Qiziqarli ixtiro: Belarusiyalik talaba cheksiz quvvatlantiruvchi qurilmani ixtiro qildi va butun jahon boʻyicha uni sotmoqda



Ikki yil avval Gomelli beloruss talabasi Mihail Vaga, noyob quvvatlantirish qurilmani ixtiro qildi, uning nomi HandEnergy. Oʻzingiz fahimlaganingizday, talaba tomonidan itxtiro qilingan ayyor gadjet, mobil qurilmalarni rozetkasiz quvvatlantirish imkoniyatini beradi. Innovatsion qurilma bilan AQSHdan Yaponiyagacha qiziqishdi.

Qurilma ishlab, quvvat berishi uchun, uni qoʻlda aylantirmoq kerak. Bunday oson harakatlar yordamida, HandEnergy odam muskullari energiyasini elektr tokiga aylantiradi. Shunday qilib, yangilik nafaqat quvvatlantirish moslamasi, balki yaxshi mashq qiladigan qurilma. Qurilma USB orqali ulanadi.

Gadjet ichida katta boʻlmagan metal rotor bor, u bir daqiqada 4 mingta aylanishni amalga oshiradi. Rotor ichida gʻaltakni aylanishi 5 volt kuchlanish va 1 amper tokni yaratishga imkon beradi. Buning barchasi mobil qurilmalarni quvvatlantirish uchun yetarli. Ichida shuningdek akselerometr, Bluetooth-uzatgich, USB va MicroUSB portlar, va buni barini ishga tushiradigan plata. HandEnergy ni ichida oʻzini akkumulyatori ham bor 1 ming mAs sigʻimida.
Loyihani hayotga kraudfanding kompaniyasi tadbiq qildi. Loyihani amalga oshirish uchun faqatgina 50 ming dollar kerak boʻlgan, ularni 2 haftada toʻplashgan. Hozirgi kunda 114 ming dollardan ortiq toʻplandi. Kraudfanding kompaniyasi ikkita maydonchada hozir ham davom etmoqda.

Hozirgi kunda gadjet nafaqat tayyor va sinalgan, balki maydaseriyali ishlab chiqarilishga yoʻlga qoʻyilgan. Quvvatlash modulni birinchi sotib oluvchilar shu oyda olishadi. Shuni ham esda tutish kerakki, qurilma yaxshi shugʻillantiruvchi moslama ham! Datchiklar toʻplami yordamida HandEnergy foydalanuvchilarga “sport” statistikasini olib borish va uni boshqa sohiblari natijalari bilan solishtirmoq imkonini beradi. Gadjet 80 amerikalik dollar turadi.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



