Qiziqarli

Tashnalik haqida 5 ta kutilmagan maʼlumot: biz bu haqiqatni unutib qoʻydik

Tashnalik haqida 5 ta kutilmagan maʼlumot: biz bu haqiqatni unutib qoʻydik
Tashnalik haqida 5 ta kutilmagan maʼlumot: biz bu haqiqatni unutib qoʻydik

Chanqoqni qondirish uchun nima qilish kerak? Javobi oson: suv ichish kerak. Lekin bu har doim ham yordam bera olmaydi, chunki tashnalik insonda kasallikning belgisi boʻlishi mumkin. Birinchi navbatda asab va endokrin tizimidagi xastalikning belgisi boʻlishi mumkin. Shuning uchun, agar sizni chanqoqlik bezovta qilsa terapevtga murojaat qiling.

Tashnalik haqida 5 ta kutilmagan maʼlumot: biz bu haqiqatni unutib qoʻydik

Tuganmas chanqoqni yana bir sababi – notoʻgʻri ichimliklar. Kvas, shirin gazli suv, paketdagi sharbatlarning tarkibida juda koʻp shakar bor va bunday ichimliklar ichilgandan keyin insonni yana chanqov bosadi.

Tashnalik haqida 5 ta kutilmagan maʼlumot: biz bu haqiqatni unutib qoʻydik

Osiyo mamlakatlarida issiq kunda nima ichiladi? Mashhur choyxona haqidagi qoʻshiq esingizga tushdimi? Issiq, har qanday holatda ham, shirin boʻlmagan choy – issiqdan himoyalanishga yaxshidir. U ter chiqib ketishiga va organizmni sovutishga qodir. Ammo bunday ichimlikni quyosh nurlari tushib turganda ichish hammaning qoʻlidan kelavermaydi. Mana yozning jazirama issiq kunida muzdek ichimlik ichish zarar berishi mumkin. Bu yerda gap faqat isitma chiqishi haqida emas. Muzdek ichimlikning badan harorati kabi isishiga organizmning koʻproq quvvat sarflashiga toʻgʻri keladi.

Tashnalik haqida 5 ta kutilmagan maʼlumot: biz bu haqiqatni unutib qoʻydik

Hozirgi kunda qahvaning siydik haydovchi xususiyati hamda uning organizm hujayralarini suvsizlanishiga olib kelishi haqida koʻp gapirilmoqda. Olimlarning taʼkidlashlaricha esa qahvaning siydik haydash hususiyati suvnikidan kuchli emas, shuning uchun u suvsizlikni keltirib chiqara olmaydi. Agar bu gap rost boʻlganda, kasalxonalarda qahva isteʼmolidan jabr koʻrgan odamlar toʻlib ketar edi.

Tashnalik haqida 5 ta kutilmagan maʼlumot: biz bu haqiqatni unutib qoʻydik

Oddiy gazsiz suv – inson uchun eng yaxshi ichimlik va chanqoqni bosish vositasidir. Ammo shuni unutmaslik lozimki, intensiv jismoniy harakatlardan keyin birdaniga koʻp suv ichish mumkin emas. Chunki uning natijasida yurakda zoʻriqish yuz berishi mumkin.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar