Qiziqarli maʼlumotlar: Shaffof plyonkani roʻzgʻorda ishlatish gʻoyalari


Hatto eng kichik tirqish yoki yoriq joyidan muzdak sovuq havo kirishi mumkin. Plyonkani oʻlchami toʻgʻri keladigan qilib bir necha boʻlaklarga boʻling, ularni bir-birining ustiga qoʻyib, bitta qalin qavat hosil qiling, qayerdan sovuq havo kirayotgan boʻlsa, oʻsha joyga yopishtiring.

Agar siz devorlaringizni boʻyagan boʻlsangiz va ertasiga ham boʻyamoqchi boʻlsangiz, choʻtka va valikni yumshoq boʻlib turishi uchun plyonka bilan oʻrab qoʻying. Boʻyoq bankasini ham shunday qilib orasa boʻladi.

Muzlatgichning hamma qavatiga plyonka solib chiqing. Ularni tozalash vaqti kelganida, siz solingan plyonkani olib, boshqasiga almashtirib qoʻyaverasiz.

Biz hammamiz bilamizki sumka yoki ryukzakga butilkali narsa solsak va uni olmoqchi boʻlganimizda suyuqlik sumkaga toʻkilib ketgan boʻladi.
Buni oldini olsa boʻladi,buning uchun qopqoq ochib, unga plyonka oʻrab, keyin yopib qoʻyish kerak.
Pardoz anjomlarini va kosmetik vositalarni jomadonga joylashdan avval plyonka bilan oʻrab, keyin joylash kerak. Bu toʻkilib ketishini oldini oladi.

Agar siz haskash yoki belkurak bilan ishlamoqchi boʻlsangiz, qoʻlning himoyasi uchun plyonkani qoʻlingizga oʻrab olishingiz kerak, shunda qoʻlingizni qadoqdan saqlagan boʻlasiz.

Muzqaymoq yaxxonada muzlab qolmaslgi uchun uni plyonka bilan oʻrab qoʻying. Keyingi safar, uni muzlatgichdan olganingizda uning koʻrinishi yaxshi va kristallanmagan boʻladi.

Bananlar uzoq vaqt yangiday turib, foydali xususiyatini yoʻqotmasligini istasangiz, uning bandini shu plyonka bilan oʻrab qoʻying. Bunday bananlarni uzoq vaqt saqlash mumkin.

Nimadir sabab boʻlib, siz uyda oyoq kiyimda yurishga majbur boʻlib qolsangiz, plyonkani eshikka yaqin joyda saqlang. Kirgan boʻlsangiz, tezda oyoq kiyimingizni plyonka bilan oʻrab keyin yursa boʻladi.

Stakanga suyuqlik quying, plyonka bilan oʻrang va trubochka tiqing.

Gultastangiz uzoq vaqt bahri-dilingizni ochib turishini istaysizmi? Buning yoʻli oson. Guldastadagi gulning bandlari avval yengil mato, soʻngra plyonka bilan oʻrasangiz, gullar uzoq vaqt yangiday turishi mumkin.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



