1962 yildagi Tanganikadagi kulgi epidemiyasi. Hamda u mutlaqo kulguli boʻlmagan

Xozirgacha olimlar bu gʻayrioddiy hodisaning sabablarini topishga harakat qilmoqdalar.


1962 yili 30 yanvarda Tanganikning Kashash qishlogʻidagi maktabda, dars vaqtida, uchta qiz sababsiz kulishni boshladilar. Oʻqituvchi, sinf xonasida tartibni tiklash uchun, kulayotgan oʻquvchilarni maktab xovlisiga chiqarib yubordi.

Xovlida qizlar sababsiz kulishda davom etishdi. Boshqa oʻquvchilar ularning aqldan ozdiruvchi harakatlarini kuzatib turdilar. Birnma ketin oʻquvchilar kulishni boshladilar. Biroq, ularning koʻzlari kulmayotgan edi. Bu kulgu laʼnatga oʻxshar edi. Oradan 50 yil oʻtgach, mahalliy musilmon rohibi amerikalik muhbirga bunday yoʻl bilan ajdodlar ruhi oʻz kuchini bildiradilar deb aytib bergan edi.
Kulgi tarqalib ketaverdi. Oxir oqibat 159 ta oʻquvchilardan 95 tasi kulgini yuqtirib oldilar. Kulish bilan bir qatorda qizlar yigʻlar edilar. Ularni kattalar tutishga harakat qilganlarida, ular qarshilik koʻrsatar edilar. Hukumat maktabni yopdi va epidemiyaga chalingan oʻquvchi qizlarlarni oʻz qishloqlaridagi uylariga joʻnatdi.
Kulgi esa, yanada keng tarqalaverdi: Nshaba qoʻshni qishlogʻi, Bukoba shahri va qoʻshni Ugandagacha yetib bordi. Bu fenomen haqida birinchi hisobotni P. X. Filipp, mahalliy medisina ishchisi, hamda Makere Universiteti Kollejining professori A.M. Renkinlar tomonidan yozilgan. Ularning fikriga koʻra epidemiya olti oy davom etgan. Boshqa manbaalarning taʼkidlashicha, u bir, ikki va undan ortiqroq davom etgan. Epidemiyani mingga yaqin odam yuqtirib olgan boʻlib, ularning arsariyatini yosh ayollar va qizlar tashkil qilgan.

Psixologiya professori Robert Provayn bu fenomenni oʻrganish bilan shugʻullangan. U va uning ishchilari 1000 dan ortiq "kulgi epizodlarini" yozib olganlar va ular bilan bogʻlik sharoitlarni oʻrganganlar. Provayn odamlar biror narsa zavqli boʻlgani uchun kulmaganliklarida ishonch hosil qildi. Ular kulguni olamga oʻziga xos xabar va birdamlik sifatida qoʻllaganlar. "Kulgu ijtimoiy boʻlgan edi", - deb xulosa qildi Provayn. Hamda, bu yuqumli boʻlgan edi. "Tananikadagi kulgi epidemiyasi - kulgi kuchining yuqumli kuchining dramatik misolidir", - deb oʻz ilmiy maqolasida yozadi Provayn.

Silviya Kardozo Kampinasning davlat universitetining etologi, ham odamlarda, ham hayvonlarda kulguni oʻrganadi. Oʻzining koʻpchilik hamkasblaridan farqli, u kasallikning sosiogen xarakterini qayd etadi. U epidemiyaning sababi boʻlib virus xizmat qilgan boʻlishi mumkin deb hisoblaydi. Intervyulardan birida u: " Menga faqat psixologik ommaviy reaksiya bu qadar uzoq ushlanib turishi va bu qadar keng tarqalishi ajablanarli boʻlib tuyuladi", deb aytgan.

Amrikalik nevrologlar Xanna va Antonio Damasiolar miyaning asosiy qismi shikastlanganda anomal kulgu yuzaga keladi deb taxmin qiladilar. Bu modelga asoslangan holda, ular 1962 yil epidemiyasi virusli infeksiya tufayli yuzaga kelgan deb hisoblaydilar. Ehtimol, miyaning asosiy qismida ensifolit boʻlsa kerak.

1962 yil epidemiyasi haqidagi haqiqat tarix soyasida qolgan. Xech kim kulgu portlashi markazida boʻlgan 3 ta qizlarning ismlarini yozib olmagan. Olimlar qaydlari har xil. Olim Piter Makgrou va jurnalist Djoel Uornerlar Tanzaniyaga, epidemiyaning guvohlarini qidirib uchib kelganlar. Ular tadqiqotlarini 2014 yil chiqqan "yumor kodeksi" kitobida yozganlar.

Uorner va Makgrou epidemiya boshlangan maktabga tashrif edilar. Ular mahalliy aholi bilan ularning xotiralari haqida soʻzlashdilar. Ular hattoki, jabrlanganlar qatorida boʻlganining ehtimoli katta boʻlgan ayolni ham topdilar. U ayol boʻlgan voqealar haqida gapirishdan bosh tortdi.

Oxir oqibat, Makgrou va Uorner adabiyotlar asosida xulosalar qildilar. Xususan, Kristian Xempelmanning tadqiqotlari asosida. Ommaviy prixogen kasallik (ularni psixologlar yana "ommaviy isteriya" deb ham ataydilar) mohiyatiga koʻra, oʻzlarini kuchsiz deb biladigan guruh odamlari uchun, uzoq vaqt davom etgan psixologik bosimning oʻsib borishiga nisbatan reaksiyasidir.
"Markaziy Afrikadagi maktablar ommaviy isteriyaga juda ham moyil. 2008 yil oxirida Tanzaniyaning maktabidagi bir nechta qizlar bosimga quyidagicha reaksiya bildirishgan: baʼzilari hushidan ketgan, boshqalar yigʻlab, dod faryod urgan yoki maktab boʻylab yugurib yirganlar", - deb tadqiqotchi Djon Uoller aytib beradi.
Anologik xulosalarga Tanganika kulgi epidemiyasini hujjatlashtirgan olimlar ham kelganlar. "Taxmin qilinishicha, bu - oʻziga juda yaqin qabul qiladigan aholining ommaviy isteriyasi, - deb 1963 yilda Renkin va Filipplar yozganlar - Ehtimol, bu kasallik madaniyat bilan belgilangan."
Ehtimol, bu voqea zavqli boʻlib tuyulishi mumkin, lekin haqiqatda bu hikoya umidsizlik, protestni izhor eta olmaslikning va tananing atrof muhitda hukumat, kuchning bosimiga qarshi arzining bir usulining yemiruvchi kuchi haqidadir.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



