Qiziqarli maʼlumotlar: Taniqli kosmetik brendlar nomining kelib chiqishi

Koʻpchilik odamlar kosmetik markalarning nomlarini bilishadi va yoʻl-yoʻlakay kamida oʻntasini aytib berishimiz mumkin. Ammo kamdan-kam insonlar ularning nomlari qayerdan kelib chiqqani haqida bilishadi. Aynan shu haqida bugun gapiramiz.
Lancaster

1. Lancaster - bu kosmetik kompaniya ikkinchi jahon urushidan soʻng fransuz tijoratchisi Jorj Vurts va italiyalik dorixonachi Ejen Frezzati tomonidan yaratilgan. Ular bu markani britaniyalik qirollik BBC si Fransiyani fashistlardan qutqargan Lancaster ogʻir bombardimonchilar nomiga atashgan.
Avon

2. AVON - tarixda yozilishicha, kompaniyaning hozirgi tashkilotchisi Deyvid MakKonnell Vilyam Shekspirning ona shahri Stredford-Eyvonda (Stratford on Avon) da boʻlgan. Angliyaga tashrif buyurganidan soʻng “Suffern” laboratoriyasi atrofidagi hudud Deyvidga Shekspir ona shahriga oʻxshash qishloq landshaftiga oʻxshatdi. Shahar joylashgan hududgagi daryo nomi esa, sal vaqt oʻtgach kompaniya nomiga aylandi. Avon – soʻzining klib chiqichi keltlik va uning maʼnosi – toʻkilayotgan suv.
Bourjois

3. Bourjois - kompaniya 1863 yilda Aleksandr Napoleon Burjua tomonidan tashkil qilingan.
Nivea

4. NIVEA – shunday nomni kompaniyaning birinchi kremi olgan, va u lotin tilidan “nivius”, yaʼni “oppoq” soʻzini bildiradi.
Lancome

5. Lancome (Lankom) - yaratuvchisi Arman Ptijan oʻz markasi uchun xohlagan tilda osongina aytilishi mumkin boʻlgan soʻzni qidirgan va shu tariqa Markaziy Fransiyadagi Lancosme qasri nomiga oʻxshatib, Lancome nomini bergan.
Faberlic

6. Faberlic kompaniyasi faoliyatini deyarli 1997 yildan boshlab kelgan, ammo aniqrogʻi – 2001 yilning kuzidan. 1997 yildan 2001 yilgacha u “Russkaya Liniya” deb atalgan. “Russkaya Liniya” tashkilotini ikkita yosh yigit yaratgan: Aleksandr Davankov va Aleksandr Nechayev. Faberlic – “Faber” lotin soʻzi, “master”, “metr”, “maestro” degan soʻzlarni bildiradi. “Lik” – slavyan tilida “yuz”, “tasvir” degan soʻzlarni bildiradi.
L'Oreal

7. 1907 yilda muhandis-kimyochi Yudjin Shiller soch uchun umuman zarari boʻlmagan boʻyoqni yaratdi va uni L'Aureale (“Oreol”) den nomladi. 1909 yilda kompaniy L'Oreal nomiga ega bo'ldi.
Revlon

8. Revlon - 1932 yilda Charlz Revson, uning akasi Djozef va kimyochi Charlz Laxman tomonidan yaratilgan, va Laxman nomiga atamadagi L harfi mavjud.
Garnier

9. Garnier - 1904 yilda kompaniya asoschisi Alfred Garnye birinchi boʻlib soch uchun tonik yaratgan.































Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



