Qiziqarli dunyo: Davlat rahbarlarining hashamatli samolyotlari

Biz sizning eʼtiboringizga soʻnggi texnologiyalar bilan jihozlangan, ovqatxona, SPA salon va xonalariga eng hashamatli mehmonxonalar ham, qirol saroylari ham tenglasha olmaydigan eng qimmat, dabdabali samolyotlar roʻyxatini havola etamiz. Marxamat, tanishing.

Samolyotning narxi – 37 million dollar, ilk paydo boʻlishi bilanoq butun dunyoda qiziqishga sababchi boʻldi. Bu haddan tashqari qimmat samolyot ekanligini qancha taʼkidlamasinlar, Gana prezidenti bu uchoqni sotib olishga qatʼiy qaror qildi. Falcon 900 Ex – Falcon 7X seriyasidagi ikki samolyotlardan biridir. U uzoq masofalarga uchish uchun moʻljallangan boʻlib, 8 000 km masofaga yetadigan yoqilgʻini sigʻdira oladigan bakka ega.Shuningdek samolyot TFE731-60 li dvigatel hamda eng soʻnngi elektronika bilan jihozlangan. Samolyotning tezligi 950 km/soatiga boʻlgani bilan 1040 km/soatiga ham yetishi mumkin.

Rossiya prezidenti bahosi 50 million dollarga ega boʻlgan IL-96-300 samolyotida dunyo kezadi. Bu samolyot toʻrtta PS-90 turbodvigatel bilan jihozlangan boʻlib, SSSRdagi ilk keng fyuzelyajli samolyot hisoblanadi. Sifatli navigatsiya va yoldoshli tizim parvozning xavfsiz boʻlishini taʼminlaydi. Samolyot bortiga 262 nafar yoʻlovchi sigʻishi mumkin. 2015 yilda Rossiya mudofaa Vazirligi ushbu uchoqning yangi versiyasiga buyurtma berdi. U 3500 m masofaga toʻldirilgan bak bilan uchib oʻta oladi va dunyoda birgina nusxada ishlab chiqarilgan.

Airbus A319 samolyoti yaqindagina Dubaydagi koʻrgazmada namoyish etilgan edi. Uning narxi 81 million dollarga teng boʻlib, oʻzi Braziliya prezidenti Dilma Rusefga tegishlidir. Bu samolyot bortiga chiqqan yoʻlovchi shinam va dabdabaga tushib qoladi. Ularning ixtiyorlarida viqorli kreslolar, yoqimli yorugʻlik va birgina chiqish eshigi havola etiladi. Bu past darajadagi tutun chiqaradigan juda tejamli samolyot hisoblanadi, uning bortiga 160 nafar yoʻlovchi sigʻadi. Parvoz masofasi 3750 km ni tashkil etadi.

Tayvan prezidentiga tegishli boʻlgan ushbu Boing 737 samolyotining narxi 90 million dollarga teng. Bu samolyot parvoz sifatini yaxshilovchi yangi qanotlar, qoʻnish tizimi va boshqa yangi texnikalar bilan jihozlangan. Yangi Boing 737 samolyoti avvalgi modellarga qaraganda tezroq va balandroq uchadi, yoqilgʻini esa 22% kamroq sarflaydi. Samolyot yuqori aerodinamik xususiyatga ega, shuningdek past darajadagi shovqin va svetodiod yoritish tizimi va qulay parvoz uchun zarur boʻlgan hamma kerakli narsalar bilan jihozlangan hashamatli salonga egadir.

Italiya prezidenti Jorjo Napolitanoga tegishli boʻlgan ushbu samolyotning narxi 90 million dollarga teng. Bu samolyot yuk va yoʻlovchilarni katta qulayliklar bilan tashish uchun moʻljallangan. Samolyot CFM56s aviadvigateli bilan jihozlangan boʻlib, har qanday uchuvchining orzusi hisoblanadi. U boshqaruv va nazorat tizimining olti ekrani, boshqaruv yon dastagi hamda elektr orqali masofadan turib boshqarish tizimi bilan jihozlangan. Bu samolyotdagi barcha narsalar yoʻlovchilarning xavfsizligi uchun yaratilgan. Baʼzan uni parvozga tayyorlash uchun yarim yillab vaqt ketadi.

Kengfyuzelajli Airbus A340-200 rusumli samolyotning narxi 166 million dollar boʻlib, u toʻrtta turboventilyator dvigatel bilan jihozlangan. Samolyot shuningdek, shishali uchuvchi kabinasi, svetodiod yoritish tizimi va bortdagi koʻngilochar markazga egadir.

AQSHning prezidentiga tegishli uchoqni “Qiyomat kunining samolyoti” deb atashadi. Bunday samolyotlar bor yoʻgʻi toʻrt dona boʻlib, har birining narxi 220 million dollarga teng. Bu samolyotning xususiyatlari sir tutilmoqda. Lekin shunisi maʼlumki, uchoq yadroviy urush, asteroid bilan toʻqnashuv va terroristik hujumlarga bemalol bardosh bera oladi.

Tejamkor va mobil samolyot sifatida reklama qilingan Frantsiya prezidentining samolyoti 240 million dollarga teng. Airbus A330-200 rusumli bu samolyot yaqin va uzoq masofalarga moʻljallangan. Uning bortiga 247 ta yoʻlovchi siʼgadi, shuning uchun samolyot saloni muzokaralar hamda mamlakat rahbarlarining yigʻilishini bemalol oʻtkazish uchun barcha kerakli narsalar bilan jihozlangan. Uchoq shuningdek, svetodiodlar bilan yoritilgan, super qulay kreslolar va ekipaj uchun yotoqlar bilan ham jihozlangan.

Tunisning sobiq prezidenti bahosi 238 million dollarlik samoyoti bilan qoniqganmi-yoʻqmi nomaʼlum, biroq uning isteʼfoga chiqishi bilanoq mamlakat hukumati samolyotni sotishga qaror qildi. Baland narxi va yuqori texnik xususiyatlariga qaramay samolyotdan kamdan-kam holda foydalanilgan. Uning bortiga 250 ta yoʻlovchi joylashishi mumkin. Samolyot 15-16 ming km masofani bosib oʻtishga moʻljallangan, tezligi 890km/soatiga. Uchoq 13 000 metr balandlikda ham bemalol parvoz qila oladi.

Germaniyaning prezidentiga qarashli boʻlgan Airbus340-313 rusumli samolyotning narxi 238 million boʻlib, u barcha texnik va estetik talablarga javob beradi. Bu samolyot davlat rahbarlariga xizmat qilishdan tashqari samolyot xayriya reyslarida ham ishtirok etgan, masalan 2011 yilda livanlik qochoqlarni evakiatsiya qilishda qatnashgan. Samolyot 15-16 ming km masofani bosib oʻta oladi va bortiga 143 nafar yoʻlovchini sigʻdira oladi. Uchoq ichida VIP shaxslar saloni hamda yotoq joylari mavjud.

Bangladesh davlatining hashamat va dabdaba bilan bogʻliqlik tomoni yoʻq, biroq gap bahosi 260 million dollarlik Boeing 777-300ER rusumli samolyoti haqida ketganda, bunga shubha tugʻiladi. Bu samolyot mamlakatda 2011 yilda keltirilgan. General Electrik dvigatellari bilan jihozlangan uchoq birinchi va ikkinchi klass saloniga ega. Bort uzoq masofalarni yengib oʻta oladi, nisbatan yengil vazni tufayli esa yonilgʻini 22 %ga tejaydi. Ushbu samolyot Bangladeshdan Evropaga toʻgʻridan-toʻgʻri bir joyda qoʻnmasdan parvozni amalga oshira oladi.

Iordaniya rahbariga tegishli boʻlgan samolyotning narxi 275 million dollarga teng. Bu uchoq yoqilgʻi jihatidan tejamkordir, soʻnngi texnologiyalar bilan jihozlangan, unda siyosiy rahbarning qulayligi hamda xavfsizligi uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. Ushbu samolyot eng qimmat hisoblanmasada, lekin eng xavfsizlaridan biridir. Rolls-Royse kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan dvigatelillari nisbatan yengil boʻlishiga qaramasdan quvvati kuchli, shuning uchun samolyot 12 ming masofani bemalol uchib oʻta oladi.

Yaponiyaning anʼanaviy madaniyati tabiiylik va oddiylikka asoslangan. Biroq bahosi 300 million dollarga teng boʻlgan Boeing 747-400 bu qoidaga kirmaydi. U har taraflama taassurot uygʻotadi. Birinchidan, samolyot dam olmasdan 12300 km masofani uchib oʻta oladi, tezligi 916km/soatiga. Ikkinchidan u birinchidarajali aerodinamik xususiyatlarga ega. Uchoq birvarakayiga ikikita ekipaj bilan boshqariladi.

Yaman prezidenti bahosi 300 million dollarga teng boʻlgan Boeing747Sp samolyotida parvoz qiladi. Afsuski, 2015 yilda aeroport hududida samolyot jiddiy zararlangan, shuning uchun president chet davlatlarga tashrifi chogʻida boshqa rusumdagi uchoqlardan foydalanadi. Hozirgi paytda Yamanda fuqarolar urushi ketmoqda. Mamlakatdagi 45 ta samolyotdan 15 taginasi qoldi va hukumat ularni bor kuchlari bilan saqlab qolishga harakat qilmoqda.

Bu samoyotning narxi 325 million dollar boʻlib, mamlakat prezidenti undan rasmiy tashriflar paytida foydalanadi. Boeing 747-200B rusumi Boeing 747-100 ning avlodidir. U nisbatan ogʻirroq va kuchliroqdir. Ushbu uchoq 12 000 km masofani uchib oʻta oladi, uning toʻrt dvigateli esa tezlikni 968km/soatigacha oshira oladi. Samoyot nafaqat texnik xususiyatlari, balki ichidagi hashamati bilan ahamiyatlidir.

Air Force One samolyoti ham AQSH prezidentining yana bir samolyotidir. Bu “Qiyomat kunining uchogʻi” samolyotiga oʻxshash boʻlgani bilan unda biroz farq qiladi va baʼzi maʼlumotlari maʼlum. Uning narxi – 325 million dollar. Uning bortida Barak Obama koʻplab uchrashuvlar va majlislar oʻtkazgan. Bu shunga loyiq: axir samolyot interʼyeri hashamatli, bortida ish va dam olish uchun barcha imkoniyatlar mavjud hamda soʻnngi texnologiyalar bilan jihozlangan. Samolyot 1300 km masofaga qoʻnmasdan ucha oladi va bortiga yuzdan ortiq yoʻlovchilarni sigʻdira oladi.

Zimbabve prezidenti Mugabe ushbu 400 million dollarlik samolyotga ega boʻlganida koʻplab tanqidlarga uchragan. Uchoqning qoʻnishi va parvozidan oldin politsiya va xavfsizlik Xizmati uchish maydonchasini hamisha tozalab yirishlariga toʻgʻri keladi. Chunki bu samolyotni tomosha qilish uchun birtalay odam yigʻiladi. Ha, u haqiqatdan ham juda chiroyli: bortning yon tomondagi chiziqlar mamlakatning milliy bayrogʻining belgisidir.

500 million dollarlik bu samolyot Saudiya Arabistoni shahzodasi tomonidan xarid qilingan.U koʻproq besh yulduzli uchib yuruvchi mehmonxonaga oʻxshaydi. Uning bortiga 800 ta yoʻlovchini sigʻdirish mumkin. Undan tashqari shahzodaning bunday uchoqlardan yana uchtasi bor. Samolyot bortida hashamatli va dabdabali hayot uchun hamma sharoitlar muhayyo: sauna, SPA salon, 20 kishiga moʻljallanga restoran. Bundan tashqari “Sehrli gilam” nomli xona ham bor boʻlib, u oʻzining chiroyi va hashamati bilan hammani lol qoldiradi.

Bahosi 520 millionli samolyot qirol Abdullaga tegishlidir. Boeing 747 rusumli bu samolyot har taraflama bekamu koʻstdir. Uning bortida hattoki haqiqiy fontan ham bor. Samolyot interyerini bezash uchun naq 150 million dollar sarf qilingan. Ushbu hashamatli uchoqqa berilgan “Uchuvchi qasr” nomi haqiqatga juda yaqin.

Dreamliner nomli ushbu samolyotning narxi 600 million dollar. Bu haqiqiy orzudir! Bu – dunyodagi eng qimmat bortdir. Narxini eshitib hayron qolgan boʻlsangiz, uning texnik xususiyatlarini, interyer va eksteryerinini koʻrib lol qolasiz.Tashqi koʻrinishidan samolyot osmonga koʻtarilgan bahaybat ilonga oʻxshaydi. U 1609 km/soatiga boʻlgan tezlikka ega.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



