib qolgan.

Agar birov sizga qarab tilini chiqarsa, siz bundan hafa boʻlishingiz yoki oʻsha odamning bunday qiligʻidan ajablanishingiz tabiiy. Bunday ishorani faqatgina yosh bolalar yoki hazil tariqasida yoru-doʻstlar, yaqin qarindoshlar koʻrsatishlari mumkin. Tibetda esa bunday ishora tamoman boshqa maʼnoni bildiradi: bu yerda tilni chiqarib, birovga koʻrsatish unga boʻlgan chuqur hurmatni bildiradi. Uning tarixi juda qadimga – qora tilli qirol Lang Darma davriga borib taqaladi. Bu qirolning oʻlimidan soʻng, yomon niyati yoʻqligini bildirish uchun Tibetning har bir aholisi tilini koʻrsatishdan qoʻrqmas edi.

Kongoda ham oʻziga xos salomlashish odobi bor. Avvaliga koʻrishayotganlar qoʻllarni bir-birlari tarafga choʻzib, soʻngra unga puflaydilar.

Deyarli barcha mamlakatlarda tuflash – yaqqol haqorat yoki norozilikni bildiradi. Keniyaning mahalliy aholisi esa bunday fikrga qoʻshilmaydilar. Bu mamlakatda roʻparangizdagi odamga nisbatan hurmatni bildirish uchun unga qarab tuflash kerak.

Koʻplab Yevropa mamlakatlarida yonoqdan oʻpish - bu samimiyat va yaqin insoningizga nisbatan boʻlgan iliq munosabatni ifoda etishning odatiy usuli. Frantsiyada, hatto uncha yaqin boʻlmagan odamlar ham uchrashganlarida, koʻpincha bir-birlarining yonoqlaridan oʻpishadi va xayrlashish chogʻida ular havo boʻsalarini yuboradilar yoki yuzlarini-yuzlariga tekkazib qoʻyadilar. Baʼzi mamlakatlarda hatto oʻpish soni ham muhimdir. Masalan, Italiya, Ispaniya va Belgiyada odamni ikkala yonoqlaridan oʻpish odatiy holdir, Ukraina, Rossiya va Oʻrta Osiyoda koʻpincha uch marta oʻpishadi, lekin Germaniyada oʻpishlarga umuman ahamiyat bermaslik kerak: bu mamlakatda haddan tashqari hissiyot va sevgi muhabbat uncha qabul qilinmaydi.

Filippinliklarda salomlashishning qadimiy anʼanasi saqlanib qolingan. Uchrashganda, yoshi yoki maqomi jihatdan kichikroq boʻlgan odam, boshqa odamning oʻng qoʻlini olib, peshonasiga tekkizishi kerak.

Afrikaning markaziy mintaqalarida odamlar bir-birlari bilan salomlashayotganlarida xushmuomalalik bilan taʼzim qilishadi va qoʻllari bilan qarsak chalishadi. Gʻarbiy Afrikada salomlashish qoʻllarning kaftlari bilan koʻkrakka doʻstona zarbalar urish bilan ifodalanadi.

Yaponiyada, Osiyoning boshqa koʻplab mamlakatlarida boʻlgani kabi, salomlashish muloyim taʼzim sifatida qabul qilinadi. Qoida boʻyicha siz qanchalik koʻp hurmat qilsangiz, shunchalik kam egilishingiz kerak. Yoshlar va maqomi pastroqlar esa kattalarga nisbatan taʼzim qilayotganlarida koʻproq egilishlari lozim.

Yangi Zelandiyaning baʼzi joylarida salomlashishning ajoyib anʼanasi saqlanib qolingan - salomlashayotganlar burunlarini burunlariga tekkizishlari kerak. Bunday oʻziga xos usul qadimgi zamonlarda paydo boʻlgan. Bunday teginish nafasni ikkiga boʻlish, deb ifodalangan. Shuningdek, Yangi Zelandiyada bunday marosim insonning ichki energiyasiga yaqinlashib, uning yaxshi yoki yomonligini aniqlashga imkon beradi, deb hisoblanar edi.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



