Qiziqarli

Qiziqarli faktlar: Tush haqida hayratlanarli faktlar

Qiziqarli faktlar: Tush haqida hayratlanarli faktlar

Tush – bu haqiqiy hayotga oʻxshamaydigan, boshqa hayotni yashab oʻtadigan bizning ikkinchi realligimizdir. Tushda biz parvoz qilishni, suv ostida nafas olishni, bosh aylantiradigan harakatlarni bajara olamiz… Ammo bu – hali hammasi emas.

Qiziqarli faktlar: Tush haqida hayratlanarli faktlar

Tush paytida sizning tanangizbilan sodir boʻladigan narsa, siz oʻylaganingizdan ham gʻaroyibdir! Bizningmazkur tushlar haqidagi maqolamizni diqqat bilan oʻqing, tushingiz maʼnosiniesa tush tabiri kitobidan bilib olishingiz mumkin.

Qiziqarli faktlar: Tush haqida hayratlanarli faktlar

Inson tushida oʻrgana oladi

Qiziqarli faktlar: Tush haqida hayratlanarli faktlar

Olimlar, “tez tush” vaqtida inson yangi bilimlarnioʻrganishi mumkinligini aniqladilar, va bu tush paytida bosh miyasi juda aktivishlar ekan. Bu bu bosqich qanchalik uzoq davom etsa, shunchalik koʻpmaʼlumotni tush davomida oʻrganib olishimiz mumkin.

Qiziqarli faktlar: Tush haqida hayratlanarli faktlar

Tushlar sizni baxtiyorroq qilishlari mumkin

Qiziqarli faktlar: Tush haqida hayratlanarli faktlar

Oʻz tushlarini nazorat qilib biluvchi odamlar, odatda buni qanday qila olishni bilmaydiganlar yoki umuman uni eslab qololmaydiganlardan koʻra baxtliroq hisoblanishadi. Kelajakdagi sodir boʻlishini xohlayotgan voqealar haqida uzoq vaqt bir xil tushni qaytib-qaytib koʻradiganlar esa, orzulari ushalishiga, orzusini tushida koʻrolmaydiganlardan koʻra, odatda koʻproq yetishadi. Buning hech qanday gʻayritabiiy joyi yoʻq: tushda boʻlsa ham, ijobiy tuygʻularni his qilganimizda, miya hujayralari aktivroq harakat qilishni boshlaydi. Bundan tashqari, yoqimli tushdan soʻng biz ancha tetik va yutuqqa erishishga moyil boʻlib uygʻonamiz.

Qiziqarli faktlar: Tush haqida hayratlanarli faktlar

Tushda siz yoʻqotilgan xotiralarni qayta tiklashingiz mumkin

Qiziqarli faktlar: Tush haqida hayratlanarli faktlar

Chuqur, tinch uyqu paytida tana va miya tinchlanadi, va avvallari bir necha qavat ostida qolib ketgan xotirlar yuzaga chiqadi. Shu uchun, agar sizga kerakli maʼlumotni qiynalib eslamoqchi boʻlsangiz, unda uxlang. Yaxshisi, yotoqda bir oʻzingiz boʻlsangiz, xonaga tashqaridan shovqinlar kirmaydigan boʻlsa, - unda sizning organizmingiz tezroq tinchlanadi, va kerakli xotiralar juda katta ehtimollik bilan xotirangizda tiklanadi.

Qiziqarli faktlar: Tush haqida hayratlanarli faktlar

Baʼzi insonlar haqiqatdan koʻra tushlarni xush koʻrishadi

Qiziqarli faktlar: Tush haqida hayratlanarli faktlar

Tushlarni nazorat qilishni oʻrganganlar va uning syujetini oʻz xohishlariga xos tuzadiganlar baʼzida tushlarga nosogʻlom bogʻliqlikni his qilishni boshlaydilar va real hayotga umuman qaytgilari kelmaydi. Bu – nosogʻlom qiziqishning yana bir turi, alkogolizm va oʻyin havaskorligi singari, - toʻgʻrisi, xudoga shukurki, bu juda kamdan-kam uchraydigan holat. Uning davolanishi bilan koʻproq psixoterapevt-mutaxassislar shugʻullanishadi.

Qiziqarli faktlar: Tush haqida hayratlanarli faktlar

Siz qoʻrqinchli tushni toʻxtatishingiz mumkin

Qiziqarli faktlar: Tush haqida hayratlanarli faktlar

Koʻpincha tungi qoʻrqinchli tushlar real hayotda boshdan kechiradigan yomon xotiralar yoki noxushliklar bilan bogʻliq. Ulardan qutulish uchun, birinchi navbatda, yomon tushlarni hayotga aynan nima keltirib chiqarganini tushunish, va bu muammoni hal qilish uchun biror bir qadamlarni qo'yish kerak boʻladi. Agar siz qoʻrqinchli tushlarni hech qanday sababsiz koʻrsangiz, balkim, tunga qarab haddan ziyod ovqatlanmaslik va uyqudan oldin, ujas filmlar u yoqda tursin, kuchli syujetli filmlar koʻrmaslik kerak.

Qiziqarli faktlar: Tush haqida hayratlanarli faktlar

Siz ongli tushlar koʻrish texnikasini oʻrganishingiz mumkin

Qiziqarli faktlar: Tush haqida hayratlanarli faktlar

Siz oʻz buyurtmangiz boʻyicha tush koʻrishga soʻzsiz kuchingiz yetadi. Bu uchunosonidan boshlang: endigina uygʻonganingizda, oʻz tushlaringiz syujet larini yoziboling, va ular ichida nima haqiqat bilan bogʻliq, nima esa butunlay fantaziya olamigategishliligini alohida belgilab qoʻying. Bu sizni nafaqat tushlarni eslab qolishingizga,balki ularni nazorat qilishga imkon beradi. Biroz vaqtdan soʻng, siz buyurtma qilgantushni koʻrishingiz mumkin, agar uyqu oldidan uning xohishiy syujetini yaxshilabtasavvur qilsangiz, albatta.

Qiziqarli faktlar: Tush haqida hayratlanarli faktlar

Tushlar sizning yaqin taqdiringiz haqida aytib berishi mumkin

Qiziqarli faktlar: Tush haqida hayratlanarli faktlar

Baʼzi odamlar, kelgusida aynan ularni nima kutishi haqida bashorat qiluvchi tushlarni koʻrganlar. Shunday qilib, prezident Avraam Linkoln tushida oʻz oʻlimini koʻrgan, Mark Tven esa kelajakdagi akasining oʻlimini oʻz tushida koʻrgan. Birvaqtning oʻzida bir necha kishi “Titanik” ning fojiasini, uning haqiqatda roʻyberishidan oldin, tushlarida koʻrishgan. Olimlar haligacha bu fenomenni tushuntiraolmayaptilar, ammo ularning eng ilmiy jihatdan fikrlovchilari ham bu faktniinkor etmaganlar. Shuning uchun, agar siz biror muhim hodisani tushingizdakoʻrgan boʻlsangiz, bunda bu tush sizga haddan tashqari haqiqiydek tuyulsa,unda uni fikrlash uchun yangi ozuqa deb qabul qilavering.

Qiziqarli faktlar: Tush haqida hayratlanarli faktlar
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar