Qiziqarli

Boshqa maqsadlarda oʻylab topilgan va oʻz vazifasini oʻzgartirgan 15 buyum

Boshqa maqsadlarda oʻylab topilgan va oʻz vazifasini oʻzgartirgan 15 buyum

AQSHdagi fuqarolar urushi veterani, farmasevt Jon Pemberton kola yongʻogʻi va koka barglaridan nastoyka tayyorladi. U mazkur vosita yordamida harbiylardagi asab tizimi buzilishlarini davolash, yaralangan paytda qoʻllash mumkinligi aytdi. Keyinroq esa alkogolsiz ichimliklar chiqardi va oʻz aksiyalarini sotib yubordi. Ixtironing yangi sohiblari esa tozalangan holatdagi “Koka-Kola” sotuvini yoʻlga qoʻydilar.

Boshqa maqsadlarda oʻylab topilgan va oʻz vazifasini oʻzgartirgan 15 buyum

Oʻtgan asrning 20-yillariga qadar qora koʻylak ayollar va erkaklar tomonidan motam ramzi sifatida, koʻp hollarda 2 yil davomida kiyib yurilgan. Ammo 1926 yili Koko Shanel tomonidan mashhur “Shanel Fordi” yaratilgach, koʻylak kino aktrisalarining eʼtiboriga tushdi. Shunday qilib libos butun dunyoda mashhur boʻlib ketdi.

Boshqa maqsadlarda oʻylab topilgan va oʻz vazifasini oʻzgartirgan 15 buyum

Rok guruh barabanchisi sifatida faoliyat olib borgan Daysuke Inoue kafedagi chiqishlari orasidagi tanaffuslar qilib, kuylash istagida boʻlgan insonlar uchun musiqa chalib berib turar edi. Kunlardan bir kuni ishga kelolmay qoldi, hamkasblari esa uning musiqalari yozilgan kassetani yigʻilganlarga qoʻyib berishdi. 1971 yilda esa matnsiz musiqalar ishlab chiqarila boshlandi. Muxlislar koʻngil yozish uchun kuylagan paytlari musiqachilar biroz dam olish imkoniyatiga ega boʻlardilar.

Boshqa maqsadlarda oʻylab topilgan va oʻz vazifasini oʻzgartirgan 15 buyum

Avvaliga plastilin qogʻoz oboylarni va uy kaminlari oldida yigʻilib qoladigan qorakuyalarni tozalash uchun chiqarilgan. Ammo ixtirochining qarindoshlaridan biri, bogʻcha tarbiyachisi va yana boshqa bir yaqini uning ajoyib buyum ekanligini anglab yetgan holda plastilinni bolalarga berishdi. Keyinchalik plastilin tarkibidagi boʻyoqlar va tozalovchi moddalar olib tashlandi.

Boshqa maqsadlarda oʻylab topilgan va oʻz vazifasini oʻzgartirgan 15 buyum

1817 yili Vilyam Kyubitt zamonaviy yugurish yoʻlakchalarini yodga soluvchi ixtiro yaratgan va uning yordamida turmadagi mahkumlar teshirmonda don tozalashgan. Ular qoʻllariga tayyoq ushlab olgancha, oyoqlarini muntazam ravishda koʻtarib-tushirishga majbur edilar.

Boshqa maqsadlarda oʻylab topilgan va oʻz vazifasini oʻzgartirgan 15 buyum

Spenser Silver kuchli yopishtiruvchi xususiyatga ega modda yaratmoqchi boʻlganda yelim ixtirochi kutilgan darajada kuchli boʻlib chiqmadi, ammo buyumlarni osongina yopishtirish imkonini taqdim etdi. Shunda uning hamkasbi Artur Fray yelimdan hamisha tushib ketaveradigan duo qogʻozlari uchun foydalanib koʻrdi. Oradan vaqt oʻtib esa doʻkonlarda bugungi kunda butun dunyo ahli tomonidan qoʻllaniluvchi qaydlar qogʻozi paydo boʻldi.

Boshqa maqsadlarda oʻylab topilgan va oʻz vazifasini oʻzgartirgan 15 buyum

Qadimgi Misrda baland poshnali poyabzallar diniy marosimlar chogʻida kiyish uchun moʻljallangan va kishilarning obroʻsidan darak berib turgan.

Bunday oyoq kiyimlarni ayollar bilan bir qatorda erkaklar ham kiyishgan. Ayrim joylarda baland poshna qassoblar poyabzali sanalgan boʻlsa, fors chavandozlari uni otishmalar chogʻidagi barqarorlikni taʼminlab berishi uchun kiyib yurishgan. Oʻrta asrlarda baland poshnalar aristokratlar orasida tarqalgan, vaqt oʻtgach esa yanada ommalashgan. XX asrga kelib mashhur shpilka poshnasi ixtiro qilingan.

Boshqa maqsadlarda oʻylab topilgan va oʻz vazifasini oʻzgartirgan 15 buyum

Siz yaxshi biladigan pufakli plyonka 1957 yili injenerlar Alfred Filding va Mark Javannlar tomonidan uch oʻlchovli plastik oboy koʻrinishida yaratilgan. Ammo ixtiro muvaffaqiyatsizlikka duch kelgach, Bubble Wrap tomonidan turli maqsadlarga foydalanish uchun patentlab olingan.

Boshqa maqsadlarda oʻylab topilgan va oʻz vazifasini oʻzgartirgan 15 buyum

Qadimgi Mesopotamiyada bosh ostiga qoʻyiladigan qattiq buyumlar insonni hasharotlar, suvdan himoya qilish bilan birga soch turmagini saqlash vazifasini bajargan. Qadimgi Xitoyda esa yumshoq yostiqlar foyda keltirmaydi degan tushuncha mavjud boʻlgan va bambuk, nefrit, sopol, bronzadan tayyorlangan yostiqlar insonga kuch berib, iblislarni haydaydi degan fikr asosida ommalashgan.

Boshqa maqsadlarda oʻylab topilgan va oʻz vazifasini oʻzgartirgan 15 buyum

XIX asr oʻrtalarida neft sanoati xodimlari nasos trubalarida yigʻilib qoladigan mumsimon modda bilan kurashar edilar. Ingliz kimyogari Robert Chezbro ushbu moddani tekshirish uchun olib, tadqiqotlar oʻtkazgan va uning bir qator foydali xususiyatlarini aniqlagan. Uning foydalanish doirasi shunchalar kengki, vazelindan jarohatlarni davolashdan tortib, gilam tozalashgacha boʻlgan yumushlarda foydalanishadi.

Boshqa maqsadlarda oʻylab topilgan va oʻz vazifasini oʻzgartirgan 15 buyum

“Kamalak” prujinasi aslida bolalar uchun ixtiro qilinmagan. Injener Richard Jeyms buyumlarning dovullar paytidagi vibratsiyasiga doir tekshirishlar ustida ishlayotgan payti tasodifan bir prujinani yerga tushirib yuboradi va u pol ustida quvnoq koʻrinishda sakray boshlaydi. Tez orada esa oʻyinchoq doʻkonlarida James Spring & Wire Company tomonidan ishlab chiqarilgan “Kamalak” prujinalari paydo boʻladi. Aniqlanishicha, bugungi qadar bu turdagi oʻyinchoqlarning 300 mln donasi sotilgan.

Boshqa maqsadlarda oʻylab topilgan va oʻz vazifasini oʻzgartirgan 15 buyum

1904 yilda Tomas Sallivan Nyu-Yorkda choyni yanada samaraliqroq koʻrinish – kichik paketchalarga solgan holda sotishga kirishdi. Haridorlar esa buni yangilik deb qabul qildilar va choyni paket ichidan chiqarmagan holda suv ichiga solib koʻrdilar. Natijada choy paketlari sotuvi haddan tashqari ommalashib ketdi.

Boshqa maqsadlarda oʻylab topilgan va oʻz vazifasini oʻzgartirgan 15 buyum

1879 yili aka-uka Jonsonlar jarrohlik asbob-anjomlariga ishlov berish uchun antiseptik yaratdilar. Ixtiro jarroh Jozef Lister sharafiga “Listerin” nomini oldi. Avvaliga odamlar uni jarohatlarni davolash, qazgʻoq va zamburugʻlarni yoʻqotish uchun, stomatologiya sohasida va hatto dezdorant sifatida ham ishlatishdi. 1920 yilda paydo boʻlgan reklamalardan keyin esa ushbu mahsulot juda ommalashib ketdi.

Boshqa maqsadlarda oʻylab topilgan va oʻz vazifasini oʻzgartirgan 15 buyum

Mikrotoʻlqinli pechni taomlarni isitish uchun oʻylab topilmagan ekanligini siz ham bilmasangiz kerak. Raytheon korporatsiyasi injeneri Persi Spenser radarlar uchun moʻljallangan yangi asbobni sinovdan oʻtkaza turib, nurlanish choʻtagidagi shokoladni eritib yuborganini payqadi. Shunda Persi megnetron ichiga popkorn soldi va u shu zahotiyoq otila boshladi. Bu haqiqatan asr ixtirosi edi!

Boshqa maqsadlarda oʻylab topilgan va oʻz vazifasini oʻzgartirgan 15 buyum
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar