Bizning tanamizda qanday jumboqlar yashiringan? Inson organizmi haqida hayratlanarli 15 ta fakt


Koʻzning muguz pardasi inson tanasidagi qon bilan taʼminlanmaydigan yagona qismidir. U kislorodni toʻgʻridan-toʻgʻri havodan oladi.

Homilaning barmoq izlari 3 oyligidan boshlab shakllana boshlaydi.

Inson suyaklari tugʻilganida 300 ta boʻladi, qariganida ularning soni 205 tani tashkil etadi.

Inson tanasi oʻzidan nur taratadi, biroq bizning koʻzlarimiz ularni koʻra olmaydi.

Inson miyasi kislorodsiz 5 dan 10 daqiqagacha yashashi mumkin.

Ekstremal ochlik sharoitida miya oʻzini oʻzi yeyishni boshlaydi.

Yurak ritmi siz tinglayotgan musiqa ritmi bilan moslashadi.

Inson tanasidagi juft organlardan bittasi ham tirik qolish uchun kifopya qiladi.

Inson ertalab boʻyi balandroq boʻladi. Kun davomida u pasaya boshlaydi.

Inson bir vaqtning oʻzida ham nafas olishi va ham yutinishi mumkin emas.

Inson organizmi oʻtni hazm qila olmaydi. Buning uchun bizga yana bir juft sigirnikiga oʻxshagan oshqozon kerak.

Qoʻlingizdagi kuchning 50%i jimjiloqda joylashgan ekan.

Agar kamera bilan solishtiradigan boʻlsak, bizning koʻzimiz 576 MegaPikselga teng.

Chaqaloqlar bir qadiqada ikki martagina koʻzlarini pirpiratadilar, kattalar esa bir daqiqada 10 marta pirpiratadilar.

Siz uygʻonishni boshlaganingizda miyangiz bitta lampochkani yoqishga yetadigan quvvat ishlab chiqara boshlaydi.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



